Guliston davlat universiteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi


-rasm.Yopish usullari yopish mexanizmi



Yüklə 6,49 Mb.
səhifə26/44
tarix27.09.2023
ölçüsü6,49 Mb.
#123920
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44
konserva ishlab chiqarishda tara reklama

7-rasm.Yopish usullari yopish mexanizmi.

Transportyorda kelgan bankalar shnek yordamida bir xil masofada quyiladi va qopqoqlarni uzatish mexanizmiga uzatiladi. Bankalar diametri va balandligi bo’yicha boshqariladigan mexanizmning rijagi siljiydi. Bunda uzatish mexanizmining magazini ochiladi va qopqok chiqib bankaning og’zini yopadi. Idishlar bo’lmagan holda richag dastlabki xolatga qaytadi.


Qopqoqlarni uzatish mexanizmi qopqoqlarni berish, ularni markirovka qilish va bankalarni yopish moslamasiga uzatish jarayonlarini bajaradi. Yopish moslamasidagi roliklar qopqoqlarni banka og’ziga kistirib yopadi.
Yopish apparati elektrodvigatel yordamida ishlaydi.14
Mashina 3 – AVL-22G’24
Mashina 4. DS-21-HE
Mashina 1–2 – Ceflex-21
Mashina 5. CC-11-S


5.2.Shtrix kodlanishi
Mahsulot haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash
Ba’zan biror mahsulot xarid qilganimizda uning ko’rinarli joyida yoki etiketkasida har xil qalinlikdagi chiziqlar va raqamlar bilan belgilangan shakllarni ko’rishimiz mumkin. Ularga shtrix-kod nomi berilgan.
Xo’sh,shtrix-kodlar nima va qachon paydo bo’lgan?
Shtrix-kodlardan mahsulotlarga nisbatan tadbiq etish g’oyasi ilk bora 30-yillarda AQSh ning Garvard biznes maktabida yaratilgan bo’lib, undan amalda foydalanish bir necha o’n yillardan so’nggina, ya’ni, 60-yillardan boshlangan. Shtrix-kodlarni dastlabki qo’llovchilar temir yo’lchilar bo’lib, shu usul orqali temir yo’l vagonlarini identifikatsiyalashtirilgan. Mikroprotsessor texnikasining gurkirab rivojlanishi 70-yillardan boshlab shtrix-kodlardan keng ravishda foydalanish imkonini yaratdi. 1973 yil AQShda Mahsulotning Universal Kodi (IPC) qabul qilinib, 1977 yildan boshlab esa Evropa Kodlash Tizimi EAN (European Article Numbering) ta’sis etildi va hozirda undan nafaqat Evropada, balki boshqa mintaqalarda ham keng ravishda foydalanilmoqda.15
Shtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli, turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bo’lib, bu chiziqlarning o’lchamlari standartlashtirilgan. Shtrix-kodlar maxsus optik qurilmalar - skanerlar yordamida o’qishga mo’ljallangan. Uning vositasida, mikroprotsessorlar orqali shtrixlar raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi ma’lumotlar kompyuterga uzatiladi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan davlatimizda O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarni shtrixli kodlash kiritilmoqda. “GS1 International” (EAN Uzbekistan) (Belgiya, Bryussel) xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan bizning mamlakatimizga 478 raqamli identifikatlashtirish kodi berildi.
U bo’yicha bu tovar qaerda ishlab chiqarilganligini aniqlash mumkin. Mamlakat kodidan keyingi raqamlar tovarni ishlab chiqarayotgan yoki realizatsiya qilayotgan korxonani belgilaydi. Keyingi beshta raqamlar bilan mahsulotning iste’molchilik xossalari o’lchami, massasi, tarkibi, shakli, o’ramining ko’rinishi va boshqa ma’lumotlar shifrlab qo’yilgan.
Bu raqamlar qatoriga muvofiq komp’yuter yordamida shtrixli kod shakllantiriladi. Oxirgi 13-raqam tekshirish uchun va barcha kiritilgan axborotning shtrixli kodini skaner bilan o’qilishi to’g’riligini tekshirish uchun ishlatiladi. Shtrixli kodga o’zgarib turuvchi, masalan, sifati va bahosi haqidagi ko’rsatkichlar kiritilmaydi.
Har bir tovar ishlab chiqaruvchi bizda tashkil etilgan “GS1 International” (EAN Uzbekistan) tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish Markazida ro’yxatga olinadi. Shtrixli kodni borligi psixologik ahamiyatga ham ega xaridor albatta "zebra" belgili tovarni tanlaydi. Lekin shtrixli kod shaxsan iste’molchi uchun axborotga ega emasligini ta’kidlash kerak. Ammo o’z hurmatini bilgan ishlab chiqaruvchi o’zining obro’si uchun yagona ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlar berib, albatta tovarlar va o’zi haqida umumiy ma’lumotlarini bildiradi. Bu ma’lumotlarni soxtalashtirish mumkin emas. Garchi ayrimlar intilsa ham, natijada ular bozorda aks reklamaga ega bo’ladilar, bu esa chiqimlarga olib keladi. Grafik tasvirni va raqamli qatorni loyiqligini taqqoslashini buyum xaqidagi axborotni to’g’riligi uchun javobgar bo’lgan ixtiyoriy EAN milliy yoki xalqaro ma’lumotlar bankida o’tkazish mumkin. Bu tizimdan ishlab chiqaruvchilar, etkazib beruvchilar va savdoda muvaffaqiyatli foydalaniladi. Savdo sheriklari barcha zanjir bo’ylab identifikatlashtirish raqamiga havola qilishadi bu qulaydir, chalkashlik va har xil tushunishni bartaraf qiladi.
Asosan EAN ning ikki kodidan ko’proq foydalaniladi: 13 razryadli va 8 razryadli raqamli kodlar. Bunda eng ingichka shtrix birlik sifatida olinadi. Har bir raqam (yoki razryad) ikki shtrix va ikki probeldan iborat bo’ladi (8- va 9- rasmlar). 13 razryadli kodning tarkibida quyidagi kodlar ko’rsatiladi:
- davlat kodi ("davlat bayrog’i");
-korxona (firma) - tayyorlovchi kodi;
-mahsulotning kodi;
-nazorat soni.
Tayyorlovchi korxonaning kodi har bir davlatda tegishli organlar tomonidan tuziladi. Odatda, bu kod beshta raqamdan iborat bo’lib, davlat kodidan keyin keladi.

Mahsulot kodi tayyorlovchi tomonidan tuziladi va u ham beshta raqamdan iborat bo’ladi. Bu kodning rasshifrovkasi standart emas, u mahsulotga taalluqli bo’lgan muayyan hususiyatlarni (belgilarni) yoki faqat tayyorlovchining o’zigagina ma’lum bo’lgan va shu mahsulotning qayd etish tartib raqamini ifodalashi ham mumkin.Raqamlar qatori skaner uchun emas, balki xaridorlar uchun mo’ljallangan. Talabgor (xaridor) uchun ma’lumot faqat mahsulot tayyorlangan davlatni bildirish bilan chegaralanadi, chunki davlat kodi maxsus nashrlarda va ma’lumotnomalarda keltirilib turadi yoki ma’lumot bazalarida va banklarida saqlanishi mumkin. To’liq shtrixli kod tashqi savdo tashkilotlariga yoki savdo ob’ektlariga mahsulotning aniq kelib chiqish rekvizitlarini bilish va kerak bo’lsa mahsulotning kontrakt (shartnoma) talablariga mos kelmaydigan parametrlari va ko’rsatkichlari borasida aniq manzilga raddiya yoki norozilik bildirish imkoniyatini yaratadi.
Mahsulot kodi tayyorlovchi tomonidan tuziladi va u ham beshta raqamdan iborat bo’ladi. Bu kodning rasshifrovkasi standart emas, u mahsulotga taalluqli bo’lgan muayyan hususiyatlarni (belgilarni) yoki faqat tayyorlovchining o’zigagina ma’lum bo’lgan va shu mahsulotning qayd etish tartib raqamini ifodalashi ham mumkin.Raqamlar qatori skaner uchun emas, balki xaridorlar uchun mo’ljallangan. Talabgor (xaridor) uchun ma’lumot faqat mahsulot tayyorlangan davlatni bildirish bilan chegaralanadi, chunki davlat kodi maxsus nashrlarda va ma’lumotnomalarda keltirilib turadi yoki ma’lumot bazalarida va banklarida saqlanishi mumkin. To’liq shtrixli kod tashqi savdo tashkilotlariga yoki savdo ob’ektlariga mahsulotning aniq kelib chiqish rekvizitlarini bilish va kerak bo’lsa mahsulotning kontrakt (shartnoma) talablariga mos kelmaydigan parametrlari va ko’rsatkichlari borasida aniq manzilga raddiya yoki norozilik bildirish imkoniyatini yaratadi.

Yüklə 6,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə