Glossariy metrologiya – o‘lchashlar haqidagi fan. Nazariy metrologiya



Yüklə 28 Kb.
səhifə4/8
tarix26.10.2023
ölçüsü28 Kb.
#131192
1   2   3   4   5   6   7   8
GLOSSARIY

Parametrik o‘zgartkichlar - kirish va chiqish kattaliklari turlicha bo‘ladigan o‘lchash o‘zgartkichlari. Masalan, temperaturaning turmoelektrik o‘zgartkichi (termopara).
Masshtabli o‘lchash o‘zgartkichi - kattalikni berilgan marta o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘zgartkich.
Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi - o‘lchash o‘zgartkichi ishining birinchi bosqichi bo‘lib, unda o‘lchanayotgan fizik kattalik qiymati boshqa fizik kattalik qiymatiga o‘zgartiriladi, masalan, deformatsion manometrning naysimon prujinasi. Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi yordamida o‘lchanadigan kattalik yoki o‘zgartiriladigan fizik kattalik boshqa o‘zgartkichga yoki o‘lchash asbobiga uzatilishi mumkin.
Oraliq o‘lchash o‘zgartkichi - o‘lchash zanjirida birlamchi o‘zgartkichdan keyingi o‘rinni egallagan o‘lchash o‘zgartkichi bo‘lib, o‘lchanayotgan fizik kattalikni unifikatsiyalashgan (bir xillashgan) signalga o‘zgartirishga mo‘ljallangan o‘zgartkichdir.
Uzatuvchi o‘lchash o‘zgartkichi – o‘lchash axboroti signallarini masofadan turib uzatish uchun mo‘ljallangan o‘zgartkichdir.
Mexanik o‘zgartkichlar – kiruvchi mexanik kattaliklar (bosim, kuchlanish, tezlik, ...) ni boshqa ko‘rinishdagi chiquvchi mexanik kattalikka (masalan, ko‘chish, aylanish chastotasi, bosim, ...) aylantirib beradigan o‘zgartkichlar
Elektromexanik o‘zgartkichlar - kiruvchi mexanik kattaliklar (bosim, ko‘chish, kuchlanish, ...) ni chiquvchi elektr kattaliklar (kuchlanish, elektr toki, qarshilik, induktivlik, ...) ga o‘zgartirish uchun qo‘llaniladigan o‘zgartkichlar.
Generatorli o‘zgartkichlar - shunday o‘zgartkichki, ularda axborot oqimini shakllantirish uchun qo‘shimcha manbadan energiya talab qilinmaydi.
Parametrik o‘zgartkichlar - shunday o‘zgartkichlarki, ularda energiya va axborot oqimlarining yo‘nalishlari bir xil bo‘lmaydi.
230
Termopara - keng tarqalgan termoelektrik o‘zgartkichlardan biri bo‘lib, u
ikki turli moddadan iborat o‘tkazgichlar uchlarini birlashtirib payvandlash orqali
hosil qilinadi. O‘tkazgichlarning ikkinchi uchlari ikkilamchi asbobga ulanadi.
Datchik (ma’lumot beruvchi)- nazorat qilinadigan yoki boshqariladigan
kattalikni boshqa turdagi kattalikka, ya’ni keyinchalik qayta ishlov berish uchun
qulay signalga aylantirib beruvchi element.
Aktiv qarshilikli (reostatli) parametrik datchiklar - bu datchiklar tizimdagi
chiziqli va burchak siljishlarni, kuch momentlarini, tebranishlarni va titrashni,
tezlanishni va boshqa elektromagnit kattaliklarni о‘lchash uchun qо‘llaniladi.
Reostatli datchik – harakatlanuvchi kontakti о‘lchanayotgan noelektrik
kattalik х ning ta’sirida kо‘chib yuradigan datchik.
Potensiometrik datchiklar – reostatli datchiklar kо‘pincha potensiometrik
sxema bо‘yicha ulanadi va chiziqli siljishlarni о‘lchaydi.
Tenzometrik datchiklar – qattiq jismlarning elastik deformatsiyalarini
о‘lchash uchun ishlatiladigan datchiklar.
Sig‘imli datchiklar - sig‘imli datchiklar sig‘imi о‘lchanayotgan noelektrik
kattalik ta’sirida о‘zgaradigan kondensatordan iborat.
Termoelektrik datchiklar - kirishdagi issiqlik ta’sirini chiqishda EYUK
signaliga aylantirib beradigan datchiklar bo‘lib, bu datchiklardan amaliyotda eng
kо‘p ishlatiladigani – termoparalardir.
Pezoelektrik datchiklar - pezoeffektga ega bо‘lgan materiallardan (masalan,
kvars, fosfat ammoniydan) tayyorlangan plastinalar yig‘indisidan tashkil topadi.
Dielektrikning yuza qismini mexanik deformatsiyalanishidan (masalan,
plastinalarga F kuch qо‘yilganda) ularning sirtida elektr zaryadlari paydo bо‘ladi
(23-rasm). Bunda zaryadlar yig‘indisi kuch miqdorini, uning belgisi esa kuch
yо‘nalishini bildiradi.
Magnitomodulatsion o‘zgartkichlar – bu o‘zgartkichlarning ishi magnit
oqimlarini kompensatsiyalashga asoslangan. Magnitomodulatsion o‘zgartkichlar
birlamchi asbob sezgir elementining chiziqli siljishini o‘zgarmas
unifikatsiyalangan chiqish signaliga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan.
231

Yüklə 28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə