Glapova zuxraning zoologiya fanidan tayyorlagan


 3. O’rta Osiyo suv havzalarida uchraydigan qushlar sinfi vakillari



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix11.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#144886
1   2   3   4   5   6   7   8   9
GLAPOVA ZUXRA zoologiya

2. 3. O’rta Osiyo suv havzalarida uchraydigan qushlar sinfi vakillari. 
Qushlar sinfiga 8600-9000 tagacha tur kiradi. MDHda qushlarning 800 ta turi, 
shu jumladan, O`rta Osiyoda 450 ta turi va O`zbekistonda 441 ta turi uchraydi. 
Quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar orasida qushlar sinfi turlarining ko`pligi 
jihatdan birinchi o`rinda turadi. Qushlarning qazilma topilmalarini hisobga olganda, 
ular ikkita kenja sinfga bo`linadi: 1. Qadimgi qushlar yoki kaltakesak dumlilir 
(Archaeornithes) kenja sinfi. 2. Yelpig’ich dumlilar yoki haqiqiy qushlar 
(Neornithes, Orniturae) kenja sinfi.
Gagarasimonlar (Gaviiformes) turkumi. Bu turkumga tipik suv qushlari 
kiradi. Suvda yaxshi suzadi va sho`ng’iy oladi, lekin yaxshi yura olmaydi va yaxshi 
ucholmaydi. Gagarasimonlar oyoqlaridagi 3 ta oldingi barmog’i yaxlit suzgich parda 
bilan bir-biriga qo`shilgan bo`lishi, gavdasi uzunchoq – qayroqsimon bo`lishi, 
patlari zich joylashganligi, tumshug’i uzun va o`tkir bo`lishi bilan xarakterlanadi. 
Oyoqlari gavdasining keyingi tomonida joylashganligi tufayli quruqlikda gavdasi 
deyarli qiya holatda bo`ladi. Gagaralarning erkak va urg’ochilarini rangi bir xil. 
Boshi kulrang, tumshug’i va oyog’i qora rangda. Qanotlari kalta va o`tkir. Bu 
turkumga 5 ta tur kiradi. Ular Shimoliy yarimsharda suv havzalarida yashaydi, 
O`zbekistonda qoratomoq gagara uchraydi. Ularning ozig’i baliqlar va suvdagi 
umurtqasiz hayvonlar hisoblanadi. Ozig’ini 25 m chuqurlikka suvga sho’ng’ib, tutib 
yeydi. Gagaralar o’simlik ko’p bo’lgan ko’llarda yashaydi. O’rta Osiyoga oktyabr 
oyida uchib keladi. Jinsiy dimorfizm sezilmaydi. May oyida ularning tuxumini 
Balxash va Issiqko’l atroflarida uchratish mumkin. In qurishda ikki jins ham 
qatnashadi. 2-3 ta tuxum qo’yadi. Inkubatsiya davri 28 kunga to’g’ri keladi, jo’ja 
bolali. Tuxumlarini erkagi va urg’ochisi navbatlashib bosadi. Jo’jalari qalin par bilan 
qoplangan bo’ladi. Ular tuxumdan chiqishi bilan suvda suzib keta oladi. 
Gagaralarning sanoatda ahamiyati yo’q. Lekin bu qushlar ko’llarni bezab turadi. 
Patli terisidan bezak tayyorlanadi. Tipik vakili qoratomoq gagara (Gavia arctica) 
hisoblanadi. Hajmi birmuncha kichik.
Qo`ng’irsimonlar (Podicipediformes) turkumi. Bu turkum vakillarining har 
qaysi barmog’i alohida teri suzgich pardaga o`ralganligi bilan gagaralardan farq 277 


20 
qiladi. Hajmi ham kichikroq. Gavdasidagi patlari zich joylashgan. Patli terisidan 
bezak uchun foydalaniladi, ya`ni bosh kiyimlarga, yoqaga bezak sifatida tikiladi 
(165-rasm). Bu turkumning 20 ta turi bo`lib, MDHda 5 ta turi, O`zbekistonda esa 2 
ta turi, ya`ni katta qo`ng’ir va qanjir uchraydi. Chuchuk suv qushlari. Hamdo`stlik 
davlatlardagi ko`l va daryolarda eng ko`p tarqalgan vakili – katta qo`ng’ir, ya`ni 
chomga (Podiceps cristatus) hisoblanadi. 165-rasm. Qo`ng’irsimonlar: 1- 
qoratumshuqli qo`ng’ir, 2- qiziltumshuqli qo`ng’ir, 3- kulrangtumshuqli qo`ng’ir, 4- 
katta qo`ng’ir (chomga). Bahorda urchish davrida katta erkak qo`ng’irning boshidan 
gajak pat o`sib chiqadi. Ularning urg’ochisi erkaklari bilan suvda oqib yuradigan 
qayiqchaga o`xshash qamishlardan uya yasaydi. Shu uyaga urg’ochisi 2-7 ta tuxum 
qo`yadi. Jo`ja bolali qush. Tuxumni bosib yotishni galma-gal erkagi va urg’ochisi 
bajaradi. Xavf sezgudek bo`lsa, ular jo`jalarini yelkasigi chiqarib yashiradi, suvga 
sho`ng’iganda esa qanoti ostiga yashiradi. Tuxumdan chiqqan jo`jalari yo`lli par 
bilan qoplangan bo`ladi va o`z ota-onasi bilan birga suzadi. Ular bir umr suvda 
yashaydi. Qo`ng’irlar suvdagi hasharotlar, ularning lichinkalari, mollyuskalar va 
mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Ozuqa izlab ular 7 m chuqurlikkacha suvga 
sho`ng’iy oladi. Uchish oldidan tez yuguradi, yaxshi ucholmaydi. Ularning go`shti 
qattiq va bemaza.


21 
Qoravoylar oilasining 7 ta turi bo`lib, ular o`rtacha hajmdagi va mayda 
qushlar hisoblanadi. Bu oilaning tipik vakili katta qoravoy (Phalacrocorax carbo) 
MDHdagi barcha dengiz va chuchuk suv havzalarida tarqalgan. Orol dengizida va 
O`zbekistondagi yirik daryolarning qirg’oqlarida qoravoylar gala-gala bo`lib uchib 
5 279 yuradi. Ular juda hushyor yaxshi suzuvchi va yaxshi sho`ng’uvchi qushlardan 
hisoblanadi, 4 m gacha chuqurlikka suvga sho`ng’iydi va suv ostida 40 sekundgacha 
tura oladi. Qoravoylar qiynalib qanotlarini tez qoqib uchadi. Ular baliqchilik 
xo`jaliklariga katta zarar yetkazadi. Bu qushlarning patlari qora, och gunafsha tusda 
yaltirab turadi. Uzunligi 75-90 sm, og’irligi 3 kg gacha yetadi. Uya qurish davrida 
qoravoylar dengizlarning qoyali qirg’oqlarida va sekin oqadigan cuvlarning qamish 
bosgan qirg’oqlarida hayot kechiradi, 5 ta tuxum qo`yadi. Qoravoylar, asosan 
baliqlar, ba`zan esa hasharotlar, mollyuskalar va amfibiyalar bilan oziqlanadi. Bola 
tarbiyasida ikki jins ham ishtirok etadi.
Meshkopchilar oilasi. Bu oilaga o`rtacha yoki yirik hajmdagi qushlar kiradi. 
Bo`yni va oyog’i uzun, dumi kalta va keng. Ularning 8 ta turi bor. Meshkopchilar, 
ya`ni saqoqushlarning suyaklari pnevmatik bo`lishi va terisi ostida havo bilan 
to`lgan bo`shliqlar borligidan suvga sho`ng’iy olmaydi, chunki suv uni po`kakdek 
suv betiga irg’itib chiqaradi. Saqoqushlar ham qoravoylar singari, asosan baliqlar, 
amfibiyalar va umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Uyalari qamishlar orasida
qoyali qirg’oqlarda bo`lib, koloniya holda yashaydi. MDHning janubida, shu 
jumladan, O`zbekistonda saqoqushlarning ikki turi uya quradi, ya`ni binafsha 
saqoqush (Pelecans onocrotalus) va jingalak saqoqush (Pelecans crispus). 
Saqoqushlarning og’irligi 9-14 kg keladi. MDHda uchraydigan saqoqushlardan 
jingalak saqoqush, ya`ni oq saqoqush eng yirik qushlardan hisoblanadi. Jingalak 
saqoqushning bo`yi 180 sm gacha, yozilgan qanotlarining kengligi 3 m gacha va 
og’irligi 12 kg gacha boradi. Issiq iqlimli mamlakatlarda yashaydi. MDHda, Qora, 
Kaspiy va Orol dengizlari qirg’oqlarida hamda Kavkaz va O`rta Osiyodagi katta 
daryolar va ko`llarda uchraydi. Saqoqushlar suvda yaxshi suzadi. Qoravoylar bilan 
saqoqushlar birgalashib baliq ovlaydi. , ya’ni ular o’rtasida simbiozlik namoyon 
bo’ladi. Ular yarim doira bo’lib tizilib, qoravoylar suv tagidan, saqoqushlar esa suv 


22 
yuzasidan qirg’oqqa qarab qanotlarini qattiq qoqib suzadi va baliqlarni qirg’oqqa 
haydaydi hamda ikkala oilaga kiruvchi qushlar sayoz joyda baliqlarni tutib yeydi. 
Laylaksimonlar (Ciconiiformes) turkumi. Bu turkum vakillari har xil kattalikdagi 
qushlar bo’lib, og’irligi 100 g gan 6 kg gacha boradi. 120 dan ortiq turlari bor. 
Ularning yirik, uzun va mustahkam bo’yni, tumshug’i va oyog’i bor. Suv bo’ylarida 
va botqoqliklarda yashaydi. Oyoqlaridagi barmoqlari 4 ta, oldingi 3 tasi orasida 
suzgich pardalari bo’lmaydi, agar bo’lsa ham u qisqa bo’ladi. Tumshuqlari turli 
shaklda bo’ladi. Patlari siyrak, sekin uchadi, uchganda oyoqlari dumidan keyinga 
chiqib turadi. Yer sharida deyarli barcha qit’alarda keng tarqalgan. Koloniya bo’lib 
uya quradi. Uyalarini qamishlarga, daraxt shoxlariga quradi, uyasining balandligi 
yarim metrgacha, diametri bir metrgacha boradi. Mart oyida tuxum qo’yadi. Uyada 
2-8 ta tuxum bo’ladi. May oyining boshida tuxumdan jo’jalari chiqadi. Iyul oyining 
oxirida ular koloniya bo’lib yig’ilib, avgust, sentyabr oylarida uchib ketadi. 
Laylaksimonlar tipik jish bolali qushlar hisoblanadi. Bu turkumga 3 ta oila kiradi: 
Laylaklar (Ciconidae), Ibislar (Threskiornithdae), Qarqaralar yoki Qo`tonlar 
(Ardeidae).
G’ozlar (Anserinae) kichik oilasiga g’ozlar va kazarkalar kiradi. G’ozlar keng 
tarqalgan, ayniqsa tundrada ko`plab uchraydi. G’ozlarning 170 ta turi bo`lib, 
MDHda 12 ta turi tarqalgan, bular, asosan shimolda va tundrada uya quradi. 


23 
Birmuncha janubda ko`k g’oz (Anser anser) tarqalgan. Ko`k g’ozdan ko`pgina 
xonaki g’ozlar zotlari yaratilgan. O`zbekistonda ham ko`k g’oz in qurib, jo`ja 
ochadi. Amudaryo etaklarida va Zarafshon daryosining quyi oqimlarida uchraydi. 
Ular, asosan Yevropa, Shimoliy Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo va O`rta Osiyoning 
suv havzalarida qishlaydi. Sharqiy Sibir va Xitoyda quruqburun g’oz (Anser 
cygnoides) uchraydi. Bu g’oz Xitoy xonaki g’ozining yovvoyi turi hisoblanadi.


24 
Daryo o`rdaklari (Anatinae) kichik oilasiga 80 ga yaqin tur kiradi. Ularda 
jinsiy dimorfizm mavjud. Tumshug’i ensiz va baland. Bu kenja oilaga yovvoyi 
o`rdak (Anas platyrhynchos), qo`ng’ir o`rdak (Anas strepera), suqsur (Anas acuta), 
olaqanotli suqsur (Anas penelope), churrak (Anas crecca) va boshqalar kiradi. Ular 
keng tarqalgan, O`rta Osiyo suv havzalarida ham uchraydi. Bu o`rdaklar sero`t 
suvlarni yaxshi ko`radi. Toza va chuqur o`tsiz ko`llarda kam uchraydi. Daryo 
o`rdaklari suv havzalarining sayoz qismida o`sadigan o`simliklar ildizlari atrofidagi 
balchiqlarga boshini tiqib oziq topib oziqlanadi. Ular, asosan o`simlikxo`r, rdest 
tuganaklari, shoxbarg, nilufar, hilol, qamishlarning barglari, urug’i, novdasi va 
suvdagi umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. O`rdaklar asosan, Osiyoning 
janubida, Shimoliy Afrika, Markaziy Amerikada va o`lkamiz janubidagi suv 
havzalarida qishlaydi. Erta bahorda daryolar bo`ylaridagi qamishzorlar va qalin 
o`tlar orasiga uya quradi. Uyalarini yer ustiga, ayrimlari daraxtga quradi. O`rdaklar 
turli miqdorda tuxum qo`yadi. Masalan: yovvoyi o`rdaklar 6-14 ta, qo`ng’ir 
o`rdaklar 7-13 ta, suqsurlar 6-12 ta tuxum qo`yadi. 24-28 kunda tuxumdan jo`ja 
ochib chiqadi, faqat urg’ochisi tuxum bosadi. Yovvoyi o`rdak xonaki 284 
o`rdaklarning ajdodi hisoblanadi. MDHda o`rdaklar Kaspiy dengizida qishlaydi. Ov 
ahamiyati katta.
Botqoq – o`tloq qushlari. Bu guruhga balchiqchilar, tar-tarlar, qar-qaralar,
botqoq tovuqchalari, laylaklar, turnalar, pogonishlar, bigiztumshuqlar, qiziloyoqlar 


25 
kiradi. Ular suv bo`ylaridagi o`tloqlarda, botqoqliklarda yashaydi va oziqasini yer 
ustidan topadi, suvda suzolmaydi. Bu guruhga kiruvchi qushlarning oyoqlari,
tumshug’i, bo`yni uzun, ilik suyagi yalang’och, oyoq barmoqlari ingichka, uzun,
barmoqlari orasida suzgich pardalari bo`lmaydi, dumi kalta. Ularning bir necha 
guruhchalari bor.
Yalang’och oyoqlilar guruhchasi. Bu guruhchaga katta va o`rtacha 
kattalikdagi qushlar kirib, oyoqlari uzun bo`ladi. Masalan: laylaklar, qo`tonlar,
turnalar. Ular ko`pincha botqoqliklarda, qamishzorlarda yashaydi. Ba`zilari 
daraxtga tuxumini qo`yadi. Ba`zan ular tumshug’i yordamida yerni kavlaydi. 
Tumshug’i uzun, qattiq, qisqichga o`xshaydi. Botqoqlik qushlari guruhchasiga 
o`rtacha va kichik hajmdagi qushlar kirib, qalin o`tloq-botqoqliklarda yashaydi. 
Masalan; botqoq tovuqchasi va sulton tovug’I shu guruhchaga kiradi. Bu 
qushlarning oyoqlari kalta, lekin barmoqlari uzun, bu esa ularni o`tloq, butazor va 
botqoqliklarda yurishiga yordam beradi. Ular yaxshi ucholmaydi. Tumshug’i kalta, 
ozig’ini yer ustidan va daraxtlardan topadi. Bu guruhchaga botqoq baliqchi qushlari 
va loyxo`raklar ham kiradi.


26 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə