Gistologiya, stitologiya va



Yüklə 12,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/296
tarix23.09.2023
ölçüsü12,68 Mb.
#123101
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   296
Gistologiya Sitologiya embriologiya

Mikroxirwgiya
usuli - bu tirik hujayrada maxsus asbob -
mikromanipulyator yordamida nozik operatsiyalar o ‘tkazish usulidir. 
Mikroxirurgiya yo‘li bilan hujayralardan yadroni ajratish, yadro 
qobig‘ini yirtish yoki bo'linayotgan hujayra xromosomalarini ajratish 
mumkin. 
Bu usul yordamida hujayra tuzilmalarining fizik 
xususiyatlarini, hujayra yadrosi va organellalarining funksional 
holatlarini o'rganish mumkin. Ko'pgina olimlar bu usul yordamida 
hujayra yadrosini bir hujayradan ikkinchisiga o'tkazib yadroning 
irsiy belgilarini avloddan-avlodga o'tkazishdagi rolini ochib berdilar.
Tirik hujayrani o'rganish usullariga yana to'qim alarni o'stirish 
usuli kiradi. To'qim a va hujayralami organizmdan tashqarida (in 
vivo) va organizm ichida (in vitro) o'stirish mumkin. To'qim alar 
organizmdan tashqarida o'stirilganda maxsus oziq muhitga 
o'tkazilishi kerak. Bu muhitda hujayra harakatlanish, bo'linish va 
differentsirovka qobiliyatini saqlab qoladi. To'qim a bo'lakchalari 
steril muhitda fiziologik eritma saqlovchi Petri idishiga solib 
maydalanadi. 
So'ngra 
mayda 
bo'lakchalar 
oziq 
muhitiga 
o'tkazilib, termostatda 38- 39°C da saqlanadi. Har 3—4 kundan 
so'ng ulami yangi oziq muhitiga o'tkazib turish kerak. Shunday 
qilish bilan to'qim ani yillab o'stirish mumkin.
Bundan tashqari, to'qim a tuzilmalarini hayvonning hayoti 
davrida yoki vital (in vivo - xayot) bo'yash mumkin. Bu usul tirik 
hujayra va to'qim alam ing tuzilishini, ba’zi bir moddalaming 
hujayraga kirish va undan chiqishini kuzatishga imkon beradi. 
Hayot davrida bo'yash uchun kolloid bo'yoq moddalar, masalan,. 
litiy, karmin, tripan sinkasini va boshqa zaharli bo'lm agan 
moddalarni ishlatish mumkin. Bu moddalar hayvon qoniga, teri 
osti biriktiruvchi to'qim asiga, qorin bo'shlig'iga yuboriladi. 
M a’lum vaqtdan so'ng hayvon o'ldirilib. to'qim a va organlar 
mikroskop ostida ko'riladi.
Tirik ob’ektlar tadqiq qilinayotganda tuzilmalami mikro- 
s’yomka qilish ya’ni mikroskop ostida suratga olish alohida o'rin 
tutadi. Hayot davrida tadqiqot qilish usullaridan tashqari to'qim a
22


va organlami o'tqazib o ‘rganish ham mumkin, ya’ni a ’zolarning 
bir qismi yoki hammasi boshqa organizmga o ‘tkaziladi (trans- 
plantatsiya qilinadi) va ularning yashab ketishi kuzatiladi. Bu 
metodning to‘qimani o'stirish usulidan afzalligi to‘qima butunligi 
buzilmagan holatda kuzatishdir.
Bundan tashqari, gistologiyada a’zo, to'qima, hujayralar, hamda 
ularning tarkibiy qismlarining yuza maydonlarini, hajmini aniqlash 
imkonini beruvchi 

Yüklə 12,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə