Guliston davlat universiteti «Kimyo» kafedrasi Abduraxmonova O’. Q., Yettiboeva L. A



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə19/21
tarix24.05.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#112520
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
portal.guldu.uz-Лаборатория учун услубий курсатмалар

14-LABORATORIYA ISHI
Mavzu:Xromotometriya metodi bilan xrom miqdorini aniqlash
Ajratilgan vaqt-__soat

Tarkibida 0,15-0,30 g kaliy bixromat bo’lgan tekshirilayotgan eritmani 250 ml xajmli o’lchov kolbasida suyultiring; piretka bilan bu eritmadan 25,00 ml o’lchab olib uning ustiga 2 n sulfat kislota eritmasidan 10-15 ml o’lchab soling va xosil bo’lgan yashil eritmani 100 ml suv bilan suyultiring xamda mor tuzining kaliy bixromat bilan reaktsiyaga kirishmay qolgan ortiqcha miqdorini permanganat bilan titrlang. Titrlash oxirida bir tomchi permanganat ta’sirida eritmaning kulrangga kirishiga ( xrom ioning yashil rangi bilan MnO4- ioning binafsha rangi qo’shilib kulrang xosil qiladi) erish kerak. Agar uning ustiga yana 1-2 tomchi permanganat qo’shilsa, eritma och pushti rangga o’tadi, lekin buni qo’shish kerak emas, chunki bu miqdor ortiqchalik qiladi.


Titrlashni 2-3 marta qaytarib, topilagn natijalardan o’rtachasi olinadi. Bunga paralel xolda 256, ml Mor tuzi eritmasini 10-15 ml sulfat kislota ishtirokida permanganat bilan titrlab ko’ring, buni xam 2-3 marta qaytaring.

Xisoblash. 25 ml kaliy bixromat eritmasiga 40 ml Mor tuzi eritmasi qo’shilgan va Mor tuzining reaktsiyadan ortib qolgan miqdorini titrlash uchun kaliy permanganatning 0,02 n eritmasidan 14,0 ml ketgan deb faraz qilaylik.agar kaliy bixromat nig qo’shilmagan va mor tuzining 25,00 ml ni titrlash uchun 24,30 ml kaliy permanganat eritmasi sarflangan bqlsa, xrom miqdorini xisoblashning quyidagi ikki usulini qarab chiqamiz.


Eng avval 40,00 ml Mor tuzi eritmasini kaliy bixromat ishtirok etmagan xolda titrlash uchun qancha ml kaliy permanganat eritmasi ketishini xisoblab chiqaylik. Buning uchun quyidagi proportsiyani tuzamiz:
25,00 ml Mor tuzi uchun 24,30 ml Kaliy permanganat ketadi
40,00 ml x ml
X = 40,00 * 24,30/25,00=38,89 ml
Haqiqatda Mor tuzining biror qismi avval kaliy bixromat bilan oksidlangani uchun tekshirilayotgan titrlash uchun kaliy permanganat eritmasidan kamroq chunonchi 14,2 ml ketadi. Demak, kaliy bixromatning 25,00 ml tekshirilayotgan eritmadagi miqdori 0,02 n kaliy permanganat eritmasining 38,39-14,2=24,69 ml ekvivalent. Bunga binoan kaliy bixromat eritmasining normalligini n bilan belgilab quyidagi tenglamani yozish mumkin:25,00*n=24,69*0,02
N=24,69*0,02/25=0,02
topilagn qiymatdan foydalanib, odatdagi usul bilan 250 ml eritmadagi kaliy bixromat miqdorini va bundan qidirilayotgan xrom miqdorini osongina xisoblab chiqarish mumkinedi. Lekin bu xisoblashning xojati yo’q. Xrom miqdorini quyidagi usul yordamida birdanga xisoblash qulayroq. Kaliy bixromatning bir ekvivalentida bir garmm ekvivalent xrom bor, bu xromning 1/3 gam atomida yoki 52,01:3 =17,34 ga teng . shuning uchun kaliy bixromatning 250 ml eritmadagi gramekvivalentlari sonini topib, uni xromning gam ekvivalenti qiymatiga ko’paytirsak, 250 ml eritmadagi xrom miqdorini topamiz. Demak:
Q250=0,02000*250*17,34/1000=0,08670 g xrom
Avval mor tuzi eritmasining normalligini topamiz: N=0,02025*24,30/25,00=0,01969
Endi Mor tuzi va permanganat eritmalarning sarf bo’lgan xajmlarida ayni moddalardan necha ml-ekviavlent Mor tuzi eritmasida 0,01969 ml-ekvivalent Mor tuzi bor bo’lgani uchun uning 40,00 mlda 0,01969*40,00=0,7876 mg-ekv mor tuzi bo’ladi.
Bundan tashqari Mor tuzi eritmasining reaktsiyaga kirishmay ortib qolgan qismini titrlash uchun sarf bo’lagn 14,20 ml kaliy permanganat eritmasida qancha kaliy permanganat borligini xisoblab chiqamiz:
0,02025*14,20=0,2876 mg-ekv
Ma’lumki, o’zaro reaktsiyaga kiruvchi ikkimoddaning mlg-ekv soni bir-biriga teng bo’lai. Shuning uchun topilgan natija dastlab olingan 0,7876 mg-ekv Mor tuzining 0,2876 mg ekv kaliy bixromat bilan reaktsiyaga kirishmay ortib qolganligi va u kaliy permaanganat eritmasi bilan titrlanganligini ko’rsatadi. Deamak, kaliy bixromat bilan 0,7876-0,287=0,500 mg-ekv Mor tuzi reaktsiyaga kirishgan. Tekshirilayotgan eritmaning 25 ml dagi xromning miqdori xam 0,500 mg-ekv ga teng. Demak, 250 ml eritmada 5 mg-ekv yoki 5,00*17,34=86,70 mg =0,08670 g xrom bor.
Titrlash uchun ishlatilgan ikkala eritmaning normalligi ma’lum bo’lgandagina yuqoridagi xisoblash usulidan foydalanish mumkin. Agar faqat bir eritmaning normalligi ma’lum bo’lsa, xisoblash uchun birinchi usuldan foydalanish yaxshi.xromni aniqlashda bu ko’rib o’tilgan medot katta axamiyatga ega. Xrom rudalari, ferroqotishmalar, po’latlar, shlak va xokozalar tarkibidagi xrom ana shu yo’l bilan aniqlanadi.



Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə