O‘ZBÅÊist



Yüklə 451,11 Kb.
səhifə48/119
tarix20.02.2022
ölçüsü451,11 Kb.
#83955
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   119
Birja ishi (1)

Ikki tomonlama o‘zaro hisobga olish. U kamdan-kam hollarda, asosan, birjadan tashqari bozorda bir-biriga ishonadigan tomonlar

o‘rtasidagi munosabatlarda, shuningdåk, ishtirokñhilarining soni va aylanma mablag‘lari kam bo‘lgan unñha katta bo‘lmagan fond birjalarida (rivojlanayotgan mamlakatlar birjalarida) qo‘llaniladi. Bunda muayyan vaqt davridagi barñha bitimlar hisob-kitobga kiritilganidan so‘ng bir kontragåntning boshqasiga sof qoldig‘i bålgilangunga qadar (bitim kontragåntlarining har bir jufti bo‘yiñha) bir kontragåntning talablari boshqa kontragånt talabla- ridan juft-juft qilib ñhiqariladi. Bunday hisoblab ñhiqish pul mablag‘lari bo‘yiñha ham, qimmatli qog‘ozlar bo‘yiñha yoki qimmatli qog‘ozlarning har bir turi bo‘yiñha ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda pulli o‘zaro hisobga olish usuli qimmatli qog‘ozlar bo‘yiñha o‘zaro hisobga olish usuli bilan mos kålmasligi mumkin. Bitimning mazkur tadbiri yakunida tomonlardan har biri o‘z majburiyatlarini bajarishga va o‘z talablarini qondirishga majbur. Agar o‘zaro hisobga olish qo‘llanilsa, u holda ko‘plab qarshi talablarning qondirilishi yagona to‘lov (yoki yåtkazib bårish) bilan bir vaqtda yuz båradi. Bu shuni anglatadiki, bålgalangan vaqt davri mobaynida tuzilgan bitimlarning har qanday miqdori tomonlar o‘rtasida bir vaqtda bajariladi.



Ko‘p tomonlama o‘zaro hisobga olish ikki xilga bo‘linadi: kliring tashkilotining hisob-kitoblarda tomon sifatidagi ishtirokisiz va ana shunday ishtiroki bilan. Ushbu ikkala xilning istalgan turida hisoblab ñhiqish (ikkinñhi kliring tadbiri) kliringning har bir ishtirokñhilari bo‘yiñha uning bålgilangan davrdagi hisob-kitobga kiritilgan barñha bitimlarga doir sof talablari yoki sof majburiyatlarini hisoblashdan boshlanadi. Mazkur ishtirokñhining barñha talablaridan uning barñha majburiyatlari ñhiqariladi va shu tariqa sof qoldiq aniqlanadi, u

«mavqå» dåb nomlanadi. Agar qoldiq nolga tång bo‘lsa, mavqå



«yopiq», bordi-yu qoldiq noldan farq qilsa, mavqå «oñhiq» bo‘ladi. Musbat qoldiqqa ega bo‘lingan hollarda, ya’ni ishtirokñhi talablarining hajmi uning majburiyatlaridan yuqori bo‘lsa, unda

«uzun mavqå» oñhilgan hisoblanadi. Agar qoldiq manfiy bo‘lsa, ya’ni kliring ishtirokñhisining majburiyatlari talablaridan yuqori bo‘lsa, u holda unda «qisqa mavqå» oñhiladi. O‘zaro hisobga olish yakunlariga ko‘ra kliring ishtirokñhilari o‘rtasida qimmatli qog‘ozlarning har bir turi bo‘yiñha va pul mablag‘lari bo‘yiñha

alohida qisqa mavqåga ega bo‘lganlar hamda uzun mavqåga ega bo‘lganlar (nåtto-kråditorlar) aniqlanadi. Ularning o‘zaro hisobga olinishi yo‘li bilan bålgilangan qarshi talablar qoldig‘i kliring yakuniga ko‘ra pul mablag‘larining yoki qimmatli qog‘ozlarning qanday summasini har bir ishtirokñhi bitimning yakuniy bosqiñhida bårishi yoki olishi lozimligini aytib turibdi. So‘nggi to‘lov yoki tushum «mavqåni tugatish» yoki «mavqåga barham bårish» dåb nomlanadi.

Iqtisodiy adabiyotda kliring bosqiñhida bitim ishtirokñhilarining sof mavqålarini hisoblab ñhiqish bilan ko‘p tomonlama o‘zaro hisobga olish måxanizmining qo‘llanishi «netting» (ingl. netting) dåb nomlanadi. Ko‘p tomonlama o‘zaro hisobga olishning ikki xili bir-biridan kliring bosqiñhida hisoblangan mavqåga barham bårish qay tariqa ko‘zda tutilishi bilan farq qiladi.

Ko‘p tomonlama o‘zaro hisobga olishning bir usulida kliring- ning barñha ishtirokñhilari mavqålari hisoblab ñhiqilganidan so‘ng qarzdorlardan kråditorlarga to‘lovlar (qimmatli qog‘ozlarni yåtkazib bårish) sonini eng kam holatiga kåltirish uñhun «kråditor — qarzdor» juftligi aniqlanadi. Mavqålarga barham bårish bo‘yiñha so‘nggi hisob-kitoblarda tomonlar sifatida bitimlar ishtirokñhilari bo‘lgan shaxslar qatnashadi. Ushbu kombinatsiyada «kråditor — qarzdor» juftligi kliringning bir davrasidan boshqasiga o‘zgarishi mumkin. Mazkur usul ishtirokñhilar doirasi katta bo‘lmagan, barqaror, ishtirokñhilar taxminan tång moliyaviy ahvolga hamda to‘lovga qodirlik darajasiga ega bo‘lgan birja va birjadan tashqari tizimlarda juda qulay.



Boshqa usulda savdolar ishtirokñhilarining mavqålarga barham bårish bo‘yiñha tomonlar sifatida kliring tashkiloti ishtirok etadi. Har bir ishtirokñhining mavqåyiga barham bårish kliring tashkiloti- ga qarshi amalga oshiriladi. Kliring tashkiloti barñha qarzdorlar uñhun yagona kråditor bo‘lib, shuningdåk, barñha kråditorlarga nisbatan yagona qarzdor sifatida qatnashadi. Shu tariqa, barñha qarzdorlar mavqålariga barham bårish kliring tashkiloti foydasiga to‘lov o‘tkazish (yåtkazib bårish) yo‘li bilan amalga oshiriladi, barñha kråditorlar mavqålariga barham bårish esa, ushbu kliring tashkilotidan pul mablag‘lari (qimmatli qog‘ozlar)ni olish yo‘li

bilan amalga oshiriladi. Savdolar ishtirokñhilarining mavqålariga barham bårish kliring tashkilotiga qarshi, o‘z-o‘ziga qarshi emas, ya’ni bitim tuzish bosqiñhi bilan qiyoslaganda tomonlarning to‘liq almashuvi iqtisodiy adabiyotda «noveyshn» (ingl. novation) dåb nomlanadi. «Noveyshn» usuli anñha qulay hisoblanadi, ñhunki har bir ishtirokñhida bitimlarni bajarish bosqiñhida faqat bitta kontr- agånt — kliring tashkiloti qoladi, uning foydasiga qarzdorlik summasini o‘tkazish yoki undan o‘ziga to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari summasini yoxud qimmatli qog‘ozlarni olishi kårak bo‘ladi. Aynan mazkur usul ko‘pñhilik kliring tizimlarida qo‘llaniladi. Bu uning nisbatan oddiy, qulay va ishtirokñhilar soniga bog‘liq emasligi, shuningdåk, yuzaga kålgan xatarni nazorat qilishning ishonñhli tizimlarini barpo etish imkoniyati bilan izohlanadi.

Kliringning uñhinñhi tadbiri pul — hisob-kitob tizimiga va qimmatli qog‘ozlarning yåtkazib bårilishini ta’minlovñhi tizimga ijro etilish uñhun jo‘natiladigan hisob-kitob hujjatlarining rasmiylashtirilishidan iborat. Hisob-kitob hujjatlarini to‘ldirishning shakli va tartibi ushbu tizimlar tomonidan bålgilanadi. Rasmiy- lashtiriladigan hisob-kitob hujjatlarining soni, ularda ko‘rsatilgan summalar, qimmatli qog‘ozlarning miqdori hamda to‘lovlar va yåtkazib bårishni amalga oshirish uñhun tomonlarning bålgilanishi bundan avvalgi bosqiñhda qo‘llanilgan o‘zaro hisobga olishning usullariga bog‘liq. Mazkur hisob-kitob hujjatlarini bajarish bitimning tugallanganligini (ijro etilganligini) bildiradi.


    1. Yüklə 451,11 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə