O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining asosiy funksiyalari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə91/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

3. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining asosiy funksiyalari
O`zbekiston Respublikasi Hukumati – Vazirlar Mahkamasining vakolatlari va faoliyatining asosiy yo`nalishlari avvalambor O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aniq belgilab qo`yilgan. Jumladan, «...Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, qonunlar, Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlashi...»65[58] belgilangan.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to`g`risida»gi Qonunga asosan Hukumat, ya'ni Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy yo`nalishlari sifatida quyidagi faoliyat sohalarini keltirish mumkin:

  • - iqtisodiyot sohasidagi faoliyat;

  • - ma'muriy – siyosiy sohadagi faoliyat;

  • - ijtimoiy – madaniy sohadagi faoliyat.

Nazariy jihatdan olganda Hukumat faoliyatining asosiy yo`nalishlarini yanada aniqroq ko`rsatib o`tish mumkin.
Masalan, rus olimi M.V.Baglayning fikricha, Hukumat faoliyatining asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat:

  • - siyosiy sohadagi faoliyat;

  • - ma'muriy – boshqaruv sohasidagi faoliyat;

  • - qonunchilik sohasidagi faoliyat;

  • - tashqi siyosat sohasidagi faoliyat;

  • - iqtisodiyot sohasidagi faoliyat;

  • - ijtimoiy sohadagi faoliyat va hokazolar.66[59]

Vazirlar Mahkamasining vakolatlarini gapiradigan bo`lsak, Vazirlar Mahkamasining vakolatlari avvalambor, o`zining faoliyati yo`nalishlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni namoyon qilar ekan, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatidan farqli ravishda, ijro faoliyatini amalga oshiradi. Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qarorlar, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bajarilishini ta'minlaydi, shuningdek, ijroiya hokimiyati tarkibiga kiruvchi davlat organlari ustidan boshqaruvni amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasining vakolatlari aynan shulardan kelib chiqqan holda belgilangan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ma'muriy – siyosiy sohada juda keng vakolatlarga ega.
Jumladan, Vazirlar Mahkamasi:

  • - Respublika boshqaruv tuzilmasini takomillashtiradi;

  • - O`zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo`mitalari; idoralari; davlat va xo`jalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish to`g`risidagi takliflarni ishlab chiqadi;

  • - Vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar hamda davlat va xo`jalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo`naltiradi;

  • - Vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar hamda davlat hamda xo`jalik boshqaruvining boshqa organlari to`g`risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

  • - Vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar hamda davlat budjetida bo`lgan davlat boshqaruvi boshqa organlarining markaziy apparati xodimlarining soni va ularga sarflanadigan mablag`lar miqdorini belgilaydi;

  • - Vazirliklar, davlat qo`mitalari raislarining o`rinbosarlarini, bosh boshqarmalar hamda davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlarini va ularning o`rinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;

  • - Xo`jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining va vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar hay'atlari a'zolarini shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan xo`jalik boshqaruvi organlari boshqaruvlari a'zolarini tasdiqlaydi;

  • - O`zbekiston Respublikasining davlat havfsizligi va mudofaa qudratini oshirish, davlat chegaralarini qo`riqlashni ta'minlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlash va ximoya qilish chora- tadbirlarini amalga oshirishga ko`maklashadi;

  • - Davlat boshqaruv organlarining tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birgalikda o`tkazish hamda respublika va halqaro ahamiyatga ega bo`lgan yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi, katta avariyalar va falokatlarning, shuningdek, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish chora – tadbirlarini ko`radi;

  • - O`zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va halqaro tashkilotlardagi vakilligini ta'minlaydi, hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi hamda ularni bajarish chora – tadbirlarini ko`radi.

Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy sohadagi asosiy
vakolatlari quyidagilarda namoyon bo`ladi:

  • - Iqtisodiy jarayonlarni boshqaradi: mulkchilikning barcha shaklarini uyg`unlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotining huquqiy mexanizmini ro`yobga chiqarish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart – sharoitlar yaratish;

  • - Xo`jalik yuritishning yangi shakllari – konsernlar, konsorsiumlar, tarmoqlararo birlashmalar, turli uyushmalar va boshqa ana shunday tashkilotlarni barpo etishga va mustahkamlashga ko`maklashadi, xalq xo`jaligi va aholi talablarini qondirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ular faoliyatini yo`naltiradi va muvofiqlashtiradi;

  • - O`zbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash chora – tadbirlarini amalga oshirishga ko`maklashadi, yagona narx siyosatini o`tkazish, mehnatga haq to`lash miqdorining belgilangan kafolatlarini va ijtimoiy ta'minot darajasini ta'minlash chora – tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

  • - Respublika budjetini, shuningdek, O`zbekiston Respublikasini iqtisodiy, ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqishni hamda ularning ijrosini tashkil etadi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijtimoiy – madaniy sohada ham keng vakolatlarga ega. Xalq ta'limiga rahbarlik, ilmiy, madaniyat – ma'rifat masalalari, sog`liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot, mehantni tashkil etish va kadrlar tayyorlashni tashkil etish bo`yicha vakolatlar yig`indisi Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy – madaniy sohadagi vakolatlari sirasiga kiradi.
Bu borada Vazirlar Mahkamasi o`z vakolatlari doirasida:

  • - Fan va texnikani rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish chora – tadbirlarini amalga oshiradi;

  • - Fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qiladi, ularning mehnat qilish huquqini ta'minlash chora – tadbirlarini ko`radi, ijtimoiy ta'minot tizimini takomillashtiradi;

  • - Sog`liqni saqlash, xalq ta'limini rivojlantrish va takomillashtirishning asosiy yo`nalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga ko`maklashadi.

Yangi tahrirdagi qonunning 6-moddasiga binoan esa ushbu ikkala vakolat quyidagicha belgilangan:
Vazirlarning o`rinbosarlari, davlat qo`mitalari raislarining o`rinbosarlari hamda davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari va ularning o`rinbosarlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan xo`jalik boshqaruvi organlarining rahbarlarini hamda ularning boshqaruvlarining a'zolarini, shuningdek vazirliklar, davlat qo`mitalari idoralar hay'atlarini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.67[60]
Vazirlar Mahkamasi majlislarida davlat boshqaruvi, xo`jalik va ijtimoiy – madaniy qurilishning eng muhim masalalari hal etiladi.
Vazirlar Mahkamasi majlislarida quyidagilar ko`rib chiqiladi:

  • - O`zbekiston Respublikasi budjetini tayyorlash va ijro etish, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Hukumati ixtiyoridagi budjetdan tashqari davlat jamg`armalarini shaklantirish va ulardan foydalanish masalalari;

  • - Boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish masalalari, O`zbekiston Respublikasini va uning ayrim mintaqalarini iqtisodiy va ijtimoiy madaniy rivojlantirish dasturlari loyihalari;

  • - Davlatning qimmatbaho qog`ozlarini chiqarish hajmi hamda O`zbekiston Respublikasi davlat ichki va tashqi qarzi ko`lamlari to`g`risidagi takliflar;

  • - Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish dasturlarining loyihalari va xususiylashtirishdan olingan mablag`lardan foydalanishning asosiy yo`nalishlari to`g`risidagi takliflar;

  • - Belgilab qo`yilgan davlat narxlari qo`llaniladigan maxsulotlar, tovarlar va xizmatlar ro`yxati;

  • - Qonunchilik tashabbusi tartibida Oliy Majlisga kiritiladigan O`zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari;

  • - Davlatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolash to`g`risida takliflar.

Vazirlar Mahkamasining ayrim vakolatlari boshqa qonunlarda ham o`z aksini topishi mumkin. Masalan, O`zbekiston Respublikasining 1997 yilda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash to`g`risida»gi Qonunning 11-moddasi Vazirlar Mahkamasining qonun loyihalarini tayyorlash borasidagi faoliyatiga bag`ishlangan bo`lib, unda Vazirlar Mahkamasining qonunchilik tashabbusiga doir vakolatlar belgilangan.68[61]
Vazirlar Mahkamasining majlislari yilning har choragida kamida bir marta o`tkaziladi. Vazirlar Mahkamasining majlislarini Bosh vazir o`tkazadi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasining majlislarini tayyorlash va o`tkazish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish tartibi to`g`risida»gi qarori bilan bilan belgilanadi.
Bosh vazirning vakolatlari quyidagilardan iborat:
Bosh vazir:
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazirning o`rinbosarlari o`rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi;
Vazirlar Mahkamasining qarorlarini imzolaydi;
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig`iga binoan xalqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko`radi hamda hukumatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolaydi;
davlat va xo`jalik boshqaruvining Vazirlar Mahkamasi majlisida ko`rib chiqish talab etilmaydigan masalalari bo`yicha qarorlar qabul qiladi;
O`zbekiston Respublikasi qonunlarida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Bosh vazir o`z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi.Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishi to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda axborot berib boradi.Bosh vazir yo`qligida uning vazifasini Bosh vazir o`rinbosarlaridan biri bajaradi.
Bosh vazir bo`lmagan hollarda uning vazifalarini birinchi o`rinbosar bajaradi.
Bosh vazirning o`rinbosarlari vazifalar taqsimotiga muvofiq o`zlari rahbarlik qiladigan tarmoqlardagi ishlarning ahvoli uchun javob beradilar, ular tegishli vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar hamda davlat va xo`jalik boshqaruvining boshqa organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni, ularning ishini nazorat qilishni amalga oshiradilar va ularga topshiriq beradilar, Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni hamda qaror va farmoyishlar loyihalarini dastlabki tarzda ko`rib chiqadilar.
Vazirlar Mahkamasining a'zolari:

  • - o`zlariga topshirilgan faoliyat sohalari uchun javob beradilar;

  • - Vazirlar Mahkamasi majlislarida masalalarni ko`rib chiqishda ishtirok etadilar;

  • - Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalarini ko`rib chiqish haqida takliflar kiritishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarini ishlab chiqishda tashabbus ko`rsatishlari mumkin;

  • - Korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda boshqa pul to`lanadigan lavozimni egallash, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqiga ega emaslar.

Qonunga asosan Bosh vazirning vakolatlari doirasi bir muncha o`zgargan. Birinchidan, Bosh vazir o`zining o`rinbosarlari o`rtasidagi vazifalarni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda taqsimlaydi. Ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini faqatgina Bosh vazirning o`zi imzolaydi.
Shuningdek Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishi to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda axborot berib boradi.
Vazirlar Mahkamasi majlislarida muhokama etish uchun masalalar vazirlar, davlat qo`mitalarining raislari, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, konsernlar, uyushmalarning rahbarlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ular bo`lmagan hollarda ularning birinchi o`rinbosarlari tomonidan kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatidagi Rayosat majlislari muntazam, har oyda kamida bir marta o`tkaziladi. Majlislarni Vazirlar Mahkamasining raisi yoki uning topshirig`iga ko`ra O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri olib boradi.
Zaruriyat tug`ilganda shoshilinch masalalarni ko`rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining rejadan tashqari majlislari o`tkazilishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan har xaftada Bosh vazir o`rinbosarlari, Axborot – tahlil boshqarmasi boshlig`i va Apparat rahbari ishtirokida yig`ilishlar o`tkaziladi. Ularda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarining ijrosini tashkil etish va hukumat apparatining joriy faoliyati masalalari ko`rib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasi Rayosatining ko`rib chiqishi uchun Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi har qanday masalar kiritiladi (qonunga muvofiq faqat Vazirlar Mahkamasi majlislarida ko`rib chiqiladigan masalalar bundan mustasnodir).
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida ko`rib chiqish uchun masalalarni tayyorlash Bosh vazir o`rinbosarlarining kotibiyatlari, Axborot – tahlil boshqarmasi, departamentlar, boshqa bo`linmalar Bosh vazir o`rinbosarlarning hamda Apparat rahbari boshchiligida tegishli vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish tartibi to`g`risida»gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga masalalar kiritish huquqiga ega bo`lgan davlat va xo`jalik boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Zarur holarda masalalarni tayyorlashni Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati tomonidan tuziladigan komissiyalar amalga oshiradilar.69[62]
Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati majlisiga kiritiladigan masalalar bo`yicha materiallar Bosh vazirning tegishli o`rinbosari – kompleks rahbari, Axborot – tahlil boshqarmasi boshlig`i, Apparat rahbari tomonidan ko`rib chiqiladi, ular tayyorlangan masalalarning sifati uchun javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasi yoki uchun Rayosati majlisiga taklif etiladigan mansabdor shaxslar ro`yxati Vazirlar Mahkamasining Raisi yoki uning topshirig`iga binoan Bosh vazir yoki Apparat rahbari bilan kelishiladi.
Vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralar, korxona va korporatsiyalar, kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar, davlat va xo`jalik boshqaruvi boshqa organlari rahbarlarini, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisini, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarini hamda majlisga taklif etiladigan boshqa shaxslarni xabardor qilish, shuningdek ularning majlisga kelgan-kelmaganliklarini nazorat qilish tegishliligi bo`yicha Bosh vazir o`rinbosarlarining kotibiyatlari, departamentlar va bo`limlar tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining majlislariga O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Bosh prokuror, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, Oliy xo`jalik sudi Raisi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni nazorat inspeksiyasi rahbari, «O`zdavteleradio» kompaniyasi, Markaziy Bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvlarining Raislari, O`zbekiston Axborot Agentligining bosh direktori, iqtisodiyot vazirining o`rinbosarlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi doimiy vakili, O`zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi doimiy ravishda, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ularning o`rinbosarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari esa zaruriyatga ko`ra taklif etiladilar.
Boshqa mansabdor shaxslar majlisga faqat ularga daxldor masalalar bo`yicha taklif etiladilar.70[63]

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə