Guliston davlat universiteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 6,49 Mb.
səhifə28/44
tarix27.09.2023
ölçüsü6,49 Mb.
#123920
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44
konserva ishlab chiqarishda tara reklama

Davlat
kodi

Davlat
nomi

Davlat kodi

Davlat
nomi

Davlat kodi

Davlat
nomi

93
90-91
779
54

380
789


50
599
759
400-440
489
520
57

Avstraliya
Avstriya
Argentina
Belgiya va
Lyuksemburg
Bolgariya
Braziliya
Buyuk Britaniya
Vengriya
Venesuela
Germaniya
Gonkong
Gretsiya
Daniya

539
569
84
80-83
529
690
850
750
87
94
70
590
560
460-469

Irlandiya
Islandiya
Ispaniya
Italiya
Kipr
Xitoy
Kuba
Meksika
Niderlandiya
Yangi Zelandiya
Norvegiya
Polsha
Portugaliya
Rossiya

383
00-09
869
64
30-37
859
780
73
76
860
880
45-49
478
888

Sloveniya
AQSh va Kanada
Turkiya
Finlyandiya
Frantsiya
Chexiya
Chili
Shvetsiya
Shveytsariya
Yugoslaviya
Janubiy Korea
Yaponiya
O’zbekiston
Singapur


Shtrixli kodlash ishlab chiqarish korxonalari uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining tadbiq etilishini osonlashtiradi;

  • ishlab chiqarish, mahsulotni saqlash va realizatsiya qilish kabi faoliyatlardagi hisob-kitob ishlarining samaradorligini oshiradi;

  • resurslarni chuqur tahlil qilish imkoniyatini beradi;

  • hujjatlar aylanishini qisqartiradi;

  • mahsulotni realizatsiya qilish va harakati haqidagi ishonchli ma’lumotlarni muntazam ravishda yig’ishni yo’lga qo’yish mumkin;

  • boshqaruv va nazorat organlariga tezkor ravishda mahsulot xususidagi ma’lumotlarni tavsiya etish.

Biroq xaridor sotib olayotgan mahsulotining faqat tayyorlangan davlati borasidagi ma’lumotnigina emas, balki tegishli barcha ma’lumotlarni ham bilishni istaydi. Bu muammo ham vaqti kelib standartlashtirish yordamida hal etilishi mumkin. Buning uchun sertifikatlashtirish yo’li bilan tasdiqlanuvchi, standartlarning majburiy talablari ro’yxatini kengaytirish lozim bo’ladi.


5.3.Reklama va uni tashkil etishning chet el tajribasi


Reklama (lotincha - qichqirmoq) bu biror korxona, mahsulot, xizmat turi, ijtimoiy faoliyatning biror turini ommalashtirish maqsadida qilingan ishdir. Shu maqsadda reklama o’sha korxona yoki ijtimoiy faoliyatining biror-bir mahsulotiga yoki xizmat turiga keng jamoatchilikniing e’tiborini jalb etadi. Yaxshi tashkil etilgan reklama bozor talabini oldindan ko’ra bilish va bozor sharoitidan xaridorlar oqimini boshqara olish imkonini beradi. Reklamaning tarixi katta. U uzoq yillar davomida vujudga kelgan mahsulotning xaridorga etib borishning sinovdan o’tkazilgan usullarini qo’llaydi. "Reklama - savdoni harakatga keltiruvchi kuchdir" - degan iboraning qo’llanilishi tasodif emas. Reklama haqiqatdan ham marketingning muhim vazifasi hisoblanadi. U nafaqat salohiyatli iste’molchilarning tovar haqida xabar qilish maqsadini ko’zlaydi, undan yana xarid talabiga ta’sir qilishning qudratli quroli sifatida ham foydalaniladi.


raqami Yaponiyada udum ma’nosini bildiradi va bu raqam yaponlar uchun reklamada bo’lmasligi lozim, yoki yashil rang Misrning milliy rangi musulmon mamlakatlarida ruhoniylarning kiyim-kechagida ishlatiladi. Demak, uni tovarlarni o’rash-joylash reklamasida berilmasligi maqsadga muvofiqdir. Cho’chqa go’shti musulmon mamlakatlarida umuman tanovul qilinmaydi va u musulmonlar uchun reklama qilinmasligi lozim.
Reklamaning muhim xususiyatlaridan biri, uni talabga qarab o’zaro borishi, moslashuvchanligi va unga ta’sir eta olishidir. Transport vositalariga har xil plakatlar, e’lonlar, yozuvlar yopishtirish, ularning devorlarini bo’yash, yozish, rasmlar, grafiklar, sxemalar chizish orqali reklama qilish. Tovarlarni sotish joyida reklama o’z ichiga magazin vitrinalariga ularni qo’yish, savdo zallariga ko’rgazmalar, tovar belgilari, planshetlar osish yo’li bilan qilinadi. Reklama odatda juda qimmat turadi.16
Asosan reklama beruvchi firma va tashkilotlar o’z strukturasini ichki imkoniyatlariga bog’liq holda tuzadilar. Biz bilamizki, sifatli tovarlar - bu yaxshi reklama. Yaxshi reklama - bu korxona imidji. Eng yaxshi qarorlar esa patentlashtiriladi va mualliflik huquqi sifatida qonun tomonidan himoya qilinadi.




Shuning uchun reklama bo’yicha mutaxassis marketing muhitini va tashkilotdagi marketing strukturasiga tayangan holda quyidagi qoidalarga rioya qilishi lozim:
• reklamadagi asosiy element - tovarlarni sifati va korxonani bozordagi mavqei;
tovarlar reklamasida barchani jalb etadigan oddiy, goqida xaridorlarning tovarlarni ko’rish uchun safarbar qiladigan usullar bo’lishi;
• tovar reklamasi qimmat bo’lganligi uchun shunday reklama tayyorlash kerak-ki, u arzon bo’lsin;
• reklamada tovarni turli ranglarda ko’rsatish va bu ranglar xaridorlarni o’ziga jalb eta olishi zarur;
• tovarni reklamasida mahalliy an’analarni hisobga olish va tovarni qaysi regionlarda va qaysi yoshdagi xaridorlarga mo’ljallangan bo’lishi juda muhimdir. Tayyorlanayotgan reklamaning samarali chiqishi pishiq tuzilgan korxona tarkibida marketing bo’limining faoliyatiga ham va uni boshqaruvchi-menedjerning qobiliyatiga ham bog’liq.
Reklamaning asosiy vazifasi - maxsus axborotlardan foydalanib mahsulot, xizmat turlari va ularning xarid qilish joyi haqida axborot berishdir. Reklamaning oxirgi maqsadi - bozorda taklif qilingan mahsulotlarning xaridor tomonidan qabul qilinishi ehtimolini oshirishdir. Masalan, ko’p xaridorlar bahoga mahsulotning obro’si sifati deb kurashadi. Odamlar qimmatroq to’lashga tayyorlar, axir mahsulot alohida xususiyatini taklif qilayaptiku. Bugun buning uchun hamma sharoitlar bor: mahsulot ishlab chiqarish ko’paymoqda, bozor munosabatlari rivojlanmoqda, ishlab chiqarish va bozor strukturasidan monopolizm chetlashayapti, kooperativlar, qo’shma korxonalar, xususiy korxonalar paydo bo’ldi va rivojlanmoqda, bu esa raqobat bor degani.
G’arbning reklama bo’yicha mutaxassislarning bu masalaga qay tarzda yondashganligini tahlil qiladigan bo’lsak, bu murakkab masalani billiard stolida uning sharlari yordamida osongina hal bo’lishni ko’rishimiz mumkin.
Tovar va firmalar reklamasida ham shunga o’xshashlik jihatlar uchraydi. Lekin ularning sifat ko’rsatkichi yillar davomida orttirgan obro’si, markasi har qanday reklamadan ham yuqori turadi. Masalan, Toyota, Ford, Adidas, Koka-kola kabi nomlar millionlab xaridorlar uchun tovarning nomidan ko’ra afzal va qadrliroqdir. Chunki tovar eskirishi, modadan qolishi va yo’q bo’lib ketishi mumkin. Biroq uning chidamliligi, sifatliligi, ilg’or konstruktsiyasi, go’zal dizayni, did bilan o’rab joylanishi va boshqa yaxshi tomonlari uning o’rniga ishlab chiqarilgan tovarda namoyon bo’lishi va keyingilarida qaytarilishi, xaridor xotirasida qoladi va tovarga nom berishga asos bo’ladi. Bu sifatlar reklama organlari tomonidan tovarning marka timsoliga aylantiriladi.


Oziq-ovqatlar reklamasi televidenie orqali berilgani ma’qul va hokazo.


Reklamani amalga oshirishda uning miqdori, chastotasi, televidenie, radio, yoki matbuotda e’lon qilish qaytarilish grafigi ishlab chiqiladi. Buning uchun reklamani ta’sirchanligi, uni qachon, qancha, necha marta miqdorda, qay yo’sinda berilishi aniqlanadi.
Reklama qilish stsenariysi ham yozilishi, rejalashtirilishi lozim. Unda avvalo reklamaning shiori, sarlavhasi aniqlanadi, so’ngra uning matni belgilanadi. Reklamaga musiqa, illyustratsiya tanlanadi va niqoyat reklamaning necha nusxada (tirajda) berilishi aniqlanadi. Reklama shiori sarlavhasi nihoyatda yangi, orginal bo’lmog’i ma’qul. U reklamachining iqtidori, topqirligi va aql-zakovatiga bog’liq. U nihoyatda qisqa, mazmundor, tushunarli bo’lmog’i lozim. Reklama matni tezis shaklida, masalaning mohiyatini o’tkir til bilan, asoslangan, oddiy tushunarli qilib yozilishi lozim. Matnning hajmi 50-60 so’zdan oshmagani ma’qul hisoblanadi. Reklama xabarnomalarini tarqatish va iste’molchilarga etkazish va uni yaxshi ifodali bo’lishiga erishish lozim. Buning uchun har xil kishilar (ayollar, bolalar) hayvonlar, o’simliklar rasmlari bilan qo’shib tasvirlanadi. Masalan, Yaponiyada bu maqsadda mashhur artistlar, sportchilar, davlat arboblari xizmatidan reklama personajlari sifatida foydalaniladi.
Amerikada esa reklamaga mutlaqo hech kimga tanish bo’lmagan kishilar taklif qilinadi. Amerikalik reklama mutaxassislarining fikricha, mashhur kishilar xaridorning diqqatini reklamaning mohiyatidan o’zlariga tortib olar emish va reklama maqsadi chetga, ikkinchi rejaga surilib qolar emish.

Yüklə 6,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə