Guliston davlat universiteti «Kimyo» kafedrasi Abduraxmonova O’. Q., Yettiboeva L. A



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə11/21
tarix24.05.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#112520
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
portal.guldu.uz-Лаборатория учун услубий курсатмалар

Titrametriya
Titrametrik analizda titri aniq bo’lgan erutmalardan foydalanib, titri no’malum eritmalarning tittrlari aniqlanadi. Tittrlash usullari qo’llaniladigan reaksialar (protolitometriya, oksedmetriya, komplaksimetriya va cho’ktirish usullari) titrlash amallarini bajarish(bevosita,bilvosita, teskari va rversiv) va titrlash uchun namuna olish (pipetkalash va ayrim namunalar) bo’yicha bo’linadi.


7-LABORATORIYA ISHI


Mavzu: Eritmadagi ishqor miqdorini aniqlash
Ajratilgan vaqt-___soat

Texnik natriy ishqori tarkibida natriy gidroksid va nariy karbonat bo’ladi. Texnik natriy ishori tarkibida natriy gidroksid va natriy karbonat miqdolarini protolitometrik aniqlashning ikki usuli mavjud.


Birinchi usul. Tarkibida natriy gidroksid va soda bqlgan eritmani 0,1 n xlorid kislotaning standart eritmasi bilan fenoftalin indikatori ishtirokida titrlashga asoslangan bo’lib,unda ekvivalent nuqtada gidroksil ioni to’liq, karbonat ioni esa gidrokarbonat ionigancha titrlanadi. So’ngra titirlashni shu ertmaning o’ziga metiloranj indikatori qo’shib davom etirilganda, gidrokarbonat ioni karbonat kislota titrlanadi.birinchi va ikkinchi ekvivalent nuqtagacha sarflangan titrant xajmlaridan xar ikkala tarkibiy qismning kontsentrattsiyalari xisoblanadi.birinchi ekvivalent nuqtasida:
pH=1/2(pKH2CO3 + pKHCO3)=1/2(6,4+10,3)=8,35
bo’lib, u ishqorning tqliq va karbonat ionining gidrokarbonatga aylanishiga to’g’ri keladi. Muxit kuchsiz ishqoriy bo’lganligi uchun oxirgi nuqtani fenoftalin (o’zgarish soxasi pH-8-10) bilan aniqlanishi qulay.
Ikkinchi ekvivalenlik nuqtasida
pH=1/2(pKH2CO3 + lgHCO3)
bilan belgilanadi. Bunda pH -4 bo’lginligi uchun oxirgi nuqtani metiloranj (o’zgarish soxasi pH 3,1-4,4) yordamida aniqlash tavsiya qilinadi.
Analizni bajarish tartibi:
Byuks qopqog’i bilan analitik tarozida tortiladi, so’ngra unga texnik NaOH ning xisoblangan miqdori solinadi va qopqog’i darxol berkitiilib yana analitik tarozida tortiladi. Byuksdagi NaOH voronka yordamida to’liq 250 ml li o’lchov kolbasiga solinadi. Ertma kolbaning belgisigacha suv bilan suyultiriladi va asdoydil aralashtiriladi. Foydalaniladigan disstillangan suv qaynatilib, undan CO2 chiqarib yuborilgan va uy temperaturasigacha sovutilgan bo’lish kerak.
Xosil qilingan eritmadan pipetka yordamida alikvot qism olib titrlash kolbasiga solinadi, unga 3-4 tomchi fenoftalin qo’shib HCl ning standart eritmasi bilan qizil rang yo’qolguncha titrlanadi. Sarflangan HCl xajmi yozib olinadi, rangsiz eritmaga1-2 tomchi metiloranj indikatori qo’shib, eritma sarg’ish rangdan qizg’ish rangga o’tguncha titrlash davom ettiriladi.sarflangan kislota xajmi yana yozib olinadi.natriy gidroksidning titrlash uchun zarur bo’lgan tortimi

Xt=Nb*Ea*F*VB /10*a


Formula yordamida xisoblanadi.
Tortish natijalari
Byuks va natriy gidroksid namunasi massasi g
Bo’sh byuks massasi g
Namuna massasi g
Analiz natijalarini xisoblash:
Quyidagi formulalar yordamida amalga oshiriladi:

XNa2CO3=NHCl2(VHCl,II –VHCl,I)E Na2CO3*Vk *100/1000*Va*a=%


XNaOH=NHCl (2VHCl,I –VHCl,II)E NaOH*Vk *100/1000*Va*a=%


Ikinchi usulda avval ishqor va natriyakrbonatning umumiy miqdori metiloranj ishtirokida titrlab aniqlanadi. Sarflangan kislotaning xajmi yozib olinadi. So’ngra tekshiriladigan eritmadan shuncha alikvot qism olinib, undagi karbonat bariy xlorid ta’siridan bariy karbonat shaklida cho’ktiriladi va fenoftalin ishtirokida titralnib, natriy gidroksidning miqdor aniqlanadi. Bunda sarflangan kislota xajmi bo’ladi. Titrantning sarflangan xajmlari orasidagi farq ( VHCl,II-VHCl,I ) natriy karbonatning titrlaiga ketadigan xajmiga teng bo’ladi.


Analizni bajarish tartibi:
Titrlash uchun tayyorlangan eritmadan alikvot qism (250 ml) olinadi va titrlash kolbasiga solinadi. Eritmaga 2-3 tomchi metiloranj eritmasidan tomizib, kislotaning standart eritasi yordamida eritma rangi qizarguncha titrlab, natriy gidroksid va natriy karbonatning umumiy miqdorini titrlashga sarflangan kislotaning xajmi aniqlanadi. So’ngra shuncha xajm tekshiriladigan eritmaning yangi ulushiga 1N BaCl2 eritmasidan 15-20 ml qo’shiladi, bunda karbonat cho’kmaga tushadi. Karbonat to’la cho’kkandan keyin eritmaga 3-4 tomchi fenoftalin qo’shib, eritma rangsizlanguncha kislota eritmasi bilan titrlanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki. Ishqorli eritma xavodan karbonat angidrini yutishi mumkin. Bunda eritmadagi ishqor kamayib, natriy karbonat ko’payadi. Shuning uchun xam titrlash uchun olingan eritmamumkin qadar tez titrlanadi va titrlash davomida ortiqcha chayqatilmasligi kerak.
Analiz natijalarini xisoblash.
Xisoblash uchun kislotaning titrlashga sarflangan va yozib olingan, xamda alikvot qismlarning xajmlaridan foydalaniladi.agar aralashmani titrlashga VHCl ml ishqorni titrlashga VHCl3 qVHCl2 VHCl1 kislota sarflanadi. Shundan foydalanib, xar bir tarkibiy qismning massasi va tortimning massasi bo’yicha ularning ulushlari xisoblanadi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə