Glossariy metrologiya – o‘lchashlar haqidagi fan. Nazariy metrologiya



Yüklə 28 Kb.
səhifə2/8
tarix26.10.2023
ölçüsü28 Kb.
#131192
1   2   3   4   5   6   7   8
GLOSSARIY

Vattmetr (vatt va... metr) — oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr zanjiri quvvatini oʻlchashda ishlatiladigan asbob. Elektrodinamik, ferrodinamik, induksion, elektrostatik va issiqpik V.lari bor. Ishi ikki magnit maydonining oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Aniq oʻlchaydigan elektrodinamik V. (rayem) qoʻzgʻalmas gʻaltak 1, qoʻzgʻaluvchan gʻaltak 2, prujinalar 3 va havo tinchlantirgichi 4 dan iborat. Qoʻzgʻalmas gʻaltak yoʻgʻon mis simdan kam oʻramli qilib yasaladi; u elektr zanjirga ketma-ket ulanadi. Bu gʻaltak V.ning tok chulgʻami deb ataladi. Qoʻzgʻaluvchan gʻaltak ingichka simdan koʻp oʻramli qilib yasaladi va elektr zanjiriga parallel ulanadi. Bu gʻaltak V.ning kuchlanish chulgʻami deb ataladi. Gʻaltaklarda tok oʻtganda magnit maydoni hosil boʻladi va qoʻzgʻaluvchan gʻaltak qoʻzgʻalmas gʻaltakka nisbatan vaziyatini oʻzgartiradi. Koʻzgʻaluvchan gʻaltak oʻqiga mahkamlangan V. mili zanjirdagi quvvat qiymatini koʻrsatadi. Keyingi yillarda raqamli V.lar ishlab chiqarila boshlandi. Ularning asosini mikroprotsessorlar va analog raqamli oʻzgartirgichlar tashkil etadi. Ularning aniqpigi ancha yuqori, puxta ishlaydi. Oʻlchash natijalarini raqamlarda koʻrsatadi va b.
Ommetr (om va ...metr) — elektr qarshiligini oʻlchaydigan asbob. Ishi oʻzgarmas kuchlanishli tok manbaida oʻlchanadigan qarshilik orqali oʻtadigan tok kuchini oʻlchashga asoslangan. Oʻlchanadigan qarshilik diapazoniga qarab, megaommetrlar, teraommetrlar, mikroommetrlarga; magnitoelektrik oʻlchagichli, magnitoelektrik logometrli, elektron ommetrlarga boʻlinadi. Kattaligi 100 Om dan bir necha MOm gacha qarshiliklarni oʻlchash uchun ommetr oʻlchanadigan qarshilikka ketma-ket ulanadi. Katta qarshiliklar megaommetr bilan, kichik qarshiliklar mikroommetr bilan oʻlchanadi.
Statik о‘lchash - о‘lchash vaqti davomida kattalik о‘zgarmaydi deb qabul qilingan kattalikni о‘lchash.
226
Dinamik о‘lchash - о‘lchamlari о‘zgaruvchan kattalikni о‘lchash, ya’ni о‘lchanayotgan kattalik vaqt davomida о‘zgarib turadi.
Bevosita o‘lchash – o‘lchanayotgan kattalikning qiymatini tajriba ma’lumotlaridan bevosita topishga asoslangan o‘lchash.
Bilvosita o‘lchash - bevosita o‘lchangan kattaliklar bilan o‘lchanayotgan kattalik orasida bo‘lgan ma’lum bog‘lanish asosida kattalikning qiymatini topishga qaratilgan o‘lchash.
Majmuiy o‘lchash - bir necha nomdosh kattaliklarning birikmasini bir vaqtda bevosita o‘lchashdan kelib chiqqan tenglamalar tizimini yechib, izlanayotgan qiymatlarni topishga qaratilgan o‘lchash.
Birgalikda o‘lchash - turli nomli ikki va undan ortiq kattaliklar orasidagi munosabatni topish uchun bir vaqtda o‘tkaziladigan o‘lchash.
Mutlaq o‘lchash - bir yoki bir necha asosiy kattaliklarni bevosita o‘lchanishini va (yoki) fizikaviy doimiylikning qiymatlarini qo‘llash asosida o‘tkaziladigan o‘lchash.
Nisbiy o‘lchash - kattalik bilan birlik o‘rnida olingan nomdosh kattalikning nisbatini yoki asos qilib olingan kattalikka nisbatan nomdosh kattalikning o‘zgarishini o‘lchash.
Kontaktli о‘lchash usuli - asbobning sezgir elementi о‘lchash obyektiga (jismga) tegizib о‘lchash usuli.
Kontaktsiz о‘lchash - о‘lchash asbobining sezgir elementi obyektga tegizmasdan о‘lchash.
Kattalik – sifat jihatidan ajratilishi va miqdor jihatidan aniqlanishi mumkin bo‘lgan hodisalar, moddiy tizim, moddaning xossasidir.
Asosiy kattalik – tizimga kiradigan va tizimning boshqa kattaliklaridan mustaqil deb shartli ravishda qabul qilingan kattalik.
Hosilaviy kattalik – tizimga kiradigan va bu tizimning asosiy kattaliklari orqali aniqlanadigan kattalik.
Additiv kattalik – turli qiymatlarni jamlash, sonli koeffisiyentga ko‘paytirish, bir-biriga bo‘lish mumkin bo‘lgan kattalikdir. Misol uchun, uzunlik, massa, vaqt, kuch, bosim ba boshqalar additiv kattaliklarga kiradi.
227
Noadditiv kattalik – qiymatlarni jamlash, sonli koeffisiyentga ko‘paytirish yoki bir-biriga bo‘lish ma’nosiz bo‘lgan kattalikdir.

Yüklə 28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə