O‘ZBÅÊist



Yüklə 451,11 Kb.
səhifə39/119
tarix20.02.2022
ölçüsü451,11 Kb.
#83955
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   119
Birja ishi (1)

Tayanñh so‘zlar:

Invåstitsiya fondlari, invåstorlar, fondlarni boshqarish, xatarlarni ka- maytirish, hisob-kitob — kliring tizimi, hisob-kitob kliring palatasi.
Nazorat savollari:

  1. Invåstitsiya fondi nima?

  2. Invåstitsiya fondlari qanday tashkil etiladi?

  3. Invåstitsiya fondlari qanday faoliyat yuritadi va boshqariladi?

  4. Hisob-kitob — kliring tizimi nima?

  5. Hisob-kitob — kliring palatasining vazifalari nimalardan iborat?




  1. BOB. «TOSHKÅNT» RÅSPUBLIKA FOND BIRJASINING (RFB) FAOLIYATI



13.1 «Toshkånt» RFB bo‘limlari va ularning vazifalari



«Toshkånt» Råspublika fond birjasi oñhiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilganligi tufayli uni boshqarish organlarining tarkibi o‘ziga xos xususiyatga ega. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi boshqaruvning oliy organi hisoblanadi, bu faqat invåstitsiya muas- sasalari bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlari oralig‘idagi davrda birjani boshqarish bilan Kuzatuv kångashi shug‘ullanadi. Kångashning a’zolari Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan saylanadi. Birjaning joriy faoliyatini boshqa- rishni birja a’zolaridan tarkib topgan Boshqaruv amalga oshiradi, unga Rais boshñhilik qiladi. Boshqaruv faoliyatini tåkshiruvñhi organ Taftish komissiyasi bo‘lib, uning xulosalarisiz aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi Boshqaruvning yillik hisobotini tasdiqlash huquqiga ega emas.

«Toshkånt» RFBning barñha funksional bo‘linmalarini ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinñhi guruh — bu oddiy korxonalarga xos bo‘linmalardir. Bunga quyidagilar kiradi: ishlar boshqarmasi, birjaga to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar va to‘lovlarning o‘z yilida kålib tushishini nazorat qiluvñhi hisob-kitob to‘lovining moliya boshqarmasi, huquqiy boshqarma, nashriyot xizmati, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash xizmati va tashqi aloqalar xizmati bilan axborot boshqarmasi. Mazkur bo‘linmalarning vazifalari barñhaga ma’lum, ya’ni istalgan boshqa xo‘jalik yurituvñhi subyåktlarning vazifalari bilan bir xil. Ikkinñhi guruh — bu muayyan birja xususiyatlariga ega bo‘lgan faqat fond birjalariga xos bo‘lgan bo‘linmalar. Ularga quyidagilar kiradi:



  • savdolarni tayyorlash va o‘tkazish boshqarmasi, u savdolarni tashkil etishga doir amalga oshiriladigan butun ñhora-tadbirlar

majmuasiga brokårlarni tånglashtirishdan tortib, to ular tomonidan bitimlar tuzish va tågishli hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yiñha opåratsiyalarning to‘liq tugallanishigañha javob båradi. Unga quyidagilar kiradi: savdolarni tayyorlash va o‘tkazish xizmati, u savdolarni tayyorlash, tashkil etish va o‘tkazish ishlarining to‘liq jarayonini, ya’ni brokårlardan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisiga doir talabnomalarni qabul qilishdan tortib, to maxsus dasturiy- tåxnik savdo majmuasi yordamida o‘tkaziladigan savdolarga xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi;

  • bitimlarni ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish xizmati, u birjada tuzilgan bitimlarni ro‘yxatga olish, savdo tadbirlarining yakunlovñhi bosqiñhida ularning rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi;

  • XIFlar dasturiga xizmat ko‘rsatish, u maxsus kompyutår dasturidan foydalangan holda xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini XIFlarga sotish bo‘yiñha elåktron kimoshdi savdo- larining o‘tkazilishini tashkil etishning o‘ziga xos vazifalarini amalga oshiradi;

  • aksiyadorlar, birja a’zolari bilan o‘zaro hamkorlik qilish va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqar- masi, u aksiyadorlar bilan ishlash, birjaga a’zolikni rasmiylash- tirish, brokårlik idoralarini akkråditatsiyalash, ularning pasport- larini yuritish, tashkiliy talablarga rioya etishini nazorat qilish (brokårlarda shahodatnomalarning mavjudligi, a’zolik badallarining o‘z yilida to‘lanishi, yil davomida brokårlik joyidan foydalanish), brokårlik joylarining ijara shartnomalarini, birja a’zolarining tarkibidan ñhiqishni rasmiylashtirish vazifalarini amalga oshiradi, shuningdåk, birjaning mintaqaviy sho‘ba korxonalarining faoliya- tini nazorat qiladi;

  • tåxnikaviy ta’minot boshqarmasi birja tizimlari xizmati, orgtåxnikadan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish hamda aloqa xizmatidan tarkib topgan.

Birja tizimlari xizmati qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilishning amaldagi tizimining tågishliñha ishlashini ta’minlaydi, uning faoliyat ko‘rsatishini nazorat qiladi, takomillashuvi ustida ish

olib boradi. Birja savdo tizimlarining rivojlanishini birjaning faoliyat ko‘rsatishining boshlang‘iñh bosqiñhidan (u yilda savdolar bitta binoda «ovoz orqali» o‘tkazildi (1994—1995-yy.)), oraliq bosqiñhi- dan (unda savdolar «ovoz orqali«, låkin sålåktor aloqasi orqali birjaning viloyatlardagi mintaqaviy bo‘linmalarini qo‘shish bilan (1995—1996-yy.)) boshlab va to hozirgi bosqiñhgañha (unda savdolarning elåktron tizimi mavjud bo‘lib, uning faoliyat ko‘r- satishi zamonaviy asbob-uskuna va aloqa vositalari, shu jumladan, yo‘ldosh aloqasi bilan jihozlangan yagona savdo majmuasini ta’minlaydi) kuzatish mumkin.

Orgtåxnikadan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish xizmati murakkab birja savdo tizimi hamda fond birjasining turli bo‘lin- malarida mavjud bo‘lgan kompyutår parkini ta’minlaydi.



Aloqa xizmati ishining o‘ziga xosligi shundaki, aniq yil tizimida birja savdolarini o‘tkazishda birjaning markaziy savdo zali va råspublika mintaqalarida joylashgan savdo maydonñhalari o‘rtasida barqaror aloqa ta’minlanishi zarur. Yana shuni ta’kidlash joizki, savdo zalidagi avtomatlashtirilgan brokårlik joylari tålåfonlar bilan jihozlangan, ular orqali brokårlar savdolarning butun jarayoni davomida mijozlar bilan turli mavqålar bo‘yiñha shartlarni aniqlashi mumkin.

Ekspårt-kotirovka xizmati, tahliliy xizmat va måtodologiya xizmatini o‘z iñhiga olgan ekspårt-tahliliy boshqarma tågishli ravishda qimmatli qog‘ozlar narxining birja kotirovkasi, qimmatli qog‘ozlari birja savdolarida kotirovka qilinayotgan yoki kotirovkaga taqdim qilingan emitåntlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qiladi; o‘tgan savdolar haqida turli xil hisobotlar va ma’lumotlarni tayyorlash (birja aylanmalarini viloyatlar, tarmoqlar, uyush- malar, konsårnlar, birlamñhi hamda ikkilamñhi bozorlar va shu kabilar bo‘yiñha guruhlash) bilan bog‘liq ishlar majmuasini amalga oshiradi; yaqin va uzoq xorij fond birjalarining ish tajribalarini ham qonuniy, ham tåxnikaviy nuqtayi nazardan, shuningdåk, uni mahalliy sharoitlarda qo‘llash imkoniyatlarini tadqiq qiladi.

Fond birjasining tarkibiy tuzilmalari qatorida komissiyalar alohida o‘rin tutadi. Ular, odatda, fond birjasining xodimlari — yuqori malakali, tajribali mutaxassislaridan tarkib topadi.


Yüklə 451,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə