O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shakllanish tartibi va tarkibi



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə90/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shakllanish tartibi va tarkibi
Vazirlar Mahkamasining tarkibi O`zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. Ya'ni O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Bosh vazir nomzodini ko`rib chiqish va tasdiqlash uchun O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi. Bosh vazir nomzodini ko`rib chiqish Senat va Qonunchilik palatasining birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan bo`lib, qoida tariqasida, ushbu masala avval Qonunchilik palatasida, so`ngra Senatda ko`rib chiqiladi. Bosh vazirni o`z lavozimidan ozod qilish masalasini esa Prezidentning shaxsan o`zi hal qiladi. Vazirlar Mahkamasining a'zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi hamda vazifasidan ozod qilinadi, ya'ni Vazirlar Mahkamasi a'zolarining nomzodi Bosh vazir tomonidan ko`satiladi.61[54]
Vazirlar Mahkamasining doimiy organlari sifatida Bosh vazir va uning o`rinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining Rayosati faoliyat ko`rsatadi. Vazirlar Mahkamasi Raisining qaroriga binoan Vazirlar Mahkamasi Rayosatining tarkibiga O`zbekiston Respublikasi Hukumatining boshqa a'zolari ham kiritilishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlarining qarorlarini hayotga tadbiq etishga ko`maklashish, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlarning qanday bajarilayotganligini nazorat qilish hamda vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xo`jalik boshqaruvining boshqa organlari foliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan uning doimiy komissiyalari tuzilishi mumkin. «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to`g`risida»gi qonunning 19-moddasiga binoan Vazirlar Mahkamasi o`zining doimiy komissiyalarining vazifalarini, funksiyalarini hamda faoliyat tartibini belgilaydi.
Bundan tashqari davlat va xo`jalik boshqaruvining alohida masalalari bo`yicha takliflar tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining alohida topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasining vaqtinchalik komissiyalari va ishchi organlari tuzilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining doimiy, vaqtinchalik komissiyalarining hamda ishchi organlarining hujjatlari majlis bayonlari bilan rasmiylashtiriladi hamda tegishli ijrochilarga yetkaziladi. Ko`rsatib o`tilgan komissiyalar va ishchi organlarning majlis bayonlari ularga boshchilik qilayotgan rahbarlar tomonidan imzolanadi.
Doimiy komissiyalar tomonidan ko`rib chiqilishi kerak bo`lgan materiallarni tayyorlash hamda komissiyalar qarorlarining bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o`rinbosarlarining kotibiyatlari, departamentlar va bo`limlar oldiga qo`yiladi.Zarurat bo`lganda bu materiallarni tayyorlashga vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar, boshqa manfaatdor tashkilotlarning mutaxassislari jalb qilinadi.
Doimiy va vaqtinchalik komissiyalarning majlislari Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan yilning har choragidagi rejalari asosida o`tkaziladi. Doimiy va vaqtinchalik komissiyalarning rejadan tashqiri majlislari Vazirlar Mahkamasi Rayosatining roziligi bilan o`tkaziladi.62[55]
Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish maqsadida maxsus apparat (devon) tashkil etiladi. Qonunning 21-moddasiga ko`ra, Vazirlar Mahkamasining Apparati Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini, tegishli qarorlar loyihalarini, tashkiliy, axborot va boshqa materiallarni tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda tekshirib borilishini tashkil etadi. Vazirlar Mahkamasining Apparati va uning bo`linmalari to`g`risidagi nizom Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 20-maydagi 248-sonli «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati tuzilmasini takomillashtirish to`g`risida» gi qarorida Vazirlar Mahkamasi Apparatining ortiqcha bo`g`inlarini qisqartirish, boshqarishning tarmoq tizimidan funksional tizimga o`tishni ta'minlash va shu asosda hokimiyatning ijro etuvchi organlari faoliyati samaradorligini oshirish ko`zda tutilgan.
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi 2004 yil 12 sentyabdagi 475-sonli Qaroriga muvofiq quyidagicha tuzilgan 63[56]
Vazirlar Mahkamasi qonun asosida o`z faoliyatini qaytadan tashkil qila boshlagandan keyin esa Apparatning (devon) asosiy tarkibiy bo`linmalari rahbarlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Vazirlar Mahkamasining devoni o`z ish faoliyatini mavjud konstitutsiyaviy asoslar, qonunlar, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti64[57]O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 22 dekabrda “Xo`jalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi farmonda 16 ta turli sohadagi xo`jalik boshqaruv organlari takomillashtirildi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə