«Tasdiqlayman» «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi mudiri


Ma`ruzamavzusi: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G`arb falsafasi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə3/62
tarix11.01.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#82792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
«Tasdiqlayman» «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi mudiri

Ma`ruzamavzusi: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G`arb falsafasi

1. Qadim YUnonistonda birinchi bo`lib Koinotni uyg`un ravishda tuzilgan, o`z-o`zidan rivojlanuvchi va o`zi tomonidan boshqariladigan tizim sifatida tasvirlashga uringan, Olam hech qanday xudolar va hech qanday odamlar tomonidan yaratilgan emas, u doimo mavjud bo`lishi lozim, uni boshqarayotgan qonunlarni inson tushunib etishi mumkin, ularda hech qanday tushunib bo`lmaydigan, sirli narsa yo`q, deb e`tirof qilgan ta`limot – bu:

*A) Ioniya naturfalsafasi (Milet maktabi)

B) Sofistlar

C) Stoitsizm

D) Peripatetiklar

2. Anaksimandr talqinida bu narsa - barcha mavjud narsalarning birinchi sababi va asosi; abadiy va cheksiz javhar bo`lib, sifat jihatdan uni to`rt tabiiy hodisaningbirortasiga bog`lab bo`lmaydi va shu bilan birga u doimiy harakatdadir. Uzluksiz harakatjarayonida undan qarama-qarshi ibtidolar bo`lgan issiqlik va sovuqlik, quruqlik vanamlik va shunga o`xshashlar ajralib chiqadi. Qarama-qarshiliklarning ushbu juftliklario`zaro ta`sirga kirishib tabiatning ham tirik va ham o`lik hodisalarini vujudgakeltiradilar.

A) Suv


*B) Apeyron

C) Olov


D) Havo

3. «Hamma narsa oqimda, hamma narsa o`zgarishda», «Bir daryoga ikki marta sho`ng`ib bo`lmaydi» deb hisoblagan qadimgi yunon faylasufi – bu:

A) Fales

B) Anaksimandr

*C) Geraklit

D) Pifagor

4. Qadimgi Yunonistonning moddiyunchilik qarashlari vakillarini ko`rsating

A) Empedokl va Demokrit

B) Geraklit

C) Fales


*D) Miletlik Levkipp va Abderlik Demokrit

5. Afinada sofistlarning murosasiz dushmani sifatida belgili to`lgan faylasuf kim?

*A) Sokrat

B) Platon

C) Aristotel`

D) Demokrit

6. Qadim Yunonistonning qaysi faylasufi davlatning farovonligi uning fuqarolarining qanchalik tarbiya topganliklariga bog`liqdir, deb hisoblagan va bunga shunchalik katta ahamiyat berib, muayyan yoshga etgandan keyin bolalarni ota-onalari ixtiyoridan olib, davlat tarbiyasiga berishni tavsiya etgan?.

A) Sokrat

*B) Platon

C) Aristotel`

D) Demokrit

7. Polisning (shahar-davlat) mavjud turlarini diqqat bilan ko`rib chiqqan Aristotel` nuqtai nazaridan boshqarishning to`g`ri uch shaklini ko`rsating: 1) monarxiya, 2) tiraniya, 3) aristokratiya, 4) oligarxiya, 5) politiya, 6) demokratiya

A) 1, 5, 6

B) 3, 4, 5

*C) 1, 3, 5

D) 1, 3, 4

8. Seneka, Epiktet va Mark Avreliy qaysi ta`limot vakillari edi?

A) Sofistika

B) Relyativizm

C) evdemonizm

*D) Stoitsizm

9. O`rta asrlar Evropasi falsafasida ma`jusiylik dini va falsafasi, hamda bid`atchilarning adashishlariga qarshi kurashgan qadimgi antik davrning keyingi xristian yozuvchilari qanday nomlangan?

*A) Apologetlar

B) Patristika

C) «cherkov otalari»

D) sxolastika

10. Falsafa va xristianlikni bir biriga to`g`rikelmasligiga dalillar keltirib, u shundan kelib chiqdiki, xristianlik falsafiy asosgaehtiyoji yuq. Isodan keyin hech qanday bilimga qiziqishning keragi yo`q, Injildan keyin esahech qanday tadqiqotning zaruriyati yo`q, deb hisoblagan ilk o`rta asr mutafakkiri kim?

A) Avreliy Avgustin

*B) Kvint Tertullian

C) Forma Akvinskiy

D) Erazm Rotterdamskiy

11. Ushbu xristian mafkurachilari o`z asarlari bilan bid`atchilarga qarshi kurashga katta hissa qo`shganliklari uchun avliyolik darajasiga ko`tarildilar va cherkov otalari deb ataldilar. Ular boshqacha qanday nomlangan?

A) Apologetlar

B) Sxolastika

*C) Patristika

D) Paternalizm

12. O`rta asrlarda Evropada falsafa - «ilohiyatning xizmatkori» deb e`lon qilingan edi. Bu shuni bildirar ediki, falsafa o`zining butun qudratli dastgohi bilan xristianlikning diniy aqidalarini tasdiqlash uchun xizmat qilishi lozim edi. Ana shunday falsafa qanday nom oldi?

A) Apologetlar

B) Paternalizm

C) Patristika

*D) Sxolastika

13. Sxolastika nuqtai nazaridan, haqiqat apriori (avvaldanoq) … berilgan va uning asoslash uchun barcha mantiqiy natijalarni to`laligicha keltirib, qiyosiy tizimdan foydalanish zarur.

*A) Injil matnlarida

B) Inson irodasida

C) Xudo ixtiyorida

D) CHerkov otalari asarlarida

14. Foma Akvinskiy tomonidan «borliqning eng zaif ko`rinishi» sifatida talqin etilgan narsa – bu:

A) SHakl


*B) Modda

C) Iroda


D) Ehtiyoj

15. Foma Akvinskiy ta`limotida universaliylar qanday ko`rinishda mavjud edilar: 1) «ashyolargacha» ilohiy aqlda; 2) «ashyolarning o`zida» ularning mohiyati sifatida; 3) «ashyolardan so`ng» abstrakt fikrlash natijasi sifatida inson aqlida.

A) 2, 3

B) 1, 2


*C) 1, 3,3

D) 1, 3


Seminarmavzusi:SHarq va G`arb mutafakkirlari ijodida olam va odam muammosi

1. Uning falsafiy asarlari, ayniqsa, uning mantiqqa oid risolalari Markaziy Osiyo va Eronda mantiq ilmining rivojiga ko`shilgan muhim hissa buldi. So`nggi asrlarda uning risolalari madrasalarda o`rganildi va ularga sharhlar yozildi. Gap kim haqida bormoqda?

*A) Jurjoniy

B) Mirzo Ulug`bek

C)Taftazoniy

D) Ali Qushchi

2. Mirzo Ulug`bekning mo`g`ullar imperiyasining tarixi bayon etilgan asarining nomi -

A) «Qadimgi yodgorliklar»

*B) «To`rt ulus tarixi»

C) «Siyosatnoma»

D) «Hindiston»

3. Qaysi mutafakkirning tushuntirishicha, Xudo butun mavjudotlarning bosh sbaabchisi, ijodkoridir. U abadiy. Qolgan hamma narsa va hodisalar o`tkinchi va vaqtinchadir. Uning e`tiqodicha, Xudo yagona bo`lmaganda edi, dunyoda tartibsizlik hukm surar edi. Unda dunyo qonun asosida faoliyat ko`rsatmagan, tinchlik eshiklari ochilmagan bulur edi. Butun dunyo yo`qlikka aylanib, balki bu yo`qlikdan chiqaolmagan bo`lur edimi

A) Mirzo Ulug`bek

B) Navoiy

*C) Jomiy

D) Ali Qushchi

4. Navoiy falsafiy qarashlari qanday ta`limotiga asoslangan?

A) Peripatetizm ta`limotiga

B) vahdati-vujud ta`limotiga

C) Tasavvuf ta`limotiga

*D) vahdati-vujud va tasavvuf ta`limotiga

5. Navoiy tasavvufning qaysi sulukiga rioya qilib, ko`prok uning amaliy tomonlariga e`tibor qaratgan?

*A) Naqshbandiya

B) Qubroviya

C) YAssaviya

D) Malomatiya

6. Uning fikricha, modda va shakl birlik holatidadirlar: - «Agar modda shaklsiz bo`lsa, shakl

qaerdan kelib chiqadi, agar shakl – har narsaga qodir bo`lsa, modda qanday kiyim kiyadi?» U kim?

A) Qorabog`iy

*B) Bedil

C) Maqtimquli

D) Mashrab

7. U qayerda bo`lmasin, dinning va tasavvufning asosiy qoidalariga to`g`ri kelmaydigan hatti - harakatlarini keskin tanqid ostiga olib, o`z she`rlarida ular ustidan kulganligi uchun ruhoniylar tomonidan qarshilikka uchradi. O`zining hur fikrligi va hukmron doiralarni tanqid qilganligi uchun 1711 yilda Balx hukmdori Mahmudxon farmoniga binoan qatl etiladi. Bu kim?

A) Qorabog`iy

B) Maqtimquli

*C) Mashrab

D) Bedil

8. XIX asr oxiri - XX asr boshidagi ko`plab SHarq mamlakatlaridagi milliy-taraqqiyparvar ziyolilarning islohotchilik harakati – bu:

A) Tasavvuf

B) Ma`rifatparvarlik

C) Renessans

*D) Jadidchilik

9. U o`zining «Xayr - ul umuri avsatuho» maqolasida birinchi navbatda, xususiy mulkchilikni inkor qilgani va dinsizlikni targ`ib etgani uchun marksizm va sotsializmga salbiy ta`rif beradi. Bu kim?

*A) M.Behbudiy

B) Fitrat

C) Avloniy

D) Ishoqxon Ibrat

10. Bu kimning so`zlari: «Hayotga ishonish uchun, komil va odil inson bo`lish uchun tarixni o`rganish va uni bilish lozim»:

A) Fitrat

*B) M.Behbudiy

C) Avloniy

D) Ishoqxon Ibrat

11. Forobiy, Beruniy va Ibn Sino an`analarini davom ettirib, islom dinini dunyoviy fanlar yutuqlari bilan mustahkamlash g`oyasiga asoslangan holda, ilmlar tasnifini ishlab chiqkan jadid kim edi?

A) Avloniy

B) M.Behbudiy

*C) Fitrat

D) Ishoqxon Ibrat

12. Abdulla Avloniy talqinida … «Insonlarni yaxshilikg`a chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur». Bu ilm «YAxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar» yordamida ifodalashga asoslanishi kerak.

A) Odob

B) Hilm


C) Pedagogika

*D) Axloq

13. Falsafasi volyungarizm (o`zboshimcha irodaga ishonish), irratsionalizm, umidsizlik falsafasi sifatida maydaonga chiqkan faylasufni aniqlang:

*A) Artur SHopengauer (1788-1860)

B) Ogyust Kont (1798-1857)

C) Djon Styuart Mill` (1806-1873)

D) Gerbert Spenser (1820-1903)

14. «Ijobiy» bilimlar bayrog`i ostida maydonga chiqqan XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrda g`arb falsafasida eng ko`p darajada tarqalgan oqimlardan biri -pozitivizm edi. Pozitivizmning asoschisi – bu:

A) Artur SHopengauer (1788-1860)

*B) Ogyust Kont (1798-1857)

C) Djon Styuart Mill` (1806-1873)

D) Gerbert Spenser (1820-1903)

15. Uning falsafasining etakchi mavzularidan biri umumiy tadrijiy (evolyutsion) rivojlanish haqidagi ta`limot edi. U «… yoyilgan harakat hamrohligida moddani nomuayyan bog`lanmagan bir xillikdan muayyan bog`langan harxillikka o`tkazish va shuning barobarida saqlanib qoladigan moddaning harakatini qaytadan o`zgarishini amalga oshirilishi demakdir». Gap kim haqida bormoqda?

A) Artur SHopengauer (1788-1860)

B) Ogyust Kont (1798-1857)

*C) Gerbert Spenser (1820-1903)

D) Djon Styuart Mill` (1806-1873)

16. Markscha moddiyunchilikning xususiyati nimada?

A) Panteizmda

B) Deizmda

C) Dualizm

*D)Xudoga ishonmaslik ateistik moddiyunchiligi sifatida kelib chiqdi

17. Markscha moddiyunchilikning xususiyati -

*A) Dialektik moddiyunchilik

B) Mexanistik moddiyunchilik

C) Metafizik moddiyunchilik

D) Sinergetik moddiyunchilik

18. Avenarius nuqtai nazaricha, bizning tajribamiz, ashyodan kelib chiqadigan ma`no bilan bir qatorda o`zicha axloqiy va estetik baholash ko`rinishida bo`lgan appertseptsiyalar (o`zgacha tasavvurlarni olib kelish) deb atalgan narsani, hamda antropomorfik tasavvurlarni o`z ichiga oladi. Falsafaning vazifasi shundan iboratki, tajribani ushbu tashqaridan keltirgan narsalardan tozalash bilan «sof tajriba» mazmunini aniqlashdir, deb hisoblaydigan ta`limot – bu:

A) Sensualizm

*B) Empiriokrititsizm

C) Pragmatizm

D) Ekzistentsializm

19. Ushbu faylasuf nuqtai nazaricha falsafa «sof bilimning mantiqi» yoki fan falsafasidir. Agar

Kant uchun makon va zamon – hissiyot shakllari bo`lsa, uning uchun tushunchalar (kategoriyalar) edi. Bilim mavzusi «ashyo» emas, balki ashyo haqida tushunchadir. Ushbu faylasuf kim edi?

A) Otto Libman

B) Paul` Natorp

*C) Iogann Kogen

D) Vil`gel`m Vindel`band

20. Fridrix Nitsshe (1844-1900), Vil`gel`m Dil`tey (1833-1911), Georg Zimmel` (1858-1918), O.SHpenglar (1880-1936), Anri Bergson (1859-1941) qaysi oqim vakillari?

A) Ekzistentsializm

B) Neokantchilik

C) Empiriokrititsizm

*D)Hayot falsafasi

21. Nitsshe falsafasida nima haqidagi ta`limot markaziy o`rinda turadi?

*A) Hokimiyatga nisbatan bo`lgan iroda

B) Baxt-saodatga intilish

C) Hakikatni anglashga bo`lgan iroda

D) YAshashga bo`lgan ishtiyoq

22. Mashhur Amerika matematigi, mantiqshunosi va faylasufi CHarlz Pirs (1839-1914) tomonidan asos solingan va o`z negizida «shubha – din» nazariyasiga tayanadigan ta`limot – bu:

A) Ratsionalizm

*B) Pragmatizm

C) Empirizm

D) Egoizm

23. «Ochiq jamiyat va uning dushmanlari» deb atalgan mashhur kitobning muallifi bo`lib, unda totalitar davlat tuzumlarini tanqid ostiga olib, ularga liberal qadriyatlarni qarama-qarshi qo`ydi. U - :

A) Dezire Mers`e

B) P`er Teyyar de SHarden

*C) Karl Popper

D) Martin Xaydegger

24. Qaysi faylasuf nuqtai nazaricha, insonning ruhiy kayfiyati uch qatlamdan tashkil topgandir. Men (ego), U (id) va Mendan yuqori turuvchi (super-ego). Men – bu ongning sohasi bo`lib, faqat ruhning arzimas oz qismini (aysberg tepasini) o`zida mujassamlashtiradi.

A) Al`fred Adlar

B) Karl Gustav YUng

C) Erix Fromm

*D)Freyd


25.Ushbu ta`limotning asosiy mavzulari – inson, hozirgi dunyodagi uning taqdiri, tanglik yuz bergan vaziyatlardagi hatti-harakati, e`tiqod, ozodlik, hayotning ma`nosi kabi muammolar edi. Uning kelib chiqish shiori shunday edi: mavjudlik mohiyatdan oldin keladi. Boshqacha aytganda, «inson avvalo mavjud bo`ladi, u uchrashadi, dunyoga keladi, va faqat shundan keyingina shakllanadi». Bu shunday ma`noni bildiradiki, inson oldindan berilgan tabiatga ega emas. Uning qandayligi, uning mavjudligi bilan belgilanadi.

*A) Ekzistentsializm

B) Hayot falsafasi

C) Psixoanaliz

D) Pragmatizm

26. Germenevtika vakillarini ko`rsating: 1) F.SHleyermaxer, 2) Erix Fromm , 3) V.Dil`tey, 4) J.P. Sartr, 5) Xans Georg Gadamer, 6) F.Sossyur, 7) K. Levi-Stross

A) 6, 7

*B) 1, 3, 5

C) 2, 4

D) 1, 2, 3, 5

27. Strukturalizm vakillarini ko`rsating: 1) F.SHleyermaxer, 2) Erix Fromm , 3) V.Dil`tey, 4) J.P. Sartr, 5) Xans Georg Gadamer, 6) F.Sossyur, 7) K. Levi-Stross

A) 1, 2, 3, 5

B) 2, 4

*C) 6, 7


D) 1, 3, 5

28. Nikolay Kuzanskiy (1401-1464) ta`limotiga xos jihatni ko`rsating:

A) Qarama-qarshiliklarning bir-biriga o`xshashligi haqidagi dialektik g`oyani ta`kidlagan holda, u falsafiy bilimlarning maqsadi Xudo emas, balki tabiat deb hisoblab, shu bilan birga koinotda tabiatning va dunyolarning cheksizligi haqidagi taxminlarni ifodalab berdi.

B) Inson maqomini yuqori ko`tarish g`oyasi uning ijodida asosiy o`rin tutadi. Inson tanlash erkinligiga ega va bu uni koinotga bog`lab qo`ymaydi va ijodiy qobiliyatini o`z-o`zicha namoyon qila olishligini ta`kidlaydi.

C) Erni Koinotning markazi bo`lish imtiyozidan mahrum qilib, shunday markazni Quyoshga nisbatan saqladi.

*D) Inson bilimining kuch-qudrati ta`kidlandi; insonning o`zi ijodiy aqliy faoliyatining («inson uning aqlidir») vositasida qandaydir xudoga o`xshash ekanligiga ishora qilindi.

29. Nikolay Kopernikning (1473-1543) ta`limotiga xos jihatni ko`rsating:

*A) Erni Koinotning markazi bo`lish imtiyozidan mahrum qilib, shunday markazni Quyoshga nisbatan saqladi.

B) Inson maqomini yuqori ko`tarish g`oyasi uning ijodida asosiy o`rin tutadi. Inson tanlash erkinligiga ega va bu uni koinotga bog`lab qo`ymaydi va ijodiy qobiliyatini o`z-o`zicha namoyon qila olishligini ta`kidlaydi.

C) Inson bilimining kuch-qudrati ta`kidlandi; insonning o`zi ijodiy aqliy faoliyatining («inson uning aqlidir») vositasida qandaydir xudoga o`xshash ekanligiga ishora qilindi.

D) Qarama-qarshiliklarning bir-biriga o`xshashligi haqidagi dialektik g`oyani ta`kidlagan holda, u falsafiy bilimlarning maqsadi Xudo emas, balki tabiat deb hisoblab, shu bilan birga koinotda tabiatning va dunyolarning cheksizligi haqidagi taxminlarni ifodalab berdi.

30. Djordano Brunoning (1548-1600) ta`limotiga xos jihatni ko`rsating:

A) Inson bilimining kuch-qudrati ta`kidlandi; insonning o`zi ijodiy aqliy faoliyatining («inson uning aqlidir») vositasida qandaydir xudoga o`xshash ekanligiga ishora qilindi.

*B) Qarama-qarshiliklarning bir-biriga o`xshashligi haqidagi dialektik g`oyani ta`kidlagan holda, u falsafiy bilimlarning maqsadi Xudo emas, balki tabiat deb hisoblab, shu bilan birga koinotda tabiatning va dunyolarning cheksizligi haqidagi taxminlarni ifodalab berdi.

C) Erni Koinotning markazi bo`lish imtiyozidan mahrum qilib, shunday markazni Quyoshga nisbatan saqladi.

D) Inson maqomini yuqori ko`tarish g`oyasi uning ijodida asosiy o`rin tutadi. Inson tanlash erkinligiga ega va bu uni koinotga bog`lab qo`ymaydi va ijodiy qobiliyatini o`z-o`zicha namoyon qila olishligini ta`kidlaydi.

31. YAngi zamon moddiyunchiligining otasi sifatida e`tirof etiladigan ingliz faylasufi kim?

A) R.Dekart (1596-1650)

B) T.Gobbs (1588-1679)

*C) F.Bekon (1551-1626)

D) B.Spinoza (1632-1667)

32. Harakatni u jismlarning makondagi o`rin almashishi sifatida qarab chiqdi, ya`ni mexanik sifatida, tabiatdagi barcha jismlarni nafaqat mexanizmga o`xshatib, balki inson va jamiyatni ham unga monand qildi. U -

A) F.Bekon (1551-1626)

B) B.Spinoza (1632-1667)

C) R.Dekart (1596-1650)

*D) T.Gobbs (1588-1679)

33. Dunyoviy modda cheksiz, bir xil bo`lib, bo`shliqqa ega emas va cheksiz ravishda bo`linishi mumkin. U mexanik qonunlar tomonidan belgilangan to`xtovsiz ravishda miqdoriy va sifatiy jihatdan o`zgarib turadigan holatdadir. Tirik mavjudotlar dunyosi ham ushbu qonunlarga bo`ysunadi: hayvonlar – bular murakkab mashinalardir, deb hisoblaydigan faylasuf – bu:

*A) R.Dekart (1596-1650)

B) T.Gobbs (1588-1679)

C) F.Bekon (1551-1626)

D) B.Spinoza (1632-1667)

34. «Men fikrlayapman, demak, men mavjudman!» iborasi bilan mashhur bo`lgan faylasufni ko`rsating.

A) Spinoza

*B) Dekart

C) Leybnits

D) Djon Lokk

35. Xudoni yagona cheksiz javharga qo`shdi, ya`ni g`oyaviylik va moddiylikni birlashtirdi. Ushbu javhar o`z o`zining sababi bo`lib, hech qanday boshqa sabablarga muhtoj emas. Xudo tabiatga ayniyatdadir. YAgona javhar bo`lgan Xudo -tabiat ikki sifatga - uzunlik (masofa) va ongga ega,deb hisoblagan faylasuf kim?.

A) F.Bekon (1551-1626)

B) T.Gobbs (1588-1679)

*C) B.Spinoza (1632-1667)

D) R.Dekart (1596-1650)

36.Spinozaning diqqat markazida ozodlik masalasi turadi. Uning tushunishicha, javharda zaruriyat va ozodlik qo`shilib ketadi. Xudo (javhar) ozoddir, negaki, u nimaiki qilsa, o`zining zaruriyatidan kelib chiqadi. Tabiatda, unga esa Spinoza insonni ham kiritadi, sababiy bog`langanlik (determinizm),

ya`ni zaruriyat hukmronlik qiladi. Birok, inson alohida ko`rinishga ega bo`lgan modusdir. Unga fikr yuritish xosdir. Insoniy iroda chegaralangandir. Inson ozodligi aql bilan irodaning birligidan tashkil topadi, shuning uchun ozodlik darajasi ham aqliy bilim darajasi orqali ifodalanadi. Ozodlik va zaruriyat bir-birini taqozo etadi. Spinoza fikricha, zaruriyatning qarama-qarshisi - bu:

A) Iroda


B) Ozodlik

C) Ixtiyor

*D) O`zboshimchalik

37. «Ilgari his-tuyg`uda bo`lmagan hech narsa, aqlda ham bo`lmaydi», deb e`tirof etadigan faylasfni ko`rsating:

*A) Djon Lokk

B) Spinoza

C) Leybnits

D) Dekart

38. YAgonalik haqidagi ta`limot – monadologiyaning asoschisi –bu:

A) Djordj Berkli (1658-1753)

*B) Leybnits (1646-1716)

C) David YUm (1711-1776)

D) B.Spinoza (1632-1667)

39. Djordj Berkli (1658-1753) qaysi ta`limot vakillaridan biri edi?

A) Realizm

B) Empirizmning

C) Ratsionalizm

*D) Sub`ektiv idealizmning

40. Kant falsafasiga xos jihatlarni ko`rsating:

A) Aynan «muhabbat axloqi»gina jamiyatda uyg`unlikka olib keladi va ijtimoiy adolatsizlikka barham beradi

B) Asosida «dunyo aqli», «mutlaq g`oya» yoki «dunyo ruhi» yotgan kategoriyalar voqeylikning ob`ektiv shakllaridir. Bu-dunyoni paydo bo`lishi va rivojiga turtki bergan faol ibtidodir.

C) Tabiat (yoki olam) abstrakt tushuniladigan substantsiya emas, balki o`zining butun xilma-xil va behisob ko`rinishlarida berilgan hissiy hodisadir: «tabiat tushunchasi ostida men shuni tushunamanki, - deb yozadi faylasuf, - u insonni o`zidan boshqa insoniy bo`lmagan barcha hissiy kuchlar, narsalar va mavjudotlardan farq qiladigan majmuadir…

*D) Biz nimaniki tabiat qonunlari hisoblasak, aslida hodisalar dunyosiga aql orqali kiritiladigan aloqadir, yoki boshqacha aytganda, bizning aqlimiz qonunlarni tabiatga buyruq qiladi. Ammo hodisalar dunyosiga inson ongidan mustaqil bo`lgan ashyolar mohiyati bo`lgan «narsa o`zida» muvofiq keladi. Ularni mutlaq bilish mumkin emas. «Narsa o`zida» bizlar uchun noumenlar, ya`ni aql bilan bilinadigan, ammo tajribada berilmaydigan mohiyatdir. .

41. Hegel falsafasiga xos jihatlarni ko`rsating:

*A) Asosida «dunyo aqli», «mutlaq g`oya» yoki «dunyo ruhi» yotgan kategoriyalar voqeylikning ob`ektiv shakllaridir. Bu-dunyoni paydo bo`lishi va rivojiga turtki bergan faol ibtidodir.

B) Biz nimaniki tabiat qonunlari hisoblasak, aslida hodisalar dunyosiga aql orqali kiritiladigan aloqadir, yoki boshqacha aytganda, bizning aqlimiz qonunlarni tabiatga buyruq qiladi. Ammo hodisalar dunyosiga inson ongidan mustaqil bo`lgan ashyolar mohiyati bo`lgan «narsa o`zida» muvofiq keladi. Ularni mutlaq bilish mumkin emas. «Narsa o`zida» bizlar uchun noumenlar, ya`ni aql bilan bilinadigan, ammo tajribada berilmaydigan mohiyatdir.

C) Tabiat (yoki olam) abstrakt tushuniladigan substantsiya emas, balki o`zining butun xilma-xil va behisob ko`rinishlarida berilgan hissiy hodisadir: «tabiat tushunchasi ostida men shuni tushunamanki, - deb yozadi faylasuf, - u insonni o`zidan boshqa insoniy bo`lmagan barcha hissiy kuchlar, narsalar va mavjudotlardan farq qiladigan majmuadir…

D) Aynan «muhabbat axloqi»gina jamiyatda uyg`unlikka olib keladi va ijtimoiy adolatsizlikka barham beradi.

42. Feyerbax falsafasiga xos jihatlarni ko`rsating:

A) Biz nimaniki tabiat qonunlari hisoblasak, aslida hodisalar dunyosiga aql orqali kiritiladigan aloqadir, yoki boshqacha aytganda, bizning aqlimiz qonunlarni tabiatga buyruq qiladi. Ammo hodisalar dunyosiga inson ongidan mustaqil bo`lgan ashyolar mohiyati bo`lgan «narsa o`zida» muvofiq keladi. Ularni mutlaq bilish mumkin emas. «Narsa o`zida» bizlar uchun noumenlar, ya`ni aql bilan bilinadigan, ammo tajribada berilmaydigan mohiyatdir.

*B) Tabiat (yoki olam) abstrakt tushuniladigan substantsiya emas, balki o`zining butun xilma-xil va behisob ko`rinishlarida berilgan hissiy hodisadir: «tabiat tushunchasi ostida men shuni tushunamanki, - deb yozadi faylasuf, - u insonni o`zidan boshqa insoniy bo`lmagan barcha hissiy kuchlar, narsalar va mavjudotlardan farq qiladigan majmuadir…

C) Asosida «dunyo aqli», «mutlaq g`oya» yoki «dunyo ruhi» yotgan kategoriyalar voqeylikning ob`ektiv shakllaridir. Bu-dunyoni paydo bo`lishi va rivojiga turtki bergan faol ibtidodir.

D) Aynan «muhabbat axloqi»gina jamiyatda uyg`unlikka olib keladi va ijtimoiy adolatsizlikka barham beradi.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə