Guliston davlat universiteti «Kimyo» kafedrasi Abduraxmonova O’. Q., Yettiboeva L. A



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə16/21
tarix24.05.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#112520
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
portal.guldu.uz-Лаборатория учун услубий курсатмалар

Permanganometriya

Permanganometriya usulida kislotali, neytral yoki ishqoriy muxitlarda kaliy permanganatning 0.02 , 0,05 va ayrim xollarda 0,1 N eritmalari yordamida qaytaruvchilarni bevosita va oksidlovchilarni qaytarilgan shaklga o’tkazib aniqlash mumkin.


MnO4-/Mn2+ juftining standart oksidlanish-qaytarilash potensiali (+1,52 V) MnO4-/MnO2 juftining standart oksidlanish-qaytarilish potensiali (0,59 V)ga qaraganda ancha katadir, yani kaliy permanganatning kislotali muxitdagi oksidlash xususiyayi ishqoriy muxitdagiga qaraganda ancha kattadir. Shuning uchun xam titrametrik analizda ko’pincha permanganometrik titrlash kislotali muxitda
MnO4- +5e+8H+ =Mn2+ +4H2O
Tenglama bo’yicha o’tkaziladi. Permanganatni titrant sifatida qo’llaganda indikator talab etilmaydi. Titrlash davomida permanganatning rangi yo’qolib, oxirgi nuqtada pushti rang paydo bo’ladi.


12-LABORATORIYA ISHI
Mavzu:Permanganometriya metodi bilan
Fe (II) sulfat eritmasidagi temirni aniqlash.
Ajratilgan vaqt-__soat


Ishdan maqsad: talabalar oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari, permanganometriya metodining moxiyati bilan tanishtiriladi, xamda ularda titrlangan standart eritmalarini fiksanallardan foydadlanib tayyorlash va eritma rangining o’zgarish chegaralarini aniqlash xususida malaka va ko’nikma xosil qilinadi.
Analizni bajarish tartibi:
Eritmadagi Fe2+ miqdorini aniqlashni permanganometriyadan foydalanishning bir ko’rinishlaridan xisoblanadi. Mor tuzi (NH4)2SO4 FeSO4*6H2O yoki (NH4)2Fe(SO4)2*6H2O)
eritmasini kaliy permanganatning ishchi eritmasi bilan titrlanganda quyidagi reaktsiya boradi:
2KMnO4 +10(NH4)2Fe(SO4)2+8H2SO4=
2MnSO4+ Fe2(SO4)3+K2SO4+10(NH4)2SO4 +8H2O
Fe2+-e=Fe3+ |5|10
MnO4-+8H++5e=Mn2++4H2O |1|2|
Ana shu xolatda Mor tuzi ekvivalent massa uning molyar massasiga teng va temirning ekvivalenti uning mol massasiga, ya’ni 55,85 g/molga teng.
Anlizni bajarish tartibi: 250 ml xajmli o’lchov kolbasiga ma’lum xajmdagi Mor tuzi eritmasidan solinib, kolbadagi eritma xajmi distillangan suv qo’shib belgisigacha yetkaziladi va batafsil aralashtiriladi.
Ririeka bilan tayyorlangan eritmadan 25 ml olib titrlash kolbasiga solinadi, ustiga sulfat kislotaning 2n eritmasidan 10-15 ml qo’shiladi va byuretkadagi kaliy permanganatning ishchi eritmasi bilan titrlanadi. Titrlash xona temperaturasida olib boiladi. Kaliy permanganat eritmasini qo’shib titrlanayotgan eritma 1-2 minutda yo’qolmaydigan och pushti rangga kirganda to’xtatiladi. Titrlash jarayoni kamida 3 marta takrorlanadi, bir-biriga yaqin xajmlari o’rtachasi olinadi va tekshirilayotgan eritmadagi temirning grammlar miqdori xisoblab topiladi.
Yozish tartibi:

  1. Mor tuzining eritmasini KMnO4 ning ishchi eritmasi bilan titrlash.

1-titrlash uchun ketgan 0,04850 t KMnO4 eritmasi V1=23,85 ml
2-titrlash uchun ketgan 0,04850 t KMnO4 eritmasi V2=23,85 ml
3-titrlash uchun ketgan 0,04850 t KMnO4 eritmasi V3=23,75 ml
Vўртача KMnO4=23,85+23,80+23,75/ 3=23,80 мл

  1. KMnO4 эритмаси титрини аниқланувчи модда –темир (II) бўйича хисоблаш.

Т(KMnO4/ Fe2+) =N(KMnO4)*E(Fe2+)/1000=0,04850*55,85/1000=0,002705

  1. Mor tuzi eritmasi tarkibidagi temir (II) miqdorini xisoblash.

Agar 25 ml tekshirilayotgan Mor tuzi eritmasini titrlash uchun kaliy permanganatning ishchi eritmasidan o’rtacha 23,80 ml sarflangan bo’lsa 250 ml Mor tuzi eritmasi tarkibidagi temir(II) miqdori quyidagicha xisoblanadi.
m(Fe2+)=T(KMnO4/ Fe2+)*V (KMnO4)*Vўлчов колба/Vпипетка
m(Fe2+)=0,002709*23,80 *250/25=0,6438 gr

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə