Glossariy metrologiya – o‘lchashlar haqidagi fan. Nazariy metrologiya



Yüklə 28 Kb.
səhifə8/8
tarix26.10.2023
ölçüsü28 Kb.
#131192
1   2   3   4   5   6   7   8
GLOSSARIY

Nisbiy xatolik – absolyut xatolikni o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga nisbatini bildiradigan va foizlarda ifodalanadigan xatolik.


Statik xatoliklar – vaqt mobaynida kattalikning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan xatoliklar.
Dinamik xatoliklar – o‘lchanayotgan kattalikning vaqt mobaynida o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan xatoliklar.
Asosiy xatolik - normal (graduirovka) sharoitda ishlatiladigan asboblarida hosil bo‘ladigan xatolik.
Qo‘shimcha xatolik – o‘lchash asbobi normal (graduirovka) sharoitdan farqli bo‘lgan tashqi sharoitda ishlatilganda hosil bo‘ladigan xatolik.
Additiv xatolik - o‘lchanayotgan kattalikning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan o‘lchash vositasining xatoligi.
Multiplikativ xatolik - o‘lchanayotgan kattalikning o‘zgarishiga mutanosib ravishda o‘zgaradigan xatolik.
Muntazam xatolik - umumiy xatolikning takroriy o‘lchashlar mobaynida muayyan qonuniyat asosida hosil bo‘ladigan, saqlanadigan yoki o‘zgaradigan tashkil etuvchisi.
Uslubiy xatolik - o‘lchash usulining nazariy jihatdan aniq assolanmaganligi natijasida kelib chiqadigan xatolik.
Asbobiy xatolik - o‘lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan xatolik.
Sub’ektiv xatolik – kuzatuvchining aybi bilan chiqadigan xatolik.
O‘lchashlar noaniqligi – o‘lchash natijalari bilan bog‘liq bo‘lgan va o‘lchanayotgan kattalikka yetarli asos bilan qo‘shib yozilishi mumkin bo‘lgan qiymatlar tarqoqligini (sochilishini) tavsiflovchi parametr.
Standart noaniqlik – standart og‘ish sifatida ifoda etilgan o‘lchash natijasining noaniqligi.
To‘liq noaniqlik – chegarasida o‘lchanayotgan kattalikka yetarli asos bilan qo‘shib yozilishi mumkin bo‘lgan qiymatlar taqsimotining katta qismi joylashgan o‘lchash natijasi atrofidagi oraliqni aniqlovchi kattalik.
Kattalik bahosining standart noaniqligi o‘rta arifmetik qiymatning standart og‘ishi sifatida ifodalangan, o‘lchash natijasining noaniqligidir. 238


Yig‘indi standart noaniqlik bir necha o‘zaro matematik bog‘langan kattalik qiymatlari asosida natija olingandagi, o‘lchash natijalari standart noaniqligidir.
Kengaytirilgan noaniqlik – o‘lchash natijasi atrofidagi intervalni xarakterlovchi kattalik bo‘lib, kutilaлtgan ehtimollik qamarovida o‘lchash natijasi qiymatlarining taqsimlanishini ifodalaydi.
Yüklə 28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə