Guliston davlat universiteti «Kimyo» kafedrasi Abduraxmonova O’. Q., Yettiboeva L. A



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə13/21
tarix24.05.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#112520
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
portal.guldu.uz-Лаборатория учун услубий курсатмалар

9-LABORATORIYA ISHI


Mavzu:Ammoniy tuzlari tarkibidagi ammiakni aniqlash
Ajratilgan vaqt -___soat


Ishdan maqsad: Ammoniy tuzlari tarkibidagi NH4 + miqdorini aniqlash.
Teskari titrlash metodi. Bunday titrlashni bir necha usullar yordamida amalga oshirish lozim.
Aniqlash tartibi. Bayon qilingan usul bilan avval
qo’llanilgan usullardan quyidagicha farq qiladi. Analiz
qilinadigan modda oldingi usulda eritma holida pipetkalar
bilan o’lchab olingan bo’lsa, bu usulda moddaning ma’lum miqdori
tarozida tortib olinadi. 0,5 g ga yaqin NH4Cl ni titrlash
kolbasida tortib olib, 50 — 60 ml distillangan suvda eriting.
So’ngra bu eritmaga NaOH ning byuretkadagi titrlangan eritmasidan ma’lum miqdorda quying.


NH4Cl + NaOH= NaCl + N2 O+ NH3
Reaktsiya tenglamasiga muvofiq hosil bo’lgan ammiak (NH3) batamom chiqib ketguncha eritmani qizdiring. Hg(NH3) eritmasi bilan ho’llangan filtr qog’oz qizdirilgan kolbadan chiqayotgan bug’ga tutilganida qoraymasa, qizdirishni to’xtatish mumkin.
Qizdirish to’xtatilgandan keyin eritmani sovuting va ishqorning ishqorning ortiqcha miqdorini mitiloranj ishtirokida HCl eritmasi bilan titrlang
Hisoblash. Aniqlash uchun NaOH ning 0,09964 n eritmasidan 40 ml olingan va uning ortiqcha miqdorini titrlash uchun HCl ning 0,1023 n eritmasidan 14,60 ml bo’ladi deb faraz qilamiz. Birinchi navbatda titrlash uchun sarfla'ngan miqdori qancha hajm V(NaOH) eritmaga ekvivalent ekanligini hisoblaymiz. Buning uchun
Vx 0,09964=14,60x0,1023
V=14,60 x 0,1023/0,09964=14,96 vk
Bundan dastlab olingan 40 ml NaOH ning 40,00 — 25,40 ml li. NH4C1 bilan reaktsiyaga kirishganligini topamiz. 0,09964 n NaOH bo’lganligi sababli uning 25,04 mlda 0,09964 x 25,04:100 ekv NaOH bo’ladi.
Moddalar o’zaro ekvivalent miqdorlarda reaktsiyaga kirishadi. Shunga kura analiz uchun olingan tuzda xam xuddi ana shuncha ekvivalent NH4C1 bor deb aytish mumkin. yuqorida ko’rib chiqilgan reaktsiyada bir molekula NaOH dan bir molekula NH3 hosil bo’lganligi tufayli NH3ning ekvivalenti: M: 1=17,03 g. Demak, tortib olingan tuzda

NH3=0,09964 x 25,04 x 17,03:1000=0,04248 gr NH3 bor


Endi analiz uchun tortib olingan tuzda necha foiz ammiak borligini xisoblab chiqish mumkin. Bu usul nisbatan kichik aniqlikga ega, chunki NH3 shisha idishda qizdirilganda shisha bilan reaktsiyaga kirishadi, buning uchun ma’lum miqdor ishqor sarf bo’lib, u hisobga kirmay qoladi.


Ammoniy tuzlari bilan ishqor orasidagi reaktsiyada ajralib chiqadigan NH3 ni HCl ning o’lchangan hajmli eritmasida titrlang.
Eritmaga yuborish metodi aniqlanib, anik natijalar olinadi. kislota orasida quyidagi reaktsiya ketadi:
HC1+NH3=NH4C1
Agar kislotanyng sarflanmagan miqdori metiloranj ishtirokida ishqor bilan titrlansa, yuqorida ko’rib o’tilgan usuldagidek, titrlash natijalari ayirmasidan qancha kislota NH3 bilan reaktsiyaga kirishganini xisoblab topish oson. Bundan tortib olingan tuzdagi NH3 miqdorini topish mumkin.



Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə