Glapova zuxraning zoologiya fanidan tayyorlagan



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix11.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#144886
1   2   3   4   5   6   7   8   9
GLAPOVA ZUXRA zoologiya

ASOSIY QISM 
1-BOB O’RTA OSIYO SUV HAVZALARIDA UCHRAYDIGAN 
BALIQLAR KATTA SINFI VAKILLARI. 
1.1
 
O’rta Osiyo suv havzalarida uchraydigan suyakli baliqlar sinfi 
vakillari. 
Baliqlar katta sinfiga 20 mingdan ortiq tur kiradi va ular barcha suv 
havzalarida uchraydi. Shulardan MDHda 500 dan ortiq, O`rta Osiyoda 110 ta va 
O`zbekiston suv havzalarida 84 ta turi uchraydi. Ularning uzunligi har xil. Masalan: 
kitsimon akulaning uzunligi 18-20 m gacha va og’irligi 15-20 t gacha yetsa, Filippin 
orollarida yashaydigan pondako balig’i tanasining uzunligi 1-1, 5 sm va og’irligi 1, 
5 g, dengiz itchasining uzunligi esa 1, 2 sm keladi. Baliqlar katta sinfi Tog’ayli 
baliqlar (
Chondrichthyes
) va Suyakli baliqlar (
Osteichthyes
) sinflariga bo`linadi.
O`rta Osiyo, shu jumladan, O`zbekiston suv havzalarida osyotrlardan Orol 
baqrasi (
ship
) Orol dengizi hamda Amudaryo va Sirdaryoning quyi va o`rta oqimida 
yashagan. Uning uzunligi 2 m gacha va og’irligi 30 kg gacha borgan. 
Shuningdek, O`zbekistonda soxta kurakburunlarning uchta turi uchraydi. Bu 
baliqlarning tumshug’i keng bo`lib, kuraksimon shaklda. Boshining pastki tomonida 
katta og’zi joylashgan. Tanasining qavariq suyak plastinkalari oralig’ida terisi 
mayda suyak donachalar bilan qoplangan bo`lib, yassi plastinkalari yo`q. Ko`zlari 
juda kichik, skeleti tog’aydan iborat. Tumshug’ini uchida 5 ta o`tkir va qattiq 
tikanlari bor.
Amudaryo katta soxta kurakburuni (
Pseudoscaphirhynchus kaufmanni

Amudaryoning quyilish joydan Panj daryosi oralig’ida uchraydi. Bu baliqning 
tumshug’i keng yapaloq kuraksimon shaklda. Usti, ya`ni orqa tomoni qoramtir 



rangda. Dumi ipga o`xshagan uzun tanasining uchdan bir qismini tashkil qiladi, shu 
ipga 
o`xshash 
dumining 
bo`lishi 
bilan 
kichik 
soxta 
kurakburundan 
(
Pseudossaphirhynchus hermanni
), ya`ni kichik gajakdumdan farq qiladi. Dumining 
xivchin kabi ingichka va uzun bo`lganligi uchun, uni qilquyruq ham deb nomlanadi. 
Tumshug’ining uchida 5 tagacha o`tkir va qattiq tikanlari bor. Katta yoshdagilarida 
bir juft o`tkir tikani ko`zining oldida va bir jufti ko`zining orqa qismida joylashgan. 
Bu baliqlar aprel oyida tuxum qo`yadi, 7 yoshida voyaga yetadi. Uvildirig’ining soni 
2 mingdan 37 mingtagacha boradi. Chavoqlari (lichinkalari) mayda bo`lib, 
umurtqasizlar bilan, kattalari esa baliqlar bilan oziqlanadi. Katta soxta kurakburun 
ovlanadigan qimmatli baliqlardan hisoblanadi. Lekin kam uchraydi.
Kichik soxta kurakburun (Pseudossaphirhynchus hermanni), ya`ni kichik 
Amudaryo gajakdumi (toshbaqra) ham Amudaryoda tarqalgan. Uning uzunligi 27 
sm gacha boradi. Tumshug’i uzun va kambar bo`ladi, tumshug’ida tikanlar soni 2-3 
ta bo`ladi. Dumida xivchini yo`q, dum suzgich qanoti geterotserkal tipda tuzilgan. 
Yelkasidagi cho`girlarining soni 9-13 tagacha boradi, ko`zlari kichkina. Ko`krak 
suzgich qanotida teri burmalari bo`lishi bilan ajralib turadi. Kichik soxta kurakburun 
Amudaryoda uchraydi. Bu baliq katta soxta kurakburunga nisbatan kam uchraydi. 
Shuning uchun ham uning ko`payishi va rivojlanishi yaxshi o`rganilmagan. 
Ularning ozig’i suvda yashaydigan umurtqasiz hayvonlar hisoblanadi. Ov 
ahamiyatiga ega emas. (3-rasm) 



Sirdaryoda ham kichikroq, ya`ni uzunligi 30 sm gacha boradigan Sirdaryo 
soxta kurakburuni (P. fedtsсhenkoi) uchraydi. Bu baliqning tumshug’i va boshi 
ustida tikanlari yo`q. Dum iplari bilan birga hisoblaganda uzunligi 36-40 sm ga 
boradi. Bu baliq filbo`yin yoki qilquyruq deb ham ataladi. Juda kam uchraydi. 5-6 
yoshida voyaga yetadi. Aprel oyining o`rtalarida urg’ochi baliq 1, 5 mingtagacha 
uvildiriq tashlaydi. Tuxumining diametri 1, 8 mm gacha boradi. Suvda uchraydigan 
umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Ov ahamiyatiga ega emas. Soxta 
kurakburunlarning uchala turi ham kamyob bo`lganligi uchun O`zbekiston «Qizil 
kitobi»ga kiritilgan.
Osyotrlar MDH mamlakatlaridan tashqari Shimoliy Amerikada ham 
uchraydi. Demak, osyotrlar, asosan shimoliy yarimsharda tarqalgan. Ular muhim ov 
ahamiyatiga ega. Qimmatbaho va sifatli go`shti hamda qora ikrasi uchun ovlanadi. 
Shuning uchun ham hozirgi vaqtda bu baliqlar maxsus 81 baliqchilik zavodlarida 
sun`iy urchitilib, tuxumdan chiqqan yosh baliqlarni daryo va dengizlarga qo`yib 
yuboriladi.
Kurakburunlar (Polyodontidae) oilasining 2 ta turi bo`lib, ular Shimoliy 
Amerika va Janubi-Sharqiy Osiyoda uchraydi.
Ulardan biri - eshkakburun (Polyodon spathula) Missisipi daryosida yashaydi, 
uning bo`yi 2 m, og’irligi 75 kg. Ikkinchi turi psefur (Psephurus gladius) esa 
Xitoydagi Yantszi daryosida uchraydi, uning bo`yi 7 m gacha yetadi. Bu 
baliqlarning rostrumi uzun va uchi keng, yapaloq kurakka o`xshaydi. Ularning og’zi 
ancha katta va jag’larida mayda tishchalari bor. Terisi yalang’och. Tumshug’ida 
tikanlari - shiplari yo`q.
Tog’ay-suyakli baliqlarning ayrim turlari chuchuk suvlarda ham yashaydi, 
ba`zi turlari esa o`tkinchi baliqlar hisoblanadi. Masalan: sterlyad va Amerika ko`l 
osyotri bir umr chuchuk suvlarda yashaydi. Beluga, rus osyotri va sevryugalar, 
asosan dengizlarning qirg’oqqa yaqin qismida yashab, tuxum qo`yish uchun 
daryolarga kiradi. Ular, asosan bahorda tuxum qo`yadi, ikralarini suv tagiga, ayrim 
turlari qum va loyga ko`mib qo`yadi. Tuxumi rivojlanib to voyaga yetgan baliqqa 
aylanguncha har xil turlarida turlicha bo`ladi. Masalan: sterlyadlarning voyaga 



yetishi uchun 4-6 yil, rus osyotriga 8-15 yil, belugaga esa 15-18 yil kerak bo`ladi. 
Ularning serpushtligi ham har xil. Masalan: sterlyad 4 mingdan 140 mingtagacha 
ikra tashlaydi, Sibir osyotri 50 mingdan 500 mingtagacha, Rus osyotri 70 mingdan 
840 mingtagacha va Uzoq Sharq belugasi 500 mingdan 4, 5 milliontagacha ikra 
tashlaydi.
Tog’ay–suyakli baliqlar, asosan hayvon oziqalari bilan oziqlanadi. Beluga 
yirtqich, u baliq, ba`zan tyulen bolalarini ham yeydi. Osyotrlar ko`proq mollyuskalar 
bilan, sterlyadlar esa suvda yashaydigan hasharotlar bilan oziqlanadi. Yevropada va 
Shimoliy Amerikada osyotrlar miqdori juda ham kamayibketgan. MDHda, asosan 
osyotrlar Kaspiy va Qora dengiz havzalarida ovlanadi.
Hozirgi 
vaqtda 
osyotrlarning 
90-95% 
asosan 
MDHda 
ovlanadi. 
Shu`laqanotlilar kenja sinfi quyidagi 3 ta katta turkumga bo`linadi:
1. Suyakli ganoidlar (Holostei),
2. Suyakdor baliqlar (Teleostei) va
3. Ko`pqanotlilar (Polostei). Suyakli ganoidlar (Holostei) katta turkumi.
Bu baliqlar ancha soda tuzilgan, ularning vakillari mezozoy erasida juda keng 
tarqalgan bo`lib, turkumlari ham ko`p bo`lgan. Bu katta turkum vakillarining 
xarakterli belgilariga, avvalo ichagida spiral klapanlarining borligi, yuragida arterial 
konusining saqlanganligi va ustki ensa suyagining rivojlanmaganligidir.
Suyakli ganoidlar katta turkumining 2 ta turkumi bor: Kaymanlar yoki kosali 
(pantserli) cho`rtanlar (Lepidosteoidei) turkumi va Amiyalar yoki loyqa baliqlar 
(Amioidei) turkumi. Kaymanlar (Lepidosteoidea) turkumiga 6-7 ta tur kiradi: 
Kaymanlar yoki pantserli (kosali) cho`rtanlarning uzunligi 3-4 m gacha va og’irligi 
150 kg gacha boradi.
Ular Shimoliy Amerikaning chuchuk suvlarida yashaydi. Xarakterli 
belgilariga gavdasining romb shaklidagi suyakli ganoid tangachadan iborat pantser 
bilan qoplanganligi, ustki ensa suyagining yo`qligi va havo pufakchasining 
borligidir. Kaymanlar yirtqich, ularning og’iz bo`shlig’ida tishlari bor. Cho`rtan 
baliqlarnikiga o`xshash tumshug’i uzun uchli, gavdasi ham cho`rtan baliqlarnikiga 
o`xshaydi. Dumigomotserkal tipda. Umurtqasi oldingi tomondan bo`rtib chiqqan, 



orqa tomondan botiq, ya`ni opistotsel tipda.
Amiyalar yoki loyqa baliqlar (Amioidei) turkumi. Bu turkumning Amiya yoki 
loyqa baliq (Amia calva) degan bitta turi bor. Bu baliqning uzunligi 60-90 sm gacha 
boradi. Erkagi urg’ochisidan kichikroq. Amiyalar kayman baliqlar bilan suyakli 
baliqlarning o`rtasida ma`lum darajada oraliq o`rinni egallaydi. Gavdasi sikloid 
tangachalar bilan qoplangan. Ularning spiral klapanlari va arterial konusi rudiment 
holida bo`ladi. Dumida qora xoli bor. Dum suzgich qanoti gomotserkal tipda 
tuzilgan. Yuragida aorta ildizi murtagi bor, orqa suzgich qanoti uzun, dum suzgich 
qanoti doira shaklida. Og’zida tishi yo`q, tumshug’i to`mtoq, yuvosh baliq. 
Juft suzgich qanotlari kichkina. Yon chiziq organlari yaxshi seziladi. 
Umurtqasi amfitsel tipda. Amiyalar Shimoliy Amerikadagi sekin oqadigan va 
oqmaydigan chuchuk suvlarida yashaydi. Bunday suvlarda odatda kislorod kam 
bo`ladi. Shuning uchun amiyalarda qo`shimcha nafas olish organi vazifasini suzgich 
pufagi bajaradi. Bu baliqlar sovuq paytlarda suvsiz, havo muhitida bir kecha-
kunduzgacha yashay oladi. Ular tunda faol.
Qishda 
chuqur 
joylarda 
karaxt 
bo`lib 
yotadi. 
Voyaga 
yetgan 
amiyalar qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, ba`zan baliqlar bilan oziqlanadi. Yosh 
baliqlar faqat umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Amiyalar, asosan aprel–may 
oylarida suv harorati +25°C atrofida bo`lganda urchiy boshlaydi. Urchish paytida 
amiyalarning erkagi suvning qirg’og’iga yaqin kelib, chuqurligi 25-40 sm bo`lgan 
sayoz joylarda suv o`tlaridan uya yasaydi. Uyasining shakli tarelkaga o`xshash 
bo`lib, sathi 40-60 sm² ga boradi. Uvildirig’ining soni 70 mingtagacha boradi,
tuxumlarini erkagi qo`riqlaydi. Amiyalar boshqa baliqlarni qirib ziyon yetkazadi.
Ularning go`shti qattiq va bemaza. Shuning uchun ovqatga ishlatilmaydi.
Karpsimonlar (Cypriniformes) turkumi. Karpsimonlar turkumining vakillari 
ham xuddi seldsimonlarga o`xshab, primitiv suyakli baliqlarga kiradi.
Karpsimonlarning ham suzgich pufagi ichak bilan qo`shilgan, suzgich pufagi 
ikki 
qismga 
bo`linadi, 
suzgich 
qanot 
shu`lalari 
yumshoq 
bo`ladi.
Bu baliqlarning havo pufagi bir-biriga harakatchan tarzda birikkan 3 ta suyak 
zanjir – Veber apparati bilan ichki quloqqa qo`shilgan. Uning vazifasi havo 



pufakchasi sezgan suv bosimini muvozanat organga o`tkazishdan iborat. Ba`zi 
turlarida (laqqa baliqlarda) tangachalari bo`lmaydi. Bu turkumning 3000 dan ortiq 
turi bor. MDHda 120 ga yaqin va O`zbekistonda 19 ta turi uchraydi. Aksariyat turlari 
chuchuk suvlarda yashaydi. Baliqlar turlarining 15% dan ortig’i karpsimonlar 
turkumiga to`g’ri keladi.
Karpsimonlar turkumiga 2 ta oila kiradi:
Karplar, ya`ni zog’ora baliqlar (Cyprinidae) oilasi va Laqqa baliqlar 
(Siluridae) oilasi. O`zbekistonda tutiladigan baliqlarning 80% ni karplar oilasi 
vakillari tashkil etadi. Ularning jag’larida tishlari bo`lmaydi, lekin orqa jabra 
yoylarida yaxshi taraqqiy etgan halqum tishlari bor.
Karplar 
oilasi 
vakillari 
tanasining 
uzunligi 

sm 
dan 1, 5 m gacha boradi. Karplar oilasiga ko`l va daryolarda yashaydigan qizilko`z 
(Rutilus rutilus), Kaspiy – Volga havzasida yashaydigan vobla (Rutilus rutilus 
caspius), oqcha baliq (Abramis brama), zog’ora baliq (Cyprinus carpio) lar kiradi. 
Bu oilaga yana Orol dengizi, Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryo hamda ularning 
irmoqlarida uchraydigan mo`ylovli baliq, oddiy qorabaliq, moy baliq, oqcha baliq,
oqqayroq qizilko`z (jerex), tovonbaliq (karas), Samarqand xramulyasi, parrak baliq,
oq chebak, turkiston qumbalig’i, oq amur va xumbosh ham kiradi. Karplar ham ov 
ahamiyatiga ega bo`lgan baliqlar qatoriga kiradi.
O`zbekiston suv havzalaridan zog’ora baliq, moybaliq, tovonbaliq, qorabaliq, 
oqcha, oq amur, amur xumboshi va boshqa baliq turlari ovlanadi. Birqancha turlari 
(karp, tovonbaliq, oq amur, amur xumboshi) suv havzalarida boqiladi.
Laqqa baliqlar (Siluridae) oilasiga kiruvchi baliqlarning terisi ustiida haqiqiy 
tangachalari bo`lmaydi, ayrim turlarida suyak tikan bo`lishi mumkin. Jag’larida 
o`tkir tishlari bor. Ular, asosan yirtqich baliqlar hisoblanadi.
Laqqalarning uzunligi 5 m gacha va og’irligi 300 kg gacha boradi. Laqqalar 
oilasiga 1200 taga yaqin tur kiradi. Ko`pchiligi Amerika, Osiyo, Afrikaning tropik 
va subtropik qismida tarqalgan, deyarli barcha turlari chuchuk suvlarda yashaydi.
Laqqa baliqlarning pastki jag’ida ikki juft va yuqorigi jag’ida bir juft 
mo`ylovlari bo`ladi. Bu mo`ylovlari tuyg’u vazifasini bajaradi. Laqqa baliqlar 


10 
yaxshi suza olmaydi, ular 3 yoshida jinsiy voyaga yetadi. May oyida urchib 500 
mingtagacha uvildiriq tashlaydi. Erkagi tuxumlarini qo`riqlaydi.
Laqqa baliqlar ko`pincha mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Ba`zan suvilonlar,
kemiruvchilar va parrandalar (o`rdak)ni yutib yuboradi. Yosh laqqa baliqlar 
hasharotlar 
va 
baliq 
chavoqlari 
bilan 
ham 
oziqlanadi.
Laqqa baliqlar MDHda Kaspiy dengizi havzalarida va O`rta Osiyoda uchraydi.
O`zbekistonda Orol dengizi sohillarida, ko`llarda va daryolarning o`zanlarida oddiy 
laqqa baliq yashaydi.
Ular, asosan tinch oqadigan suvlar aylanmasida va chuqur joylarda yashaydi.
Laqqa baliqlar Chinoz atrofida va Amudaryoda iyun oyida uvildiriq tashlaydi. O`rta 
osiyoning tez oqar daryolarida turkiston laqqachasi (Glyptosternum retiulatum) 
uchraydi. Elektr laqqa balig’i (Malapterurus electricus) Nil daryosi va G’arbiy 
Afrika daryolarida uchraydi.
Bu baliqning uzunligi 65 sm dan 1 m gacha bo`lib uch juft mo`ylovi bor. 
Elektr laqqa baliq terisining ostida boshidan to yumshoq suzgichigacha bo`lgan 
joyda o`ziga xos bir juft elektr organi joylashgan. Bu organ orqa miyadan chiqgan 2 
ta yo`g’on nerv bilan tutashgan. Elektr organining quvvati 300-360 voltgacha 
boradi. Laqqa baliqlar 100 yildan ortiq umr ko`radi.
Oq amur, amur xumboshi Amur havzasidan keltirilib, O`zbekistonda 
iqlimlashtirilgan. Karplarning go`shti sifati va mazasi jihatidan lososlarnikiga 
yetmaydi. Dunyoda ovlanadigan baliqlarning 4, 5% karplarga to`g’ri keladi.


11 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə