Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/35
tarix21.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97392
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA

Nazorat savollar: 
ISO 9000 oilasidagi standartlar uchta modelini ayting? 
Menejment tizimi nima? 
ISO sertifikati nima? 


68 
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejment tizimlarining normativ asoslarini o„rganish. 
Ishning maqsadi
: Butun jahon iqtisodiyoti va bozor islohatlari sharoitlarida O‗zbekiston iqtisodiyotining 
integrallashuvi korxonalar uchun ishlab chiq arishni barqarorligiga intilishi, sifat, narx, yetkazish muddatlariga rioya 
qilish va boshqa mezonlar bo‗yicha masalalarda raqobatchilar oldida bunday imkoniyatlarni ta‘minlovchi 
menejment tizimi zarurdir. Bunda bozorda talablar o‗zgaruvchanligi yuzaga keladi, negaki, menejment tizimidagi 
moslashuvchanlik va uning bunday o‗zgaruvchanliklarga xususiy moslashuvchanligi mavjuddir. 
Demak, bugungi kunda xalqaro standartlarga muvofiq sifat tizimini ishlab chiqish va joriy etish hamda boshqa 
menejment tizimlari bilan korxonaning boshqaruv tizimini shakllantirish masalasi muhim dolzarb masala bo‗lib 
hisoblanadi. 
Bozorda muayyan mahsulotni aniqlab va uni ishlab chiqarish o‗zlashtirilsa, hamda kerakli o‗rnini topsa, fermer 
xo‗jaligi va korxona muvaffaqiyat qozonadi. Bunda fermer xo‗jaligi eksportga mo‗ljallangan xususiyatni 
kafolatlashi uchun, ayni vaqtda texnologik jarayonlarni nazorati va mukammal ma‘muriy boshqaruvini o‗zigina 
yetishmasligini aytib o‗tish lozim. 
Korxona bu dolzarb masalalarni hal etishi uchun yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishi va yuqori darajadagi 
boshqaruv tizimini shakllantirishini namoyish etishi darkor. Bunga esa xalqaro standartlarga muvofiq menejment 
tizimini shakllantirish bilan erishish mumkin. Standartlarni tanlash tarmoq xususiyati v a turli mahsulotlarga 
qiziquvchilarni to‗liq qanoatlantirishini hisobga olib amalga oshirilishi kutilgan samaradorlikka erishishni 
ta‘minlaydi. Ishlab chiqarish korxonalari uchun bunday talablar mahsulot sifati va uning qonuniy, rasmiy namoyon 
etilishi bilan belgilanadi. Mahsulot sifati – ixtiyoriy korxonani raqobatbardoshligini aniqlovchi ko‗rsatkich bo‗lib, 
qonunan va rasmiy namoyon etilishi – sanoat korxonalarining qonuniy faoliyat yuritishini aks ettiruvchi omildir. 
Unga butun jahon hamjamiyati uchun nisbatan qonunchilikka rioya etilmasligi bo‗yicha bojxona va soliq xarajatlari 
davlat zimmasiga yuklatilgan, biroq ekotizim, xavfsizlik tizimi barcha qiziquvchi tomonlarning diqqat e‘tiborida 
bo‗lishi bilan ajralib turadi. 
Shuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalarida talab qilingan darajada mahsulot sifati va qonuniy rasman 
nomoyon etishiga javob beruvchi xalqaro standartlarni joriy etish dolzarb masalalardan bo‗lib hisoblanadi. 
ISO 22000:2018 xalqaro standarti, oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi menejment tizimi hisoblanib, oziq-ovqatlar 
xavfsizligi sifat tizimini joriy qilish uchun xalqaro standart hisoblanadi. ISO 22000:2018 xalqaro standartni oziq -
ovqat korxonalarida joriy qilishning quyidagi afzalliklari mavjud. 
Korxonada ishlab chiqarilgan oziq-ovqat maxsulotlarini chetga eksport qilish;
Korxona maxsulotlarining raqobatbardoshliligini oshirish;
Sifatli va xavfsiz oziq-ovqat maxsulot ishlab chiqarilishi va b.; 
Quyida ISO 22000:2018 standartini oziq-ovqat korxonalariga joriy qilish tartibini tahlil qilamiz. 
Oziq – ovqat ishlab chiqarish korxonalarida xalqaro standart joriy qilinishi uchun korxona avvalo, ISO 22000:2018 
talablari asosida tayyorgarlik olib boradi. Xalqaro standart o‗z ichiga quyidagi elementlarni qamrab olgan. 
Iste‘molchilar bilan interaktiv axborot almashinuvi; 
Menejment tizimi;
Standart sharoitlari uchun reja-dasturlar ishlab chiqish;
Ishlab chiqarish jarayonining kritik nazorat nuqtalari uchun tamoyillarni tahlil qilish;
Ushbu xalqaro standart joriy qilinishi jarayonidagi axborot almashinuvi kriteriysiga asosan ishlab chiqaruvchi va 
iste‘molchi bilan muntazam aloqa o‗rnatadi. Axborot orqali aniqlangan xavf va uning nazorati iste‘molchi va ishlab 
chiqaruvchi talablariga aniqlik kiritadi. 
Xalqaro standart joriy qilinadigan barcha oziq -ovqat ishlab chiqarish korxonalarining ichki va tashqi resurslaridan 
kelib chiqilgan holda quyidagi talablarni belgilaydi. 
a) iste‘molchilar uchun oziq-ovqat maxsulotlarini xavfsizligini ta‘minlash. 
v) oziq-ovqat maxsulotlarining xavfsizlik me‘yoriy xujjatlarga muvofiqligini bildirish. 
s) iste‘molchilar talablarini qondirish maqsadida oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligini iste‘molchilar talablari 
tomonidan baxolash. 
d) korxonani sertifikatlash yoki oziq-ovqat xavfsizligi to‗g‗risidagi menejment tizimini baxo lash uchun tashqi 
korxonaga ariza berish yoki o‗z-o‗zini baholash yoki ushbu standart uchun muvofiqlik deklaratsiyasi uchun 
murojaat qilishi mumkin. 
Oziq – ovqat maxsulotlari xavfsizligi menejmenti tizimlarin i joriy qilishda xavflarni aniqlash
Dunyo amaliyotida mahsulot sifatini boshqarish va nazorat qilishda xalqaro standartlarni qo‗llash va samarali 
boshqarish texnologiya hamda tizimlarini yaratish, ularni qo‗llashga qaratilgan tadqiqotlar olib borilmoqda. 
Rivojlangan davlatlarning ishlab chiqarish sanoat i faoliyati va ularda texnologik jarayonlarni nazorat qilish hamda 
boshqarishning o‗ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda zamonaviy ilmiy – texnik taraqqiyotning 
rivojlanishi barcha tarmoqlarda jumladan, oziq – ovqat mahsulotlari, shuningdek qandolatchilik mahsulotlari sifatini 
boshqarish va ta‘minlash dolzarb muammolardan biri bo‗lib hisoblanadi. 
O‗zbekiston Respublikasining 2017 yil 7 fevraldagi PF – 4947 – son ―O‗zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi Farmoni, ―2017 – 2021 yillarga mo‗ljallangan beshta 
ustuvor yo‗nalishlar bo‗yicha Harakatlar strategiyasi‖ hamda mamlakatimiz iqtisodiy – ijtimoiy sohalarini 


69 
rivojlantirishga tegishli me‘yoriy – huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida olib 
borilayotgan ishlar ko‗lami jihatdan salmoqlidir. 
Oziq – ovqat maxsulotlari sifatini boshqarish va ularning xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha xalqaro hujjatlar tahlilida 
Yevropa Ittifoqida oziq – ovqatlarning xavfsizligiga qo‗llaniladigan quyidagi direktivalar amal qiladi: 
29.04.2004 yildagi oziq – ovqatlar gigienasi bo‗yicha YeS 852/2004 (14.06.1993 yildagi YeS 93/43 Direktiva bilan 
almashtirishgan). 
29.04.2004 yildagi jonivorlardan olinadigan oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida davlat nazoratini 
tashkillashtirish bo‗yicha talablardan tarkib topgan YeS 854/2004 Direktivadir. 
Direktiva talablari umumiy tavsifi hamda ishlab chiqarish texnologiyalaridan kelib chiqib, har bir korxona 
aniqlashtirilmog‗i lozim. Shu tariqa oziq – ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizligini zarur darajada ta‘minlash, 
saqlash uchun NASSR – XASSP (Hazard Analysis and Critical Control Points – xavf – xatarlar tahlili va kritik 
nazorat nuqtalari, XT va KNN) tizimini korxonalarda ishlab chiqis h va joriy etish tavsiya etiladi. 
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun 2005 yil 1 iyuldan kirish komponentlari (xom ashyo)dan boshlanib va yakuniy 
mahsulotni iste‘molchiga yetkazishgacha texnologik zanjirning aniq va ravshanligi majburiydir. Yevropaning 
ko‗plab mamlakatlarida, O‗zbekistonda ham oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda sifat va xavfsizlik 
talablarini o‗rnatuvchi milliy standartlar va boshqa me‘yoriy hamda qonuniy hujjatlar mavjud. 
Oziq – ovqat korxonalarida mahsulot xavfsizligi va sifatini boshqarish tizimiga yagona xalqaro talablarning mavjud 
emasligi ISO 22000 seriyali ―Oziq – ovqat mahsulotlarining xavfsizlik menejmenti tizimi. Yetkazib berish 
zanjirining barchasiga talablar‖ni ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi va u 2005 y ilning sentabridan amalga 
kiritilgan. 
Hozirgi kunda O‗zbekistonda sifat menejmenti tizimi talablarini o‗rnatuvchi O‘zDSt ISO 22000:2010 va ISO
22000:2018 ―Oziq – ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmenti tizimi. Oziq – ovqat mahsulotlarini yaratish zanjirida 
qatnashuvchi tashkilotlarga talablar‖ standarti qabul qilingan va joriy etilgan. standartning asosiy maqsadi dalada, 
fermer xo‗jaliklaridan boshlanib, do‗kongacha bo‗lgan tugallangan zanjir doirasida ushbu mahsulotlar xavfsizligini 
boshqarish global uyg‗unlashuvi sanaladi. 
ISO 22000:2005 – bu standartlar oilasining dastlabkisi bo‗lib, u o‗z ichiga quyidagi hujjatlarni qamrab oladi: 
ISO/TS 22004:2005 ―Oziq – ovqat xavfsizligi tizimi - ISO 22000:2005 ni qo‗llash bo‗yicha qo‗llanma‖. U 2005 yil 
noyabrda nashr etilgan. 
ISO/TS 22003:2007 ―Oziq – ovqat xavfsizligi tizimi. Oziq – ovqat xavfsizligi tizimini sertifikatlashtiruvchi va audit 
o‗tkazuvchi idoralar uchun talablar‖. U sertifikatlashtirish idorasini akkreditlashtirish bo‗yicha uyg‗unlashtirilgan 
qo‗llanma bo‗lib, oziq – ovqat xavfsizligi tizimi auditi bo‗yicha qoidalarni aniqlaydi. Ushbu standart 2006 yilning 
birinchi kvartalida nashr etilgan. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə