Gormonlarning tasnifi



Yüklə 90,96 Kb.
səhifə3/7
tarix29.11.2023
ölçüsü90,96 Kb.
#143044
1   2   3   4   5   6   7
Vazoprissin. Vazoprissin kimyoviy tarkibiga ko‘ra nonapeptid bo‘lib, gipofizning orqa bo‘lagida ishlab chiqariladi.
Vazoprissin buyrakning distal kanalchalarida suvning qayta so‘rilishini ta’minlash orqali suv almanishuvini boshqarib turadi va qon zardobining osmatik bosimini bir xilda saqlanib turishiga imkon beradi. Bu gormon yana silliq muskullar qisqarishini ta’minlaydi. Agar u yetishmasa, haddan tashqari ko‘p miqdorda siydik ajraladi, bunday jarayon qandsiz diabet kasalligi deyiladi.
Oksitotsin. Oksitotsin ham xuddi vazopressin singari gipofizaning orqa bo‘lagi gormoni bo‘lib, kimyoviy tabiatiga ko‘ra nonapeptiddir.
Oksitotsinda ham vazopressindagi singari 1 va 6 holatdagi sistein qoldiqlari o‘zaro disulfid bog‘ xosil qiladi. Gormonning faolligi disulfid bog‘iga bog‘liq. Oksitotsin bachadonning silliq muskullari qisqarishini ta’minlab tug‘ishni yengillashtiradi. Sut bezlari alveolalari atrofidagi mushak tolalarining qisqarishini ta’minlab, sut ajralishida ishtirok etadi.
Oshqozon osti bezining gormonlari
Insulin. Ushbu gormon biologiya tarixida birinchi marta sun’iy sintezlangan oqsil hisoblanadi. Uning molekulasi ikkita polipeptid
zanjirdan tashkil topgan bo‘lib, A zanjiri 21ta, V zanjiri 30 ta aminokislota qoldig‘idan iborat. Gormon hayvonlarning oshqozon osti bezi langerxans orolchasining  hujayralarida to‘planadi. Uning molekular massasi 5,7 kDa. Insulin uglevod, yog‘ va oqsillar metabolizmni boshqaradi. Bu gormon yetishmaganda oshqozon osti bezi diabet kasalligi bilan kasallanadi. Bu kasallikda qonda glyukoza miqdori oshib, 3-5% gacha, ayrim hollarda uning miqdori undan ham yuqori bo‘lishi mumkin. Bunday bemorlar qonida glyukoza miqdori ko‘p bo‘lishiga qaramasdan glikogen sintezlanmaydi, aksincha, parchalanishi kuchayadi. Hujayra ko‘p miqdordagi glyukozani o‘zlashtira olmaydi. Natijada organizm glyukozadan energiya manbai sifatida foydalana olmaydi. Bularning hammasi metabolitik jarayonlarda chuqur o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Hujayra membranasida insulin retseptori bo‘lib, u tetramer shaklida ikki  va ikki  subbirliklardan iborat. Bu subbirliklardan biri tirozinaza faolligiga ega. Insulin  subbirliklar bilan bog‘lanib, gormon-retseptor kompleksi hosil bo‘ladi. Mebranadagi tetramer konformatsiyasining o‘zgarishi - subbirlikning ferment faolligini oshiradi. Tirozinaza membrana oqsillarining fosforlashi natijasida membranada kanal hosil bo‘lib, shu yo‘l orqali glyukoza va boshqa metabolitlar hujayraga kiradi. Bu retseptorning gormon bilan munosabatini insulin retseptorining resiklizatsiyasi deyiladi.
Glyukagon. Bu gormon oshqozon osti bezi langerxans orolchasining -hujayralarida ishlab chiqariladi. Tarkibida 29 aminokislota qoldig‘i bor. Molekular massasi 3,5kDa. Glyukagon molekulasi avval faol bo‘lmasdan, proglyukagon holda bo‘lib, Golji apparatida yetilib, qonga uzatiladi. Qonda glyukagonni miqdori glyukozaga bog‘liq bo‘lib, glyukozaning qondagi miqdori ko‘paysa, glyukagon kamayadi va teskari bo‘lishi ham mumkin. Uning miqdori qonda teskari tizim asosida sodir bo‘ladi. Qonda glyukagon oqsil bilan bog‘lanmaydi, shuning uchun jigarda tez parchalanadi. Glyukagon yana glikogenfosforillazani faollantirib, qonda glyukoza 1- fosfat miqdorini oshiradi.
Paratagormon. Gormon biologik faol modda, juft qalqonsimon bezlar orqali sintezlanadi. Paratagormon 84 aminokislota qoldig‘idan iborat bo‘lib, molekular massasi 9,5 kDa ga teng. Paratagormon qonda kationlardan kalsiyni, anionlardan esa fosfor va limon kislotalar miqdorini boshqarib turadi.

Yüklə 90,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə