O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Hokim – mahalliy ijroiya va vakillik hokimiyatining rahbari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə95/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

3. Hokim – mahalliy ijroiya va vakillik hokimiyatining rahbari
Hokim institutining joriy etilishi o`zbek milliy davlatchiligi an'analari va tarixiy tajribalarning qaytadan tiklanishi tarixiy tajriba va an'analarga asoslanadi. Iskandar davrida mahalliy aholi vakillaridan Artaboz – Baqtriyada, Oksiart va Xoriyon – So`g`diyona viloyatlarida hokimlik qilganlar. Xususan, Amir Temur va temuriylar davlatchiligida davlat boshqaruvi oliy darajadagi amaldorlardan tashkil topgan markaziy boshqaruv va viloyat hokimlariqo`lida mahalliy boshqaruv asosiy o`rin tutib, ular mamlakatning amaldagi haqiqiy egalari edilar. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatida yakkaboshchilikni kuchaytirish maqsadida hokim lavozimi ta'sis etildi va 1991 yil dekabr oyida Toshkent shahri aholisi tomonidan ilk bor shahar hokimi saylandi. Oliy Kengash tomonidan 1992 yil 4 yanvarda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to`g`risidagi ” qonun hokim institutining asosiy vazifalarini belgirlab bergan bo`lsa, “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi
1993 yil 2 sentabr qonuni hokim instituti faoliyatini tashkil etilishini qonuniylashtirdi.
Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor shaxsi bo`lib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. «Kuchli ijroiya hokimiyati bo`lmasa, hatto eng demokratik yo`l bilan qabul qilingan qarorlar ham bajarilmasligi mumkin» 1- deydi O`zbekiston Prezidenti.
Hokimlik lavozimi ijro hokimiyatini kuchaytirish maqsadida vujudga keltirilgan. Hokim nafaqat joylarda ijro hokimiyatini boshqaradi, balkim vakillik organlarini ham boshqaradi,
Hokimlar vakillik organlaridan farq qilib, tayinlash yo`li bilan ta'sis etiladi. Viloyat hokimlari va Toshkent shahar hokimi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanib, lavozimidan ozod qilinadi, tayinlash va ozod qilish viloyat va Toshkent shahar Kengashlari sessiyasida tasdiqlanadi. Bu viloyat va Toshkent shahar hokimlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining shu joylardagi vakili ekanligini ko`rsatadi. Natijada markaziy va mahalliy ijro organi o`rtasida mustahkam aloqa vujudga keladi. Viloyat Toshkent shahar hokimlari hokimlik tizmining yuqori bo`g`inini tashkil etadi.
Hokimlik tizimining keyingi bo`g`ini tuman va shahar hokimlaridir. Ular ham ikki guruhga bo`linadi. Birinchisi- viloyat tarkibidagi tumanlar va viloyatga bo`ysunuvchi shaharlarning hokimlari. Bu hokimlar viloyat hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli hudud xalq deputatlari Kengashida tasdiqlanadi.
Shahardagi tumanlarning hokimlari, shahar hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Shahar tarkibidagi tumanlarda vakillik hokimiyati organlari bo`lmaganligi uchun, hokimlarni lavozimga tayinlash yoki lavozimidan ozod qilish, shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Tumanga bo`ysunuvchi shaharlarning hokimlari, tuman hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi yoki lavozimidan ozod qilinadi. Tumanga bo`ysunuvchi shaharlarda ham vakillik organi bo`lmaganligi uchun, hokimni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish masalasi tuman xalq deputatlari Kengashlarida tasdiqlanadi.
Hokimlarni lavozimga tayinlashda bir tomondan Prezident va yuqori hokimlar, ikkinchi tomondan tegishli vakillik organlarining ishtirok etishi, hokimlarning yuqori va mahalliy vakillik organlari oldida, xalq vakillari oldida ma'suliyatni kuchaytiradi.
«Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida» qonunning 21-moddasiga ko`ra viloyat, tuman, shahar ijroiya hokimiyatiga hokim boshchilik qiladi. Hokim O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi o`rinbosar va o`rinbosarlarga ega bo`ladi. Viloyat va Toshkent shahar hokimining birinchi o`rinbosari hamda o`rinbosarlari hokim tomonidan O`zbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tegishli xalq deputatlari Kengashining tasdig`iga kiritiladi. Tuman, shahar hokimining o`rinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining tasdig`iga kiritiladi.
Shahardagi tuman, tumanga bo`ysunuvchi shahar hokimining o`rinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hokimning o`rinbosarlari hokim tomonidan belgilangan vazifalar taqsimotiga muvofiq ish bajaradilar. Hokim yo`qligida yoki u zimmasidagi vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo`lmagan taqdirda uning vakolatlarini birinchi o`rinbosar yoki hokimning topshirig`iga binoan uning o`rinbosarlaridan biri bajaradi.
Viloyat,tuman, va shahar hokimliklari faoliyatida hokim ijroiya mahkamasining ishini tashkil etish katta ahamiyatga ega . Chunki, hokim o`z vakolatlarini ijro mahkamasi orqali amalga oshiradi.
«Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida» qonunning 22-moddasiga ko`ra mahalliy ijroiya hokimiyati organlari (hokimliklar) boshqarmalar, bo`limlar va boshqa bo`linmalardan iborat bo`lib, ularning strukturasi, ularni tashkil etish tartibi va faoliyati O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya hokimiyati organlarining strukturasi va shtatlari hokim tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida belgilanadi va o`zgartiriladi.
Tuman, shahar ijroiya hokimiyati organlarining strukturasi va shtatlari hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida belgilanadi va o`zgartiriladi. Viloyat, tuman, shahar hokimliklari apparatining stukturasi va shtatlari viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida belgilanadi va o`zgartiriladi.
Viloyat va Toshkent shahar hokimligi apparatining namunaviy strukturasi va shtatlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, tuman va shahar hokimligi apparatining namunaviy strukturasi va shtatlari esa yuqori turuvchi hokim tomonidan belgilab qo`yiladi. Qoraqalpog`iston Respublikasida tuman va shahar hokimligi apparatining namunaviy strukturasi va shtatlari Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilab qo`yiladi.
Mazkur qoidaga asosan Vazirlar Mahkamasi hokimliklar ijroiya mahkamasining tashkil etish va faoliyat yuritish nizomlarini tasdiqlab, bu apparatlar ishini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 17 iyundagi “Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish to`g`risida”gi 301-sonli Qarorini qabul qildi. Shuningdek, bu boradagi faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2004 yil 5 yanvarda “Davlat boshqaruvi xududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to`g`risida” qaror qabul qildi.
Bundan tashqari hokimliklar huzurida tuziladigan komissiyalar faoliyatini takomillashtirish va muvofiqlashtirish Kengashlar ishini tashkil etish katta ahamiyatga ega. Mahalliy hokimiyat organlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan komissiyalar tuzishning ijobiy tomonlari mavjud bo`lib, uning tarkibi ma'lum sohaga tegishli idoralar rahbarlaridan tuziladi. Ushbu komissiya va muvofiqlashtiruvchi Kengashlar ma'lum sohada mavjud masalalarni amalga oshirishda sohaga tegishli idoralarning boshqaruv faoliyatini muvofiqlashtiradi, amalga oshirilishi kerak bo`lgan tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.
Mahalliy ijroiya hokimiyatlar Kotibiyati sessiyalarga, majlislarga, hokim maslahat Kengashi yig`ilishlariga tayyorgarlikni va unda qabul qilinadigan qarorlarning ekspertizasini, mahkama ishining istiqbol va joriy rejalarini ishlab chiqishda, xalq deputatlari Kengashining doimiy komissiyalariga uslubiy yordam ko`rsatadi. Shunigdek, qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlarning ijrosini tezkorlik bilan nazorat qilinishini tashkil etadi. Kotibiyat hokim mahkamasi faoliyatining ijtimoiy, moddiy, texnik va axborot vositalari bilan ta'minlanishini amalga oshiradi.
Tegishli xudud hokimliklari huzurida xo`jalik va ijtimoiy –madaniy qurilish tarmoqlarini tezkorlik bilan boshqarishni ta'minlash uchun tegishli bosh boshqarmalarini birlashtiruvchi tarmoq majmualari tuziladi.75[68]
Xududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim muammolarini muhokama qilish uchun hokim huzurida Maslahat Kengashi tuziladi, uning tarkibiga hokimning birinchi o`rinbosarlari va o`rinbosarlari, kotibiyat boshlig`i kiradi.
Mahalliy ijroiya hokimiyat faoliyatini tashkil etishda hokimiyat apparatiga kiruvchi bo`limlarning o`rni alohida ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilar: umumiy bo`lim, yuridik bo`lim,tashkiliy kadrlar bo`limi, ishlar boshqarmasi. Umumiy bo`lim, hokim ijroiya apparatida ish yurgizishni aniq olib borishni ta'minlasa, tashkiliy-kadrlar bo`limi, xalq deputatlari Kengashlari va hokimiyat faoliyatini tashkiliy, uslubiy ta'minlash va hokim apparatiga kadrlar tanlab olish vazifasini amalga oshirish uchun tuziladi. Ishlar boshqarmasining asosiy vazifasi esa, xalq deputatlari Kengashi va hokim ijroiya apparati faoliyatiga moliyaviy, texnikaviy va transport xizmat ko`rsatish ishlarini tashkil etadi.
Hokimliklar ijroiya mahkamasi xodimlari va xizmatchilari o`zlarining bevosita rahbarlari – hokim va hokim o`rinbosarlari oldida mas'uldirlar.
Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari struktura bo`linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish tartibi, «Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida» qonunning 23-moddasida belgilangan bo`lib, qonunlarda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning o`zga tartibi belgilanmagan bo`lsa, ijroiya hokimiyati struktura bo`linmalarining rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan holda tegishli hokimning taqdimiga binoan - xalq deputatlari Kengashi tomonidan sessiyalar oralig`idagi davrda esa - hokim tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar, bu xususda qabul qilingan qaror xalq deputatlari Kengashining tasdig`iga kiritiladi.
Basharti, qonunlarda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning o`zga tartibi belgilanmagan bo`lsa, shahardagi tuman yoki tumanga bo`ysunadigan shahar ijroiya hokimiyati struktura bo`linmalarining rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan holda tegishli hokim tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. Hokim ijro mahkamasi o`z ish faoliyatini mavjud konstitutsiyaviy normalar, qonunlar, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va ijro mahkamasining Reglamenti asosida amalga oshiradi.
Mahalliy ijroiya organining rahbari sifatida hokimning vakolatlari qonunning 25-moddasida aniq sanab o`tilgan. Viloyat, tuman va shahar hokimi:
- qonunlar va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;
- Jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog`liq chora-tadbirlar ko`radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;
- Viloyat, tuman va shaharni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo`nalishlarini, viloyat, tuman, shahar budjetining asosiy ko`rsatkichlarini va ularning ijrosiga doir hisobotlarni xalq deputatlari Kengashining tasdig`iga taqdim etadi;
- o`z o`rinbosarlari va ijroiya hokimiyati struktura bo`linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to`g`risidagi qarorlarni xalq deputatlari Kengashi tasdig`iga taqdim etadi;
- hokimlik devoni bo`linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
- quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlarga, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashi va hokimning qarorlariga zid bo`lsa, bekor qiladi va xalq deputatlari Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish to`g`risida taqdimnoma kiritadi;
- rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati struktura bo`linmalarining ishini nazorat qiladi;
- xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to`g`risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;
- davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi;
- respublika va xorijda viloyat, tuman hamda shaharning rasmiy vakili sifatida ish ko`radi;
- aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini qarab chiqadi.
Hokim rejalashtirish, budjet, moliya, hisob-kitob, viloyat, tuman, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo`jaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo`l xo`jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko`rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o`z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə