Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64

150
8.4. Qushlar sinfi
bo‘g‘oti ostidagi yog‘och to‘sinlar us 
ti 
ga yoki devorga yumaloq-
langan loyni so‘ 
lagi bilan yopishtirib uya quradi. Ayrim qushlar, 
masalan, kakku, kayra uya qurmaydi. Kakku tuxumini boshqa 
qushlarning uyasiga tashlab ketadi. Kayra yalang‘och qoyaga tu-
xum qo‘yib, uni bosib yotadi.
Tuxumning tuzilishi.  Qushlar ning 
tuxumi yirik bo‘ladi (88-rasm). 
Tuxum markazida suyuq sariqlik 
bor, sariqlikni suyuq oqsil o‘rab 
turadi. Sariqlik ikki tomondagi 
kanopcha yordamida tuxum po‘-
chog‘iga osilib turadi. Murtak 
sariqlik sirtida joylashgan. Qush 
tuxum bosib yotganida tuxumlari 
bir me’yo 

da isishi uchun ularni 
oyog‘i bilan dam-badam aylantirib 
turadi. Tuxum ay 
langanida sariqlik 
ham aylanganidan, murtak doimo 
sariqlik ustida, ya’ni qush tanasi 
yaqinida turadi.
87-rasm. Qushlar 
uyasi: 
1 – ko‘rgalak; 
2 – vahmaqush; 
3 – qizilto‘sh; 
4 – qaldirg‘och
3
4
1
2
88-rasm. Qush tuxumining
tuzilishi: 
1 – po‘choq; 2 – po‘choqosti parda; 
3 – havo kamerasi; 4 – suyuq oqsil
5 – oqsil kanopcha; 6 – sariqlik par-
da; 7 – sariqlik; 8 – murtak diski
5
6
4
3
2
1
7
8


151
44-§. Qushlarning ko‘payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi
Jo‘ja ochadigan va jish bola ochadigan qushlar. Qirg‘ovul, be-
dana, o‘rdak, g‘oz va tovuq 
larning tuxumdan chiqqan jo‘ 
jalarining 
tanasi par bilan qoplangan va ko‘zi ochiq bo‘la 
di;  jo‘jalar ko‘p 
o‘tmay onasi or 
qa 
sidan yugurib ketadi. Ular jo‘ja ochadigan qushlar 
deyiladi.
Kaptar, qaldirg‘och, chum 
chuq, qarg‘a, musicha, laylak ham 
 
 
da 
barcha yirtqich qushlar 
ning tuxumdan chiqqan jo‘ 
ja 
la 
ri 
ning ko‘zi 
yumuq, qu 
loq teshigi yopiq; yalang‘och tanasi siyrak mayin parlar 
bilan qoplangan bo‘ladi. Ularni ota-ona qushlar boqadi. Bunday 
qushlar  jish bola ochadigan qushlar  de yiladi.
Nasliga g‘amxo‘rlik qilish. Qushlarning nasliga g‘amxo‘rlik 
qilishi tuxum bosish, jo‘jalarni boqish, isitish va ularni himoya 
qilishdan iborat. Ona qushlar biron xavf tug‘ilganida dushmani-
ga tashlanib, jo‘jalarini himoya qiladi. Birgalikda uya quradigan 
qushlar, masalan, chug‘ur chuqlar dushmanini sezganida ovozi ning 
boricha shov 
qin solib, boshqa qushlarni yor 
damga chaqiradi. Jo‘ja 
ochadigan qushlarning urg‘ochisi xavf tu 
g‘il 
ganida tovush bilan 
jo‘jalarini ogohlantiradi; jo‘jalari darhol bekinib oladi. Ona qush 
esa dushmanga tashlanadi. Yo‘rg‘a tuvaloqning urg‘ochisi yirtqich 
hayvonning e’tiborini o‘ziga tor 
tish va jo‘jalaridan uni nari 
roqqa 
olib ketish uchun nayrang ishlatadi. U yaralangan holatga kelib 
qanotlarini sudraganicha yirtqichning oldiga tushib yugura bosh-
laydi. Qushlar oziq bo‘ladigan narsa topganida ham ovoz chiqa-
rib, jo‘jalarini chaqirib oladi.
Qushlarning kelib chiqishi.  Qushlar  qadimgi  sudralib  yuruv chi   -
lardan kelib chiqqan. Eng qadimgi qush – arxeopteriksning tosh 
 
 
 
ga 
aylangan suyak va patlari topilgan (89-rasmlar). Jag‘lari, tish 
 
 
lari va 
20 ta umurtqadan iborat uzun dumining bo‘lishi bilan arxeopteriks 
sudralib yuruvchilarga; tanasining pat bilan qop 
 
 
 
langanligi, oldingi 
oyoqlarining qanotga aylanganligi  bilan esa qushlarga o‘xshaydi. 
Arxeopteriks oyoqlaridagi barmoqlaridan biri orqada, qolgan uchtasi 
oldinga qaragan bo‘lishi uning da 
raxt 
 
da yashaganligini ko‘rsatadi. 
Lekin qushlar uchun xos bo‘l 
gan to‘sh toj suyagi rivojlanmaganligi 
sababli arxeopteriks ho 
zir 
 
 
 
gi qushlarning ajdodi bo‘lolmaydi. Ularning 
ajdodi protoavis hi 
 
 
sob 
lanadi. Protoavis arxeopteriksdan bir necha 
million yil oldin ya 
 
shagan. Uning hozirgi qushlarga o‘xshash toj 
suyagi rivojlangan.


152
8.4. Qushlar sinfi
1. Qaysi qushlar doimiy juft hosil qiladi?
2. Qaysi qushlarning jufti doimiy bo‘lmaydi?
3. Qushlarning uyasi qanday shakllarda bo‘ladi?
4. Qushlar tuxumi qanday tuzilgan?
5. Jo‘ja ochadigan qushlar uchun xos bo‘lgan belgilar nimadan iborat?
6. Jish bola ochadigan qushlar uchun xos xususiyatlar nimadan iborat?
7. Qushlar nasliga qanday g‘amxo‘rlik qiladi?
1. Kakku o‘z tuxumini:
a) kosasimon uyasiga qo‘yadi;
b) daraxt kovagidagi uyasiga qo‘yadi;
d) boshqa qushlar uyasiga tashlab ketadi.
2. Ko‘payish usuliga binoan qushlar guruhlari:
a) jish bola ochuvchi va jo‘ja ochuvchi qushlar;
b) tuxum bosuvchi, jish bola ochuvchi qushlar;
d) tuxum bosuvchi va jo‘ja ochuvchi qushlar.
8 9 - r a s m .   A r x e o p t e r i k s :  toshga 
ay lan gan qoldig‘i (chapda) va suyak 
qoldiqlaridan tiklangan qush (o‘ngda)


153
45-§. Qushlarning mavsumiy hodisalarga moslanishi
Qushlar nomi bilan ular uya quradigan joylar nomini juftlab yozing.
a) laylak;   
 
1) daraxtlar shoxi;
b) qizilishton; 
 
2) binolar peshtoqi;
d) qaldirg‘och; 
 
3) yer yuzasi;
e) kakku;   
 
4) daraxtlar kovagi;
f) qirg‘ovul.  
 
5) uya qurmaydi.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Juft hosil qilish, uya qurish, murtak diski, sariqlik, kanopcha, jo‘ja ochadigan 
qushlar, jish jo‘ja ochadigan qushlar, arxeopteriks.
Jumboqni yeching. Nima sababdan eski tuxum suvga solinganda, uning 
to‘mtoq tomoni yuqorida bo‘ladi?
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2a.
Guyidagi topishmoqlarda nima tasvirlangan?
44. Pishirsa osh bo‘ladi, 
 
45. Qoziq ustida qor turmas.
   Pishirmasa go‘sht bo‘ladi.
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2a.
Juftlab yozish javoblari: a-1, b-4, d-2, e-5, f-3.
 
  Qushlarning 
mavsumiy 
45-§.   
hodisalarga moslashishi
Hayot tarzining yil fasllariga qarab o‘zgarishiga binoan qushlarni 
o‘troq, ko‘chib yuruvchi va uchib ketuvchi guruhlarga bo‘lish mumkin.
O‘troq qushlar. Yil davomida bir joyda yashaydigan chittak, mu-
sicha, ko‘k kaptar, kaklik, so‘fito‘rg‘ay, qirg‘ovul, chumchuq, mayna 
o‘troq qushlar
 deyiladi. Ayrim qushlar yozda biroz oziq g‘amlay-
di. Chittaklar yoz oxirida urug‘ va hasharotlarni daraxt po‘stlog‘i 
 
yoriqlariga va shoxlardagi lishayniklar orasiga yashirib qo‘yadi. Oziq 
taqchil bo‘ladigan qish yoki erta bahorda ana shu oziqni topib 
yeydi.
Ko‘chib yuruvchi qushlar. Yil fasllariga qarab joyini o‘zgartirib 
turadigan qushlar ko‘chib yuruvchi qushlar deyiladi. Go‘ngqarg‘a, 
olaqarg‘a, zog‘cha va qorayaloq 
lar sovuq tusha boshlashi bilan gala 
bo‘lib qor kam, oziq mo‘lroq bo‘lgan joylarga uchib ketadi.
?!


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə