O‘ZBÅÊist


Birjada amalga oshiriladigan bitim bo‘yiñha ko‘rsatkiñhlarni taqqoslash



Yüklə 451,11 Kb.
səhifə46/119
tarix20.02.2022
ölçüsü451,11 Kb.
#83955
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   119
Birja ishi (1)

Birjada amalga oshiriladigan bitim bo‘yiñha ko‘rsatkiñhlarni taqqoslash



Oldi-sotdi bitimi ikkinñhi bosqiñhining vazifalari ishtirokñhilarga tuzilgan bitimning mazmun-mohiyatini tushunishdagi barñha tasodifiy ixtiloflarni tartibga solish imkoniyatini bårishdan iborat. Bu, ayniqsa, bitimlar og‘zaki yoki yozma xatlar almashuvi yo‘li bilan tuziladigan bozorlar uñhun juda muhimdir. Aynan shu tizimlarda bitimdagi ayrim farqlarni turliñha tushunish va tåxnik xatolarga yo‘l qo‘yish ehtimoli bor. Bitimning birinñhi bosqiñhi tugallanishida tuzilgan hujjatlar bitimning ikkinñhi bosqiñhida foydalanish uñhun maxsus ma’ lumotnoma hujjatlarini rasmiylashtirishga xizmat qiladi.

Bitim tuzilganidan kåyin tomonlar ushbu qo‘shimñha taqqoslash yozma hujjatlari bilan almashishlari kårak. Qator birja tizimlarida bunday hujjatlar bilan almashish båvosita tomonlar o‘rtasida amalga oshirilmasdan, balki taqqoslash uñhun maxsus mo‘ljallangan tizim orqali tashkil etiladi. Bunday tizim vazifasini fond birjasining ma’lum bir tarkibiy tuzilmasi yoki birja bilan ji ps o‘zaro harakat qiluvñhi hisob-kitob — kliring tashkiloti bajarishi mumkin.

Mazkur bosqiñhda kontragåntlar o‘zlarining (birinñhi bosqiñh yakunlariga ko‘ra rasmiylashtirilgan) iñhki hisob hujjatlarini kontragåntdan olingan hujjatlar bilan solishtiradi. Agar bunda tafovutlar aniqlanmasa, taqqoslash ishlari amalga oshirilgan (tugallangan) hisoblanadi.

Xalqaro andazalar va må’yorlar birja va birjadan tashqari tizimlarning ishini taqqoslash «T+1» davridan kåñhiktirilmasdan tugallanadigan tarzda tashkil etilishini nazarda tutadi. Bu vaqt kontragåntlarga tomonlar ehtimoliy tafovutlarni aniqlay olishlari, ularni o‘z vaqtida tuzatishlari, bitimni båkor qilish yoki uning ijro etilishini sud, hakamlar sudi (manfaatdor bo‘lmagan uñhinñhi tomon) yoxud shunday vazifani bajaruvñhi organ tomonidan ko‘rib ñhiqilgunga qadar kåñhiktirish uñhun båriladi. Agarda taqqoslash amalga oshirilmasa, tomonlar uning mohiyatini noto‘g‘ri tushun- gan holda bitim bo‘yiñha majburiyatlarni bajarish bosqiñhiga o‘tgandan kåyin kutilmagan to‘siqlarga duñh kålishlari mumkin. Ayrim savdo tizimlari taqqoslashga maxsus ajratilgan tadbir sifatida qarashmaydi. Bunda bitim ko‘rsatkiñhlarini båvosita shartnoma tuzish vaqtida bålgilagan tomonlar taqqoslash bosqiñhini o‘tkazib yuborishga rozi dåb hisoblanadi. Biroq bunday variantga faqat kontragåntlar bitimni tuzayotib, bir-birlarini to‘liq tushunganligiga ishonñh hosil qilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi. Bunday ishonñh, odatda, ikki holatda mavjud bo‘lishi mumkin: a) umumiy yagona shartnomani imzolash bilan yozma shaklda bitim tuzish vaqtida;

b) zamonaviy kompyutårli birja tizimlarida, u yårda bitimni tårmi- naldan kiritish bir vaqtning o‘zida taqqoslash uñhun rozilik dåb hisoblanadi. Mazkur holatda voqåalarning kåyingi normal kåñhishi uñhun yo tomonlardan birining qo‘pol xatosi, yoki kompyutårning ishlashidagi nosozlik halaqit qilishi mumkin. Taqqoslash bosqiñhidan «sakrab o‘tuvñhi» bunday bitimlar «qayd etilgan bitimlar» (ingl. «loñked-in») dåb nomlanadi. Ikkinñhi bosqiñhning yakuniy hujjatlari, yana shu qo‘llaniladigan tåxnikaga qarab taqqoslashning tugallanganlgini tasdiqlovñhi kontragåntdan olinadigan yozma xatlar, tålåks yoki faks bosmalari, maxsus taqqos- lash tashkilotidan olinadigan kompyutår fayllari yoki yozma hujjatlar (taqqoslash varaqlari) bo‘lishi mumkin. Mazkur hujjat- lar, odatda, bitim ishtirokñhilariga båriladi. Ular bitimning kåyingi bosqiñhlarini o‘tkazish uñhun asos bo‘lib xizmat qiladi.


    1. Yüklə 451,11 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə