Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/35
tarix21.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97392
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA

Nazorat savollar: 
Oziq-ovqat xavfsizligiga doir qanday xuquqiy hujjatlarni bilasiz? 
Oziq-ovqat xavfsizligi deganda nimani tushunasiz? 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining oziq ovqatga doir farmoni qisqa sharh? 
XASSP- tizimi va tamoyillarini o„rganish. 
 
Ishning maqsadi
: Talabalarga XASSP- tizimi va tamoyillariga doir tushunchalarni berish. 
NASSR tamoyillariga asoslangan mahsulotlar xavfsizligi va sifatini ta‘milash tizmini batafsil ko‗rib chiqamiz.
HACCP konsepsiyasi o‗zida oziq-ovqat xom ashyolarini tayyorlashdan to yakuniy iste‘mol mahsulotigacha barcha 
oziq-ovqat zanjiri orqali o‗tishida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini 
ta‘minlash uchun nazoratni o‗tkazish, xavfli omillarni aniqlashga, ularni 
baholashga tizimli yondoshuvni namoyon etadi. 
Shuni aytib o‗tish lozimki, HACCP tizimi asosan sifatni ta‘minlashga 
profilaktik yondoshuvda qurilgan va shuning uchun nafaqat ishlab 
chiqarish jarayonilari davomida nazorat vositasi bo‗lib hisoblanib, balki, 
yangi mahsulotlarni ishlab chiqishda sifatni loyihalashtirish uchun 
qo‗llaniladi. 
HACCP tizimini qo‗llashdan asosiy maqsad barcha bosqichlarda 
(tayyorlash, qayta ishlash, ishlab chiqarish, qadoqlash, saqlash, tashish, 
tarqatish, 
yuklash-tushirish 
ishlari, 
sotishga 
taklif 
etish 
va 
iste‘molchilarga yetkazib berish) jarayonlarini uzluksiz tekshirish, tahlil 
qilish va monitoringini o‗tkazish orqali oziq-ovqat mahsulotlarini 
xavfsizligi va gigienasi ta‘minlash bo‗lib hisoblanadi.
To‗g‗ri qo‗llanish sharoitlarida HACCP tizimi o‗zida oziq-ovqat 
mahsulotlarining xavfsizligini samarali boshqarish ishonchini beruvchi 
sifatida tavsiyalarni namoyon etadi. Tizim korxonalarga xavfsiz mahsulot yetkazish va keraksiz vaziyatlar yuzaga 
kelishini oldini olishni rejalashtirishni imkoniyatini beradi. 
Iste‘molchilarga ularni talabari va hohishlarini qondiridagan tavsiflarga ega mahsulotlar zarur. Ehtiyojlarni
raqobatchilik va texnikaviy rivojlanishlar o‗zgarishida korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotlari va jarayonlarini 
doimiy takomillashtirishi lozim. 
Zamonaviy sharoitlarda oziq-ovqat korxonalari faqatgina sifati va xavfsizligi bo‗yicha o‗rnatigan talablarga muvofiq 
mahsulotni ishlab chiqarishning o‗zi yetarli emas. Ular o‗zlarini aniqlangan sifat darajasida mahsulot ishlab 
chiqarishga qodir ekanligiga iste‘molchilar ishonchini ta‘minlashi va unga muvofiq dalillarni taqdim etishi lozim. 
Ichki bozorda ishlab chiqaruvchilar boshqa davlatlarning chakana savdo tarmog‗ida ishtirok etishi mumkin. 
Davlatlararo mahsulotlarni aylanishini kengaytirish maqsadida qatnashuvchi-davlatlar mahsulotga umumiy 
talablarni kelishuvga ko‗ra ishlab chiqishadi va o‗rnatishadi.
Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqida oziq-ovqatlarning xavfsizligiga qo‗llanildigan quyidagi direktivalar amal qiladi: 


72 
29. 04. 2004 yildagi oziq-ovqatlar gigienasi bo‗yicha YeS 852/2004 (14. 06. 1993 yildagi YeS 93/43 Direktiva bilan 
almashtirilgan). 
29.04.2004 yildagi jonivorlardan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida davlat nazoratini 
tashkillashtirish bo‗ycha talablardan tarkib topgan YeS 854/2004 Direktiva. 
Codex Alimentarius. 
Direktiv talablari umumiy tavsifda va ishlab chiqarish texnlogiyalaridan kelib chiqib, har bir korxona 
aniqlashtirmog‗i lozim. Shu tariqa oziq-ovqat mahsulotlari sifat va xavfsizligini kerakli darajada ta‘minlash va 
saqlash chun HACCP tizimini korxonalarga ishlab chiqish va joriy etish tavsiya etiladi. 
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun 2005 yil 1 iyuldan kirish komponentalari (xom ashyo)dan boshlanib, yakuniy 
mahsulotni iste‘molchiga yetkazishgacha texnologik zanjirning aniq va ravshanligi majburiydir.
Yeropaning ko‗plab mamlakatlarida va shuningdek, O‗zbekistonda ham oziq -ovqat mahsulotlarini ishlab 
chiqarishda sifati va xavfsizligi talablarini o‗rnatuvchi milliy standartlar va boshqa me‘yoriy hamda qonu niy 
hujjatlar mavjud. 
Oziq-ovqat korxonalarida mahsulot xavfsizligi va sifatini boshqarish tizimiga yagona xalqaro talablaring mavjudligi 
ISO 22000 seriyali ―Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizlik menedjmenti tizimidir. Yetkazib berish zanjirining 
barchasiga talablar‖ni ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi va u 2005 yilning sentabridan amalga kiritildi. 
ISO 22000 HACCP va ISO 9001:2015 standartini birlashtiruvchi oziq -ovqat mahsulotlari xavfsizligini boshqarish 
tizimini bayon etib, bir vaqtning o‗zida GMP (yaxshi ishlab chiqarish tajribasi) dastlabki shartlar dasturini 
birlashtiradi va tushunchalariga izoh beradi. Ushbu standartda asosiy e‘tibor oziq -ovqat mahsulotlarini ishlab 
chiqishda yuzaga kelish extimoli bo‗lgan xavf-xatarlarni samarali boshqarish va tizim jarayonlarini 
modernizatsiyalash yo‗li bilan xaridorlarni qanoatlantirishga qaratilgan. Ayni paytda hujjatlarning tuzilmasi bu 
tizimni sifat menedjmenti va atrof muhitni himoyalash tizimlarga qulay birlashtirish imkonini beradi. Oxirgi 
tadqiqotlari shuni ko‗rstadiki, ISO 22000 seriyali standarti juda ommabop bo‗lib, oxirgi 2 yilda bu standart bo‗yicha 
sertifikatlashtirilgan korxonalar 3 martaga ko‗paygan. 
Hozirgi kunda O‗zbekistonda sifat menedjmenti tizimiga talablarni o‗rnatuvchi O‗z DSt ISO 22000:2010 ―Oziq-
ovqat mahsulotlari xavfsizligi menedjementi tizimi. Oziq -ovqat mahsulotlrini yaratish zanjirida qatnashuvchi 
tashkilotlarga talablar‖ standarti qabul qilingan va amalga joriy etilgan. 
Oziq-ovqat zanjirida bevosita yoki bilvosita jalb etilgan ixtiyoriy tashkilotlarda OOXMTni yaratishda foydalanish 
mumkin. Bunda ISO 22000 va HACCP sifatida ishlab chiqarish, qayta ishlash, tarqatish, saqlash va oziq -ovqat 
mahsulotlari va ularning ingredientlari bilan muomala qilish, birlamchi ishlab chiqarishdan to oxirgi iste‘molgacha 
jalb qilingan faoliyatlar va ketma-ketlikdagi bosichlardagi oziq-ovqat zanjiri qaraladi. 
Nazorat savollari: 
XASSP- tizimi nima? 
XASSP- tizimi va tamoyillari haqida qisqa sharh bering? 
HACCP ishchi varag‗i shakli qanday? 


Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə