Glapova zuxraning zoologiya fanidan tayyorlagan


 1. O’rta Osiyo suv havzalarida uchraydigan suvda hamda quruqlikda



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix11.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#144886
1   2   3   4   5   6   7   8   9
GLAPOVA ZUXRA zoologiya

2. 1. O’rta Osiyo suv havzalarida uchraydigan suvda hamda quruqlikda 
yashovchilar sinfi vakillari. 
Qadimgi zamonda amfibiyalar sinfining turlari ko`p bo`lgan va ular 11–12 ta 
turkumga bo`lingan. Hozirgi vaqtda suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfiga 3 
ta turkum, 25-30 ta oila va 2500 dan 4000 tagacha tur kiradi

1.
Dumlilar (Caudata yoki Urodela) turkumi.
2. Oyoqsizlar (Apoda) turkumi.
3. Dumsizlar (Ecaudata yoki Anura) turkumi.
O`zbekiston hududida amfibiyalar sinfidan dumsizlar turkumiga kiradigan 3 
ta turi (ko`l baqasi-Rana ridibunda, yashil qurbaqa-Bufo viridis va O`rta Osiyo 
qurbaqasi-Bufo danatensis) uchraydi. Dumlilar turkumidan tritonlar akvariumlarda 
boqiladi. MDHda suvda hamda quruqlikda yashovchilarning 34 ta turi uchraydi. 
Shulardan 23 ta turi dumsizlar turkumiga va 11 ta turi dumlilar turkumiga kiradi. 
Oyoqsizlar turkumining vakillari MDHda uchramaydi. Dumlilar (Caudata yoki 
Urodela) turkumi. Dumlilar turkumga 280 tadan – 400 tagacha tur, 39 ta avlod, 8 ta 
oila va 5 ta kenja turkum kiradi.
Dumsizlar (Ecaudata yoki Anura) turkumi. Dumsizlar turkumiga birmuncha 
murakkab tuzilgan, keng tarqalgan va turlari ko`p bo`lgan amfibiyalar kiradi (2100 
dan ortiq turi bor). Ayrim adabiyotlarda 3500 - 4000 taga yaqin turi bor deyilgan. 
MDHda 23 ta turi uchraydi. Ular Antarktidadan tashqari barcha qit`alarda tarqalgan. 
Dumsizlar ayniqsa Janubiy Amerikada ko`plab uchraydi. Turlari ko`p bo`lishi bilan 
bir qatorda ularning hammasi bir xilda baqaga o`xshash shaklda tuzilgan bo`lib, 
gavdasi kalta va keng bo`ladi. Serbar boshi tanasiga qo`shilib ketgan. Ularda har 
doim oldingi va keyingi oyoqlari yaxshi taraqqiy etgan. Keyingi oyoqlari 
oldingilariga nisbatan 2-3 marta uzun bo`ladi. Orqa oyoqlarining uzunligi sababli 
ular sakrab-sakrab harakat qiladi. Umurtqalari protsel tipda (oldi botiq, orqasi 
qavariq) bo`ladi. Umurtqa pog’anasining dum bo`limi bitta uzun suyakcha (urostie) 
ko`rinishida bo`ladi. Ko`pchilik turlarida qovurg’alari bo`lmaydi. Ularning peshona 
va tepa suyaklari qo`shilib, juft peshona-tepa suyagini hosil qilgan. Dumsizlarda, 
shuningdek, bilak va tirsak suyaklari hamda katta va kichik boldir suyaklari ham 


13 
qo`shilib ketgan. Kaft va kaftoldi suyaklari esa qisman qo`shilib o`sgan bo`ladi. 
Buning sababi ularning qattiq substratda sakrab-sakrab harakatlanishi bo`lsa kerak. 
Nog’ora bo`shlig’i rivojlangan. Voyaga yetgan turlarida tashqi jabralari va jabra 
yoriqlari bo`lmaydi. Urug’lanishi, asosan tashqi, kopulyativ organlari yo`q. Ko`p 
turlarni o`z ichiga olgan dumsiz amfibiyalar turkumi 5 ta kichik turkumga va 19 ta 
oilalarga bo`linadi. Dumsizlar turkumining kenja turkumlari nomlari tana 
bo`limidagi umurtqalarining qay shaklda bo`lishidan olingan. 1. Amfiselalar 
(Amphicoela) kenja turkumi vakillari dumsizlar turkumi orasida eng primitivi 
bo`lib, umurtqalari amfisel tipda tuzilgan, uncha uzun bo`lmagan qovurg’alari bor 
va dum muskullarining rudimenti saqlangan. Bu kenja turkumga bitta silliqoyoqlilar 
(Leopelmidae) oilasi kiradi. Silliqoyoqlilar oilasiga 4 ta tur kiradi, shulardan 3 tasi 
Yangi Zelandiyada va 1 tasi Shimoliy Amerikada tarqalgan. Ularning erkaklari bir 
umrga dumini saqlab qolgan. Yangi Zelandiyada uchraydigan turining dum bo`limi 
skeleti umurtqalari segmentlashgan. Hayotining ko`p qismini, asosan suvda 
o`tkazadi. 2. Opistoselalar (Oristhocoela) kenja turkumi vakillarining umurtqalari 
opistosel tipda bo`ladi, qovurg’alari bor.


14 
Bu kenja turkumga yumaloqtillilar va pipalar oilalari kiradi. Yumaloqtillilar 
(Discoglossidae) oilasiga 16 ta tur kiradi. Ular Yevropa va Osiyoda tarqalgan. 
Yumaloqtillilar oilasiga kiruvchi vakillarining tili dumaloq, ya`ni tilining oldingi 
uchi kesiksiz, egatchasi bo`lmaydi. MDHda uchraydigan jerlyankalarning 
(Bombina) uzunligi 5 sm. Gavdasining orqa tomoni qoramtir, ostki qismi to`q 
sarg’ish va qora rangda bo`ladi. 
Terisi o`tkir hidli suyuqlik sekreti ishlab chiqaradi. Jerlyankalar uncha katta 
bo`lmagan suv havzalarida hamda ko`lmak suvlarida yashaydi. Yevropaning o`rta 
mintaqalarida va Uzoq Sharqning janubida tarqalgan. Momo qurbaqa (Alytes) ham 
shu oilaga kirib, uning kattaligi 5 sm atrofida, rangi qo`ng’ir-kulrang tusda bo`ladi. 
Momo qurbaqa G’arbiy Yevropada tarqalgan. Uning ko`payishi g’alati, ya`ni 


15 
urg’ochisi 50 taga yaqin tuxumini uzun 1 m li ipga, tasbehga o`xshatib bir-biriga 
ulab qo`yadi. Erkagi o`z suyuqligi bilan urg’ochisi qo`ygan tuxumini 
urug’lantirgach, tasbehga o`xshatib tizilgan tuxumlarini orqa oyoqlariga o`rab olib, 
salqin joyga yashirinib oladi. 17-18 kundan keyin marjon shaklidagi tuxumlari 
ichida lichinkalar yetilgach qurbaqa suvga tushadi va suvda 164 tuxumdan yosh 
itbaliqchalar chiqadi.
BoshqaHaqiqiy qurbaqalar (Bufonidae) oilasiga 365 ta tur kiradi, ular, asosan 
quruq yerlarda yashaydi, kunduzi soya-salqin joylarda yashirinib, kechasi faol ov 
qiladi. Qurbaqalar terisining ustki qavati birmuncha muguzlashgan. Ko`pchilik 
turlari suvga uvildiriq tashlaydi. Avstraliya qurbaqasi-psevdofrina uvuldirig’ini nam 
joylarga qo`yadi.
Janubiy Amerika qurbaqasi-aganing uzunligi 25 sm gacha boradi uvildirig’ini 
toshlar ostiga yoki tuproqqa ko`mib qo`yadi. Ularning tuxumi sariqlikka boy bo`lib, 
bu tuxumlardan to`la shakillangan qurbaqalar chiqadi. Janubiy Amerikaning 
mahalliy aholisi aga qurbaqasi zaharini o`q yoylarga surishgan. Janubiy va o`rta 
mintaqalarda oddiy qurbaqa (Bufo bufo) va yashil qurbaqa (B. virides) tarqalgan. 
Ikkala tur ham uvildirig’ini suvga tashlaydi.
O`zbekistonda yashil qurbaqa aholi yashaydigan joylarda, daryo vodiylarida 
va tog’li hududlarda uchraydi. Uni Qizilqumdagi quduqlar yaqinida ham uchratish 
mumkin. Yashil qurbaqa issiq va yorug’ yoz kunlari yerdagi kovaklar, kemiruvchilar 
ini yoki yerto`lalarda yashirinib yotadi, qorong’i tushishi bilan ovga chiqadi. Erta 
bahor va yoz oylarida kechqurunlari hammayoqdan ularning qurillagan ovozini 
eshitish mumkin.
Qurbaqalar bahorda ko`lmak va hovuz suvlariga shoda marjon shakldagi 
uvildiriqlarini tashlaydi. Bitta urg’ochi qurbaqa 10-12 minggacha tuxum qo`yadi. 
Tuxumdan chiqqan itbaliqlar bir necha hafta ichida yosh qurbaqaga aylanadi va 
suvdan chiqib turli tomonga tarqalib ketadi. Ular zararkunanda hasharotar va shilliq 
qurtlarni yeb qishloq ho`jaligiga foyda keltiradi. 165 Kvakshalar (Hylidae) oilasiga 
580 ga yaqin tur kiradi, qurbaqalarga nisbatan ancha mayda, ko`pincha daraxtda 
yashaydi.


16 
Ular barmoqlari uchlaridagi so`rg’ichlari, ba`zi turlari esa qorin tomonidagi 
mayda so`rg’ichlari yordamida daraxt tanasida va shoxlari ustida hayot kechiradi. 
Kvakshalar, asosan Janubiy Amerika, Shimoliy Afrika, Avstraliya, Yevropa, 
Janubiy-sharqiy va Janubiy G’arbiy Osiyoda keng tarqalgan. Oddiy kvaksha (Hylo 
arborea) Ukraina, Qrim va Kavkazda

Yaponiya yoki Uzoq sharq kvakshasi (Hyla 
japonica) Uzoq Sharqda keng bargli o`rmonlar, ba`zan qamishzorlarda yashaydi. 
Hayotining ko`p qismini daraxtda o`tkazadi, lekin suvga tuxum tashlaydi. Janubiy 
Amerikada tarqalgan xaltali kvakshalar (Gastrotheca) urug’i turlari erkaklari 
urug’langan tuxumlarni orqa qismida joylashgan xaltasida olib yuradi. Lichinkalari 
xalta ichida yoki suvda rivojlanadi. Janubiy Amerikada tarqalgan kvakshalardan 
filomeduzalar (Phyllomedusa) daraxtlarning naycha shaklida o`ralgan barglariga, 
tropik turlari esa barg qo`ltig’i, daraxt kovagiga yoki to`nkalar ustida halqob bo`lib 
qolgan suvlarga tuxum tashlaydi. baqalarning itbalig’iga o`xshab, bu lichinkalar 
ham suvda hayot kechirishga o`tadi.


17 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə