O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Moliyaviy tahlilning maxsus usullari: moliyaviy hisobotni o‘qish



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   377
Moliyaviy tahlil

1.6. Moliyaviy tahlilning maxsus usullari: moliyaviy hisobotni o‘qish, 
gorizontal, vertikal, trend, qiyosiy, omilli, koeffitsiyentlar tahlili. 
 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holati yuzasidan obyektiv 
axborotlarni olish yo‘llarini belgilab beruvchi tahlil usullariga quyidagilarni kiritish 
mumkin
9

moliyaviy hisobotni o‘qish 
gorizontal tahlil 
vertikal tahlil 
trend tahlili 
qiyosiy tahlili 
moliyaviy koeffitsiyentlar 
omilli tahlil 
Moliyaviy hisobotlarni “o‘qish” – deganda moliyaviy hisobotni manzilli 
o‘rganish tartibi tushuniladi. Ya’ni korxonani bilishni dastlabki o‘rganish usulidir. 
Gorizontal tahlil-moliyaviy hisobot elementlari va ularning moddalarini mutlaq 
va nisbiy farqlash orqali o‘zgarishlarini aniqlash usulidir. 
Vertikal tahlil-mablag‘lar va ularning tashkil topish manbalarini, daromad va 
xarajatlarni, moliyaviy hisobotlarning boshqa elementlarini tarkibiy o‘rganish usulidir. 
Trend tahlili – asos ko‘rsatkichiga nisbatan dinamik o‘rganish usulidir. 
Qiyosiy tahlil – bir yoki bir nechta ko‘rsatkichlar tizimini, turli obyektlar bo‘yicha 
taqqoslash usulidir. 
Moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili – moliyaviy hisobot elementlari va moddalarini 
o‘zaro nisbatlash asosida aniqlanadigan ko‘rsatkichlar asosida baholash usulidir. 
Omilli tahlil – natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi birliklarni va hisob kitob 
qilish mumkin bo‘lgan birliklarda aniqlash usulidir
10
.
Moliyaviy tahlil usullari qatoriga ayrim manbalarda‚ shuningdek, taqqoslama 
(solishtirma) tahlil, loyihaviy tahlil, diskontlash usullari ham kiritiladiki ushbu usullar 
iqtisodchilar guruhiga kiruvchi boshqa mutaxassislar tomonidan ko‘proq 
qo‘llaniladigan usullardir. 
Yuqorida keltirilgan usullar tahlilchilarning barcha qatlami uchun yagona usullar 
sifatida foydalaniladi. 
9
Рахимов М.Ю. Иқтисодиёт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод, 2015.-
316 б., Ефимова О.В. [и др.]. Анализфинансовойотчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л, 2013. - 388 
с., K. R. SubramanyamFINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITIONPublished by 
McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by

Карлин Т.Р. Анализ 
финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. — 448 с. — ISBN 5-86225-
675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и статистика. 2003, -622 ст., 
Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и статистика 2007. 367 стр
10
Рахимов М.Ю. Иқтисодиёт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод, 2015.-
316 б., Ефимова О.В. [и др.]. Анализфинансовойотчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л, 2013. - 388 
с., K. R. SubramanyamFINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITIONPublished by 
McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by

Карлин Т.Р. Анализ 
финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. — 448 с. — ISBN 5-86225-
675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и статистика. 2003, -622 ст., 
Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и статистика 2007. 367 стр


57 
Tahlil usullarining sxematik tushuntirish ularni anglashni yanada osonlashtiradi. 
Shu sababli‚ bir xil holatning har xil jihatlarini aks ettiruvchi moliyaviy hisobot 
elementlari moddalariga nisbatan, shuningdek‚ moliyaviy holat ko‘rsatkichlariga 
nisbatan ushbu usullarning tasnifini berib o‘tamiz. 
Moliyaviy hisobotni «o‘qish». Moliyaviy hisobotni «o‘qish» deganda ko‘pincha 
moliyaviy hisobotning manzilligi (egasi) mulki shakli (xususiy, aksionerlik, h.k.), 
o‘lchov birligi (milliy va xorijiy valyuta), yuridik manzilli, davriyligi (qaysi davrga 
to‘zilishi) tasniflash tushuniladi. Aslida o‘qish kengroq tushuncha. Unda mulkning 
o‘ziga va qarzga olingan qismlarga bo‘linishi, agar korxonada pul mablag‘lari bo‘lsa‚ 
ular hozirda kimga tegishli ekanligi, agar korxona foydaga ega bo‘lsa‚ ular qaysi 
aktivlarda shakllanganligi (moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rinishda ekanligi), 
balansning o‘sishi nimani izohlashi, agar korxona moliyaviy barqaror bo‘lsa yoki 
nobarqaror bo‘lsa u balansda qanday joylashuvi kabi masalalarni ham qamrab olmog‘i 
lozim.
Gorizontal tahlil – alohida moliyaviy ko‘rsatkichlarni o‘zaro taqqoslash orqali 
moliyaviy holatdagi o‘zgarishlarga baho berish usuli hisoblanadi. O‘zgarishlar, mutlaq 
va nisbiy ifodalarda aniqlanadi. 
Moliyaviy hisobot elementlari va moddalarini, moliyaviy ko‘rsatkichlarni 
gorizontal tahlil asosida ularning o‘sish darajalariga baho beriladi. 
Moliyaviy tahlilda gorizontal tahlilning quyidagi shakllaridan foydalaniladi.
1.Hisobot davri moliyaviy ko‘rsatkichlarni o‘tgan yilning shu davri (dekada, oy, 
chorak) ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash;
2.Hisobotning moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichi 
bilan taqqoslash (masalan joriy davr 1-choragini o‘tgan yilning 1-choragi bilan 
taqqoslash) 
3-Bir necha yillar bo‘yicha moliyaviy ko‘rsatkichlarni taqqoslash. 
1.40-jadval 

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə