Gistologiya, stitologiya va


  Hujayralarning ko‘payishi faqat mavjud hujayralarning



Yüklə 12,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/296
tarix23.09.2023
ölçüsü12,68 Mb.
#123101
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   296
Gistologiya Sitologiya embriologiya

3. 
Hujayralarning ko‘payishi faqat mavjud hujayralarning
bo‘linishi natijasida amalga oshadi. 
Hujayralarning ko‘payishi 
faqat mavjud ona hujayralarning bo‘linishi natijasida amalga 
oshib, bu jarayondan oldin ona hujayrada genetik materialning 
ikki karra ortishi (DNK reproduksiyasi) ro‘y beradi. Hayvon va 
o ‘simliklaming eukariot hujayralarida to ‘laqon bo‘linishning 
yagona usuli bo‘lib mitoz (noto‘g ‘ri bo‘linish) hisoblanadi. Bunda 
hujayra bo‘linishining maxsus tuzilmasi - bo‘linish dukchasi yoki 
hujayra dukchasi hosil boMadi. Shu dukcha yordamida oldindan 
ikki karra ko‘paygan xromosomalar tekis va aniq ikki boMg‘usi 
yangi hujayralarga (ulami odatda qiz hujayralar deb ataladi) 
taqsimlanadi. Odam organizmida 200 ga yaqin hujayra turlari 
mavjud boMib, ularning soni taxminan 1013 — 1014 tashkil etadi. 
Shularning barchasi tuxum hujayraning spermatozoid bilan 
urugManishidan hosil boMgan yagona hujayra - zigotadan kelib 
chiqadi. Deyarli barcha to ‘qimalarda, nerv va yurak mushak 
to ‘qimasidan tashqari, butun hayot davomida hujayralar mun- 
tazam ravishda yangilanib turadi. Etilish jarayonida k o ‘p hujay­
ralar boMinish qobiliyatini yo‘qotadi va hayot siklini o ‘tab 
boMgach, halok boMadi. Ularning o ‘rniga yangi hujayralar keladi. 
Biroq, yangi hujayralarning hosil boMish imkoniyati faqat 
boMinish 
va 
o ‘ziga 
o ‘xshash 
hujayralar 
avlodini 
berish 
qobiliyatiga ega boMgan hujayralar mavjud boMgandagina amalga 
oshadi. Bunday hujayralar 
o ‘zak hujayralar
deb ataladi va turli 
to ‘qimaiar va hujayralarning muntazam yangilanishi uchun manba 
boMib hisoblanadi. Uzoq vaqtlardan beri jonsiz materialdan sun’iy 
tirik hujayralar hosil qilishga urinishgan va bu urinishlar hozir 
ham davom etayapti. Zamonaviy hujayra texnologiyalarining 
gurkirab rivojlanishi maMum maxsus vazifalarni bajarishga 
(masalan, monoklonal antitanalar ishlab chiqarishga) ixtisos- 
lashgan gibrid hujayralar klonini yaratish imkonini berdi. Zigota 
yadrosini klonlanadigan hayvon somatik hujayrasining yadrosi 
bilan almashtirish yoMi bilan butun boshli organizmning klonini 
yaratish mumkinligi tasdiqlandi ( masalan, klon usuli bilan 
yaratilgan mashhur qo‘ycha Dolli). Hujayralar xayot faoliyatini va 
boMinishini sun’iy sharoitda ta ’minlash usullari batafsil ishlab
30


chiqildi. M a’lum irsiy kasalliklarni davolashda gen injenerlik 
usullari tibbiyot amaliyotiga tobora chuqurroq kirib bormoqda. 
Biroq, shuni esda tutish kerakki, bu ishlaming barchasi tabiat 
tomonidan yaratilgan tirik hujayralarda yoki ularning m a’lum 
qismlarida 
bajarilmoqda. 
Hujayra 
biologiyasining 
ulkan 
muvaffaqiyatlariga 
qaramasdan jonsiz, 
hujayra 
bo‘lmagan 
materialdan tirik hujayra yaratish yo‘lidagi barcha urinishlar 
hozircha samarasiz qolmoqda. Bulaming bari mashhur R.Virxov 
tomonidan hujayra nazariyasiga kiritilgan «Omnis cellula e 
cellula», ya’ni, har qanday hujayra faqat hujayradan hosil bo‘ladi, 
degan xulosasi batamom haq ekanligini tasdiqlaydi.

Yüklə 12,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə