144
8.4. Qushlar sinfi
Oyoq kamari skeleti uch juft chanoq suyagidan iborat. Ular
umurtqa pog‘onasining bel va dumg‘aza bo‘limlari hamda oldingi
dum umurtqalari bilan harakatsiz bi
rikkan.
Kaptar oyoqlarining skeleti yo‘g‘on son, ikkita boldir hamda
ilik va barmoq suyaklaridan iborat. Ilik suyagi faqat qushlar uchun
xos bo‘lib, bir necha mayda suyak
larning birikishidan hosil bo‘ladi.
Ilik suyagining pastki uchiga barmoq suyaklari kelib tutashgan. Ilik
suyagi qush tanasini yerdan dast ko‘tarib turadi va qo‘nayotganda
tanaga beriladigan zarbani kamaytiradi.
Muskullari. Bir juft katta ko‘krak
muskullari massasi boshqa
barcha muskullar massasiga teng keladi. Ko‘krak muskullarining bir
uchi yelka suyagiga, ikkinchi uchi ko‘krak toj suyagiga bi
rikadi.
Katta ko‘krak muskullari qisqarganida qanotlar tushiriladi. O‘mrov
muskullarining qisqarishi tufayli qanotlar ko‘tariladi.
Yaxshi rivojlangan oyoq muskullari qushlarning yerda hara-
katlanishiga yordam beradi. Oyoq bo‘g‘imlari orqali paylar o‘t
gan.
Paylar uchi barmoqlarga birikadi. Qush shoxga qo‘nganida bu pay-
lar
tortiladi va barmoqlar siqilib, shoxni mahkam ushlab turadi.
Shuning uchun qushlar daraxt shoxida bemalol o‘ti
rishi va yiqilib
tushmasdan uxlashi mumkin.
1. Skelet tuzilishining qaysi xususiyatlari qushlarning uchishga moslashganligi
bilan bog‘liq?
2. Bosh skeleti qanday suyaklardan iborat?
3. Qaysi suyaklar ko‘krak qafasini hosil qiladi?
4. Qanotlar skeleti qanday suyaklardan iborat?
5. Oyoq skeleti qanday suyaklardan iborat?
6. Qushlarning qaysi muskullari kuchli rivojlangan?
1. Qushlarning jag‘lari:
2. Toj suyagiga birikkan:
a) boshi bilan harakatchan birikkan;
a) katta ko‘krak muskullari;
b) muguz tumshuqqa aylangan;
b) o‘mrovosti muskullari;
d) muguz tishchalar bilan qoplangan.
d) kichik ko‘krak muskullari.
3. Qushlarning ko‘krak qafasini:
a) ko‘krak
umurtqalari, qovurg‘alar, to‘sh suyagi hosil qiladi;
b) qovurg‘alar, o‘mrov va to‘sh suyagi hosil qiladi;
d) o‘mrov, ko‘krak, tirsak va umurtqalar hosil qiladi.
Qush muskullari va ularning vazifasini juftlab ko‘rsating.
a) katta ko‘krak;
1) qanotni ko‘tarish;
b) o‘mrovosti;
2) yerda harakatlanish;
d) oyoq.
3) qanotni tushirish.
145
5-laboratoriya mashg‘uloti
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Muguz tumshuq, bosh qutisi, ko‘krak toj suyagi, ko‘krak
tirgak suyagi, ilik
suyagi, katta ko‘krak muskullari, o‘mrovosti muskullar.
5-laboratoriya mashg‘uloti.
Qushlarning tashqi tuzilishi va pat qoplami
Kerakli jihozlar: qush tulumi, patlar komplekti, qo‘l lupasi,
mikroskop.
Laboratoriya mashguloti quyidagi tartibda olib boriladi:
1. Tulum yordamida qushning tashqi tuzilishini o‘rganing.
Boshi, bo‘yni, qanotlari, dumi va oyoqlarini diqqat bilan ko‘zdan
kechiring.
2. Qush tumshug‘ining tuzilishini ko‘zdan kechiring. Tili, burun
va quloq teshiklarini toping.
3. Qush oyoqlari quyi qismining tangachalar bilan qoplanganligini
kuzating. Oyoqlardagi barmoqlarni sanang,
barmoqlarining qanday
joylashganligiga e’tibor bering.
4. Qushning pat qoplamini diqqat bilan ko‘zdan kechi-
ring. Patlarning qush tanasida qanday joylashganligiga e’tibor
bering. Eng yirik va mayda patlar qanday joylashganligini
aniqlang.
5. Qoplovchi kontur patlarni ko‘zdan kechiring, pat uchi, yelpi-
g‘ichi va o‘zagini toping. Pat yelpig‘ichida o‘siqchalarning joylashi-
shini lupa va mikroskop yordamida tekshiring. Pat yelpig‘ichini nina
bilan titib, mikroskopda birinchi va ikkinchi tartibli o‘siqchalarni
o‘rganing.
6. Yelpig‘ichi titilgan patni siqilgan barmoqlaringiz orasi-
dan o‘tkazib, yelpig‘ichni yana o‘z holatiga kelishini tekshirib
ko‘ring.
7. Pat va parlarning tuzilishini solishtirib ko‘rib, ular o‘rtasida-
gi farqni aniqlang. Pat va momiq patning
tuzilishini daftaringizga
chizib oling.
8. Qushlar bilan sudralib yuruvchilarning tashqi tuzilishi va teri
qoplami o‘rtasida qanday o‘xshashlik borligini aniqlang.
146
8.4. Qushlar sinfi
Qushlarning ichki tuzilishi
43-§. va sezgi organlari
Hazm qilish sistemasi. Qushlar oziqni tumshug‘i bilan cho‘qilay-
di. Tumshug‘ining tuzilishi oziq xiliga va oziqlanish usuliga bog‘liq.
Tishlari bo‘lmaganligi uchun qushlar oziqni butunligicha yutadi.
Birmuncha yirikroq oziqni tumshug‘i bilan cho‘qilab, uzib olib
yutadi. Donxo‘r qushlar (masalan, kap
tar)larda qizilo‘ngachning
keyingi
qismi kengayib, zaxira oziq saqlanadigan organ jig‘ildonga
aylangan (84-rasm). Qushlarning oshqozoni ikki bo‘limdan iborat.
Oldingi bezli bo‘limidan ajralib chiqayotgan oshqozon shirasi ta’siri-
da oziq yumshaydi. Oshqozonning muskulli ikkinchi bo‘lmasida oziq
maydalanadi. Qushlar yutadigan mayda toshlar oziqni maydalashga
yordam beradi.
84-rasm. Kaptarning hazm qilish, ayirish
va nafas olish sistemasi:
1 – og‘iz bo‘shlig‘i; 2 – jig‘ildon;
3 – qizilo‘ngach; 4 – oshqozon;
5 – oshqozonosti bezi; 6 – kloaka;
7 – buyrak; 8 –
kekirdak;
9 – o‘pka; 10 – havo xaltasi;
11 – jigar
2
1
5
4
3
8
7
6
11
10
9
Qushlar tanasida haroratning doimiy bo‘lishi va ularning uchi-
shi juda katta energiya talab qiladi. Shuning uchun qushlar tez-tez
oziqlanib turadi; hayotining ko‘p qismini oziq topish uchun sarflay-
di. Oziq ularning ichagida tez hazm bo‘ladi.
Qushlar ichagi kloakaga ochiladi. Kloakaga jinsiy organ
larning
chiqarish yo‘li va siydik yo‘li ham ochiladi.
Kloakada siydik axlat
bilan aralashib tashqariga chiqariladi.
Nafas olish sistemasi. Qushlarning o‘pkasi murakkab tuzilgan
bo‘lib, havo saqlovchi juda ko‘p mayda pufakchalardan iborat.
Pufakchalar devorida joylashgan mayda kapillyarlar orqali qonga
kislorod o‘tadi. Nafas olishda
havo pufaklari ham ishtirok etadi
(84-rasm). Pufaklar ichki organlar orasida joylashgan va o‘pka bi-