Gormonlarning tasnifi



Yüklə 90,96 Kb.
səhifə7/7
tarix29.11.2023
ölçüsü90,96 Kb.
#143044
1   2   3   4   5   6   7
Prostaglandinlar
Bular to‘qima va a’zolarda sintezlanadigan biologik faol moddalar qatoriga kiradi. Ular ko‘p qo‘shbog‘ tutuvchi to‘yinmagan yog‘ kislotalarining o‘zgarishidan hosil bo‘ladi. Ularning molekula asosini yon zanjirlarga ega bo‘lgan siklopentan halqasi tashkil etadi. Yog‘ kislotalarining prostaglandinlarga aylanishi endoplazmatik retikulumda bo‘ladi. Fosfolipidlarga fosfalipoza A2 ta’sirida araxidon kislota ajralib, fermentativ reaksiya xiliga qarab, prostaglandinlarga aylanishi kuzatilgan.

Prostaglandinlar membranalarga bilvosita ta’sir qilib, sAMF sintezini yog‘li to‘qimalarda, trombotsitlarda va boshqa a’zolarda tezlanishi aniqlangan. Ular gipofizga ta’sir etib, gormonlar sintezini tezlashtiradi.
Prostaglandinlar (PG) besh a’zoli halqasining tuzilishiga qarab 4 guruhga bo‘linadi: A, B, Ye, F (PGA, PGB, PGS, PGF)ga bo‘linadi. Ular metilli va karboksilli yoki zanjirdagi qo‘shbog‘lar soniga qarab, har bir guruhning maxsus vakillariga ajraladi.
Prostaglandinlar uglevodlar, lipidlar almashinuvida bevosita ishtirok etadi. Ularning qondagi oz miqdordagisi yog‘ kislotalar va glitserin konsentratsiyasini oshiradi, lekin ko‘p miqdori, aksincha ta’sir etadi. Shuningdek, ular ta’sirida qondagi mineral moddalar miqdori o‘zgarishi, glyutation va askorbin kislotalar muhim a’zolar bo‘yicha qayta taqsimlanishida ishtirok etishi tasdiqlangan.
Yüklə 90,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə