Guliston davlat universiteti «Kimyo» kafedrasi Abduraxmonova O’. Q., Yettiboeva L. A



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə12/21
tarix24.05.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#112520
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
portal.guldu.uz-Лаборатория учун услубий курсатмалар

8-LABORATORIYA ISHI


Mavzu: Eritmadagi kislota miqdorini aniqlash
Ajratilgan vaqt-___ soat


Ishdan maqsad: Kislota tortimi o’lchov kolbasiga solinadi va belgisigacha suv bilan suyultiriladi. Hosil qilingan eritmaning alikvot qismi natriy gidroksidning standart eritmasi bilan titrlanadi. Tirtlash natijalari va alikvot qism qiymatidan foydalanib, analiz qilinadigan namunadagi kislotaning massa ulushi aniqlanadi.
Analizni bajarish tartibi. Analitik tarozida bo’sh byuks qopqog’i bilan 0.0001 g aniqlikda tortiladi. Unga analiz qilinadigan kislotaning zaruriy miqdorini solib, eritmaning massasi avval texnik tarozida aniq o’lchanadi. Byuksdagi namuna to’liq 250 ml hajmli o’lchov kolbasiga varonka yordamida o’tkaziladi . Kolbadagi eritmani kolbaning belgisigacha suv bilan suyultirilib , astoydil aralashtiriladi. Bu eritmadan pipetka yordamida olingan alikvot qismi titrlash kolbasiga o’tkaziladi va NaOH ning standart eritmasi bilan fenolftaleinning pushti rangi paydo bo’lguncha titrlanadi.
Analiz qilinadiga kislota preparatining optimal tortimi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:

XA=NB*EA*f*VB/1000 yoki XA= NB*EA*f*VB/10*a


Bu yerda, VB=25 ml , NB-titrning normalligi, ЭA-aniqlanadigan kislota ekvivalentining molyar massasi , f –alikvot ko’paytuvchisi, xA-aniqlanadigan moddaning massa ulushi, a- analiz uchun olingan modda tortimi. A ning taxminiy qiymati analiz qilinadigan kislotaning areometrda o’lchangan zichligi bo’yicha aniqlanadi.
Tortish va titrlash natijalari :
Byuksning kislota bilan massasi , g.
Bo’sh byuks massasi, g.
Analiz qilinadigan kislota massasi, g.
Analizni tezlashtirish maqsadida tayyor eritma berilisgi mumkin (analiz qilinadigan kislotaning miqdorini o’qituvchi belgilaydi va uni o’zi beradi) .
Analiz natijasi quyidagi formula orqali hisoblanadi va jadvalga kiritiladi:
XA= NB*EA*f*VB/10*a
Tekshirilayotgan kislota miqdorini aniqlash natijalari

Analiz uchun olingan kislotaning alikvoti hajmi, ml

Titrlashga sarflangan natriy ishqori hajmi, ml.

Hisoblab topilgan analiz natijasi, xA, %



















O’rtacha qiymat, ml

O’rtacha qiymat, ml

O’rtacha qiymat, N

Kislotaning haqiqiy massa ulushi (x,%, o’qituvchidan olinadi) asosida mutloq (E=x-xA) va nisbiy (D=(X-XA)/X* 100) xatolar hisoblanadi.


Olingan natijalarni matematika statistika usullari bilan ishlangandan so’ng taqdim etiladi. Natijalarni matematika statistika usullari yordamida ishlashda oligan qiymatlar jadvalga kiritiladi.
Analiz natijalarini taqdim etish



Xi ( i)

X

xi-x

S=




Xato, %

1



















2



















3



















4




















Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə