Gistologiya, stitologiya va



Yüklə 12,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/296
tarix23.09.2023
ölçüsü12,68 Mb.
#123101
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   296
Gistologiya Sitologiya embriologiya

Gistokimyo va sitokimyo
hujayra tuzilmalarining kimyoviy 
tarkibini va ularning taqsimlanishini o ‘rganishga imkon beradi. Bu 
esa o‘rganilayotgan tuzilmalaming funksional holati va modda 
almashinuvi to ‘g ‘risida to ‘g ‘ri m a’lumot olishimizga yordam be­
radi. Gistokimyo usullari tuzilmalardagi aminokislotalar, oqsil, 
nuklein kislotalar, turli tipdagi uglevodlar, lipidlarni aniqlashga, 
fermentlarning 
aktivligini 
belgilashga yordam 
beradi. 
Bu 
moddalarni aniqlash reaktiv bilan to ‘qima va hujayra tarkibiga 
kiruvchi substrat orasidagi o ‘ziga xos reaksiyaga bog‘liq.
Gistologiyada 
immunogistokimyo
usuli ham keng qo‘llaniladi. 
Bu usul asosida to ‘qimalarda va hujayralarda mavjud turli xil 
kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalarni (gormonlar, 
retseptor va hokazo) shu moddalarga qarshi olingan monoklonal 
antitanalar yordamida aniqlash yotadi. Antitanalarni nishoniash 
maqsadida turli fermentlar (peroksidaza, iuiqoriy fosfataza), 
elektron mikroskopiyada esa ferritin yoki kolloid oltin ishlatilishi 
mumkin. Immunogistokimyo usuli ayniqsa onkogistologiyada
turli xil o ‘smalami tashxislashda keng qo‘llaniladi.
Hujayraning turli tarkibiy qismlarini (yadro, mitoxondriya, 
mikrosoma) ajratish uchun differensial sentrifugalash usuli qo‘l- 
laniladi. Ajratish uchun supersentrifuga (minutiga 20 000 — 
40000-marta aylanuvchi) va ultrasentrifuga (100000 - 150000- 
marta aylanuvchi) ishlatiladi.
Gistokimyo va sitokimyoning zamonaviy usullaridan 
radio-
avtografiya
usuli alohida o'rin tutadi. U tuzilmalardagi modda alma- 
shinuvini to‘liqroq o‘rganishga imkon yaratadi. Bu usul asosida 
radioaktiv moddalarni (fosfor R32, uglerod Si4, og‘ir vodorod - N3) 
yoki ular bilan nishonlangan moddalaming biri kiritilib, ma’lum vaqt 
oralig‘ida ularning miqdorini to‘qima va organlarda aniqlash yotadi.
21


Bu usul bilan nishonli aminokislotalaming oqsil tarkibiga kirishini
nuklein kislotalaming hosil bo‘lishini, nishonlangan hujayralarning 
migratsiyasini o'rganish mumkin.

Yüklə 12,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə