Glapova zuxraning zoologiya fanidan tayyorlagan


BOB O’RTA OSIYO SUV HAVZALARIDA UCHRAYDIGAN



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix11.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#144886
1   2   3   4   5   6   7   8   9
GLAPOVA ZUXRA zoologiya

2. BOB O’RTA OSIYO SUV HAVZALARIDA UCHRAYDIGAN 
TO’RTOYOQLILAR KATTA SINFI VAKILLARI 
To`rtoyoqlilar katta sinfiga kiruvchi umurtqali hayvonlar hayotining ko`p 
qismi quruqlikda o`tadi. Ayrim vakillarining butun hayoti yoki hayotining ma`lum 
davri suv bilan bog’liq bo`ladi. Bular qatoriga suvda hamda quruqlikda yashovchilar 
sinfi vakillari, cudralib yuruvchilar sinfidan toshbaqalar va ilonlar vakillari, qushlar 
sinfidan pingvinlar va sutemizuvchilar sinfidan kitsimonlar hamda kurakoyoqlilar 
turkumlari vakillari kiradi. Ularning nafas olish organlari o`pka hisoblanadi. 
Kitsimonlar va dengiz ilonlari ikkilamchi marta quruqlik bilan aloqasini uzib, suvda 
yashashga o`tgan bo`lsada, ular atmosfera havosidan nafas oladi. Amfibiyalarning 
lichinkalari jabra bilan nafas oladi. Quruqlikda harakat qilish, shuningdek
bo`g’imlari qo`shilgan besh panjali oldingi va keyingi oyoqlari kuchli muskullari 
yordamida amalga oshiriladi. Bulardan ilonlar va ayrim kaltakesaklar mustasno, 
ya`ni ularda oyoq bo`lmaydi. Sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarning 
dastlabki embrional taraqqiyot davrida jabra yoriqlari yo`qolib ketadi va o`pka hosil 
bo`ladi. Natijada ikkita qon aylanish doirasi yuzaga keladi: yurak-o`pka-yurak 
hamda yurak-tana-yurak. To`rtoyoqli umurtqali hayvonlarda bosh miyaning nisbiy 
o`lchami oshadi va uning bo`limlari to`liq bir-biridan ajralib boradi. Sezish organlari 
havo muhitida ishlashga moslashib boradi: burun bo`shlig’ida hidlov va respirator 
(rangdan tozalovchi) bo`limlar paydo bo`la boshlaydi, o`rta quloq va tashqi quloq 
yuzaga keladi, ko`z qovoqlari bo`ladi, ko`z gavhari va shox pardaning shakli 
o`zgaradi, yon chiziq organi (amfibiyalarning lichinkalaridan tashqari) yo`qolib 
ketadi, teridagi bezlar ko`p hujayrali bo`ladi. To`rtoyoqli umurtqali hayvonlarning 
morfologik va ekologik xilma-xilligi ularning butun biosferani egallab olganligi 
natijasida yuzaga keldi. To`rtoyoqli umurtqali hayvonlar katta sinfi o`z navbatida 
suvda hamda quruqlikda yashovchilar (Amphibia), sudralib yuruvchilar (Reptilia), 
qushlar (Aves) va sutemizuvchilar (Mammalia) sinflariga bo`linadi.


12 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə