Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/35
tarix21.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97392
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA

Nazorat savollari: 
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashti- rish bo‗yicha Davlatlararo kengash qachon tashkil etilgan? 
Davlatlararo kengash kim tomonidan tashkil etilgan? 
Davlatlararo kengash nima maqsadda tashkil etilgan? 
Davlatlararo kengashga qaysi idoralar a‘zo hisobla- nadi? 
Standartlashtirish bo‟yicha texnik qo‟mitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi to „g„risidagi NIZOMni 
o„rganish. 
Ishning maqsadi:
Standartlashtirish bo‗yicha texnik qo‗mitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi to‗g‗risida 
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 martdagi 220-son qaroriga 4-ILOVA 
NIZOM 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Ushbu Nizom standartlashtirish bo‗yicha texnik qo‗mitaning (keyingi o‗rinlarda TQ deb ataladi) faoliyatini 
tashkil etish, tugatish tartibi, asosiy funksiyalarini, TQ doirasida is hlarni amalga oshirish va qarorlar qabul qilish 
tartibini belgilaydi. 
2. Ushbu Nizomning maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: 
standartlashtirish bo‗yicha texnik qo‗mita — faoliyatning biriktirilgan sohasi bo‗yicha milliy, mintaqaviy, 
davlatlararo va xalqaro standartlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‗yicha manfaatdor tomonlarning hamkorlik 
qilish shakli; 
mas‘ul kotib — TQ ishlarini yurituvchi shaxs; 
manfaatdor tomon — standartlarni qabul qilish va qo‗llashdan manfaatdor bo‗lga n tegishli mahsulot (xizmat) 
turlarini ishlab chiqaruvchi yoki iste‘mol qiluvchi davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar;
standartlashtirish sohasi — standartlashtirishning o‗zaro bog‗liq ob‘ektlari majmui; 
standartlashtirish tizimi — standartlashtirish bo‗yicha ishlarni amalga oshirishning umumiy tashkiliy -texnik 
qoidalarini tartibga soluvchi tizim
3. TQ o‗z ishida: 
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga; 
O‗zbekiston Respublikasi a‘zo bo‗lgan standartlashtirish bo‗yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning 
hujjatlariga; 
O‗zbekiston Respublikasi qo‗shilgan standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar va bitimlarga;
O‗zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (keyingi o‗rinlarda Agentlik d eb ataladi) 
tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda tasdiqlanadigan standartlashtirish bo‗yicha texnik qo‗mita 
to‗g‗risidagi namunaviy nizomga amal qiladi. 
4. TQ faoliyatiga umumiy rahbarlikni Agentlik, uning faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish, axborot -
texnik jihatdan qo‗llab-quvvatlash va kuzatib borish — Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan 
tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshiriladi (keyingi o‗rinlarda Institut deb ataladi). 
2-bob. Standartlashtirish bo‗yicha texnik qo‗mitaning tuzilmasi 
5. TQ tuzilmasiga quyidagilar kiradi: rais, rais o‗rinbosari (zarur bo‗lganda), mas‘ul kotib, TQga a‘zo -tashkilotlar. 
6. TQga rais boshchilik qiladi. 
Rais, rais o‗rinbosari tashkilotlar rahbarlari, rahbar o‗rinbosarlari, bosh konstruktorlar, bosh texnologlar va TQ 
a‘zolari bo‗lgan bo‗limlar rahbarlaridan saylanadi. 
7. TQ kotibiyati ishiga TQ mas‘ul kotibi rahbarlik qiladi. 
Mas‘ul kotib TQ kotibiyatini boshqaruvchi tashkilot xodimlaridan tanlanadi. 
8. TQ faoliyatiga tegishli tartibga solish sohasiga taalluqli bo‗lgan davlat va xo‗jalik boshqaruv organi vakili 
bo‗lmagan TQ kotibiyati Institut tomonidan yuritiladi. 
9. TQ tuzilmasida TQ faoliyatining ayrim sohalari bo‗yicha ishlarning muayyan qismini bajarish uchun TQ faoliyati 
sohalari tegishlicha chegaralangan holda quyi qo‗mitalar tuzilishi mumkin. 


63 
Standartlashtirish bo‗yicha quyi qo‗mitani tuzish uchun kamida uchta TQga a‘zo tashkilot uning ishida ishtirok 
etishga tayyorligini bildirishi kerak. 
10. Quyi qo‗mitalarni tuzish, ularning raislari va mas‘ul kotiblarini tayinlash ushbu Nizomning 53-bandigamuvofiq 
TQga a‘zo tashkilotlarning ovoz berishi orqali amalga oshiriladi. 
11. TQ doirasida aniq loyiha bo‗yicha ishlarni tashkil etish uchun quyi qo‗mita ushbu Nizomning 32-
bandigamuvofiq TQga a‘zo tashkilotlar va manfaatdor tomonlardan tashkil topgan ishchi guruhlarni ta shkil etishi 
mumkin. 
Ishchi guruhlarni tuzish, ularning rahbarlarini tayinlash ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq TQga a‘zo 
tashkilotlarning ovoz berishi orqali amalga oshiriladi 
Ishchi guruhning faoliyati loyiha tugagandan so‗ng to‗xtatiladi. 
12. TQ tuzilmasi va tarkibining o‗zgarishi to‗g‗risidagi axborot qaror qabul qilingan kundan boshlab o‗n kun 
mobaynida Institutga yuboriladi. 
3-bob. TQ faoliyatini tashkil etish va tugatish 
13. Har qanday manfaatdor tomon TQni tashkil etish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega. 
14. TQ faoliyatini ta‘minlash TQ kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi. 
TQ kotibiyati faoliyatning Institut, muayyan sohalariga va mahsulot turlariga, uni ishlab chiqarish, ekspluatatsiya 
qilish (foydalanish), saqlash, tashish (transportda tashish), realizatsiya va utilizatsiya qilish jarayonlariga 
ixtisoslashgan yoki ishlarni bajarish va xizmatlar ko‗rsatishga hamda ushbu sohada eng yuqori ilmiy -texnik 
salohiyatga ega bo‗lgan yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari yoki boshqa manfaatdor tomonlar tomonidan yuritiladi. 
15. TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirayotgan tashkilot quyidagilarga ega bo‗lishi lozim: 
TQ faoliyatining tegishli sohasida o‗qigan va ish tajribasiga ega bo‗lgan standartlashtirish sohasidagi mutaxassislar; 
zarur moddiy-texnik baza va aloqa vositalari
hujjatlarni chet tilidan davlat tiliga tarjima qilishni tashkil etish imkoniyati. 
16. TQni shakllantirish uchun tashabbus ko‗rsatuvchi standartlashtirish bo‗yicha texnik qo‗mitaning ishida ishtirok 
etish uchun TQ va uning taxmin qilingan faoliyat sohasini tuzish zarurati asoslarini keltirgan holda ushbu 
Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‗yicha standartlashtirish bo‗yicha texnik qo‗mita sining namunaviy ish 
dasturi loyihasiga va TQ to‗g‗risidagi nizom loyihasiga binoan standartlarning davlatlararo tasniflagichiga muvofiq 
kodlar bilan standartlashtirish ob‘ektlarini o‗z ichiga olgan taklif-xatni Institutga, shuningdek, barcha manfaatdor 
shaxslarga yuboradi. 
17. Manfaatdor tomonlarning ko‗pchiligiga TQni tuzishni boshlash haqida ma‘lumot berish uchun Institut, Agentlik 
va Institutning rasmiy saytida tegishli xabarnomani joylashtiradi. 
18. TQ tarkibi manfaatdor shaxslarning manfaatlarini hiso bga olgan holda quyidagilarning vakillaridan 
shakllantiriladi: 
TQ faoliyati sohasiga tegishli sohaga taalluqli bo‗lgan tartibga solish doirasiga doir davlat va xo‗jalik boshqaruv 
organlari; 
TQ faoliyati sohasiga tegishli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar (iste‘molchilar) bo‗lgan tashkilotlar; 
TQ faoliyati sohasiga tegishli mahsulotlar iste‘molchilari (buyurtmachilari) bo‗lgan tashkilotlar;
iste‘molchilarning jamoat birlashmalari; 
ilmiy-tadqiqot institutlari, ta‘lim muassasalari
Institut; 
muvofiqlikni baholash organlari va boshqalar. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə