Gormonlarning tasnifi



Yüklə 90,96 Kb.
səhifə4/7
tarix29.11.2023
ölçüsü90,96 Kb.
#143044
1   2   3   4   5   6   7
Opeoidli peptidlar. Ular markaziy nerv tizimida opeoidli retseptor shaklida bo‘lib, ularni endorfinlar va enkefalinlar deb ataladi. Ular hujayralararo va to‘qimalararo neyroregulyatorlik vazifasini bajaradilar.
Endogen opeoidli peptidlar alohida guruh bo‘lib, morfinga o‘xshash, neyromediator va neyroregulyator vazifasini bajarib, fiziologik vazifasi og‘riqni qoldiradi, insonda eyforiya holatini keltirgani uchun ularni «baxtli peptidlar» deb ataladi. Enkefalin va endorfinlar gipofiz hujayralarida bir xil oqsil – propiokarpinlarni proteolizi natijasida hosil bo‘ldi.
Opeoidli peptidlar asab va endokrin tizimni boshqarishda katta rol o‘ynab, organizmning biologik faoliyatida bevosita ishtirok etadi. Ularning ta’siri hayotiy jarayonlarning turli xil ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Jumladan, termoregulyatsiya, og‘riqni sezish, ochlik, yurak – tomir vazifasi, nafas olish, immun, oshqozon – ichak tizimi va harakat faolligi ko‘rsatilgan peptidlarga bog‘liq. Demak, tashqi muhitning organizmga ta’sirida peptidlar asosiy rol o‘ynaydilar.
Peptidli gormonlar membrana sathidagi hujayra-mishenidagi oqsil – retseptor bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Bunday o‘zaro bog‘lanishlar mazkur membranadagi adenilatsiklazani faollashtiradi. Bu ferment ATF dan siklik sAMF ni hosil qiladi:

Siklik adenozinmonofosfat hujayra ichida gormon xabarini beruvchi vositadir. sAMF hujayra ichidagi qator fermentlarni fosforlab, ularni faollashtirib, glikogen, oddiy yog‘lar va oqsil sintezini boshqarishda ishtirok etadi. Shunday qilib, sAMF modda almashuvini boshqarishda bevosita ishtirok etadi.
Odam qonidagi peptidli gormonlar miqdori
(V.A. Rogozin bo‘yicha)

Gormonlar

1ml qondagi
miqdori

Biologik ta’siri

Vazopressin

4 pg gacha

Suv va elektrolitlar almashuvini boshqaradi

Glyukagon

70-80 ng

Glyukogendan glyukoza parchalanishini tezlashtiradi

Insulin

1-1,5 ng

Uglevod almashinuvini boshqaradi

Kalsitonin

50-200 pg

Suyaklardan kalsiyni ajralishini to‘xtatadi

Paratgormon

0,3-0,5 ng

Suyaklardan kalsiyni ajralishini tezlashtiradi

Somatotropin

1-6 ng

Oqsil sintezini boshqarishda ishtirok etadi



Yüklə 90,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə