Glossariy metrologiya – o‘lchashlar haqidagi fan. Nazariy metrologiya



Yüklə 28 Kb.
səhifə7/8
tarix26.10.2023
ölçüsü28 Kb.
#131192
1   2   3   4   5   6   7   8
GLOSSARIY

Simobli signalizatorlar - tuzilishi bo`yicha simobli termometrlarga o`xshaydigan, kapillyariga elektrik kontaklar kavsharlangan asbob. Bunda
235
temperatura oshsa simob kontaklar bilan ulanadi. TK tipidagi simobli signalizatorlar -5oC dan to +300oC gacha bo`lgan oraliqdagi temperaturani nazorat qilish uchun qo`llaniladi.
Manometrik signalizatorlar - suyuqlik va gazlarni temperaturasini nazorat qilish uchun qo`llaniladigan asboblar.
Bimetall signalizatorlar - modifikatsiyasiga bog‘liq holda –30 oС dan to +250 ˚С gacha bo`lgan oraliqlarda ishlaydigan, temperaturaga bog‘liq holda har xil chiziqli kengayish koeffisiyentiga ega bo`lgan ikkita metall qotishmasi (bimetall) dan iborat sezgir elementga ega bo‘lgan asbob.
Dilatometrik signalizatorlar - suyuqliklar temperaturaini o`lchashda hamda temperaturani ma`lum darajada avtomatik ravishda saqlash uchun va signalizatsiyada qo`llaniladigan asbob.
Termistorli signalizatorlar - temperaturani –30 oC dan to +100 oC gacha bo`lgan oraliqda rostlash uchun foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda datchik sifatida termoqarshiliklar – termistorlar qo`llaniladi.
Manometr – mutloq (absolyut) va ortiqcha bosimni o‘lchaydigan o‘lchash asbobi.
Barometr – atmosfera bosimini o‘lchaydigan o‘lchash asbobi.
Vakuummetr – berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimining siyraklanishini o‘lchaydigan o‘lchash asbobi.
Manovakuummetr – ortiqcha bosim va bosim siyraklanishini o‘lchaydigan o‘lchash asbobi.
Naporometr – kichik qiymatli (50 m suv ust. dan katta bo‘lmagan) ortiqcha bosimni o‘lchaydigan o‘lchash asbobi.
Tyagometr – kichik qiymatli siyraklanishni o‘lchaydigan o‘lchash asbobi.
Tyagonaporometr - kichik qiymatli bosim va siyraklanishni o‘lchaydigan o‘lchash asbobi.
Differensial manometr – ikki bosim ayirmasini (bosim farqini) o‘lchaydigan o‘lchash asbobi.
236
Bosim signalizatorlari - boshqarish obyektlarini yuqori bosimdan himoyalash, ortiqcha bosimni “chiqarib yuborish” yoki texnologik jarayonni to‘xtatishga mo‘ljallangan signalizatorlar.
Sarf o‘lchagichlar – suyuqliklar va gazlar sarfni o‘lchash uchun ishlatiladigan o‘lchash asboblari.
Sath - texnologik apparatning ishchi muhit – suyuqlik yoki sochiluvchan jism bilan to‘ldirish balandligi.
Sath o‘lchagichlari - sathni o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari.
Sath signalizatori - releli sath o‘lchagichlar bo‘lib, moddaning sathi ma’lum balandlikka yetganda ishlay boshlaydi, ular signalizatsiya maqsadida ishlatiladi.
Analizatorlar - moddalarning tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari haqidagi o‘lchov axborotini olish uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari.
Qovushoqlik - suyuqliklarning sirpanish yoki siljishga qarshilik ko‘rsatish xususiyati.
Psixrometr – havoning namligini o‘lchash uchun mo‘ljallangan, o‘lchash prinsipi suv bug‘ining elastikligi hamda quruq va nam termometrlarning ko‘rsatishlari o‘rtasidagi bog‘lanishga asoslangan o‘lchash asbobi.
O‘lchash mashinasi bu buyumni tavsiflovchi, kattaliklarni aniq o‘lchashga mo‘ljallangan yirik o‘lchamli o‘lchash uskunasidir.
Elektromexanik analog o‘lchash asboblari - o‘lchanayotgan fizik kattalikning uzluksiz funksiyasi bo‘lgan kuzatuvchi uchun qulay shakldagi informatsion o‘lchash signalini hosil qiluvchi elktr o‘lchash vositalari.
O‘lchash xatoligi – o‘lchash natijasining chinakam (haqiqiy) qiymatdan chetlashuvini (og‘ishuvini) ifodalovchi o‘lchashning sifat mezoni.
Absolyut xatolik – bu o‘lchanayotgan kattalikning o‘lchash asbobi yordamida o‘lchangan qiymati bilan shu kattalikning haqiqiy qiymati oras Tuzatma - absolyut xatolikni teskari ishora bilan olingan qiymati.
Keltirilgan xatolik – absolyut xatolikning asbobning eng yuqori o‘lchash chegarasi qiymatiga nisbati orqali aniqlanadigan va nisbiy xatolikka teng kattalik.

Yüklə 28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə