Glapova zuxraning zoologiya fanidan tayyorlagan


 2 O’rta Osiyo suv havzalarida uchraydigan sudralib yuruvchilar sinfi



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix11.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#144886
1   2   3   4   5   6   7   8   9
GLAPOVA ZUXRA zoologiya

2. 2 O’rta Osiyo suv havzalarida uchraydigan sudralib yuruvchilar sinfi 
vakillari. 
Hozigi vaqtda sudralib yuruvchilar sinfiga 7 mingga yaqin tur kiradi. 
Shulardan 90 ga yaqin turi O`rta Osiyoda va 63 ta turi O`zbekistonda uchraydi. 
Sudralib yuruvchilar sinfi 3 ta kenja sinfga va 4 ta turkumga bo`linadi: Lepidozavrlar 
(Lepidosauria) 
kenja 
sinfi 
Xartumboshlilar 
yoki 
tumshuqboshlilar 
(Rhynchocephalia) turkumi, Tangachalilar (Squamata) turkumi, Arxozavrlar 
(Archosauria) kenja sinfi Timsohlar (Crocodylia) turkumi, Anapsidalar (Anapsida) 
kenja sinfi Toshbaqalar (Testudines yoki Chelonia) turkumi.
Suv ilonlari (Colubridae) oilasiga 2000 dan ortiq tur kiradi, O`zbekistoda suv 
ilonlarning 10 dan ortiq turlari uchraydi. Suv ilonlari oilasi orasida quruqlikda, 
daraxtda va yer ostida yashaydigan turlari ham bor. Suv ilonlarning uzunligi 10-15 
sm dan 3, 5 m gacha boradi. Suv ilonlari oilasiga oddiy suv iloni (Natrix natrix), suv 
ilon (Natrix tesselata), silliq suv iloni, ya`ni medyanka (Coronella austriaca) va 
chipor ilonlar (Elaphe, Coluber) avlodlari kiradi. Suv ilonlarida chanoq kamari va 
orqa oyoq qoldiqlari bo`lmaydi. Qorin tomoni bir qator bo`lib o`rnashgan serbar 
tangachalar bilan qoplangan. Suv ilonlar oilasi vakillari kosmopolit hisoblanadi. 
Ular Antarktidadan tashqari yer yuzining barcha qit`alarida keng tarqalgan. Suv 
ilonlari, asosan qushlar tuxumi, hasharotlar, o`rgimchaksimonlar, chuvalchanglar
turli mayda baliqlar, baqalar, kaltakesaklar va mayda kemiruvchilar bilan 
oziqlanadi. Suv ilonlarning ko`pchiligi tuxum qo`yib ko`payadi, medyanka esa 
tuxumdan tirik tug’adi. Suv iloni O`rta Osiyoda keng tarqalgan, O`zbekistonning 
hamma suv havzalarida yashaydi. Oddiy suv ilonini bog’, poliz va odamlarga yaqin 
joylarda ham uchratish mumkin. Uning uzunligi 1, 5 m gacha boradi, boshining ikki 
yon tomonida bittadan oq yoki havorang xoli bor. Suv ilonlari baliqchilik 
xo`jaliklariga birmuncha ziyon keltirishi mumkin.


18 


19 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə