Gormonlarning tasnifi


Aminokislota xarakteridagi gormonlar



Yüklə 90,96 Kb.
səhifə5/7
tarix29.11.2023
ölçüsü90,96 Kb.
#143044
1   2   3   4   5   6   7
11.3. Aminokislota xarakteridagi gormonlar.
Buyrak usti bezining mag‘iz qismi gormonlari
Bu guruh gormonlariga buyrak usti bezining mag‘iz bo‘lagi gormonlari – adrenalin, noradrenalin, qalqonsimon bez gormonlari – tiroksin va triyodtiraninlar kiradi.
Buyrak usti bezidan gormonal faollikka ega bo‘lgan ikkita (katexolaminlar)-adrenalin va noradrenalin ajratib olingan:

Adrenalin va noradrenalin buyrak usti bezining mag‘iz qismida hosil bo‘lib, xromoffin pufakchalarida to‘planadi. Noradrinalin simpatik nerv tolalarining uchlarida ajralib, postsinaptik hujayralarga ta’sir qiluvchi neyromediatorlardir. Adrenalin va uning hosilalari uglevodlar almashinuvining boshqarilishida muhim ahamiyatga ega. Uning ta’sirida muskullarda glikogen parchalanib, qonda glyukoza, mushaklarda sut kislotasining miqdori ortadi.
Adrenalin va noradrenalin qon tomirlarni qisqartirib, qon bosimini ko‘tarish, yurak urishini tezlatish xususiyatiga ega. Ular ta’sirida organizm qo‘zg‘algan holatga keladi. Bu gormonlar to‘qimalarda nafas olishni, gaz almashinuvini, Krebs halqasida ishtirok etadigan metabolitlar almashinuvini tezlashtirib, makroergli birikmalar resintezini amalga oshirishda ishtirok etadi.
Qalqonsimon bez gormonlari
Qalqonsimon bez tiroksin va triyodtironin gormonlarini ishlab chiqaradi. Ular kimyoviy tabiatiga ko‘ra tirozinning hosilasi hisoblanadi.

Tiroksin Triyodtironin

Triyodtironin tiroksindan 5 marta yuqori biologik faollikka ega. Lekin qonda uning miqdori tiroksindan ancha kam. Qondagi gormonlarning ¾ qismini tiroksin tashkil qiladi. Tiroksinning qondagi miqdorini saqlab turishda jigar muhim rol o‘ynaydi. Uning qalqonsimon bezda ishlab chiqarilishi, normada giopofiz gormonini triyodtironin bilan teskari bog‘lanishi orqali boshqarilib turadi.


Tiroksin sintezida yodning qondagi konsentratsiyasi ham alohida ahamiyatga ega. Suvda, oziq-ovqatda yod kam bo‘lsa, qalqonsimon bezning hajmi kattalashib, buqoq (endemik buqoq, joyga xos buqoq) kasalligi kelib chiqadi. Lekin organizmga qo‘shimcha yod berib, bu kasallikni oldini olish oson va davolash mumkin. Mazkur gormonlarning yetishmasligidan miksedema kasalligi kelib chiqadi. Bu kasallik bilan kasallangan odamning terisi ostida suv to‘planadi,semirib ketadi. Bu vaqtda suv, tuzlar va lipidlar almashinuvi buziladi. Bolalarda tiroksin yetishmasa, organizm o‘sishdan to‘xtaydi. Bolaning bo‘yi past, tana tuzilishi noto‘g‘ri bo‘lib, jinsiy va aqliy jihatdan rivojlanish orqada qoladi. Bu kasallik kritinizim deyiladi.
Qalqonsimon bezning faoliyati kuchayib, qonga tiroksin ishlab chiqarish ortsa, moddalarning oksidlanishi kuchayadi. ATF zarur miqdorda sintezlanmaydi.Hosil bo‘lgan energiya, erkin energiyaga aylanadi. Bunday hol davom etaversa organizm ozib, yurak urish kuchayadi, tana harorati odatdagidan yuqori bo‘ladi.Odamning ko‘zi chaqchayib, go‘yo kosasidan chiqib turgandek bo‘ladi.
Tireoid gormonlarining retseptorlari hujayra yadrosida bo‘lib, gormon-retseptor komleksi DNK bilan bog‘lanib, ayrim genlarning faoliyatiga ta’sir qiladi. Jumladan, bu gormonlar transkripsiya jarayonining induksiyasini faollashtirib, o‘z navbatida oqsil sinteziga ham ta’sir qiladi. Bunday gormonlar ta’sirida Na+/K+-ATF-aza nasosining faoliyati ham jadallashadi.

Yüklə 90,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə