Gormonlarning tasnifi



Yüklə 90,96 Kb.
səhifə6/7
tarix29.11.2023
ölçüsü90,96 Kb.
#143044
1   2   3   4   5   6   7
Steroid gormonlar
Steroid gormonlar molekula asosini siklopentanopergidro-fenantren halqasini tashkil etuvchi sterollarning hosilalaridir. Ular buyrak usti bezlarining po‘st qavatida va jinsiy bezlarda ishlab chiqariladi. Buyrak usti bezlarining po‘st qavatidan 46 dan ortiq steroid moddalar ajratib olingan, ularni kortikosteroidlar deb ataladi. Bularning ichida eng ahamiyatlisi, gidrokortizon, kortikosteron va aldosteronlardir.

Shuningdek, buyrak usti bezlarining po‘st qavatida jinsiy gormonlar ham sintezlanadi.


Kortikosteronning asosiy metabolitik vazifasi uglevod, oqsil va lipidlar almashinuvida ishtirok etishdir. Uning miqdori normadan kam bo‘lganda qonda glyukoza, jigarda esa glikogen miqdori kamayib, oqsillarning parchalanishi va lipolitik jarayonlar kuchayadi. Buyrakda ionlarning qayta so‘rilishi buziladi.
Gidrokortizon miqdori kam bo‘lsa, moddalar almashinuvida xuddi yuqoridagidek o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Lekin gormonning miqdori me’yordan ko‘p bo‘lsa, uglevodlar almashinuvi buziladi, aminokislotalarning uglevodlarga aylanishi kuchayib, qonda glyukoza miqdori ortadi. Shu sababdan yog‘lar sintezi kuchayishiga va muskullarni atrofiyalanishiga olib keladi.
Al’dosteron mineral moddalar –K+.Na+ almashinuvida ishtirok etadi. Shuning uchun ham mineralokortikosteroid gormon deb ataladi. Uning miqdori qonda kam bo‘lganida K+ to‘planishi, Na+ ko‘p miqdorda chiqarilishi kuzatiladi. Bu gormon ko‘p ishlanib chiqsa, qon zardobida kaliy miqdori kamayib, natriy konsentratsiyasi ortib ketadi. Buning natijasida qon bosimi ko‘tariladi, muskullarning bo‘shashishi va holsizlanish kuzatiladi.
Jinsiy gormonlar
Erkaklar va ayollar jinsiy bezlaridan steroid tabiatli bir necha gormonlar sintezlanadi, ularni jinsiy gormonlar deb ataladi. Bunday gormonlar erkaklik jinsiy gormonlari – androgenlar (andosteron, testesteron), ayollik jinsiy gormonlari – estrogenlar (estradiol, estriol) va sariq tana gormonlari (progesteron) guruhlariga bo‘linadi. Mazkur jinsiy gormonlarning eng ahamiyatlisi erkaklik jinsiy gormonlaridan testesteron va ayollik jinsiy gormonlaridan estradiol, sariq tana gormoni progesterondir.
Testesteron. U umumiy metabolizmga, ayniqsa, nuklein kislota va oqsillar bosinteziga kuchli tasir qiladi. Organizmda uning miqdori kamaysa, oqsil miqdori ham kamayib, tanani yog bosishi va boshqa o‘zgarishlar kuzatiladi.


Androgenlar to‘qimalarning defferentatsiyasi va vazifasiga javob beradi. Ular tuxumdonlarda sintezlanib, hujayra – mishenga oddiy diffuziya orqali kirib, retseptor oqsili bilan bog‘lanadi. Gormon–retseptor kompleksi yadroga o‘tib, xromatin bilan bog‘lanadi va oqsil sintezini tezlashtiradi. Jinsiy differentatsiyada bu jarayon xromosoma- gonadalar-fenotip asosida shakllanadi. Bulardan tashqari, androgenlar spermagenez – jinsiy yetilish jarayonlariga ham ta’sir qiladi. Ular transkripsiya jarayonida qatnashadi. Androgenlar faqat urug‘donda sintezlanmay, oz miqdorda tuxumdonda ham hosil bo‘lib, ular insonlarning hulq-atvoriga ta’sir qiladi.
Estradiollar ayollik jinsiy a’zolari rivojlanishini, ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo‘lishini ta’minlaydi. Uning miqdori kam bo‘lganda, minstratsiya sikli buziladi, homila tushib ketishi, semirib ketish kuzatiladi. Estradiol uglevodlar, oqsillar va nuklein kislotalar almashinuviga ta’sir etadi. Krebs siklining fermentlarini faollashtiradi. Estradiollar boshqa steroidlarga o‘xshash sitoplazmaga kirib, gormon-retseptor kompleksi hujayra yadrosi bilan bog‘lanadi. Estrogenlar transkripsiya initsiatsiyasini tezlashtiradi. Vaholanki, RNK polimerazaga ta’sir qilmaydi.
Progesteron (lyuteosteron) minstruatsiya siklidan keyin, ko‘p miqdorda ayniqsa, homiladorlik davrida hosil bo‘ladi. Bu gormon bachadon devoriga joylashib, homiladorlikning normal rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Ular sut bezlari rivojlanishi va navbatdagi jinsiy sikl boshlanishini tormozlaydi.

Yüklə 90,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə