O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


O`zbekiston Respublikasi Vaziralar Mahkamasi tomonidan chiqariladigan normativ-xuquqiy xujjatlari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə92/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

4. O`zbekiston Respublikasi Vaziralar Mahkamasi tomonidan chiqariladigan normativ-xuquqiy xujjatlari
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va madaniy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, qonunlar, Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlash maqsadida amaldagi qonunlarga muvofiq O`zbekiston Respublikasi hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi yoki juda muhim ahamiyatga ega bo`lgan hujjatlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari shaklida chiqariladi. Shoshilinch yoki boshqa joriy masalalar bo`yicha hujjatlar Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari yoki majlis qarorlari shaklida chiqariladi.71[64]
Vazirlar Mahkamasining doimiy organlari sifatida uning Rayosati ham qarorlar, farmoyishlar va bayon qarorlari shaklida normativ – huquqiy aktlar chiqaradi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari uning majlislarida kollegial tartibda qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi majlislarida muhokama etish uchun masalalar vazirliklar, davlat qo`mitalarining raislari, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, konsernlar, uyushmalarning rahbarlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ular bo`lmagan (xizmat safarida, mehnan ta'tilida) hollarda esa ularning birinchi o`rinbosarlari tomonidan kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan har bir masala bo`yicha, odatda, davlat tilida aniq bayon qilingan, asoslangan qaror yoki farmoyish loyihasi, shuningdek hujjatning mohiyati bayon etilgan qisqacha xat taqdim etiladi. Amalga oshirilishi qo`shimcha moddiy va boshqa harajatlarni talab qiladigan qarorlar va farmoyishlar loyihalarini taqdim etishda moliyaviy – iqtisodiy asoslashlar ilova qilinadi.
Qarorlar, farmoyishlarning loyihalari amaldagi qonun hujjatlariga mos bo`lishi, ularda ko`rib chiqilayotgan masala puxta tahlil qilingan va xolis baholangan, ijrochilar oldiga aniq ifodalangan maqsad va vazifalar qo`yilgan bo`lishi, ularda amalga oshirsa bo`ladigan muddatlar begilanishi kerak.
Qaror yoki farmoyishlarning tayyorlangan loyihasi bilan ayni bir vaqtda hukumat qarorlariga o`zgartirishlar, qo`shimchalar yoki ularni kuchini yo`qotgan deb hisoblash to`g`risidagi takliflar ham ko`rib chiqiladi. Vazirlar Mahkamasi majlislariga kiritilayotgan qarorlar va farmoyishlarning loyihalarida, zaruriyat bo`lganda, ilgari qabul qilingan qarorlarga o`zgartirishlar kiritish yoki ularni o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblash to`g`risidagi takliflar nazarda tutiladi.
Vazirlar Mahkamasi majlislarida ko`rib chiqilishi uchun normativ – huquqiy hujjatlar loyihasini (qaror) ishlab chiqarayotgan organ, qoida tariqasida, loyihani tayyorlash yuzasidan komissiya tuzadi.
Normativ – huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ sifatida Vazirlar Mahkamasining o`zi ham hujjatning loyihasini tayyorlashni davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda topshirishi yoki shartnoma asosida buyurtma berishi mumkin. Shuningdek, «Normativ – huquqiy hujjatlar to`g`risida»gi qonunda belgilanishicha, normativ – huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ bir necha davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga muqobil loyihalar tayyorlashni topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, eng yaxshi loyiha uchun tanlovlar e'lon qilishga haqli.
Lekin iqtisodiyotning alohida tarmoqlari, davlat boshqaruvining boshqa sohalariga doir normativ – huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlashga tegishli tarmoqlar yoki boshqaruv sohasining va rivojlanish uchun mas'ul bo`lgan vazirliklar, davlat qo`mitalari yoki idoralari jalb etilishi shart.
Vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralarining normativ – huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo`yicha ishini muvofiqlashtirib turish, qonun hujjatlariga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko`rib chiqish uchun loyihani ishlab chiquvchi organ:

  • - loyiha mavzusiga doir qonun hujjatlarining qo`llanilish tajribasini o`rganadi va hisobga oladi, huquqni tartibga solishga bo`lgan jamoatchilik ehtiyojini, qonun hujjatlarining samaradorligiga ta'sir etuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlaydi;

  • - davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy muassasalar, olimlar va mutaxassislarning tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari ma'lumotlarini umumlashtiradi va ulardan foydalanadi;

  • - boshqa davlatlardagi qonunchilik yo`li bilan tartibga solish tajribasini o`rganadi va hisobga oladi.

Normativ – huquqiy hujjatlarning loyihalari qonun loyihalaridan farqli ravishda umumxalq muhokamasiga qo`yilishi mumkin emas, ular faqatgina jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasiga qo`yilishi mumkin.
O`zbekistonni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini hamda respublika budjetini amalga oshirish bilan bog`liq bo`lgan qarorlar, farmoyishlarning loyihalari yoki takliflar tegishli ravishda Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan kelishib olinishi zarur.
Vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining rahbarlari Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan qarorlar va farmoyishlar loyihalarining asoslanganligi va sifati, keltirilgan ma'lumotlar va boshqa materiallarnig to`g`riligi, shuningdek ularning manfaatdor tashkilotlar bilan tegishli ravishda kelishib olinganligi uchun shaxsan javob beradilar.
Tayyorlangan qarorlar, farmoyishlarning loyihalari imzolash uchun Bosh vazir o`rinbosarlari kotibiyatlari mudirlari tomonidan Bosh vazirning tegishli o`rinbosari – kompleks rahbariga, Bosh vazir o`rinbosarlarininig manfaatdor kotibiyatlariga, departamentlarga, Axborot – tahlil boshqarmasiga va yuridik bo`limga imzolash uchun taqdim etiladi.
Qaror va farmoyishlarning imzolangan loyihalari Vazirlar Mahkamasi Apparati rahbariga topshiriladi.
Vazirlar Mahkamasiga kelib tushgan Normativ – huquqiy hujjatlarning loyihalari huquqiy ekspertizadan o`tkazilishi shart. Huquqiy ekspertiza davomida normativ – huquqiy hujjatlarning loyihasi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga, shuningdek, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi.
Huquqiy ekspertiza hujjat loyihasini tayyorlagan organning yoki ushbu hujjatni qabul qiladigan organning (Vazirlar Mahkamasining) yuridik xizmati, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Ko`pchilik holatlarda, hujjat loyihasi bir qancha organlar a'zolaridan, mutaxassislardan iborat tarkibdagi maxsus komissiyalar tomonidan ishlab chiqiladi. Bunday tartibda ishlangan loyihalar esa Vazirlar Mahkamasining yuridik xizmati yoki O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o`tkaziladi.
Kiritilgan loyihaning sifatiga baho berish uchun normativ – huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organning, ya'ni Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan hujjatning loyihasi boshqa xil, masalan iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy – tehnikaviy, ekologik va hokazo, ekspertizalardan ham o`tkazilishi mumkin. Ekspertlar sifatida tegishli loyihani tayyorlashda ilgari bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va shaxslar jalb etiladi. Ekspertiza o`tkazish uchun boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar taklif etilishi mumkin.
Normativ – huquqiy hujjatning mazmuniga nisbatan bir qancha talablar qo`yiladi.
Hujjatning matni lo`nda, oddiy va ravon tilda bayon etilgan bo`lishi shart. Hujjatda foydalaniladigan tushunchalar va atamalar ularning amaldagi qonun hujjatlarida qabul qilingan mazmuniga muvofiq, turlicha sharhlash imkoniyatini istisno etadigan tarzda bir xilda qo`llaniladi. Hujjatda (qaror yoki farmoyish) uni amalga oshirishning huquqiy vositalari, shu jumladan, moliyalashtirish manbalari, rag`batlantirish, mukofotlash va nazorat qilish chora – tadbirlari ko`rilishi mumkin.
Davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolarning majburiyatlarini belgilovchi qaror, farmoyishlarda ushbu majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik choralari (agar bunday choralar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo`lmasa yoki maxsus hujjatda belgilanishi kerak bo`lmasa) nazarda tutiladi.
Qaror yoki farmoyishda qonun hujjatlariga kiritilayotgan yuridik, texnikaviy va boshqa maxsus atamalarning ta'riflari berilishi mumkin. Zarur hollarda qaror yoki farmoyishda yuqoriroq yuridik kuchga ega bo`lgan normativ huquqiy hujjatning (Konstitutsiya, qonunlar, Oliy Majlisning qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentinig normativ aktlari) ayrim qoidalari mazkur hujjatlarga ilova qilingan holda aynan takrorlanadi.
Ammo, normativ hujjatlarda, qoida tariqasida, xuddi shunday yuridik kuchga ega bo`lgan amaldagi normativ – huquqiy hujjatning normativ ko`rsatmalari qayta aynan takrorlanmaydi.
Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati majlisiga kiritiladigan barcha materiallar Bosh vazirning tegishli o`rinbosari – kompleks rahbari, Axborot – tahlil boshqarmasi boshlig`i, apparat rahbari tomonidan ko`rib chiqiladi va ular tayyorlangan masalalarning sifati uchun javob beradilar.
Qaror loyihasi bosh vazirning tegishli o`rinbosari – kompleks rahbari, yuridik bo`lim (yuridik xizmat), Bosh vazir o`rinbosarlarining manfaatdor kotibiyatlari, departamentlar va bo`limlar, tegishli vazirliklar, idoralar tomonidan imzolangan hamda Vazirlar Mahkamasining Axborot – tahlil boshqarmasida ma'qullangan bo`lishi kerak.
Loyihalar bilan bir vaqda quyidagilar taqdim etiladi: muhokama qilish tartibi, majlisga taklif etiladigan mansabdor shaxslar ro`yxati, qaror loyihasining manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilganligi to`g`risidagi ma'lumotnoma.
Qoida tariqasida Vazirlar Mahkamasining majlislariga kim raislik qilsa, o`sha mansabdor shaxs majlis bayonini imzolaydi.
«O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to`g`risida»gi qonunga binoan Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari faqatgina Bosh vazir tomonidan imzolanadi (qonunning 20-moddasi 4-xatboshisi).
Qonunda O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga imzo qo`yish vakolati berilmagan. Lekin Vazirlar Mahkamasining majlislarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti raislik qilishga haqli. Bunda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qilganda majlis bayonlari faqatgina Prezident tomonidan imzolanadi.
Vazirlar Mahkamasi ham uning Rayosati ham kollegial organ bo`lganliklari sababli majlislarda qarorlar Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati a'zolarining ko`pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Majlis tamom bo`lgandan keyin qabul qilingan qarorning aniq ifodalangan matni Bosh vazir o`rinbosari kotibiyati mudiri, departament boshlig`i, bo`lim mudiri tomonidan imzolangan holda majlis bayoniga kiritish uchun Umumiy bo`limga beriladi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ular imzolangan sana bo`yicha rasmiylashtiriladi, hamda Bosh vazir o`rinbosarlarining tegishli kotibiyatlari, departamentlar, bo`limlar tomonidan tuziladigan tarqatish ro`yxati bo`yicha darhol ijrochilarga tarqatiladi.
Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari normativ – huquqiy hujjat sifatida quyidagi rekvizitlarga ega bo`ladi:

  • - hujjatning turi va nomi;

  • - hujjat qabul qilingan joy, sana va hujjat raqami;

  • - tegishli normativ – huquqiy hujjatni imzo qo`yib tasdiqlashga rasman vakolatli bo`lgan shaxslarning familiyasi, lavozimi va imzolari.

Vazirlar Mahkamasining qarorlarida va farmoyishlarida ularni kuchga kiritish muddatlari ko`rsatiladi. Boshqa hollarda imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi qarorlari O`zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to`plamida e'lon qilinadi. Bundan tashqari «Xalq so`zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari ham O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari e'lon qilinadigan rasmiy manbalar hisoblanadi.72[65]
Respublikani keng va tezkorlik bilan tanishtirish zarur bo`lganda qarorlar va farmoyishlar Vazirlar Mahkamasi Raisining yoki Bosh vazirning topshirig`iga binoan matbuotda, televideniye va radio orqali e'lon qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining normativ – huquqiy aktlarini norasmiy nashrlarda e'lon qilishga, shuningdek, ularni qonun hujjatlarining elektron ma'lumot tizimlari orqali tarqatishga bu hujjatlar rasmiy manbalarda e'lon qilinganidan so`ng hamda barcha rekvizitlari, e'lon qilingan rasmiy manbalari va kuchga kirish sanasini ko`rsatish sharti bilan ruxsat etiladi.
XI MAVZU. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə