O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qiladigan normativ-huquqiy hujjatlar



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə87/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

5. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qiladigan normativ-huquqiy hujjatlar
1. O`zbekiston Respublikasida Prezidentlik institutining ta'sis etilishi
 
Prezidentlik boshqaruvi davlat hokimiyatining taqsimlanish pritsipi asosida tashkil qilingan mamlakatlarda boshqaruvning eng maqbul shakllaridan biri hisoblanadi.
Davlat boshqaruvining prezidentlik shaklida Prezident umumxalq saylovlarida saylanadi va davlat boshlig`i hisoblanadi, ayni vaqtda u ijro hokimiyatni ham boshqaradi. Davlat organlari tizimida markaziy o`rinni egallaydi. Prezident bevosita ijro hokimiyatiga boshqarishi mamlakatdagi barcha kuchlarni bir maqsad yo`lida birlashtirishga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishaga mamlakatda barqarorlik o`rnatishga asosiy kafolat bo`ladi. Prezidentlik lavozimining ta'sis etilishi O`zbekiston Respublikasining mustaqillik sari qo`ygan dastlabki qadam edi.
O`zbekiston Respublikasida Prezidentlik lavozimini joriy etishida qo`yidagi sabablar bo`ldi:
Birinchidan, davlat mustaqilligiga intilish, respublikada boshqaruv jarayonlarini demokratlashtirish aynan prezidentlik instituti joriy etilishini taqozo etar edi. Chunki parlament uzoq bahs va munozaralarga berilib ketib, kun tartibida turgan dolzarb qarorlar qabul qilish va uni amalga oshirish imkoniyatiga ega emas edi. Shuning uchun ham mamlakatni bir kishi tomonidan boshqarish ehtiyoji paydo bo`ldi.
Ikkinchidan, Prezidentlik lavozimini joriy etish sabablaridan yana biri, hokimiyatlarning bo`linishi prinsipini rivojlantirishdan kelib chiqadi. Prezidentlik lavozimi davlat hokimiyati organlarining tizimini tashkil etishda demokratik prinsiplarni amalga oshirishga yordam berishga qaratilgan edi. Qonunchilik, ijro va sud hokimiyati faoliyatini o`zaro muvofiqlashtirish ehtiyoji paydo bo`ldi.
Uchinchidan, Prezident o`z zimmasiga hukumatni shakllantirish va uning ishiga rahbarlik qilishdek ulkan mas'uliyatni olishi uchun obyektiv zarurat tug`ildi.
To`rtinchidan, vaziyatni barqarorlashtirish, tinchlikni ta'minlash va murakkab muammolarni paysalga solmasdan zudlik bilan hal etish ehtiyoji paydo bo`ldi. O`sha paytlarda mavjud bo`lgan davlat strukturasi bu masalalarni hal etishga qodir emas edi.57[50]
Jahon mamlakatlari tajribasidan kelib chiqiladigan bo`lsa, prezidentlik institutiga quyidagacha tavsif berilishi kuzatiladi.
Birinchidan, Prezident muayyan davlatning boshlig`i va xalq birligining ramzi hisoblanadi.
Ikkinchidan, Prezident o`z mamlakati xalqi nomidan ish tutadi va uning milliy manfaatlarini himoya qiladi. U partiyaviy, ijtimoiy, mahalliy va boshqa manfaatlardan, ayniqsa, har qanday g`oyaviy kelishmovchiliklardan yuqori turadi, jamiyatni o`zaro muvofiqlashtiradi, ijtimoiy-siyosiy hayotni mustahkamlaydi.
Uchinchidan, Prezident mamlakatning umumiy holati uchun mas'ul bo`lib, siyosiy barqarorlikni ta'minlaydi, huquqiy tartibotni va xavfsizlikni ta'minlash hamda mamlakataing boshqa davlatlar oldidagi majburiyatini bajarish borasida qarorlar qabul qiladi, tezkor chora-tadbirlar ko`radi.
To`rtinchidan, Prezident ijro etuvchi hokimiyatni boshqaradi va uning faoliyatini yo`naltiradi.
Beshinchidan, Prezident mamlakat Qurolli kuchlarining Oliy bosh qo`mondoni hisoblanadi, davlat mudofasi va fuqarolarning harbiy xizmatni o`tashi uchun rahbarlik qiladi.
Oltinchidan, Prezident ijro hokimiyati tizimida yuqori lavozimga tayinlash vakolatini amalga oshiradi, fuqarolik masalalarini hal qiladi, fuqarolarni davlat nishonlari bilan mukofotlaydi va aybidan o`tadi, inson huquq va erkinliklarini ta'minlanishining, shuningdek, mamlakatda konstitutsiya va qonunlarning kafolati hisoblanadi.
Birinchidan, Respublikada mustaqilikka intilish davlat hokimiti tizimini yana demokratlashtirish, qonunlarni qabul qilish jarayonidagi murakabliklar, davlat va jamiyat hayotini uchun zudlik bilan ijtimioiy munosabat tartibga soluvchi qarorlar
"Prezident" tushunchasi konstitutsiyaviy - huquqiy ma'noda davlat boshlig`ini anglatadi. Aynan shuning uchun bu institut jahon davlat – huquqiy amaliyotida yaratilgan edi. Uning bunday roli Prezidenti bo`lgan har qanday zamonaviy demokratik respublikaga xosdir. Prezident davlatni jipslashtirishi, davlat hokimiyati mexanizmining barqarorligi va harakatchanligini ta'minlashi lozim.
Sobiq Ittifoq respublikalari orasida O`zbekiston birinchi bo`lib, davlat boshqaruvning prezidentlik shaklini joriy qildi. Prezidentlik instituti O`zbekistonda 1990 yil 24-martida "O`zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish va O`zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni) ga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi Qonun bilan ta'sis etildi. Oliy Sovet 12-chaqiriq birinchi sessiyasida O`zbekiston Prezidenti etib Islom Abdug`aniyevich Karimov saylandi. 1991 yil 29 dekabr va 2000 yil 9 yanvarda to`g`ridan-to`g`ri umumhalq Prezidenti saylovlari o`tkazildi. Saylovlar muqobillik asosida o`tkazilib, I.A.Karimov Prezident etib saylandi.
Konstitutsiyaning 89-moddasida "O`zbekiston Respublikasining Prezidenti O`zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig`idir. ", deyilgan.
Davlat boshlig`i sifatida Prezident davlat hokimiyati organlari tizimida yetakchi va muvofiqlashtiruvchi rol o`ynaydi. Prezident davlat ichida va xalqaro munosabatlarda xalq nomidan ish yuritadi. Davlat boshlig`i o`zida u yoki bu hokimiyat tarmog`ini emas, balki davlat va butun davlat hokimiyatining birligini namoyon etadi.
Konstitutsiyaga muvofiq O`zbekiston Respublikasining Prezidenti ijro hokimiyatning boshlig`i ham hisoblanadi. Ijro hokimiyatiga bevosita iqtisodiyotga, ijtimoiy va ma'naviy sohalarga boshchilik qilish yuklatilgan.
 
 
2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy-huquqiy holati
 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-MAVZUi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti deb nomlanadi. Bu MAVZU 9 ta moddadan iborat bo`lib, ularda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy maqomi belgilab berilgan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti O`zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig`idir. Prezident huquqiy holati konstitutsiyaviy normalar bilan mustahkamlagan. Konstiutsiyada hokimiyatlarni o`zaro muvozanatini ta'minlashda Prezidentning o`rni beqiyos. Prezident davlat hokimiyati organlari tizimida alohida o`ringa ega.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida ichki vav tashqi siyosatda Prezidentning o`rni ancha oshdi. Boshqaruvning eng maqbul shakli sifatida e'tirov etildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov 2005 yil 7 fevralda Yangi tashkil etilgan ijro hokimiyati rahbarlari bilan bo`lgan uchrashuvda “ Yangi hayotni eskicha qarash va yondashuvlar bilan qo`rib bo`lmaydi” ma'ruzasida mustaqillik yillarida kuchli ijrot hokimiyat zarurligi. O`zbekiston Prezidentlik boshqaruvidagi davlat ekanligi ta'kidlandi va uning afzalliklari to`g`risida gapirib o`tdi.
Boshqaruvning prezidentlik shaklini yaratilishi ilk bor Fransiyaning 1958 yilgi Konstitutsiyasida amalga oshirildi. Prezidentlik boshqaruviga asoslangan davlatlarda prezidenlik instituti uning vakolatlari, saylanish tartibi va boshqa davlat organlar bilan bo`ladigan munosabatlarda farqlaishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 91 moddasida “ Prezident o`z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to`lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo`lishi, tadbirkorlik faoliyati bilash shug`ullanishi mumkin emas.
Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi”deb ko`rsatilgan.
O`zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi « O`zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to`g`risida”gi qonunida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti o`z vakolatlarini O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq samarali amalga oshirishi uchun zarur sharoitlar yaratish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan, shuningdek konstitutsiyaviy vakolat muddati tugab yoki sog`lig`i holatiga ko`ra iste'foga chiqqan O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki O`zbekiston Respublikasining eks-Prezidentiga zarur sharoitlar va kafolatlar yaratib berilgan.
O`zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab, o`z lavozimini bajarishga kirishadi. Qasamyodtantanali va'da, Konstitutsiya va xalqqa xizmat qilish yuzasidan Prezident o`z lavozimiga kirishganda beradigan qasamyoddir. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyodining matni Konstitutsiyaning 92-moddasida berilgan:
"O`zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat'iy rioya etishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman."
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti parlament deputatlari oldida tantanali ravishda qasamyod qabul qiladi. Qasamyod qabul qilishda Prezidentning qo`l ostida Konstitutsiya matni bo`ladi. Prezident O`zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat'iy rioya etishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, o`z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qiladi. Prezident qasamyod qabul qilishi bilan, davlat madhiyasi ijro etiladi.
O`zbekistonda umumxalq saylovida saylangan Prezident I.A.Karimov birinchi bo`lib qasamyod qabul qildi. Agar bir shaxs ikkinchi marta Prezident bo`lib saylansa, qasamyod takroran qabul qilinadi.
Prezidentning qasamyodi faqat rasmiy tantanali marosim sifatidagina qabul qilinmaydi. Shuningdek, u yuridik ahamiyatga ham ega.
Prezident qasamyodining yuridik ahamiyati quyidagilardan iborat:
birinchidan, Prezident qasamyod qabul qilishi bilan o`z lavozimiga kirishadi va o`zining konstitutsiyaviy vakolatlarini bajara boshlaydi. Shu vaqtdan boshlab, oldingi Prezident o`z vakolatini tugatadi;
ikkinchidan, qasamyodning matni odatda Konstitutsiyada beriladi, xalqqa e'lon qilinadi va parlament oldida Prezident tomonidan tantanali qabul qilinadi. Qasamyod matnida Konstitutsiyaga sadoqat, xalq va davlatga xizmat qilish bilan birga, ko`pincha diniy tusdagi ifodalar bo`ladi yoki qasamyod Qur'onda yoxud Injilda qabul qilinadi;
uchinchidan, qasamyodni buzish Prezidentni javobgarlikka olib keladi, bu uning o`z lavozimidan chetlatilishi uchun asos bo`lishi mumkin (bunday marosim ko`p mamlakatlarda impichment nomini olgan);
to`rtinchidan, Prezident o`ziga bevosita berilmagan vakolatlarga asoslangan harakatlarida unga qasamyod yuklagan majburiyatlarini ro`kach qilish imkoniga ega.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 91-moddasida Prezident o`z lavozimida ishlayotgan vaqtda quyidagi vazifalarni birga olib bormasligi nazarda tutilgan:
birinchidan, boshqa xaq to`lanadigan lavozimni egallash;
ikkinchidan, vakillik organining deputati (parlament, mahalliy o`zini o`zi boshqarish) bo`lish;
uchinchidan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish.
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti daxlsizlik huquqiga ega. Prezidentning daxlsizligi mutlaq bo`lib, u bajaradigan majburiyatlardan kelib chiqib, Prezidentning qonunlar bilan alohida muhofaza etilishini anglatadi. Prezident shaxsining daxlsizligi uning butun vakolat­la­ri davomida alohida kafolatlarni ta'minlanishi bilan bog`liq.
Prezident shaxsining daxlsizligi unga qarshi jinoyat ishi qo`zg`atilishi mumkin emasligini bildiradi. Prezident majburiy ravishda, masalan, guvoh sifatida sudga chaqirilishi, ma'muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Prezident hibsga olinishi, tintuv etilishi va shaxsiy ko`zdan kechirilishi mumkin emas. Shu ma'noda Prezidentning shaxsi daxlsizdir.
 
3. O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar o`tkazish tartibi va asosiy tamoyillari
 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasining Prezidenti O`zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo`li bilan yetti yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O`zbekiston Respublikasining "Prezident saylovi to`g`risida"gi Qonuni bilan belgilangan1.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90 – moddasiga asosan Prezident lavozimiga nomzodlarga quyidagi talablar qo`yiladi:
birinchidan, 35 yoshdan kichik bo`lmagan, faqat O`zbekiston Respublikasining fuqarosi Prezident etib saylanishi mumkin;
ikkinchidan, O`zbekiston Respublikasining Prezidenti bo`lib, O`zbekiston Respublikasining fukarosigina saylanishi mumkin;
uchinchidan, Prezidentlikka nomzodga O`zbekiston Respublikasi hududida kamida 10 yil yashagan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Bu muddat - Prezidentlikka nomzod faqat bilimlar va amaliy tajribaga ega bo`libgina qolmay, balki O`zbekistondagi hayotning o`ziga xos sharoitlarini tushunish uchun ham zarur va yetarlidir;
to`rtinchidan, Davlat tilini yaxshi biladigan O`zbekiston Respublikasining fuqarosi Prezidentlikka saylanishi mumkin. Tillardan foydalanishni tartibga solish – O`zbekistonda konstitutsiyaviy ahamiyatga ega. U yoki bu tilning davlat tili sifatidagi maqomi Konstitutsiya bilan belgilanadi. Masalan, Konstitutsiyaning 4-moddasida "O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir" – deb belgilab qo`yilgan. Davlat hokimiyati organlari, rasmiy ish yuritish, sud ishlarini olib borish majburiy ravishda davlat tilida olib boriladi, normativ-huquqiy hujjatlar va rasmiy nashrlar e'lon qilinadi.
O`zbek tili – O`zbekiston Respublikasi aholisining mutlaq ko`pchiligi bo`lmish o`zbek xalqining ona tilidir. U O`zbekiston birligi va yaxlitligi, jamiyat jipsligining muhim omilidir. Aynan shuning uchun Konstitutsiya va O`zbekiston suverenitetining kafili bo`lmish Prezident o`zbek tilini yaxshi bilishi shart;
beshinchidan, O`zbekistonda bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Prezident bo`lib saylanishi mumkin emas..
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 90-moddasining 2-qismida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining saylanish prinsiplari aniq belgilab qo`yilgan. Prezidentlik Respublikalarida Prezident mamlakatning barcha saylovchilari tomonidan umumxalq saylovlari yo`li bilan saylanadi.
Prezident saylovlarini o`tkazish tartibi 1991 yil 18 noyabrdagi "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari to`g`risida"gi Qonun bilan belgilab qo`yilgan. Bu qonunga 2004 yil 3 dekabrdagi Qonunini bilan o`zgartirish kiritilgan..
O`zbekistonda prezidentlik saylov huquqining konstitutsiyaviy me'yori ko`ppartiyaviylik bo`lib, u fuqarolarning davlat va jamiyatdagi siyosiy huquqlari, qonuniylikni, barqarorlikni, demokratiyaviylikni kafolatlashga qaratilgandir.
Konstitutsiyaning 10-moddasida siyosiy partiyalar xalq nomidan ish olib borishga xaqli emasligi alohida ko`rsatilgan. Umuman, konstitutsiyaning 10 ta moddasida ko`ppartiyaviylik bilan bog`liq bo`lgan me'yorlar bor. 34-moddada fuqarolarning siyosiy partiyalarga uyushishi huquqi alohida belgilab qo`yilgan. Chunonchi, 60-moddada «Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o`zlarining demokratik yo`l bilan saylab qo`yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar», deb konstitutsiyaviy qoida mustahkamlab qo`yilgan.
«Ko`ppartiyaviylik» tushunchasi tom ma'noda Prezidentlik saylovlarida bir necha siyosiy partiyalarning ishtirok etishini bildiradi. Shu tariqa, saylov tizimning ko`p partiyaviyligi fuqarolarning tanlash huquqini kafolatlaydi.
Ko`ppartiyaviylik asosida prezidentlik saylovlarini o`tkazish quyidagilarni bildiradi:
birinchidan, huquqiy jihatdan ro`yxatga olingan barcha siyosiy partiyalarning saylov kompaniyasida ishtirok etishi;
ikkinchidan, konstitutsiya va qonun talablari doirasida o`z nomzodlarini prezidentlikka ko`rsatish huquqi;
uchinchidan, siyosiy partiyalarning barcha darajalardagi saylov komissiyalarining ishida qatnashish huquqi va kafolatli shart-sharoit yaratish;
to`rtinchidan, Oliy sudga, prezidentlik saylovlari haqidagi Qonunning buzilishi faktlari ustidan shikoyat qilish huquqidir.
Saylov huquqining konstitutsiyaviy prinsiplari yashirin ovoz berish yo`li bilan umumiy, teng va to`g`ridan-to`g`ri saylash huquqidir.
Prezident saylovlari haqidagi Qonun fuqarolarning saylov huquqining umumiyligi ya'ni saylovchilar ro`yxatini tuzish tartibi, ovoz berish huquqini rasmiylashtirish va ovoz berish faktini tasdiqlash kabi tadbirlarning huquqiy jihatdan kafolatlanishini nazarda tutadi.
Teng saylov huquqi shundan iboratki, har bir saylovchi bir ovozga ega bo`ladi va barcha fuqarolar saylovlarda teng sharoitlarda ishtirok etadilar.
To`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi shundan iboratki, saylovchilar Prezidentni saylashda bevosita ishtirok etadilar.
Yashirin ovoz berish esa saylovchining o`z irodasini bildirish ustidan nazorat qilishga yo`l qo`ymaslikni nazarda tutadi. Bu konstitutsiyaviy prinsip fuqarolarning o`z irodasini erkin bildirishini ta'minlashning huquqiy kafolatlanishi bo`lib, demokratik jamiyatning asosiy belgilaridan biridir.
Fuqarolarning Prezidentni saylash huquqlarini to`g`ridan-to`g`ri yoki bevosita cheklashga yo`l qo`yilmaydi. Albatta, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan ba'zi bir alohida hollar bundan mustasnodir.
O`zbekiston Respublikasining saylovlar kuniga qadar 18 yoshga to`lgan har bir fuqarosi Prezidentni saylash huquqiga egadir. Prezidentlik saylovlarini tashkil etish belgilangan ba'zi bir alohida hollar bundan mustasnodir. Prezidentlik saylovini o`tkazish O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan tuziladigan Markaziy saylov komissiyasi zimmasiga yuklatiladi.
O`zbekiston Respublikasining II-chaqiriq, sakkizinchi sessiyasida qabul qilingan: "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinitsiplari to`g`risida"gi Konstitutsiyaviy Qonunning qabul qilinishi, 2002 yil 27 yanvarda o`tkazilgan referendumda mamlakatimiz Oliy Majlisini ikki palatali qilib belgilash va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini besh yildan yetti yillik qilib o`zgartirish to`g`risidagi muhim masala bo`yicha qabul qilingan Oliy Majlis qarori hayotga tadbiq etish borasidagi tarixiy jarayonlardan hisoblanadi. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun asosida: "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Juqorg`i Kengesiga viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolati tugaydigan yilda – dekabr oyi uchinchi o`n kunliginining birinchi yakshanbasida o`tkaziladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi hamda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov muddatlari bir paytga to`g`ri kelib qolgan taqdirda, davlat hokimiyati vakillik organlirining vakolat muddati bir yilga uzaytiriladi."
Saylov jarayonlari uning birinchi bosqichi bo`lmish saylov muddatini tayinlash bilan boshlanadi.
Ushbu bosqichni turli davlatlarda turlicha ko`rinishlari mavjud bo`lib, aksariyat davlatlarda parlamentga saylov o`tkaziladigan kun davlat boshligi tomonidan, Prezident saylovi kuni parlament tomonidan tayinlanadi.
Shunday holatlar ham borki, Konstitutsiya saylov o`tkazishning aniq muddatlarni emas balki, saylov o`tkazish shartlarini belgilab beradi. Masalan, Bolgariya, Polsha, Chexiya davlatlarida tegishli organ yoki mansabdor shaxsning vakolat muddati tugashi munosabati bilan saylov o`tkazish muddati belgilanadi.
Yuqoridagi misollardan ko`rinadiki, har bir mamlakatda davlat hokimiyat organlariga saylov o`tkazish muddati turlicha belgilangan. Bunga shu shakllangan munosabatlar, mamlakat halqining mentaliteti, tarixiy shart-sharoitlar sabab bo`lishi mumkin.
Saylovlarni o`tkazish muddati belgilangan ushbu moddaning ikkinchi bandi ham juda muhim qoidani o`zida ifodalab beradi. Bilamizki, davlat hokimiyati organlarining vakolat muddati turlicha bo`lsada, ma'lum davrga kelib, ushbu organlarga saylov bir vaqtga to`g`ri kelib qoladi.
Ushbu holatda Prezident bilan davlat xokimiyati vakillik organlarining bir vaqtda saylanishini oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirni qo`llash ma'qul deb topildi. Ya'ni, davlat hokimiyatining vakillik organlari bo`lmish Oliy Majlis, Qoraqolpog`iston Respublikasining Jo`qorg`i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hikimiyati vakillik organlarining vakolat muddatlari yana bir yilga uzaytiriladi. Demak davlat boshlig`i – Prezidentga saylov bo`ladigan yil va kun ushbu qonun talabiga ko`ra, vakillik organlariga bo`ladigan saylov davriga to`g`ri kelmaydi.
O`zbekiston Respublikasi davlatchilik tarixidan
munosib o`rin oladigan, milliy davlatchiligimizni rivojiga hissa qo`shayotgan islohatlarimizning yana bir samarasi hisoblangan 2002 yil 27 yanvardagi referendum natijalari bevosita saylov institutiga muhim o`zagartirishlar kiritish zaruriyatini belgilab berdi.
Prezident saylovlari O`zbekistonda bevosita demokratiyaning asosiy shakllaridan biridir
Konstitutsiyaviy asoslardan kelib chiqib, prezidentlik saylovining asosiy tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini belgilash mumkin. Ularga quyidagilar kiradi:

  1. 1. Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining tartib va shakllanishi;

  2. 2. Okrug saylov komissiyalari va saylov uchastkalarini shakllantirish;

  3. 3. Saylovchi fuqarolarning ro`yxatini tuzish;

  4. 4. Nomzodlar ko`rsatishga siyosiy partiyalarga huquqiy ijozat berish;

  5. 5. Prezidentlikka nomzodlar ro`yxatini shakllantirish;

  6. 6. Saylov okruglari bo`yicha ovoz berish tartibi;

  7. 7. Ovozlarni sanash va ovoz berish yakunlarini chiqarish tartibi;

  8. 8. Saylov huquqi me'yorlarining buzilishi ustidan sudga murojaat qilish.

Prezident saylovi bir-biriga zid bo`lmagan umumdemokratik prinsiplar va aniq talablar asosida bo`lishi kerak. Prezident saylovi umumdemokratik prinsiplari Konstitutsiyaga asoslanadi, jahon mamlkatlarining tajribasi va o`z milliy tariximizga tayanadi. Prezident saylovining umumdemokratik prinsiplariga quyidagilar kiradi.
Birinchi prinsip: Prezident saylovining Konstitutsiyaga to`la muvofiq kelishi.
Ikkinchi prinsip: Prezident hokimiyatining qonuniyligi.
Uchinchi prinsip: Prezident saylovi tartibotlari va vazifalarining huquqiy jihatdan ta'minlanganligi
To`rtinchi prinsip: Prezident saylovining demokratiyaviyligi, fuqarolarning va siyosiy partiyalarning teng huquqligi.
Beshinchi prinsip: Prezident saylovining fuqarolik jamiyatiga xos bo`lgan barqarorlik, taraqqiyot, qonuniylik, huquqiy tartibot, inson huquqlarini himoya qilishni ta'minlashga yo`naltirilganligi.
Oltinchi prinsip: Prezident saylovining xalqchilligi, barcha fuqarolar uchun tushunarli va qulay bo`lishi.
Yettinchi prinsip: Prezident saylovining uyushganligi, konstitutsiyaviy, huquqiy, sud nazorati ostida bo`lishligi va qonuniy boshqarilishiga erishish.
Sakkizinchi prinsip: Prezident saylovining tejamli va samarali bo`lishi.
To`qqizinchi prinsip: ovoz berish va saylanishning ziddiyatlarsiz, uning uchun yetarli bo`lgan natijalarini olishga kafolat yaratilishi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentini saylashda fuqarolar ixtiyoriy ravishda qatnashadilar. Saylovda qatnashmaganlik uchun fuqaroga nisbatan biror bir ma'naviy yoki moddiy chora ko`rish mumkin emas. Saylovlarda qatnashishning ixtiyoriyligi – bu saylov huquqining muhim prinsiplari va erkin saylovlarning demokratik kafolatidir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentini saylashda fuqarolar yashirin ovoz beradilar. Bunda har bir fuqaro bitta ovozga ega bo`ladi. Prezident saylovida ovoz berishlik fuqarolar tomonidan bevosita amalga oshiriladi. Ovoz berish jarayonida fuqarolarning xohish-iroda bildirishlari ustidan nazorat etilishga yo`l qo`yilmaydi.
Saylovchining o`z xohish-irodasini bevosita va erkin ifoda etishi ham saylov huquqining muhim prinsiplaridan bo`lib, shaxs erkinligining yaqqol namoyon bo`lishidir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan o`tkaziladi. Saylov komissiyalari Prezident saylovini ochiqlik va oshkoralik prinsipi asosida o`tkazadilar.
Prezident saylovlarini o`tkazishda oshkoralik prinsipi quyidagilarda namoyon bo`ladi:
Birinchidan, saylov komissiyalari fuqarolarni o`z ishlaridan, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi, saylov komissiyalarining tarkibi, ularni joylashgan manzili va ish vaqtidan voqif etadilar, saylovchilarning ro`yxati bilan tanishtiradilar. O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar haqida ma'lumotlar, ovoz berish va saylov yakunlaridan xabardor qiladilar.
Ikkinchidan, ommaviy axborot vositalari Prezident sayloviga tayyorganlikning borishi va saylov qanday o`tayotganligini keng yoritib boradilar.
Uchinchidan, Prezident sayloviga tayyogarlik ko`rish va uni o`tkazishga oid barcha tadbirlarda, ayniqsa saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozni sanab chiqishda prezidentlika nomzod ko`rsatgan siyosiy partiyalardan hokimiyat vakillik organlaridan bittadan kuzatuvchi, matbuot, televideniye va radio vakillari, xorijiy davlatlar, va tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bilan bog`liq barcha harakatlar davlat mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi. Prezidentlikka nomzodlarni boshqa mablag`lar hisobidan moliyaviy ta'minlash va boshqacha yo`l bilan moddiy jihatdan qo`llab-quvvatlash taqiqlanadi.
Prezidentlik saylovi uchun siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, korxona va tashkilotlar hamda fuqarolar o`z mablag`larini ixtiyoriy berishlari mumkin. Bu mablag`larni Markaziy saylov komissiyasi saylov kompaniyasida foydalanish uchun qabul qilib oladi.
Prezident saylovi xarajatlarining davlat mablag`laridan qoplanishi, prezidentlikka nomzodlar uchun teng moddiy sharoitlarni yaratishga qaratilgandir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik prinsipi saylov qonunlarini saylov jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan so`zsiz va og`ishmay rioya qilishga xizmat qiladi. Ushbu prinsip O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risidagi Qonunning 7-moddasida mustahkamlangan.
Prezident saylovida fuqarolarning:
birinchidan, aktiv va passiv saylov huquqini erkin amalga oshirishga, saylovlarni olib borishga zo`rlik, aldov, tahqir etish va boshqa yo`lda to`sqinlik qilgan shaxslar;
ikkinchidan, saylov hujjatlarini soxtalashtirshgan, ovozlarni aynan noto`g`ri hisoblagan, ovoz berish yashirinligini buzgan;
uchinchidan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risidagi Qonunning boshqa yo`sinda tuzilishga yo`l qo`ygan saylov komissiyalarining a'zolari, davlat tashkilotlari va jamoat birlashmalarining mansabdor shaxslari;
to`rtinchidan, Prezidentlikka nomzodlarning sha'ni va qadr-qimmatiga dog` tushuradigan soxta ma'lumotlarni e'lon qilgan yoki boshqa tartibda tarqatgan, saylov komissiyalari a'zolariga nisbatan haqoratomuz munosabatga yo`l qo`ygan shaxslar tegishli qonun va kodekslarda belgilab qo`yilgan tartibda javobgar bo`ladilar.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazish prinsiplari hamma saylovchilar, saylov jarayonining barcha ishtirokchilari uchun rahbariy qoidalardir.
Dunyoning barcha demokratik davlatlarida davlat boshlig`i lavozimiga nomzod ko`rsatish huquqi siyosiy partiyalar va bevosita fuqarolariga berilgan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko`rsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan, saylovchilar tashabbuskor guruhi yig`ilishi tomonidan amalga oshiriladi.
Siyosiy partiyaning yuqori organi, saylovchilar tashabbuskor guruhi O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bittadan nomzod ko`rsatishi mumkin.
Markaziy saylov komissiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro`yxati “ O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi” to`g`risidagi Qonunning 24-2-moddasida belgilangan hujjatlar asosida ro`yxatga oladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro`yxatga olingan shaxsga ro`yxatga olinganlik haqida guvohnomasi beriladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro`yxatga olish saylovga o`ttiz besh kun qolganida tugallanadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ro`yxatga olinganidan keyin besh kunlik muddat ichida Markaziy saylov komissiyasi ro`yxatga olinganlik to`g`risidagi xabarni O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning familiyasini, ismi va otasining ismini, tug`ilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini, ish va yashash joyini, shuningdek uni nomzod etib ko`rsatgan siyosiy partiyani yoki saylovchilar tashabbuskor guruhini ko`rsatgan holda e'lon qiladi.
Quyidagilar:
qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan fuqarolar;
o`zlariga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilganligi munosabati bilan qonun tomonidan ta'qib etilayotgan fuqarolar;
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro`yxatga olinmaydilar.
Siyosiy partiya, saylovchilar tashabbuskor guruhi u yoki bu shaxsni O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ko`rsatish to`g`risidagi o`z qarorini saylovga kechi bilan yetti kun qolganida bekor qilish huquqiga ega, bu shaxs Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko`rsatish muddati tugaguniga qadar Markaziy saylov komissiyasiga yangi nomzodni ro`yxatga olish to`g`risida taklif kiritishi mumkin.
Ro`yxatga olingan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod uni O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ko`rsatgan siyosiy partiya faoliyatini tugatgan taqdirda ham Markaziy saylov komissiyasi tomonidan o`z maqomidan mahrum etilishi mumkin.
Prezidentlikka nomzod 15 nafargacha ishonchli vakilliklarga ega bo`lishi mumkin. Ishonchli vakillar nomzodga Prezident etib saylash uchun targ`ibot, tashviqot yuritadilar, davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, saylovchilar bilan o`zaro munosabatlarda, shuningdek saylov komissiyalarida nomzodning manfaatlari himoya qiladilar.
Prezidentlikka nomzod ro`yxatga olingandan keyin o`z ishonchli vakillarini o`zi belgilaydi va Markaziy saylov komissyasi ishonchli vakillarini ro`yxatga olib, ularga guvohnoma beradi.
 
4. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari
 
Prezident konstitutsiyaviy vakolatlarining ko`lami uning davlat va ijroiya hokimiyatining boshlig`i ekanligidan kelib chiqadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga uning davlat hokimiyati organlari tizimidagi ko`plab vakolatlarni beradi. Prezident faqat O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida o`rnatilgan vakolat doiralardagina faoliyat ko`rsatadi. Prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlari davlat va jamiyat hayoti faoliyatining eng muhim sohalarini qamrab oladi.
Ko`pgina xorijiy mamlakatlar tajribasida davlat boshlig`ining konstitutsiyaviy vakolatlari tarixiy rivojlanish bosqichlarining, shu davlatda istiqomat qilayotgan xalqlarning milliy kelib chiqish xususiyatlari va jug`rofiy joylashuvining ta'sirida turli xil belgilangan bo`ladi. Asosan, davlat boshlig`ining konstitutsiyaviy vakolat muddatlari diqqatga sazovordir. Masalan: AQSH, Rossiyada – 4 yil, Fransiya, Ukraina, Germaniya, Braziliyada – 5 yil, Meksika, Misrda – 6 yil, Italiya, Isroilda – 7 yil. Prezident vakolat muddatlarining bunday tartibda belgilanganligi yuqorida ta'kidlab o`tganimizdek, har bir millat va elatlarning tarixiy rivojlanish bosqichlari bilan bog`liqdir. O`zbekiston Respublikasida o`tkazilgan 2002 yil 27 yanvardagi referendum, mustaqillikdan keyingi davrning eng muhim O`zbekiston tarixida munosib o`rin egallaydigan davlat boshqaruvining takomillashtirish rejalarini belgilab berdi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining II-chaqiriq sakkizinchi sessiyasida qabul qilingan: O`zbekiston Respublikasining, "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to`g`risida"gi Konstitutsiyaviy Qonunning 8-moddasida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddati mustahkakmlangan: umumiy, teng va to`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi asosida yashirish ovoz berish yo`li bilan saylanadigan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddati – yetti yil", deb belgilanganligi davlat boshlig`ining o`z xalqi oldiga qo`ygan vazifasini bajarish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Prezidentning asosiy vazifasi – davlatning birligini mamlakat ichida va tashqarisida namoyon qilishdir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining quyidagi yo`nalishlarida uning konstitutsiyaviy vakolatlari yaqqol namoyon bo`ladi.
1. Avvalambor, O`zbekiston Prezidenti fuqarolar huquq va erkinliklarining kafilidir. Bu shuni bildiradiki, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti inson huquqlarini himoya qilish mexanizmining uzluksiz ishlashi uchun shaxsan javobgar, biror sabab bilan ushbu huquq va erkinliklar amalga oshirilishi buzilgan hollarda tegishli choralar ko`rishga majbur. Inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning ta'sirchan mexanizmini yaratish, xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat organlari xodimlari va butun aholining inson huquqlari masalalari bo`yicha madaniyatini oshirish maqsadida, BMTning demokratiyalash, inson huquqlari va boshqaruv tizimini qo`llab-quvvatlash borasidagi tavsiyalariga muvofiq, O`zbekiston Prezidenti 1996 yilning 31 oktabridagi farmoni bilan Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazini tashkil qildi.
Prezident inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan hamda aholining alohida ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarini, masalan pensionerlar, nogironlar va davlat tomonidan himoyaga muhtoj fuqarolarni muhofaza qilishga yo`naltirilgan qonunlar, farmonlar chiqarish orqali o`zining inson huquq va erkinliklarining kafili sifatidagi funksiyasini bajarib kelmoqda.
2. O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir. Prezident o`z vakolatlarini amalga oshira borib, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarining o`z konstitutsiyaviy majburiyatlarni zarur darajada bajarishlarini ta'minlaydi. U xatti-harakatlari Konstitutsiya talablariga javob bermayotgan organlar va shaxslarga bevosita murojaat qilish orqali ham, shu sohadagi vakolatli organlar, xususan sudlar vositasida ham bunga erishadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiyada belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko`radi. Suverenitetni muhofaza kilish davlat hokimiyati barcha tarmoqlarining faoliyat ko`rsatishi orqali ta'minlanadi. Shuning uchun Prezident maxsus vakolatlarga ega, xususan, favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz berganda shaxsan o`zi tezkor qarorlar qabul qiladi. Masalan, u fuqarolarning xavfsizligini ta'minlashni ko`zlab, O`zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi, qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida Respublika Oliy Majlisining palatalari tasdig`iga kiritadi.
3. Prezident davlat boshlig`i sifatida xalqaro munosabatlar sohasida muhim vakolatlarga ega. Bunda u muhim vakillik funksiyasini bajaradi. Bu funksiyani u yakka o`zi shaxsan amalga oshiradi.
Prezident mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda O`zbekiston Respublikasi nomidan ish yuritadi.
Prezident xalqaro munosabatlarda O`zbekiston Respublikasining vakilidir. Bu yerda Prezident O`zbekiston Respublikasini xalqaro munosabatlari subyekti, suveren va mustaqil mamlakat sifatida namoyon qiladi. Bu shuni anglatadiki, faqat Prezidentgina shartnoma va bitimlarga imzo chekishi, muzokaralarda O`zbekiston nomidan qatnashishi, Respublikaning xalqaro majburiyatlari bajarilishini ta'minlashi mumkin.
O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma va bitimlari qonun qabul qilish orqali O`zbekiston Oliy Majlis palatalari tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak. Xalqaro shartnoma va bitimning ratifikatsiya qilinganligi ratifikatsiya yorlig`i bilan tasdiqlanadi. Ratifikatsiya yorlig`iga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti imzo chekadi. Ikki tomonlama shartnoma va bitimlar tuzilganda uning ishtirokchilari ratifikatsiya yorliqlarini almashadilar. Ko`p tomonlama shartnomalarda ratifikatsiya yorlig`i depozitariy davlatga yoki xalqaro shartnoma matnini saqlovchi xalqaro tashkilotga berib qo`yiladi.
Prezidentning tashki siyosat sohasidagi muhim vakolatlari jumlasiga qo`yidagilar kiradi:
Akkreditatsiyadan o`tgan elchilar va boshqa diplomatik vakillarga ishonch va chaqirib olish yorliqlarini topshirish;
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatiga O`zbekiston Respublikasining chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlardagi elchilari va boshqa diplomatik vakillari nomzodlarini tayinlash va vazifasidan ozod qilish to`g`risida taqdim kiritadi.
Yorliqlar topshirilayotganda, odatda Tashqi ishlar vaziri qatnashadi. Diplomatik vakil o`zining nomini, davlatning nomini, davlat boshlig`ining nomini aytadi, yorliqni O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga topshiradi. Ko`pincha yorliqlar topshirish uchun bir nechta yangi elchilar yig`ilishadi. Yorliqlar topshirilgach, O`zbekiston Prezidenti yangi elchi bilan qisqacha suhbatlashadi. Prezidentning ishonch yorlig`ini qabul qilishi shuni anglatadiki, tayinlangan va O`zbekiston Respublikasiga kelgan xorijiy davlat elchisi yoki diplomatik vakil yoxud xalqaro tashkilot vakili akkreditatsiyadan o`tgan, ya'ni rasmiy ravishda mamlakatimizda o`z majburiyatlarini bajarishga kirishgan deb hisoblanadi.
Xorijiy davlat elchisi yoki xalqaro tashkilot hamda xorijiy davlatning diplomatik vakili funksiyasini bajarishining to`xtatilishi Prezidentga chaqirib olish yorlig`ini topshirish orqali rasmiylashtiriladi.
Chet el davlatlarida O`zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatlarining boshliqlarini tayinlash va chaqirib olishning tartibi "Xorijiy davlatlardagi O`zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining boshliqlarini tayinlash va ularni chaqirib olish to`g`risida" gi 1992 yil 3 - iyuldagi qonun bilan belgilanadi. Bu qonun " Diplomatik aloqalar to`g`risida" gi 1961 yilgi Vena konvensiyasi hamda boshqa umume'tirof etgan xalqaro - huquqiy normalar va qoidalarga to`la mos keladi.
Diplomatik vakolatxona boshlig`i lavozimiga nomzodni Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor organlarning kelishuvini olgan holda tavsiya etadi. Favqulodda va muxtor elchi yoki favqulodda va muxtor vakilning belgilangan mamlakatga jo`nab ketishidan oldin Tashqi ishlar vazirligi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti imzo chekkan va tashqi ishlar vazirining imzosi qo`yilgan, belgilangan davlat boshlig`iga berish uchun mo`ljallangan ishonch yorlig`ini tayyorlaydi.
O`zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasining boshlig`ini chaqirib olish O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
birinchidan, diplomatik vakolatxona boshlig`i almashtirilganda;
ikkinchidan, diplomatik vakolatxona boshlig`i nomaqbul shaxs (person non grata) deb e'lon qilinganda;
uchinchidan, davlatlar o`rtasidagi diplomatik munosabatlar uzilganda;
to`rtinchidan, davlatlar o`rtasida urush holati e'lon qilinganda;
beshinchidan, davlat xalqaro huquq subyekti sifatida mavjudligini tugatganda.
4. Konstitutsiyada belgilab qo`yilganidek, Prezident mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotning,ichki va tashqi siyosatining eng muhim maaslalari yuzasidan Oliy Majlis palatalariga har yili ma'lumotnoma taqdim etadi. Uning ma'lumotnomasi normativ hujjat hisoblanmaydi. Bu axborot siyosiy tusga ega bo`lib, mamlakatni rivojlantirishning dasturiy prinsiplari va strategik vazifalarini o`z ichiga oladi.
Ma'lumotnomada O`zbekiston Prezidentining mamlakat kelajagini qanday tasavvur qilayotganligi bayon etiladi. Jumladan, O`zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning quyidagi chiqishlarini ko`rsatib o`tish mumkin: 1995 yil 23 fevraldagi birinchi chaqiriq Oliy Majlis birinchi sessiyasidagi "O`zbekiston ijtimoiy - siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy tamoyillari", 1996 yil 29 avgustdagi milliy parlamentning oltinchi sessiyasidagi, "Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim vazifalari", 1999 yil 14 aprelda o`n to`rtinchi sessiyadagi, "O`zbekiston XXI asrga intilmoqda"; 2000 yil 22 yanvarda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis birinchi sessiyasidagi, "Oliy maqsadimiz - Vatan ozodligi va obodligi, xalq erkinligi va farovonligi" mavzusidagi chiqishlari va 2005 yil 28 yanvarda Oliy Maj lis Qonunchilik palatasi va Senatning qo`shma majlisida “ Bizning bosh maqsadimiz- jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” ma'ruzasida davlatning tashqi va ichki siyosatning asosiy yo`nalishlarini ko`rsatib o`tildi. Prezidentning bu nutqlarida davlatning strategik siyosiy yo`nalishlari belgilab berildi.
5. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ijroiya hokimiyatini tuzish bilan bog`liq vakolatlari ancha keng bayon qilingan. Bunday vakolatlarning ko`pchiligiga quyidagi ikkita sabab bor:
birinchidan, Prezident bo`lib saylangan shaxsning dasturi umumxalq saylovlari orqali qo`llab - quvvatlangani uchun u ijro hokimiyat organlarini tuzishda ma'lum vakolatlarga ega bo`lishi kerak. Chunki uning dasturini bajarish asosan, ijro hokimiyati organlari zimmasiga tushadi, ularni tuzishda Prezidentning vakolatlari juda muhim o`rin tutadi;
ikkinchidan, O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asoslaridan biri bo`lmish hokimiyatlarning bo`linishi prinsipi davlat hokimiyatining biror organi faqat bir hokimiyat tarmog`i tomonidan tuzilishini istisno qiladi. Shuning uchun davlat hokimiyatining markaziy organlarini tuzishga ham Prezident, ham Oliy Majlis jalb qilingan. Bunga quyidagi ikki yo`l bilan erishiladi: Prezident muayyan mansabdor shaxslarni tayinlaydi, Oliy Majlis palatalari esa ma'qullaydi, yoxud Oliy Majlis palatalari tayinlaydi, nomzodni esa Prezident taklif qiladi.
Ijro hokimiyati organlarini tashkil qilishda Prezidentning vakolatlari juda keng. Prezident Bosh vazir nomzodini Oliy Maj lis palatalariga kiritadi. O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o`rinbosarlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchilik bu masalalarni Oliy Majlis Senatining tasdig`iga kiritadi. Shuningdek, Prezident viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, bu masalalarni tegishli xalq deputatlari Kengashining tasdig`iga qo`yadi. Prezident o`z qarori bilan Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o`z sha'ni va qadr - qimmatiga dog` tushiradigan xatti - harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod etishga hakli.O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini tuzadi.Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalaga doir fapmonlarni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati taqdimiga kiritadi.
6. Sud hokimiyati organlariga kelganda, shuni aytish mumkinki, Prezident Oliy Majlis Senatiga Konstitutsiyaviy sud raisi va sudyalari, Oliy sud raisi va sudyalari, Oliy xo`jalik sud raisi va sudlari nomzodlarini taqdim etadi.. Shuningdek, Prezident viloyat, tuman, tumanlararo shahar,harbiy va xo`jalik sudi sudyalarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Prezidentning taqdimiga binoan, Oliy Majlis Senati Markaziy Bank boshqaruvi raisi, Tabiatni muhofaza qilish davlat ko`mitasining raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi.
Faqat ijro hokimiyati organlarini tuzishgina emas, balki ularning faoliyati bilan bog`liq sohada ham Prezidentga katta vakolatlar berilgan. Konstitutsiyaga muvofiq Prezident ijro hokimiyatining boshlig`i hisoblanadi.
Agar respublika boshqaruv organlarining, shuningdek hokimlarning qabul qilgan hujjatlari Konstitutsiya va Qonunlarga, O`zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga zid bo`lsa yoki ular inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini poymol qilsa, ushbu masala tegishli sudda hal qilinmagunicha Prezident bu hujjatlarni to`xtatish yoki bekor qilishga haqli.
7. Prezidentning respublika davlat va boshqaruv oliy organlarining o`zaro hamkorligini ta'minlashdagi vakolatlari ham bor. Buning uchun u Konstitutsiyada o`rnatilgan, Oliy Majlisga ta'sir o`tkazish (XVIII-MAVZU), Vazirlar Mahkamasiga ta'sir o`tkazish (XX-MAVZU) dastaklaridan foydalanishi, ba'zi hollarda sudga murojaat qilishi, masalani Konstitutsiyaviy sud ko`rib chiqishi uchun taqdim etishi mumkin
Prezident O`zbekiston Respublikasi vazirliklarini, davlat qo`mitalarini hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, buni Oliy Majlis palatalarining tasdig`iga kiritadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta'minlash uchun Prezident Konstitutsiyada ko`rsatilgan boshqa vositalardan ham foydalanish imkoniga ega. Lekin Prezidentning davlat va ijro hokimiyati boshlig`i sifatidagi obro`si hal qiluvchi omil hisoblanadi. Chunki u to`g`ridan - to`g`ri umumiy saylovlarda xalq topshirgan siyosiy mandatga ega.
8. O`zbekiston Respublikasining Prezidenti qonunlarni imzolaydi. Prezidentning imzosi bo`lmasa, qonun kuchga kirmaydi. Bu davlat boshlig`ining an'anaviy funksiyasi bo`lib, qonunga majburiy kuch beradi va qonun chiqaruvchilik jarayonini yakunlaydi.O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma'qullagan qonun imzolanishi va e'lon qilinishi uchun Prezidentga o`n kun ichida yuboriladi.Prezident esa o`ttiz kun ichida qonunni imzolaydi hamda matbuotda e'lon qilinadi.
Qonunni imzolash uning xalqqa e'lon qilinganligini, ya'ni uni ommaga bildirganligini anglatadi. Bunday rasmiy e'lon qilish - Oliy Majlis qabul qilgan va Prezident imzolagan qonun matnini rasmiy maqom berilgan matbuot organida nashr etishdir. Qonun butun O`zbekiston Respublikasi xududida kuchga kiradi.
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti qonunga o`z e'tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama kilish va ovozga qo`yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga haqli. Konstitutsiyaviy huquqda bu " Prezident vetosi " nomini olgan bo`lib, boshqaruvning prezidentlik shaklidagi davlatlarga xosdir.
Veto - davlat boshlig`ining parlament qabul qilgan, lekin hali kuchga kirmagan qonunga e'tiroz bildirish huquqidir - O`zbekiston Konstitutsiyasida "Veto" atamasi ishlatilmagan. O`zbekiston Konstitutsiyasida Prezidentning o`z asoslangan e'tirozini bildirib, qonunni takroran muhokama qilish va ovozga quyish uchun Oliy Majlisga qaytarish huquqi haqida gapiriladi.
Qaytarish uchun asoslar ro`yxati Konstitutsiyada ko`rsatilmagan, lekin qonunni qaytarar ekan, Prezident bunday qarorning sababini asoslab beradi. Bunda Prezident umuman qonunga yoki uning biror qoidasiga e'tiroz bildirishi mumkin.
Agar Prezident tomonidan qaytarilgan qonunni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati a'zolarining umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko`pchilik ovozi ma'kullansa qonun o`n to`rt kun ichida Prezident imzolashi va e'lon kilishi kerak bo`ladi.
9. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat masalasidagi vakolatlari Konstitutsiya 93-moddasining 19-bandida aniq ifodalangan. Faqat Prezidentgina butun respublika hududida favqulodda holat joriy etishga haqli. U qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida Oliy Majlisning palatalari tasdig`iga kiritadi. Lekin Prezident bunday qarorni qabul qilishda erkin emas, chunki favqulodda holat faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibdagina joriy etiladi.
10. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining harbiy sohadagi vakolatlari ancha keng. U respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo`mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning Oliy ko`mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, Xavfsizlik kengashini tuzadi va unga rahbarlik qiladi, oliy harbiy unvonlarni beradi.
Prezidentning Oliy Bosh qo`mondon ekanligi Mudofaa vazirligiga har qanday buyruqlar berishiga imkon tug`diradi. Mudofaa vaziri amalda bevosita Prezident rahbarligida ishlaydi. Urush yoki agressiya holatida Prezident har qanday vaqtda Qurolli kuchlarga boshchilik qilishni o`z qo`liga olishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tajovuzdan, bir - birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug`ilganda urush holati e'lon qilishga haqli, u bu qarorini uch kun mobaynida mamlakat Oliy Majlisining palatalarinig tasdig`iga kiritadi.
11. Davlat boshlig`i sifatida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari jumlasiga fuqarolik, siyosiy boshpana berish, O`zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlash, amnistiya to`g`risidagi hujjatlarniOliy Majlis Senatiga taqdimnoma kiritish kabi masalalarni hal qilish kiritilgan.
O`zbekistonda yagona fuqarolik o`rnatilgan bo`lib, unga qanday asoslarda ega bo`lishidan qat'iy nazar barcha uchun tengdir (Konstitutsiyaning 21-moddasi). Fuqarolikka ega bo`lish va uni yo`qotishning asos va tartiblari O`zbekiston Respublikasining "Fuqarolik to`g`risida" gi qonuni bilan belgilanadi. Qonunning 30- moddasida Prezidentning fuqarolik masalalari bo`yicha vakolatlari belgilangan.
Prezident bu masala bo`yicha quyidagi qarorlarni qabul qiladi:
birinchidan, O`zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni O`zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish;
ikkinchidan, xorijda yashayotgan tegishli iltimosnoma bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish;
uchinchidan, O`zbekiston Respublikasining fuqaroligiga tiklash to`g`risida;
to`rtinchidan, O`zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqarish to`g`risida;
beshinchidan, O`zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo`qotganlik to`g`risida.
Yuqorida aytilgan masalalarni dastlabki ko`rib chiqish uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida fuqarolik masalalari bo`yicha komissiya tuzilgan. U har bir ariza yoki iltimosnomaning Prezident ko`rib chiqishiga tayyorlaydi.
O`zbekiston Respublikasining fuqaroligini qabul qilish va undan chiqishining batafsil tartibi (zarur hujjatlari, ular kayerga yuborilishi kerak va h.k.). "O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog`liq masalalarni ko`rib chiqishning tartibi to`g`risidagi qoidalar" bilan tartibga solinadi. U 1992 yil 22 noyabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo`yicha Prezident farmon chiqaradi.
Siyosiy boshpana – o`z mamlakatida siyosiy vajlarga ko`ra ta'qib qilinayotgan xorijiy shaxsga, fuqaroligi bo`lmagan shaxsga boshqa mamlakatda yashash huquqini berishdir. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan xorijiy shaxsga yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxsga siyosiy boshpana berilishi shuni anglatadiki, bu odam O`zbekistonga kelishi mumkin va jinoyatchi sifatida boshqa davlatga berilmaydi. Odatda siyosiy boshpana siyosiy faoliyati, ilmiy va madaniy vajlar uchun, milliy va diniy vajlar tufayli ta'qib qilinayotgan shaxslarga beriladi. Siyosiy boshpana huquqi 1948 yilgi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (14-modda) va BMT Bosh Assambleyasining 1967 yil 14 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan hududiy boshpana to`g`risidagi deklaratsiyada nazarda tutilgan, lekin rezolyutsiya faqat tavsiya xususiyatiga ega. Siyosiy boshpana olish uchun zarur bo`lgan shartlarni belgilash – boshpana berayotgan davlatning suveren huquqidir. Faqat O`zbekiston Respublikasining Prezidentigina siyosiy boshpana berish to`g`risidagi qaror qabul qilishga vakolatlidir.
12. Davlat mukofotlari va faxriy unvonlar – davlatning iqtisod, fan, madaniyat, san'at, Vatanni himoya qilish va ijtimoiy hayotning boshqa sohalaridagi yuksak xizmatlari uchun fuqarolarni rag`batlantirishning oliy shaklidir.
Konstitutsiyaga muvofiq davlat mukofotlari (ordenlar, medallar, yorliqlar) bilan taqdirlash O`zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi. U oliy harbiy unvonlarni (masalan, armiya generali), oliy malakaviy unvonlarni (masalan, diplomatik daraja), oliy maxsus unvonlarni (masalan, amaldagi davlat adliya maslahatchisining toifa darajasini) beradi. Fan va texnika, adabiyot va san'at sohasidagi davlat mukofotlari bo`yicha komissiyaning qarori Prezident farmonlari bilan tasdiqlanadi. Faqat O`zbekiston Respublikasining fuqarolarigina emas, balki xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi bo`lmagan shaxslar ham davlat mukofotlari va faxrli unvonlar bilan mukofotlanishi mumkin. Masalan, 1996 yil aprelda fransuz olimi, professor L. Keren Amir Temur merosini o`rganishga qo`shgan katta hissasi uchun "Shuhrat" medali bilan mukofotlandi.
Mukofotlangan shaxs qasddan jinoyat sodir etganda sudning taqdimnomasiga binoan faqat Prezident tomonidan davlat mukofotlaridan mahrum qilinishi mumkin (Prezidentning maxsus farmoni chiqariladi).
13. Amnistiya to`g`risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida Oliy Majlisning Senatiga taqdimnoma kiritadi. Amnistiya – jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan to`la yoxud qisman ozod qilish yoki ilgari sud tayinlagan jazoni o`tagan shaxslarning sudlanganligini olib tashlashdir. Amnistiya e'lon qilinishi bilan jazoni o`tayotgan shaxslar uni o`tashdan ozod qilinadilar yoki jazo muddati qisqartiriladi. Agar ayblanuvchi ishning amnistiya bo`yicha to`xtatilishiga e'tiroz bildirsa, ushbu ish tergovi va sud yurituvida davom etadi. Sud ayblanuvchini aybdor deb topsa, shu amnistiya aktida ko`rsatilgan asoslarga ko`ra to`xtatiladi.
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti O`zbekiston sudlari tomonidan hukm qilingan fuqarolarni afv etadi. Afv etish to`g`risidagi qarorni qabul qilar ekan, Prezident inson huquqlari va erkinliklarining kafolati sifatida maydonga chiqadi. Chunki mahkumning O`zbekiston Prezidentiga murojaat qilishi – jinoiy jazo chorasini qaydaydir darajasida bo`lsada o`zgartirishning so`nggi imkoniyatidir.
Amnistiyadan farqli ravishda afv – individual akt, ya'ni muayyan shaxs yoki shaxslar guruhiga taalluqli hujjatdir. Afv hukm qonuniy kuchga kirgan jinoyati uchun sudlangan shaxsni jazodan ozod qilish yoki jazoni yumshatishdir. Afv etish reabilitatsiyadan farq qiladi. Reabilitatsiya (oqlash) ham individual akt, lekin u oqlangan shaxs noqonuniy hukm qilinganini bildiradi. Afv esa hukmning to`g`riligini tasdiqlaydi, lekin mahkumning holatini yengillashtiradi (jazo chorasini o`zgartirish, jazoni o`tashdan ozod qilish).
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti o`z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.
14. Konstitutsiyaning 95-moddasi ko`p mamlakatlarda mavjud bo`lgan davlat boshlig`ining parlamentni tarqatib yuborish institutiga bag`ishlangan. Parlamentni tarqatib yuborish - uning vakolatlari tugaguncha, yangi saylovlar belgilangunicha parlament faoliyatining to`xtatilishidir. Parlamentni tarqatib yuborish hokimiyatlarning bo`linishi prinsipini amalga oshiradigan muvozanatlar va ziddiyatlar tizimining muhim elementidir.
Parlamentni tarqatib yuborish, qoida tarikasida, Konstitutsiya amalga oshirish mumkin yoki qonunlar asosida ko`rsatilgan.
Prezident Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatini faqat Konstitutsiyada aniq belgilangan hollardagina tarqatishi mumkin.
Birinchidan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatini tarkibida uning normal faoliyatini tahdidga soladigan, hal qilib bo`lmaydigan ixtiloflar yuz berganda;
Ikkinchidan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati bir necha marta Konstitutsiyaga zid qarorlar qabul qilganda;
Uchinchidan, tarqatib yuborishga Konstitutsiyaviy sudning roziligi bo`lganda.
Demokratik tuzumdagi parlamentni tarqatib yuborish instituti uchun ikki tomonlama bir xil yuridik aloqa xosdir: parlament tarkibi faoliyatining to`xtatilishi va yangi saylovlarning belgilanishi. O`zbekiston Konstitutsiyasining 95 - moddasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatini tarqatilgan taqdirda, uch oy mobaynida, unga yangi saylovlar o`tkazilishi ko`rsatilgan.
Shu bilan birga, Konstitutsiyaning 95-moddasining 3-qismida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatini tarqatib yuborilishini cheklovchi qoida belgilab qo`yilgan. Masalan, butun O`zbekiston hududida favqulodda holat joriy qilingan bo`lsa, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatini tarqatilishi mumkin emas. Bunday, alohida favqulodda vaziyatda davlat amaldagi parlamentsiz qolishi mumkin emas.
Shunday qilib, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisi palatalarini tarkatib yuborish huquqi mutlaq emas, chunki bu Konstitutsiyada qat'iy belgilangan vaziyatlar bilan chegaralangan.
 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə