Glossariy metrologiya – o‘lchashlar haqidagi fan. Nazariy metrologiya



Yüklə 28 Kb.
səhifə5/8
tarix26.10.2023
ölçüsü28 Kb.
#131192
1   2   3   4   5   6   7   8
GLOSSARIY

Pnevmtik o‘gartkichlar - o‘lchanayotgan kattalikni pnevmatik chiqish signaliga o‘zgartirish va ko‘rsatishlarni masofaga uzatish uchun qo‘llaniladigan o‘zgartkichlar bo‘lib, ularning ichida kuch kompensatsiyali va siljish kompensatsiyali o‘zgartkichlar yong‘in va portlash xavfi bor korxonalarda keng ishlatiladi.
O‘lchash vositalarning aniqlik klassi – o‘lchash vositalarining umumlashtirilgan tavsifi bo‘lib, ularning odatda, asosiy va qo‘shimcha joiz xatoliklarning chegaralari, shuningdek aniqlikka ta’sir etuvchi boshqa tavsiflar bilan ifodalanadigan aniqlik darajasini aks ettiradi.
Shtangenasboblar - o‘lchash va belgi qo‘yish uchun mo‘ljallangan asboblarning katta guruhidir. Bu asboblarni boshqa asboblardan farqlovchi xususiyati shuki, bularda har bir 1 mm da bo‘linmalari bor shkalali lineyka (shtanga) qo‘llanadi, millimetrini o‘nli va yuzli qismlari esa asosiy shkaladan yordamchi (qo‘shimcha) - nonius shkalasi yordamida o‘qiladi.
Shtangensirkul - qo‘zg‘almas va harakatlanuvchi o‘lchash jag‘lar bilan jihozlangan, har bir millimetrda shkala chizig‘i bor metall lineykaga va nonius shkalasiga ega bo‘lgan, geometrik o‘lchamlarni o‘lchashga mo‘ljallangan o‘lchash asbobi.
Shtangenchuqurlik o‘lchagichlar – shtangenasboblarning bir turi bo‘lib, mashinasozlikda ba boshqa sohalarda ishlatiladigan detallar va turli buyumlarda mavjud chuqurliklarni o‘lchashga mo‘ljallangan o‘lchash asbobi.
Shtangenreysmas - konstruksiyasi asboblar va belgi qo‘yiluvchi (o‘lchanuvchi) detallar o‘rnatilgan yassi yuzadan o‘lchash va belgi qo‘yish uchun moslashtirilgan shtangenasbob.
Mikrometr - ikki nuqtali o‘lchash sxemasiga ega bo‘lgan, nuqtalardan biri rezbali juftlik (murvat va gayka) yordamida siljiydigan, korpusi skoba shaklidagi o‘lchash vositasidir.
Pishangli (richagli) mikrometr - korpusi skoba shaklida, ikkita nuqtali o‘lchash sxemasiga ega bo‘lgan va bitta nuqtasi rezbali juftligi yordami bilan, ikkinchisi esa milli sanash qurilmasi orqali joriy etiluvchi mikrometrik o‘lchash vositasidir.
232
Sanash qurilmali skoba - bu ikki nuqtali o‘lchash sxemasiga ega bo‘lgan skoba shaklidagi va bitta nuqtasining siljishi strelkali sanash qurilmasi orqali joriy etiluvchi o‘lchash vositasidir.
Raqamli elktron mikrometr – konstruksiyasida raqamli qayd etish qurilmasi mavjud bo‘lgan mikrometr.
O‘lchash kallaklari - siljishlar o‘qib olinadigan shkalali, o‘lchash uchligining kichik siljishlarini milning katta siljishlariga aylantiruvchi mexanik sanash qurilmalaridir.
Pishang-tishli indikatorlar - uzatish mexanizmi bir yoki ikki tishli juffliklardan tarkib topgan, buning ustiga o‘lchash uchligi bevosita pishangli uzatmaning kichik yelkasida (birinchi yelkasida) joylashgan o‘lchash kallaklari.
Prujinali o‘lchash kallaklari - uzatish mexanizmi sifatida yassi yoki buralgan prujina va uning elastikligidan foydalanuvchi asboblardir. Prujinali kallaklarda qalinligi 0,004 - 0,008 mm, eni 0,08 - 0,12 mm bo‘lgan bronza tasmachalar qo‘llanadi. U ikki uchi qo‘zg‘almas holda bo‘lib, o‘rtasidan eshiladi. O‘rta eshilgan qismiga shisha mil kavsharlanadi.
Optikator - uzatish mexanizmi buralgan tasma shaklida, ko‘rsatkichi esa shu’la fonida ingichka chiziq shaklida bajarilgan prujinali o‘lchash kallagidir.
Mikator - uzatuvchi mexanizmi buralgan tasma shaklida bajarilgan, qo‘shiluvchi silindri esa 8 mm ga teng (mikrokator va optikatorlarda 28 mm) bo‘lgan prujinali o‘lchash kallagidir.
Minikator - uzatuvchi mexanizmi buralgan tasma shaklida bajarilgan, uzatish esa tasmaning bir uchidagi pishang yordamida amalga oshirilgan prujinali o‘lchash kallagidir.
Soqqali ich o‘lchagichlari - o‘lchovchi uzeli o‘ziga xos sxemaga ega bo‘lib, bu ich o‘lchagichlarida ponali uzatma prinsipi qo‘llanadi.
Optimetr - o‘zgartiruvchi elementi pishang-optika mexanizmiga ega, chiziqli o‘lchamlarni o‘lchov bilan qiyoslovchi asbob. Bu asbobda bevosita o‘lchovchi kallak sifatida optimetr naychasi xizmat qiladi.

Yüklə 28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə