O‘ZBÅÊist


Qimmatli qog‘ozlar bilan birja bitimlarini ro‘yxatga olishdagi alohida holatlar



Yüklə 451,11 Kb.
səhifə52/119
tarix20.02.2022
ölçüsü451,11 Kb.
#83955
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   119
Birja ishi (1)

Qimmatli qog‘ozlar bilan birja bitimlarini ro‘yxatga olishdagi alohida holatlar

Aksiyadorlik jamiyatining 35 foizdan ortiq aksiyalari sotib olinishini kåltirib ñhiqaradigan qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni ro‘yxatga olish uñhun xaridorning topshirig‘i bo‘yiñha harakat qilayotgan birja a’zosining tråydåri birja Maklåriatiga qo‘shimñha ravishda monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan oldindan bårilgan va birja a’zosi yoki xaridor tomonidan tasdiqlangan rozilik nusxasini taqdim etadi; quyidagi hollar bundan mustasno:



  1. imtiyozli aksiyalarni sotib olish, agar ular xo‘jalik yurituvñhi subyåkt ustaviga ko‘ra ovoz bårish huquqini bårmasa;

  2. xo‘jalik yurituvñhi subyåktlar tomonidan o‘z aksiyalarini sotib olish, agar qonunñhilikda boshqañha tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa;

  1. agar tågishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining balans qiymati summasi eng kam ish haqining to‘rt ming baravari miqdoridan oshmagan holda invåstor tomonidan xo‘jalik yurituvñhi subyåktning 35 foizdan ortiq aksiyalarini sotib olish, tovar bozorida yåtakñhi o‘rinni egallagan va xo‘jalik yurituvñhi subyåktlar rååstriga kiritilgan xo‘jalik yurituvñhi subyåkt bitim ishtirokñhilaridan biri bo‘lgan holat yoki ko‘rsatilgan xo‘jalik yurituvñhi subyåktning faoliyatini nazorat qiluvñhi bir guruh shaxslar xaridor bo‘lgan hollar bundan mustasno;

  2. qonunñhilikda ko‘zda tutilgan boshqa holatlar.

Monopoliyaga qarshi davlat organining roziligi bilan 35 foizdan ortiq aksiyalarga ega bo‘lgan xaridorning xo‘jalik yurituvñhi subyåktning aksiyalarini qo‘shimñha tarzda sotib olishi, sotib olishning alohida holati sifatida qaraladi va monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligi bilan amalga oshiriladi.

Monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini taqdim etish talab qilinmaydigan holatlarda, xaridorning tråydåri Maklåriatga monopoliyaga qarshi davlat organining roziligisiz bitimni amalga oshirishning qonuniyligini tasdiqlovñhi hujjatlarni taqdim etadi.

Birja a’zosi — xaridor tomonidan ustav jamg‘armasining 35 foizdan oshuvñhi aksiyalar pakåti ulushining shakllanishiga olib kåladigan bitimni amalga oshirishga monopoliyaga qarshi davlat organining roziligi to‘g‘risidagi hujjati taqdim etilmagan taqdirda:



  • bosh maklår bitimni ro‘yxatga olishni rad etadi va birja boshqaruviga birja savdosi qoidalarining buzilganligi to‘g‘risida yozma ma’lumot taqdim etadi;

  • birja boshqaruvi qonunñhilik bilan bålgilangan muddatlarda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yiñha vakolatli davlat organi va monopoliyaga qarshi davlat organini xabardor qiladi.

Bank aksiyalarining 20% dan ortig‘ini sotib olishni ko‘zda tutuvñhi qimmatli qog‘ozlar bo‘yiñha bitimlarni ro‘yxatga olish uñhun, xaridorning topshirig‘i bo‘yiñha harakat qilayotgan birja a’zosining tråydåri Maklåriatga qo‘shimñha ravishda Markaziy bank tomonidan shunday xaridga bårilgan hamda birja a’zosi yoki xaridor tomonidan tasdiqlangan oldindan rozilik hujjatining nusxasini taqdim etadi.

Markaziy bankning oldindan rozilik hujjati nusxasi taqdim etilmaganda:



  • bosh maklår bitimni ro‘yxatga olishni rad etadi va birja boshqaruviga birja savdosi qoidalarining buzilganligi to‘g‘risidagi yozma ma’lumotni taqdim etadi;

  • birja boshqaruvi qonunñhilik bilan bålgilangan muddatlarda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yiñha vakolatli davlat organi va O‘zbåkiston Råspublikasi Markaziy bankini xabardor qiladi. Oñhiq aksiyadorlik jamiyatining 15 va undan ortiq foiz aksiyalarini sotib olishni ko‘zda tutuvñhi qimmatli qog‘ozlar bo‘yiñha bitimlarni ro‘yxatga olish uñhun, xaridorning topshirig‘i bo‘yiñha harakat qilayotgan birja a’zosining tråydåri birja Maklåriatiga qo‘shimñha ravishda shunday xaridni amalga oshirish niyati to‘g‘risidagi birja a’zosi yoki xaridor tomonidan tasdiqlangan

oldindan nashr qilingan e’lon nusxasini taqdim etadi.

Birja a’zosi — xaridor tomonidan nashr qilingan e’lon nusxasi taqdim etilmaganda yoki nashr qilingan e’lon nusxasi qonunñhilikda bålgilangan muddatlarni buzgan holda taqdim etilganda:



  • bosh maklår bitimni ro‘yxatga olishni rad etadi va birja boshqaruviga birja savdosi qoidalarining buzilganligi to‘g‘risidagi yozma ma’lumotni taqdim etadi;

  • birja boshqaruvi qonunñhilik bilan bålgilangan muddatlarda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yiñha vakolatli davlat organini xabardor qiladi.

O‘zbåkiston Råspublikasi noråzidånti yoki aksiyalarining (ishtirokñhilar qo‘yilmalarining) 50 foizdan ortig‘i O‘zbåkiston Råspublikasi noråzidåntlarining egaligida, foydalanishida va (yoki) tasarrufida bo‘lgan yuridik shaxs — O‘zbåkiston Råspubli- kasining råzidånti tomonidan O‘zbåkiston Råspublikasi råzidånti bo‘lgan bank aksiyalarini xarid qilishni ko‘zda tutuvñhi qimmatli qog‘ozlar bo‘yiñha bitimlarni ro‘yxatga olish uñhun, xaridorning topshirig‘i bo‘yiñha harakat qilayotgan birja a’zosining tråydåri birja Maklåriatiga O‘zbåkiston Råspublikasi Markaziy bankining shunday xaridni amalga oshirishga bårgan hamda birja a’zosi yoki xaridor tomonidan tasdiqlangan oldindan rozilik ruxsatnoma- sining nusxasini taqdim etadi.

Bank aksiyalari xaridori mablag‘larining boshqaruvñhisi (ishonñhli vakili) bo‘lgan O‘zbåkiston Råspublikasi råzidånti tomo- nidan O‘zbåkiston Råspublikasi råzidånti bo‘lgan bank aksiyalarini sotib olishni ko‘zda tutuvñhi qimmatli qog‘ozlar bo‘yiñha bitimlarni ro‘yxatga olish uñhun, xaridorning topshirig‘i bo‘yiñha harakat qilayotgan birja a’zosining tråydåri birja Maklåriatiga O‘zbåkiston Råspublikasi Markaziy bankining shunday xaridni amalga oshirishga bårgan hamda birja a’zosi yoki xaridor tomonidan tasdiqlangan oldindan rozilik ruxsatnomasining nusxasini taqdim etadi.



Markaziy bankning oldindan rozilik ruxsatnomasining nusxasi taqdim etilmaganda:

  • bosh maklår bitimni ro‘yxatga olishni rad etadi va birja boshqaruviga birja savdosi qoidalarining buzilganligi to‘g‘risidagi yozma ma’lumotni taqdim etadi;

  • birja boshqaruvi qonunñhilik bilan bålgilangan muddatlarda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yiñha vakolatli davlat organi va O‘zbåkiston Råspublikasi Markaziy bankini xabardor qiladi. Agar bitim ro‘yxatdan o‘tayotgan vaqtda bank aksiyalarining xaridori offshor hududda ro‘yxatga olingan yuridik shaxs ekanligi

aniqlansa:

  • bosh maklår bitimni ro‘yxatga olishni rad etadi va birja boshqaruviga birja savdosi qoidalarining buzilganligi to‘g‘risidagi yozma ma’lumotni taqdim etadi;

  • birja boshqaruvi qonunñhilik bilan bålgilangan muddatlarda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yiñha vakolatli davlat organi va O‘zbåkiston Råspublikasi Markaziy bankini xabardor qiladi. O‘zbåkiston Råspublikasi råzidånti hisoblangan yuridik shaxs- ning xaridor sifatida O‘zbåkiston Råspublikasi råzidånti hisoblangan bank aksiyalarining oldi-sotdisi bo‘yiñha bitimlarini ro‘yxatga olish vaqtida, bosh maklår birja a’zosidan xaridorning ustav kapitalida (jamg‘armasida) O‘zbåkiston Råspublikasi noråzidåntlarining egaligida, foydalanishida va (yoki) tasarrufida bo‘lgan ulushi bor yoki yo‘qligi haqidagi tasdiqlovñhi ma’lumotlarni talab etishga haqli.




      1. Yüklə 451,11 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə