Gistologiya, stitologiya va



Yüklə 12,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/296
tarix23.09.2023
ölçüsü12,68 Mb.
#123101
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   296
Gistologiya Sitologiya embriologiya

morfometriya
usuli keng qo'llaniladi. Tasvirlami 
avtomatik o'rganish sistemasi ham gistologiyada keng o'rin 
olmoqda. Bu usul o'rganilayotgan gistologik ob’ektlami hajmiy 
xususiyatlari to'g'risida ob’ektiv ma’lumot olishga yordam beradi.
Yuqorida keltirilgan fikr va dalillardan ko'rinib turibdiki. 
zamonaviy gistologiya ko‘p va turli xil tadqiqot usullarn bilan 
qurollangan. Ular hujayra, to'qim a, organlaming tuzilishini har 
tomonlama mukammal o ’rganishga yordam beradi. Matemati- 
kaning aniq analiz usullari, miqdoriy analiz usuli bu bilimla- 
rimizni toMdiradi. Elektron mikroskop ostida ko'rish, elektron 
sitokimyo va radioavtografiyaning qo'llanishi metabolik jara- 
yonning kechishi to'g'risida to*liq bilim olishimizga yordam 
beradi. Umuman olganda. bu usullarning barchasi hujayrani
hujayra tuzilmalarini, makromolekulalaming tuziiishi to'g 'risid a 
aniq bir fikrga kelishimizga, differensirovka, regeneratsiya va irsiy 
belgilarning nasldan-naslga o'tishini chuqurroq o'rganishimizga 
yordam beradi. Ikkinchi tarafdan, bu usullar molekulyar biologi- 
yaning rivojlanishida muhim vosita bo'la oladi.
23


II 
BOB 
S IT O L O G IY A
Hujayra (lot. cell, cellula, 
yu non. 
kytos ) - organizmlar 
tuzilishining asosini tashkil eluvchi eng kichik tirik birlik 
hisoblanadi. Sitologiya (ko‘pincha hujayra biologiyasi deb ham 
ataladi) - hujayralarning takomillashishi, tuziiishi va faoliyatini 
(yunoncha. kytos - hujayra, logos - ta ’limot) o ‘rganadigan fandir. 
Bu fan alohida hujayralarning tuzilishini, ularning organizmda 
umumiy fiziologik jarayonlarda va ushbu jarayonlarni boshqa- 
rishda ishtirok etishini, yangi hujayralarning hosil bo‘lishini (hu­
jayralar reproduksiyasi), hujayralarning atrof-muhit sharoitlariga 
moslashuvini (adaptatsiya), ularning turli fiziologik va patologik 
omillarga nisbatan javob reaksiyasini va hujayralardagi patologik 
o ‘zgarishlami o ‘rganadi. Sitologiya asoslarini bilish tibbiyot 
uchun juda muhim ahamiyatga ega, chunki deyarli barcha kasal- 
liklaming asosida hujayralarning shikastlanishi va shu tufayli 
kelib chiqadigan to'qim a va a ’zolar faoliyatining buzilishi yotadi.
Hujayralarning ikki, bir-biridan tubdan farqlanovchi - prokariot va 
eukariot turlari mavjud. Prokariot (yunon. pro - ilgari, oldin + karyon -
yadro) hujayralar faqat bakteriyalar va ba’zi suv o‘tlari orasida 
topilgan. Bu hujayralar mayda (uzunligi 1-5 mkm) bo‘lib„ ularda 
genetik materialni (DNKni) hujayraning boshqa tuzilmalaridan ajratib 
turuvchi yadro qobig‘i bo‘lmaydi. Bundan tashqari, prokariot 
hujayralarda DNK gistonlar (maxsus asosiy oqsillar) bilan bog‘lan- 
magan va odatda membranali organellalar bo‘lmaydi.
Prokariotlardan farqli o ‘laroq, eukariot (yunon. eu - yaxshi + 
karyon - yadro) hujayralar yirikroq bo‘lib, o‘zida qobiq bilan 
o ‘ralgan va aniq ifodalangan yadro saqlaydi. Hujayraning genetik 
materiali gistonlar bilan b o g iiq b o iib , sitoplazmasida k o ‘plab 
membrana bilan qoplangan (membranali) organellalar uchraydi. 
Gistologiyada "hujayra" deganda to ‘qimalar, a ’zolar va yaxlit 
organizmning 
asosiy 
elementi 
bo‘lgan 
faqatgina 
eukariot 
hujayralar nazarda tutiladi. Shunday qilib, hujayra qobiq bilan 
chegaralangan, sitoplazma va yadrodan iborat tirik tizim bo‘lib, 
o ‘simlik va hayvonlar hayotining asosini tashkil qiiadi.
24


Ko'p hmayrali organizm, 

Yüklə 12,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə