Glossariy metrologiya – o‘lchashlar haqidagi fan. Nazariy metrologiya



Yüklə 28 Kb.
səhifə3/8
tarix26.10.2023
ölçüsü28 Kb.
#131192
1   2   3   4   5   6   7   8
GLOSSARIY

Kattalik o‘lchami muayyan miqdoriy obyekt, tizim, hodisa yoki jarayonga tegishli bo‘lgan kattalikning miqdoriy aniqlanganligi.
Kattalikning qiymati – kattalik uchun qabul qilingan birliklarning ma’lum bir soni bilan kattalikning o‘lchamini ifodalash.
Kattalik birligi - shartli ravishda 1 ga teng qiymat berilgan va o‘zi bilan bir turli kattaliklarni miqdor jihatdan ifodalash uchun qo‘llaniladigan, belgilangan o‘lchamli kattalik.
Parametr – berilgan kattalikni o‘lchashda yordamchi sifatida qaraladigan kattalik.
O‘lchash vositasi – metrologik tavsiflari meyorlangan (MTM), o‘lchami (belgilangan xatolik chegarasi) ma’lum vaqt oralig‘ida o‘zgarmas deb qabul qilinadigan, kattalikning o‘lchov birligini qayta tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan, o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan texnik vosita.
Kattalik o‘lchovi – o‘lchov qiymatlari belgilangan birliklarda ifodalangan va zarur aniqlikda ma’lum bo‘lgan bir yoki bir nechta berilgan o‘lchamlarning kattaligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi.
Etalon (o‘lchashlar shkalasi yoki birligi etaloni) – kattalikning o‘lchamini qiyoslash sxemasi bo‘yicha quyi vositalarga uzatish maqsadida shkalani yoki kattalik birligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo‘ljallangan va belgilangan tartibda etalon sifatida tasdiqlangan o‘lchashlar vositasi yoki o‘lchash vositalarining majmui.
Birlamchi etalon – birlikni mamlakatda (shu birlikni boshqa etalonlariga nisbatan) eng yuqori aniqlik bilan qayta tiklanishini ta’minlaydigan etalon.
Xalqaro etalon – milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va saqlanadigan birliklar o‘lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro kelishuv bo‘yicha xalqaro asos sifatida qabul qilingan etalon.
Davlat etaloni – davlat hududida ushbu kattalikning boshqa barcha etalonlari bilan qayta tiklanadigan, birliklarning o‘lchamlarini aniqlash uchun asos sifatida xizmat qilishi vakolatli davlat idorasining qarori bilan tan olingan etalon.
228
Maxsus etalon – birlikning alohida sharoitlarda qayta tiklanishini ta’minlaydigan va bu sharoitlar uchun birlamchi etalon bo‘lib xizmat qiladigan etalon.
Ikkilamchi etalon – birlikning o‘lchamini mazkur birlikning birlamchi etalonidan oladigan etalon.
Nusхa–etalon – birlikning o‘lchamini ishchi etalonlarga uzatish uchun mo‘ljallangan ikkilamchi etalon.
Ishchi etalon – birlikning o‘lchamini ishchi o‘lchash vositalariga uzatish uchun mo‘ljallangan etalon.
Aniqlik – bu mezon o‘lchash natijalari kattalikning chinakam qiymatiga yaqinligini ifodalaydi.
Ishonchlilik – o‘lchash natijalariga ishonch darajasini belgilovchi mezon hisoblanadi.
To‘g‘rilik – o‘lchash natijalaridagi muntazam xatoliklarning nolga yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni.
Mos keluvchanligi – bir xil sharoitlardagi o‘lchashlar natijalarini bir – biriga yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni.
Qaytaruvchanlik – ushbu mezon har xil sharoitlarda (turli vaqtda, har xil joylarda, turli usullarda va vositalarda) bajarilgan o‘lchashlarning natijalarini bir – biriga yaqinligini bildiradi.
Standart namuna – modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladi. Masalan, g‘adir-budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari.
Namunaviy modda – muayyan tayyorlash sharoitida hosil qilinadigan, aniq xossalarga ega bo‘lgan moddadan iborat o‘lchov. Masalan, “toza temir”, “toza suv”, “toza metall” va boshqalar.
O‘lchovlar magazini - sanoq qurilmalari bilan bog‘langan maxsus qayta ulagichlarga ega bo‘lgan bitta konstruktiv butun qilib birlashtirilgan o‘lchovlar to‘plami.
Variometr - har biri o‘zgarmas qiymatli induktivlikka ega va biri ikkinchisiga nisbatan qo‘zg‘aluvchan bo‘lgan ikkita g‘altak ko‘rinishidagi qurilma.
229
O‘lchash o‘zgartkichi - o‘lchashga doir axborotni uzatish, o‘zgartish, ishlov berish va saqlash uchun qulay bo‘lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo‘lmaydigan shakldagi signalni ishlab chiquvchi o‘lchash vositasi.

Yüklə 28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə