Guliston davlat universiteti


Aflotun hakimdan so’radilar



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə8/19
tarix18.03.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#102810
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
NOTIQLIK MAJMUA

Aflotun hakimdan so’radilar:

  • Faylasuf olimsiz. Ayting-chi, shuncha o’qib, qanday xulosaga keldingiz?

  • Faqat bir narsani angladim, - deb javob qildi alloma, – o’ylab ko’rsam, hech narsa bilmas ekanman. Imom G’azzoliy hazratlari: “Bilganlarim qarshisida bilmaganlarimni oyoq ostiga olsam edim, boshim ko’klarga yetgan bo’lur edi”, deganlar. Sitseron aytadi: “Suqrotning donoligi shunda ediki, bilmaganini bildim, deb o’ylamasdi”. Bu hikmatli gaplar bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. Notiq doimo o’ylab, tinglovchilarga tez ta’sir qiladigan hikmatli gaplarni yoddan bilishi kerak. Ammo notiq rivoyatlarni, hikmatli gaplarni, so’zlarni qachon, qayerda, kimlarga aytishni ham bilishi lozim bo’ladi. Buning uchun esa notiqdan katta aql-idrok talab qilinadi.

Hikoya. Hikoya - arabcha so’zdan olingan bo’lib – biror kimsa, narsa, voqea yoki hodisa haqida og’zaki beriladigan axborot yoki ma’lumot: biror voqeaning, narsaning og’zaki bayoni, tafsiloti. Nasriy yo’l bilan yozilgan kichikroq badiiy asar. Hikoyachi-hikoya qiluvchi, ertak va hikoyalarni so’zlab beruvchi. Notiq nutqida hikoyadan tashqari maqol, matallardan foydalanishi mumkin. Nutqning tasviriy vositalari va ifoda usullariga alohida e’tiborni qaratish lozim. Nutqdagi tasviriy vositalar uni ifodali, jozibali va ta’sirchan qiladi.
Hikoyat. Bir kishi bir hakimning ziyoratiga bordi. U behuda so’zlarni haddan ortiq valdirardi. So’ng so’zi orasida: “Endi so’zlashni bas qilay”, - dedi. Hakim unga: “Yo’q, sen so’z so’zlaganing yo’q!”, - dedi.
Bayt:
Behuda so’zlarni so’z deb bo’lmaydi,
So’z ulki, eshitgan olsin bir foyda.
So’zlasang, so’zingni ko’p uzoq qilma,
Malollik etadi uzaygan joyda!
degan edi olim Majid Havofiy.
“Til borki, bol keltiradi, til borki, balo keltiradi”. “Til tinch bo’lsa, bosh salomat bo’ladi”. (“Otalar so’zi” kitobidan).
Suhbatni, ma’ruzani jonli va ta’sirchan qilib o’tkazishda maqol va matallarning roli katta. Maqol va matallarda xalqning teran fikri, o’tkir kuzatuvchanlik, yorqin zehni, buyum yoki voqealarning eng xarakterli tomonlarini to’g’ri payqay olish qobiliyati mujassamlangan. Qisqa, ma’noli maqollar va matallar nutqqa alohida ma’nodorlik bag’ishlaydi, katta va murakkab fikrni nihoyatda aniq va ravon tushuntirib beradi. “Burchaksiz uy bo’lmas, maqolsiz so’z bo’lmas”, “Haq gap qilichdan o’tkir”, “To’g’ri so’z toshni yorar”, “Aytilgan so’z – otilgan o’q”, deb bejiz aytilmagan. Maqollar va matallar nutqni boyitadi, fikrni sodda va tushunarli va ishonchli qiladi. Shu jihatdan olganda, har bir notiq qaysi mavzuda gapirishidan qat’iy nazar, xalq maqollarini yoddan bilishi zarur. Har bir notiq “Tinchlik – oliy ne’mat”, “Yoshlar – taraqqiyotimiz tayanchi”, “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”, “San’atsiz turmush vaxshiylikdir”, “Korruptsiya – illat”, “Bunyodkor g’oyalar – taraqqiyot kafolati”, “Din – inson ma’naviyatini o’stirish vositasidir”, “Mustaqillik – ulug’ ne’mat”, “Vatanni himoya qilish oliy burch” kabi yigirmaga yaqin eng keng tarqalgan doimiy mavzulardagi ma’ruzalarida foydalanishi uchun maqollardan, hikmatli gaplardan, rivoyatlardan tayyorlab olishi kerak.
O’zbek xalq maqollarining mavzulari xilma-xil. Ayrim maqollar o’git, pand-nasihat uchun qo’llaniladi. “Avval o’yla, keyin so’zla”, “Yetti o’lchab, bir kes”, “Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar”, “Yaxshi so’z – jon ozig’i, yomon so’z – bosh qozig’i”, “Yomondan dog’ qolar, yaxshidan bog’ qolar” kabi maqollarimiz notiqlik haqidadir. Ko’p maqollarda rostgo’ylik, sofdillik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, do’stlik, xalqparvarlik kabi g’oyalar targ’ib qilinadi. Bulardan tashqari, nutqni boyitishda xalq og’zaki ijodi namunalari, ya’ni dostonlardan, tez aytishlardan, ertaklardan, xalq qo’shiqlaridan ham foydalansa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Notiqlik san’ati va nutq madaniyati sohasini xalq og’zaki ijodisiz tasavvur qilish qiyin. Chunki xalq termalari, xalq qo’shiqlari, xalq ertaklari, xalq dostonlaridagi barcha ijobiy qahramonlarning ishlari, ism-shariflari bugun hayotimizning barcha qatlamlariga kirib bordi.
Xalq og’zaki ijodidan unumli foydalanish, bu har bir notiqning dunyoqarashiga bilim darajasiga, mahoratiga bog’liq bo’ladi. Bu o’rinda notiqqa quyidagi talab qo’yiladi:
Notiq dolzarb mavzu tanlashni yoki unga puxta tayyorgarlik ko’rishni bilishi kerak. U ma’ruza o’qiyotganida tinglovchilarning yoshiga, jinsiga e’tibor berishi zarur. Birinchi kurs talabalari 17-19 yosh bo’lsa, ikkinchi kurs talabalari 18-20 yosh, uchinchi kurs talabalari 19-21, to’rtinchi kurs talabalari 22-23 yoshlilar bo’lsa, ma’ruzalar qanday mavzuda bo’lishidan qat’iy nazar, nihoyatda qiziqarli, yangi ma’lumotlarga boy, mazmunli-mohiyatli, mantiqan bir-biriga bog’langan reja asosida bo’lishi talab qilinadi.
Ma’ruzachi notiq:
birinchidan, darsning kirish qismida gapirishi kerak bo’lgan fikrlarini belgilab, aniqlab olishi darkor. Har qanday fanning dastlabki 3-5 daqiqasi odob-axloqqa, sohaga oid yangi qabul qilingan qonunlar, farmonlar, xalqaro ahvol haqida bo’lishi mumkin bo’ladi.
Ikkinchidan, darsning asosiy qismi: ma’ruzachi-notiq vaqtdan unumli foydalanishi uchun darsning yoki suhbatning strukturasini belgilab olishi kerak. Har qanday ma’ruzachi, ma’ruza yoki suhbatning oxirida savol-javobga 3-5 daqiqa vaqt qoldirishi kerak. Bu notiqning tajribaliligidan dalolat beradi. Notiq qaerda, kimlar uchun nutq so’zlashidan qat’iy nazar, tinglovchilarning xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
Ma’ruza qanday bo’lishi kerak?
Birinchidan, yuksak g’oyaviy, bunyodkorlik g’oyasi bilan sug’orilgan dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qilishi,
ikkinchidan, dolzarb masalalarga bag’ishlangan bo’lishi, tinglovchilarga ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, fan-texnika sohasidagi yangi bilimlarni berishi,
uchinchidan, ma’ruza jonli, qiziqarli, eng so’nggi yangiliklar asosida, dalillarga boy bo’lishi zarur. Ma’ruza turlicha fikrlovchi, turlicha bilimga ega bo’lgan yoshlar tushuna oladigan sodda tilda bo’lishi kerak. Nutqda dabdabali, balandparvoz gaplar, terminlar, chet so’zlar, ko’p esda qolmaydigan sonlar, faktlar qo’llanmasligi darkor. Ma’ruzada, ayniqsa, qaytariq, takrorlardan saqlanib, tinglovchi ruhini, kayfiyatini hisobga olib gapirish yaxshi natija beradi. Agar ma’ruzachi bir gapni yoki ayrim so’zlarni ko’p takrorlasa, tinglovchilarni zeriktiradi, bezdiradi, bunday ma’ruzaga hech kim quloq solmaydi, eshitishni xohlamaydi, ayniqsa, talabalar uyali telefonlarini o’ynab, boshqa mashg’ulot bilan vaqtlarini o’tkazishga harakat qiladilar. Bugungi talabalar 20-30 yil oldingi talabalar emas. Ular ijtimoiy tarmoqlar orqali, chet ellardan ko’plab yangi ma’lumotlar olishi mumkinligini, chet tillaridan bir nechtasini bilishi mumkinligini notiq (o’qituvchi) ma’ruzachi esidan chiqarmasligi kerak. Ma’ruzachi har doim ma’ruzaga, suhbatga, amaliy mashg’ulotga, turli tashkilotlarga ma’ruza o’qigani borganida, doimo puxta tayyorgarlik ko’rib, yangi gap, yangi fikr aytish uchun borishi shart. Viloyat ichki ishlar boshqarmasiga, fan nomzodi avvaldan berilgan mavzu bo’yicha ma’ruza o’qigani borgan. Minbarga chiqqan ma’ruzachi yozib olib borgan matnni o’qiy boshlagach, “o’qimay qisqacha gapirib bera qoling”, deb zaldan luqma tashlangan. Lekin ma’ruzachi yana o’qiy boshlagan. Ma’ruzachini matn o’qishidan to’xtatib, minbardan xaydab yuborishgan. Notiq hech qachon matnni o’qib bermasligi, yuqorida ta’kidlanganidek, tinglovchilar uchun qiziqarli misollar, hikmatlar, rivoyatlar, she’rlar va maqollardan foydalanib, aktyorlik qobiliyatini ishga solib, og’zaki gapirishga odatlanishi shart.
Xulosa qilib aytganda, chiroyli gapirib butun zalni o’ziga qaratib, lol qoldirib, gaplaringizni eshitishga majbur qilish ham san’at. Ma’ruzachi xalq qo’shiqlaridan imkoni boricha, ko’p odamlar o’qimagan rivoyatlardan, hikmatlardan ma’ruza orasida foydalansa bu tinglovchilarning charchamasligiga, zerikmasligiga sabab bo’ladi. Abdulla Qahhor: “Gapni tomdan tarasha tushganday boshlang”, - degan edi. Ma’ruzachi ham gapni shunday boshlashi kerakki, tinglovchilar, eshituvchilar Sizning gapingizga lol bo’lib qolsin. Tinglovchilarni sehrlab qo’yish uchun esa ma’ruzachi notiqlik san’ati va nutq madaniyatini puxta egallagan bo’lishi zarur.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə