Gormonlarning tasnifi



Yüklə 90,96 Kb.
səhifə2/7
tarix29.11.2023
ölçüsü90,96 Kb.
#143044
1   2   3   4   5   6   7
1. Peptidli gormonlar. Ularga polipeptidlar kiradi. Ular bosh miyaning (gipofiz) neyrosekretor hujayralarida, oshqozon osti, qalqonsimon, juft qalqonsimon bezlarning mahsulotlari hisoblanadi.
2. Steroidli gormonlar. Ular polisiklik spirtlarning hosila sterollaridir. Sintezlanish tuxumdon, urug‘don va buyrak usti bezlarida sodir bo‘ladi.
3. Boshqa gormonlar. Bular yuqoridagi ikki guruhga kirmaydigan gormonlar bo‘lib, ular qalqonsimon, buyrak usti bezlarida, reproduktiv a’zolarda va bo‘lak to‘qimalarda sintezlanadi.
11.2. Gormonlar klassifikatsiyasi. Peptidli gormonlar strukturasi va vazifasi.
Gipotalamus gormonlari
Gipotalamus gormonlari butun organizm, a’zo va to‘qimalarning biologik vazifalari gumoral boshqarilishini amalga oshiruvchi fiziologik faol birikmalardir. Gipotalamus gormonlari gipofiz gormonlarining sinteziga ta’sir qiladi. Gipotalamus gormoni molekulalari kichik bo‘lib, ularning ayrimlari ajratilib, kimyoviy strukturasi aniqlangan. Masalan: tiroliberin tarkibi jihatidan tripeptid bo‘lib, quyidagicha tuzilgan;

Tireoliberin

Ushbu formuladan ko‘rinib turibdiki, ozod amina qismi yo‘q, glutamin kislotaning erkin amina guruhi  – karboksil hisobiga ichki amid hosil qilib, sinklik strukturaga aylangan. Bu gormon tireotropinning ajralishini ta’minlaydi.


Lyuliberin – gipofizidan lyuteinlovchi gormonni ajralishini ta’minlovchi omil bo‘lib, tuzilishi jihatidan dekapeptid hisoblanadi. U 10 ta aminokislota qoldig‘idan iborat.
Somatostatin somatotropin gormonini ajralishini to‘xtatadi. Bu gormon tuzilishi jihatdan siklik tetradekapeptid bo‘lib, 14 ta aminokislota qoldig‘idan iborat zanjir disulfid bog‘i orqali mustahkamlanadi. Gipotalamus gormonlarining regulyatsiyasi teskari tizim asosida, biogenli aminlar va periferik bezlar gormonlarning ishtirokida amalga oshadi.
Gipofiz gormonlari
Gipofizda qator polipeptid tabiatli gormonlar sintezlanadi:
O‘sish gormoni (anabolitik gormon). Bu gormon samototropin gipofizning oldingi bo‘ladigan ishlab chiqariladigan oqsil. U 191ta aminokislota qoldig‘idan iborat bo‘lib, molekular massasi 22 kDa. Mazkur gormon oqsil, nuklin kislotalar va glikogen sintezini tezlatadi. Buyrak faoliyatiga ta’sir etib, suv va mineral moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Yog‘larning gidrolizlanishini, yog‘ kislotalar va glyukozaning oksidlanishini kuchaytiradi.
Tireotropin (TTG). U ham gipofizning oldingi bo‘lagida ishlanib chiqadigan polipeptid. Gormon kimyoviy tabiatiga ko‘ra glikprotein, molekular massasi 30 kDa. Tarkibida 3,5% geksozlar, 2,5% glyukoza bor. Ikkita nokovalent bog‘i bilan A va V kichik birliklaridan iborat.
Tireotropin qalqonsimon bez vazifasini boshqaradi. Organizmda uning miqdori kamayganda, bezning hajmi torayadi. Uning miqdori kuchayganda qalqonsimon bezda yod va kislorodning yutilishi kuchayib, glyukozaning oksidlanishi jadallashadi. Bu esa qondagi tirioksin miqdorini ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Qonda tirioksin miqdori oshib borsa, trieotropinning sintezlanishi kamayadi. Demak, ularning vazifasi teskari bog‘lanish tizimi asosida boshqariladi.
Adrenokortikotropin (AKTG) Bu gormon tarkibida 39 ta aminokislota qoldig‘idan tashkil topgan bo‘lib, birlamchi strukturasi aniqlangan.
Adrenokortikotropin – buyrak usti bezlari po‘st qavati kortikosteroidlarining biosintezini va sekresiyasini tezlashtiradi. U yog‘lar mobilizatsiyasini jadallashtiradi. Bu gormon asetilneygramin (sial) kislota uchun retseptor bo‘lib xizmat qiladi. U lizinning amino guruhi bilan ion bog‘i orqali bog‘lanib, hujayra membranasi o‘tkazuvchanligini o‘zgartiradi. Shuningdek, bu kompleks adenilatsiklaza faolligini oshiradi va melanin pigmentining sintezida ishtirok etadi.
Laktotrop gormoni (prolaktin). Prolaktin bitta polipeptid zanjiridan iborat bo‘lib, tarkibida 199 ta aminokislota qoldig‘idan tashkil topgan, molekular massasi 23kDa. Molekulasida 3 ta disulfid bog‘ tutadi. Mazkur gormon sut bezlarining rivojlanishini va laktatsiyani tezlashtiradi. U ichki a’zolarning o‘sishini, sariq tana sekresiyasini tezlashtirib, eritropoetik ta’sirga ega.
Melanotsitstimullovchi gormon. Gormon 13 ta aminokislota qoldig‘idan iborat. U gipofizning o‘rta qismida sintezlanadi. Melanotsitstimullovchi gormon tirozinni pigment - melaninga aylanishini boshqaradi. Bu gormon Afrika xalqlarida yuqori faollikka ega.

Yüklə 90,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə