Glossariy metrologiya – o‘lchashlar haqidagi fan. Nazariy metrologiya



Yüklə 28 Kb.
səhifə6/8
tarix26.10.2023
ölçüsü28 Kb.
#131192
1   2   3   4   5   6   7   8
GLOSSARIY

Ultraoptimetr - bo‘linmalarining qiymati 0,0002 mm, ko‘rsatish ko‘lami esa ± 0,025 mm ga teng bo‘lgan optimetrlardir, lekin ular kam tarqalgan. Optimetr
233
naychalaridan farqli ravishda ultraoptimetrda shkala tasviri chayqaluvchi ko‘zgudan ikki marta qaytadi, natijada optik pishangning uzunligi ortadi.
Optik uzunlik o‘lchagichi - chiziqli o‘lchamlarni asbob ichiga o‘rnatilgan shkala bilan qiyoslash usuli bilan ishlaydigan o‘lchash asbobidir.
Interferometr - nurning interferensiyasiga asoslangan asbobdir. Barcha interferometrlarning ishlash usuli bir xil va faqat korent nur taramlarini, ya’ni fazalarining doimiy ayirmasiga ega bo‘lgan qo‘shiladigan taramlarni hosil qilish usullari bilan farqlanadi.
O‘lchash mikroskoplari - chiziqli va burchak oichamlari, rezbali kalibrlar tashqi rezbasining parametrlari, metchiklar, rezbali frezalar hamda murakkab shaklli detallar, shablonlar, shakldor keskichlar va shu kabilarni olchashga mo‘ljallangan maxsus optik asboblardir.
Tarozi – jismning massasini unga ta’sir etuvchi og‘irlik kuchi bo‘yicha aniqlashga mo‘ljallangan o‘lchash vositasidir.
Termometr - temperaturani kontaktli usulda о‘lchashga mо‘ljallangan о‘lchash vositalasi.
Pirometr - kontaktsiz о‘lchashga mо‘ljallangan o‘lchash vositalasi.
Kengayish termometrlari – ishlash prinsipi temperatura о‘zgarishi bilan suyuqlik yoki qattiq jismlar hajmining yoki chiziqli о‘lchamlarining о‘zgarishiga asoslangan temperatura o‘lchash asbobi.
Manometrik termometrlar – ishlash prinsipi moddalar hajmi о‘zgarmas bо‘lganda temperatura о‘zgarishi bilan bosimning о‘zgarishiga asoslangan temperatura o‘lchash asbobi.
Termoelektr termometrlar – ishlash prinsipi temperatura ta’sirida о‘zgargan termoelektr yurituvchi kuchning о‘zgarishiga asoslangan temperatura o‘lchash asbobi.
Qarshilik termometrlari – ishlash prinsipi о‘tkazgich va yarim о‘tkazgichlarning temperatura о‘zgarishi hisobiga elektrik qarshiliklarni о‘zgarishiga asoslangan temperatura o‘lchash asbobi.
Optik pirometr – issiq jismning ravshanligini о‘lchash asbobi.
234
Rangli pirometr – jismning issiqlikdan nurlanish spektridagi energiyaning taqsimlanishini о‘lchashga asoslangan asbob.
Radiatsion pirometrlar – issiq jism nurlanishining quvvatini о‘zgarishiga asoslangan asbob.
Gazli termometrlar - ishlash prinsipi temperatura ta’sirida gaz hajmining va uning bosim kuchining ortishiga asoslangan temperatura o‘lchash asbobi.
Kondensatsion manometrik termometrlar - 25 dan 300 °C gacha bо‘lgan intervaldagi temperaturani о‘lchash uchun ishlatiladigan, quyi о‘lchash chegarasi -25 dan 100 °C gacha, yuqori chegarasi 35 dan 300 °C gacha bо‘lgan intervaldan tanlab olinadi va о‘lchash diapazoni 50 dan 150 °C gacha bо‘lgan oraliqda о‘zgarib turadigan temperatura o‘lchash asboblari.
Suyuqlikli manometrik termometrlar – -50 dan 300 °C gacha bо‘lgan temperaturalarni о‘lchash uchun qо‘llaniladigan, quyi о‘lchash chegarasi -50 dan 100 °C gacha, yuqori chegarasi 50 dan 300 °C gacha bо‘lgan intervaldan tanlab olinadi va о‘lchash diapazoni 50 dan 300 °C gacha bо‘lgan oraliqda о‘zgarib turadigan temperatura o‘lchash asbobi.
Bimetall termometrlar - ishlash prinsipi turli kengayish koeffitsiyentlariga ega bо‘lgan (bimetall) metallardan tayyorlangan ikki plastinalarning temperatura о‘zgarishiga bog‘liq tarzda bukilishiga asoslangan termometrlar.
Qarshilik termometri - tarkibiga elektr qarshilikni temperaturaga bog‘liqligi asosida ishlovchi termoо‘zgartirgich va о‘lchanayotgan qarshilikdan kelib chiqqan holda temperaturaning qiymatini kо‘rsatuvchi ikkilamchi asboblarni mujassamlashtirgan temperatura о‘lchash komplekti.
Texnologik signalizatorlar - nazorat qilinadigan parametrlarni belgilangan qiymatdan og‘ishini bildiruvchi (signal beruvchi) va pozitsiyali rostlash (ulash, uzish) ga mo`ljallagan avtomatik elementlar. Signalizatorlarni o`lchash asboblaridan farqi ko`rsatish shkalalarini bo`lmasligi va ularning o`rniga kontaktlar o`rnatilishi bilan izohlanadi. Signalizatorlarda ishga tushish diapazonini rostlash mexanizmlari bo`lib, ular ishlash diapazonini o`zgartirish imkonini beradi.

Yüklə 28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə