Qadimgi Sharq adabiyoti haqida tushuncha bering


“Oresteya” trilogiyasini tashkil qiluvchi “Agamemnon”



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/67
tarix11.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#89352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
JAHON ADABIYOTI

5.“Oresteya” trilogiyasini tashkil qiluvchi “Agamemnon”, 
6.“Xoeforlar”, 
7. “Evmenidalar” 
Esxilning 
saqlanib 
qolgan 
tragediyalari 
uning 
ijodini 
uchta 
davrga bo‘lish imkonini beradi:
1) Ilk pyesalarida(“Iltijogo‘ylar”,“Eroniylar”) asosiy rolni xor ijro etadi. 
2) “Zanjirband Prometey”, “Fivaning yetti dushmani” asarlarida markaziy 
qahramon obrazi gavdalanadi, dialogga katta o‘rin beriladi. 
3)“Oresteya” asarida kompozitsiya birmuncha murakkabashtiriladi, ikkinchi 
darajali obrazlar asar dramatizmini kuchaytirishga xizmat qiladi. Uchinchi 
aktyordan foydalanila boshlanadi. 
Sofokl
m.o. 496-yili Afina yaqinidagi Kolon degan joyda, qurol-aslaxa korxonasi 
xo‘jayinining oilasida tug‘ilgan. 
Sofokl Esxil boshlagan ishni davom ettirib, tragediyani tantanali lirik qo‘shiqdan 
chinakam dramaga aylantirishda katta xissasini qo‘shdi. Agar Esxil asarlarida oliy 
kuchlar inson yurish-turishida faol ishtirok etgan bo‘lsa, Sofokl qahramonlari 



mustaqil harakat qilib, boshqa kishilarga nisbatan munosabatlarini ham o‘zlari 
belgilaydi. 
Shoirni to‘lqinlantirgan muammolar endi avlod taqdiri bilan emas, balki alohida 
shaxs taqdiri bilan bog‘liq bo‘ldi. Bu mazmunan bog‘langan trilogiyalardan voz 
kechishga olib keldi. Sofoklda har bir asar alohida badiiy yechim va muammoga 
ega bo‘ldi. 
8.
 
Ichki uruchlar davrida Rim adabiyoti 
Bu davr adabiy hayotining eng muhim xususiyatlaridan biri siyosiy kurashlar 
sharoitida notiqlik san`atining gurillab rivojlanishidir. Unda mashhur Rim siyosiy 
namoyondasi TSitseronning notiqlik faoliyati alohida o`rin tutadi. 
Mark Tulliy TSitseron (mil.av.gi 106 – 43 yillar) 58 ta nutq, bir qator traktatlar va 
800 dan ziyod maktubdan iborat juda katta meros qoldirgandir. TSitseron o`z 
ijodini Sullaning dahshatli hukmronligi davrida – 81 yilda boshlaydi. Uning 
notiqlik salohiyati Verresga qarshi qaoatilgan 7 ta, Katalinaga qarshi qaratilgan 4 
ta va Antoniyga qarshi qaratilgan 14 ta nutqida yaqqol ko`zga tashlanadi. 
TSitseron nutqlari o`zining keng qamrovli mazmuni va yuksak mahorati bilan 
ajralib turadi. Uning ham sud, ham siyosiy nutqlarida yuksak axloqiy tamoyillar 
himoya qilinadi, manfaatparastlik, badbinlik shafqatsizlik qoralanadi. 
Ichki urushlar davrida tarixiy proza ham TSezar’ va Sallyustiylar ijodi timsolida 
rivojlanadi. Gay Yuliy Tsezar’ (mil.av.gi 100 – 44 yillar)dan bizga 2 ta tarixiy – 
memuar asar meros qolgan. Ulardan birinchisi “Galliya urushi xotiralari” deb 
nomlanib, unda TSezarning milod.av.gi 58 – 52 yillarda olib borgan harbiy 
yurishlari, ikkinchisi esa “Fuqaro urushi xotiralari” deb nomlanib, Rimda 49 – 48 
yillarda Pompeyga qarshi olib borgan janglariga bag’ishlanadi. Bu har ikki asar 
ham muallifning siyosiy maqsadlari taqozosi bilan yozilgan. Ular orqali TSezar’ 
Rim ahli oldida o`z xatti – harakatlarining to`g’riligiga ishontirishni ko`zlagan. 
Xotiralarning uslubi aniq va lo`ndaligi, tili esa engil va ravonligi bilan ajralib tursa, 
uning mazmuni tarixan qimmatliligi bilan e`tiborni tortadi. Gay Sallyustiy Krisp 
(milod.av.gi 86 – 35 yillar)dan ham bizgacha 2 ta asar to`liq etib kelgan bo`lib, 
bular “Katalina fitnasi” va “Yugurta urushi” asarlaridir. Uning uchinchi asari 
“Tarix”dan esa bizgacha arzimas parchalar saqlanib qolgan. Sallyustiy obraz 
yaratish ustasi bo`lib, uning asarlarida Katalina, TSezar’, YUgurta, Mariy va 



boshqalarning siymolarini uchratamiz. U Rim voqeligini tasviriy vositalar orqali 
qayta yaratadi. SHuningdek, Afrika, Italiya kabi mamlakatlarning hamda 
livanliklar, forslar va boshqa xalqlarning koloritli tavsifi chiziladi. 
Mil.av.gi I asrning o`rtalarida bir qator Yunon falsafiy ta`limotlari, chunonchi 
epikurchilar nazariyasi yoyiladi. Rim aristokratiyasini bu falsafiy oqimlarning 
axloqiy tomoni o`ziga ko`proq jalb etadi. Binobarin, epikurchilar falsafasida ham 
epikur axloqi keng ommalashgan edi. Tit Lukretsiy Karrning “Buyumlar xislati” 
dostoni ana shunday ma`naviy iqlimda yuzaga keldi. Shoirning o`z e`tirofiga 
ko`ra, bu asar epikur falsafasining lotin tilidagi she`riy bayonidir. epikur ta`limoti 
o`z galida Demokritning atom nazariyasiga asoslangan bo`lib, unga ko`ra borliq 
faqatgina atomlardan va bepoyon bo`shliqdan iboratdir. Mangu atomlar hech 
qachon butunlay yo`qolib ketmaydi va yangitdan paydo bo`lmaydi. Asar 6 
bobdan iborat va ularda shoir bu ta`limotni tadrijiy yoritadi. 
Bu davr adabiyotining yana bir muhim hodisasi neoteriklar, ya`ni yangi shoirlar 
ijodidir. Ularning she`riyati uchun xuddi Yunon adabiyotining ellinizm davri 
singari ijtimoiy hayotdan Chetlanish, individual olamga intilish mayli va shu bilan 
bog’liq tor shaxsiy tematika xos hisoblanadi. Ular o`z ijodida shakliy – uslubiy 
izlanishlarga juda katta e`tibor beradilar. Bu oqimga mansub bo`lgan Valeriy 
Katon, Litsiniy Kalv, Gelviy TSinna va boshqalar safida Valeriy Katull ijodi alohida 
mavqe kasb etadi. Katull (mil..av.gi 87 – 54 yillar) asarlarida neoteriklar 
oqimining barcha xususiyatlarini ko`rish mumkin. Aleksandriya shoiri Kallimaxga 
ergashgan Katull lirik she`rlari asosan Klodiya ismli go`zal ayolga bag’ishlanadi. U 
Klodiyning singlisi va Metellning rafiqasi bo`lgan va Katull bilan bir davrda Rimda 
yashagan. Katull o`z ma`shuqasining ismini ochiq aytmasdan, Sapfo vatani 
Lesbosga qiyosan Lesbiya deb ataydi. Bu she`rlarda lirik sub`ektning rang-
barang, goh shod, goh mayus kechinmalari o`z ifodasini topadi. 
Ichki urushlar davri Rim adabiyotining yuzaga kelish pallasi – Respublika davri 
bilan uning gullab yashnashi davri – Avgust asrini bir-biri bilan bog’laydi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə