Guliston davlat universiteti «Kimyo» kafedrasi Abduraxmonova O’. Q., Yettiboeva L. A



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə18/21
tarix24.05.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#112520
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
portal.guldu.uz-Лаборатория учун услубий курсатмалар

Nazorat savollari:
1. Nitritning ekvivalenti qanday topiladi.
2. Nitrit ioni oksidlanib nitrat ioniga o’tishiga reaktsiyasini ko’rsating.


Dixromatometriya
Dixromatometriya usuli dastlab tittimetrik usul sifatida 1850-yilda F.Penni tomonidan tavsiya qilingan bo’lib, kaliy dixromatning qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiluvchi moddalarni oksidlab, dixromat ioning qaytarilishiga asoslangan;
Cr2O72- +14H +6e=2Cr3+ +7H2O
Dixromatometriyada ishchi eritmasi sifatida K2Cr2O7 ning 0,05 va 0,1 N li eritmalari ishlatiladi. Bu modda ekvivalentining molyar massasi E=M K2Cr2O7/6 ifoda yordamida aniqlanadi.kaliy dixromatning oksidlovchiligi kaliy permanganatnikidan biroz kamroq bo’lib, u bu moddalarning normal oksidlanish-qaytarilish potensiallari qiymatlari orqali izohlanishi mumkin:
E K2Cr2O7/Cr3+,14H+=1,36V va E KmnO4/Mn2+,8H+=1,51V
Bu xolning muximlik jixati, u xam bo’lsa shundan iboratki, kaliy permanganat bilan xlorid kislota ishtirokida qaytaruvchilari aniqlanishi mumkin bo’lmagan xolda, kaliy dixromat bilan bemalol aniqlash mumkin. Bunnda kaliy dixromat xlor ionini oksidlashga sarflanmaydi. Kaliy dixromatning yana bir afzalligi shundaki, uni qayta kristallash natijasida kimyoviy formulasiga mos modda olish mumkin, kaliy permanganatni esa bunday tozalab bo’lmaydi. Bu eritma tayyorlashni osonlashtiradi.bundan tashqari kaliy dixromatning eritmalari xam barqaror, uning eritmasi yopiq idishda saqlansa, o’ztitrini o’zgartirmaydi. Kaliy dixromatning qaytarilishi natijasida yashil rangli Cr3+ ion xosil bo’lganligi uchun u oxirgi nuqtani topishga biroz salbiy ta’sir ko’rsatadioxirgi nuqtani topishda ishlatiladigan difenilamin faqat kontsentrlangan sulfat kislotada eriydi. Difenilaminni difenilaminsulfon kislotaning natriyli tuzi yoki fenil-tranil kislota bilan almashtirish mumkin. Biroq difenilaminsulfon kislotaning natriyli tuzi suvda ancha yaxshi eriydi. U oxirgi nuqtada rangsizdan yashil orqali qizil binafsha rangga o’tadi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə