Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/35
tarix21.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97392
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA

Nazorat savollar: 
1.O‘zbekiston milliy metrologiya instituti qisqa sharh? 
2. Davlat korxonasi va laboratoriyalar faoliyati haqida? 
3. Metrologik faoliyat nima? 
Geometrik va mexanik kattaliklarni o„lchash ilmiy ishlab chiqarish bo‟limi faoliyatini o„rganish. 
Geometrik va mexanik kattaliklarni o‗lchash bo‗limi 
O‘lchashlar birliligini, ishonchliligini ta‘minlash va fizik kattalik birliklarining o‘lchamliligini yuqori 
aniqlikdagi o‘lchash vositalaridan ishchi o‘lchash vositalariga uzatish uchun bo‘limda namunaviy o‘lchash 
vositalari mavjud. 
Sanoatning jadal qayta qurilishi ro‘y berayotganini hisobga olgan holda, import texnologiyalar sotib 
olinmoqda, zamonaviy korxonalar ochilmoqda, mahsulot ishlab chiqarishda o‘lchashlar aniqligi, chiqarilayotgan 
mahsulot sifatiga bo‘lgan talablar, uning raqobatbardoshligi, tashqi bozorga chiqish uchu n kurash ortib bormoqda. 
Hozirgi kunning o‘zidayoq o‘lchashlar aniqligini oshirish, ishlab chiqarishni ishchi o‘lchash vositalari bilan 
ta‘minlash uchun sanoat yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari bilan jihozlanyapti. 
Shu sababdan bo‘lim import o‘lchash vositalarini metrologik attestatlashni o‘tkazib, korxonalarda 
ishlatiladigan me‘yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda yordam ko‘rsatyapti. 
Shuningdek Toshkent shahar va Toshkent viloyatining avtoyoqilg‘i quyish shaxobchalaridagi xorijda 
chiqarilgan suyultirilgan gaz quyish kolonkalari, yoqilg‘i tarqatish kolonkalari, kuch o‘lchash mashinalari, gidravlik 
presslar uchun metrologik attestatlash dasturlarini ishlab chiqishda yordam ko‘rsatyapti. 
Bo‘lim ―geometrik kattaliklarni o‘lchash‖, ―mexanik kattaliklarni o‘lchash‖ va ―moddalarning sarf, hajm 
parametrlarini o‘lchash‖ laboratoriyalaridan tashkil topgan 
Geometrik kattaliklarni o‘lchash laboratoriyasi 


43 
Laboratoriya geometrik kattaliklarni o‘lchash vositalarini qiyoslash bo‘yicha ishlarni amalga oshirib, 
quyidagi yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari bilan jihozlangan: universal o‘lchash instrumenti (shtangen 
instrument, mikrometrik instrument, richagli-tishli), shtrixli uzunlik o‘lchovlari, burchak o‘lchovlari, chegaraviy 
yassi-parallel uzunlik o‘lchovlari, optika-mexanik asboblar. Geometrik kattaliklarni o‘lchash laboratoriyasi 2-
razryadli namunaviy chegaraviy uzunlik o‘lchovlari, 2-razryadli shtrixli o‘lchovlar, 2-razryadli namunaviy 
shkalalar, optika-mexanik o‘lchash asboblari bilan jihozlangan bo‘lib, b u 100mm gacha uzunliklarni 0,0001mm 
aniqlik bilan o‘lchashga imkon beradi. 
Laboratoriya berilgan dastur bo‘yicha kattaliklarni o‘lchash, raqamli hisob va raqamli bosib chiqarish imkoni 
bo‘lgan yuqori aniqlikdagi asboblarga ega (namunaviy ekzamenator, «Mikrad» elektron vaterpas, «DIP-1» ikki 
koordinatali o‘lchash asbobi). 
100mm gacha uzunlikni o‘lchash vositalarining davlat qiyoslovini 0,02 µ dan 0,40 µ gacha o‘lchash xatoligi 
bilan, 100mm dan yuqori uzunlikni o‘lchash vositalarini 0,11 µ dan 0,55 µ (mikron )gacha xatolik bilan amalga 
oshiradi. 
Mexanik kattaliklarni o‘lchash va moddalarning sarf, hajm parametrlarini o‘lchash laboratoriyasi 


44 
Mexanik kattaliklar va sarfni o‘lchash laboratoriyasi mexanik kattaliklarni: kuch va qattiqlik (namunaviy 
dinamometrlar, sinov pressi va mashinalar, qattiq o‘lchagichlar, dinamometrik kalitlar) o‘lchash vositalarini 
qiyoslash bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi, ushbu qiyoslash ishlarini bajarish uchun ―DO-2-5-0,5‖ turdagi 2-
razryadli namunaviy kuch o‘lchash mashinasi, 0,01kn dan 5000kn gacha 3-razryadli namunaviy dinamometrlar, 2-
razryadli (MTR, MTSH, MTB turdagi) namunaviy kuch o‘lchovlari mavjud. 
Harakat parametrlari asboblarini (spidometrlar, taxometrlar, sekundomerlar, Iskra -video, Kris, Arena, Vizir 
turdagi harakat tezligi o‘lchagichlarini) qiyoslash uchun laboratoriya UPS-4, UT-0,5-60, UPMS-1, IS-24 
uskunalarga ega; hajm va sig‘imlarni O‘V (1-chi va 2-chi razryadli namunaviy o‘lchovlar, yoqilg‘i, moy va gaz 
tarqatish kolonkalari, kalibrlash avtosisternalari, shisha s ig‘im o‘lchovlari va rezervuarlar kalibrovkasi) qiyoslash 
uchun laboratoriya 3-razryadli, 1-razryadli namunaviy tarozilar bilan jihozlangan. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə