Guliston davlat universiteti «Kimyo» kafedrasi Abduraxmonova O’. Q., Yettiboeva L. A



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə17/21
tarix24.05.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#112520
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
portal.guldu.uz-Лаборатория учун услубий курсатмалар

Nazorat savollari:
1. oksidlovchi va qaytaruvchining ekvivalent massalari qanday xisoblab topiladi.
2. reduksametriya metodida titrlash egri chiziqlari nimaga asoslanib tuziladi.
3. nima uchun yodometrik aniqlash sovuqda olib boriladi.


13-LABORATORIYA ISHI
Mavzu:Permanganometriya metodi bilan vodorod peroksid
va ninritlarni aniqlash
Ajratilgan vaqt-__ soat


Ishdan maqsad: Permanganometriya metodi bilan nitritlarni aniqlash
nitritlarni aniqlash quyidagi reaktsiyaga asoslangan
5NO2- +2MnO4-+6H =5NO3- +2Mn+ +3H2O
nitrit ioni NO2- ning oksidlanib nitrit ion NO3- ga o’tish reaktsiyasi
NO2- +H2O-2e =5NO3-+2H+
nitritning masalan NO2- ning ekvivalenti quyidagicha topiladi
E=M/2=69,00/2=34,5g
bu aniqlashning xususiyati shundaki nitritlar kislota ishtirokida oson parchalanib azot oksidlarini xosil qiladi.
2NO2-+2H+=2HNO2=NO+NO2+H2O
Nitritning bunday yo’qolishiga yo’l qo’ymaslik uchun titrlash tartibi o’zgartiriladi, ya’ni nitritning kislota qo’shilgan eritmasi permanganat bilan emas balki permanganitning kislota qo’shilgan eritmasi nitritning neytral eritmasi bilan titrlanadi. Bunda nitrit ionlari permanganat ertmasiga tushishi bilanoq oksidlanib nitrat ionlariga aylanadi va azot oksidlari xosil bqlmaydi.
Analiz uchun tekshirilishi kerak bo’lgan nitrat eritmasidan shunday miqdorda aniq tortib olinadiki, bu miqdor 250 mlsig’imli kolbada suyultirilganda taxminan 0,02 n eritma xosil bo’lsin. Byuretka olngan eritma bilan to’ldiriladi. Kaliy permanganat eritmasining ishchi eritmasidan byuretka yoki pipetka yordamida aniq 25,00 ml o’lchab olib, 500 ml xajmli konussumon kolbaga solinadi va ustiga taxminan shuncha xajm suyultirilgan (1 :4) sulfat kislota eritmasidan qo’shiladi. So’ngra bu eritmaga 250 ml suv qo’shib suyultiriladi va salgina qizdiriladi. Xamda oxirgi tomchi nitrit ta’siridan eritma rangsizlanib ketgunicha tayyorlab qo’yilgan nitrit eritmasi bilan titrlanadi. Titrlashni uch marta qaytarib bir-biriga mos keladigan natijalarning o’rtacha qiymati olinadi. So’ngra titrlash uchun sarf bo’lgan nitrit va pernganat eritmalari xajmi xamda kaliy permenganat eritmasi normalligi asosida nitrit eritmasi normalligi xisoblab chiqiladi. Topilgan normalligidan foydalanib, analizda tortib olingan eritmada qancha nitrit borligi xisoblanidi va foiz ifodalanadi.



Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə